JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ilm fan taʼlimi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400-Boshlangʻich taʼlim 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Ilm fan taʼlimi Fan kodi EDU202
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
90
(must)
20 20 20

2. Fan maqsadi

talabalarni ilm-fan, uning rivojlanish tarixiy bosqichlari, ilmiy bilish metodlari va zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan tanishtirish, shuningdek, ilmiy fikrlashni shakllantirish va mustaqil ilmiy izlanish olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy pedagogika (EDU101)

2. Yozish va taqdimot qilish (COMM102)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • ilm-fanning ijtimoiy hayotdagi oʻrni, taʼlim va tarbiyada ilmning tutgan oʻrni hamda ilmiy tafakkurning shakllanishi haqida nazariy bilimlarga; Ilm-fan va taʼlim oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik, zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida barkamol shaxsni shakllantirishning nazariy asoslari haqida bilimlarga;
  • ilm-fan orqali shaxs maʼnaviy yuksalishiga erishish yoʻllari, qadriyatlarning ilmiy asosda shakllanishi va ularning tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati haqida bilimlarga;
  • milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida fan, taʼlim va tarbiya integratsiyasining metodologiyasi va tarixiy ildizlari haqida bilimlarga;
  • ilmiy bilish metodlari, ilmiy izlanishning bosqichlari hamda innovatsion yondashuvlar asosida intellektual salohiyatli avlodni shakllantirish masalalari haqida chuqur bilimlargani bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • ilm-fan sohasidagi asosiy tushunchalar, metodlar va metodologiyalarni tahlil qilish hamda ularni taʼlim jarayonida qoʻllay olish koʻnikmalariga ;
  • ilmiy izlanish olib borish, ilmiy muammoni aniqlash, gipoteza ilgari surish va natijalarni tahlil qilish boʻyicha dastlabki amaliy koʻnikmalarga ;
  • ilmiy tafakkur asosida shaxsning maʼnaviy-axloqiy yuksalishini taʼminlovchi omillarni tahlil qilish va ularni taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllay olish koʻnikmalariga ;
  • ilm-fanni tarbiyaviy jarayonlar bilan uygʻunlashtirish, ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish va ularni tarbiyaviy maqsadlarga muvofiq ravishda yoʻnaltirish koʻnikmalariga koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Ilm, fan va taʼlim: tushuncha va oʻzaro bogʻliqlik 
  1. Ilm, fan va taʼlimning umumiy tavsifi
  2. Ilm-fan-taʼlim tizimining integratsiyasi
  3. Ilmning jamiyatdagi oʻrni
2

1

2 Ilmiy tafakkur va uning boshlangʻich sinflarda shakllanishi 
  1. Boshlangʻich yoshdagi oʻquvchilarning ilmiy fikrlash xususiyatlarini aniqlash
  2. Ilmiy tafakkurni shakllantiruvchi metodlar
  3. Amaliy topshiriqlarni loyihalash
2

2

3 Ilmiy metodlar va ularning tasnifi 
  1. Ilmiy metod tushunchasi
  2. Kuzatish, tajriba, tahlil va sintez
  3. Deduktsiya va induktsiya
2

3

4 Tabiiy fanlarni hayotiy muammolar asosida oʻqitishda muammoli topshiriqlarni ishlab chiqish 
  1. Hayotiy muammo va oʻquv mazmuni oʻrtasidagi bogʻliqlik
  2. Fanlar kesimida amaliy topshiriqlar
  3. Ilmiy tahlil va xulosalash boʻyicha keys-stadi usulida ishlash
2

4

5 Fanlarning tasnifi va integratsiyasi 
  1. Tabiiy, ijtimoiy va aniq fanlar
  2. Gumanitar fanlarning xususiyatlar
  3. Fanlararo bogʻliqlik va integratsiya
2

5

6 Ilmiy kashfiyotlar va innovatsiyalar tarixi 
  1. Ilmiy inqilob tushunchasi
  2. Mashhur olimlar va kashfiyotlar
  3. XXI asrdagi innovatsiyalar
2

6

7 Ilmda axloqiy meʼyorlar va akademik halollik 
  1. Ilmiy faoliyatda axloqiy meʼyorlar tushunchasi va ularning ahamiyati
  2. Plagiatni aniqlovchi vositalarni tanishtirish
  3. Talaba va tadqiqotchilarda akademik halollik kompetensiyalarini rivojlantirish
2

7

8 Taʼlim tizimining tarixiy taraqqiyoti 
  1. Qadimgi taʼlim shakllari
  2. Islom dunyosida taʼlim tarixi
  3. Yevropa va Oʻzbekiston taʼlim tizimi
2

8

9 Oʻzbekistonda ilm-fan va taʼlim siyosati 
  1. “Ilm-fan 2030” strategiyasi
  2. Ilmda ayollar ishtiroki
  3. Gender tenglik siyosati
2

9

10 Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar taʼlimda 
  1. Sunʼiy intellektning taʼrifi va vazifalari
  2. AI vositalarining taʼlimdagi roli
  3. Raqamli savodxonlik va xavfsizlik
2

10

Jami 20

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Ilm, fan va taʼlim tushunchalarining amaliy tahlili 
  1. Ilm, fan va taʼlim tushunchalariga misollar asosida sharh berish
  2. Talabalarning kundalik hayotidagi ilm, fan va taʼlim koʻrinishlarini aniqlash
  3. Ilm-fan-taʼlim integratsiyasining amaliy misollarini muhokama qilish
2

1

2 Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ilmiy tafakkurni shakllantirishga yoʻnaltirilgan metodlarni amaliy qoʻllash 
  1. Boshlangʻich yoshdagi oʻquvchilarning ilmiy fikrlash xususiyatlarini aniqlash
  2. Ilmiy tafakkurni shakllantiruvchi metodlar
  3. Amaliy topshiriqlarni loyihalash
2

2

3 Ilmiy metodlardan foydalanish boʻyicha mashqlar 
  1. Ilmiy metodlarni tasniflash va guruhlar kesimida misollar keltirish
  2. Kuzatish, tajriba, tahlil va sintezga oid topshiriqlar bajarish
  3. Induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishga doir mashqlar ishlab chiqish
2

3

4 Tabiiy fanlarni hayotiy muammolar asosida oʻqitishda muammoli topshiriqlarni ishlab chiqish 
  1. Hayotiy muammo va oʻquv mazmuni oʻrtasidagi bogʻliqlik
  2. Fanlar kesimida amaliy topshiriqlar
  3. Ilmiy tahlil va xulosalash boʻyicha keys-stadi usulida ishlash
2

4

5 Fanlarning tasnifi va integratsiyasi boʻyicha amaliy mashgʻulot 
  1. Tabiiy, aniq, ijtimoiy va gumanitar fanlarni amaliy misollarda tasniflash
  2. Turli fanlararo bogʻliqlikni amaliy keyslar orqali koʻrsatish
  3. Integratsiyalashgan dars loyihasini ishlab chiqish
2

5

6 Ilmiy kashfiyotlar va innovatsiyalarni tahlil qilish 
  1. Mashhur olimlarning kashfiyotlarini taqdimot orqali tahlil qilish
  2. Ilmiy inqiloblarning jamiyat rivojiga taʼsirini keys misollarida koʻrsatish
  3. XXI asr innovatsiyalariga oid loyiha tayyorlash
2

6

7 Akademik halollik boʻyicha test va keyslar tahlil 
  1. Plagiatga oid misollarni tahlil qilish
  2. Akademik etik meʼyorlar asosida xulosa chiqarish
  3. Plagiatsiyani aniqlovchi vositalarni tanishtirish
2

7

8 Taʼlim tarixi boʻyicha vizual materiallar bilan ishlash 
  1. Taʼlim bosqichlarini grafikda ifodalash
  2. Jadid maktablari haqida muhokama
  3. Taʼlim tarixini zamonaviy tizim bilan solishtirish
2

8

9 Oʻzbekistonda ilm-fan va taʼlim siyosatini tahlil qilish 
  1. Mustaqillikdan keyingi taʼlim islohotlari asosida amaliy tahlil
  2. “Ilm-fan 2030” strategiyasi asosida loyiha topshirigʻi ishlab chiqish
  3. Ilmiy muassasalar faoliyati haqida maʼlumot yigʻish va muhokama
2

9

10 AI vositalarini taʼlimda qoʻllash tajribasi 
  1. ChatGPT, Canva, Quizizz bilan ishlash
  2. Raqamli dars loyihasi yaratish
  3. Guruhlarda taqdimot qilish
2

10

Jami 20

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Fanlararo bogʻliqlikni tahlil qilish va grafikda koʻrsatish 
  1. Fanlar tasnifini jadvalga joylashtirish
  2. Fanlararo bogʻlanish loyihasi ishlab chiqish
  3. Misollar asosida bogʻliqlikni asoslash
2

1

2 Mashhur olimlar va kashfiyotlar boʻyicha taqdimotlar 
  1. 2-3 mashhur olim haqida slayd tayyorlash
  2. Kashfiyotlarning bugungi taʼlimga taʼsiri
  3. Guruh baholash asosida taqdimot muhokamasi
2

2

3 Ilmda axloqiy meʼyorlar va akademik halollik boʻyicha seminar 
  1. Ilmda axloqiy meʼyorlarni muhokama qilish
  2. Akademik halollikka oid amaliy vaziyatli masalalarni yechish
  3. Halollik qoidalariga amal qilmagan ilmiy ishlarga oid misollarni tahlil qilish
2

3

4 Taʼlim tizimining tarixiy taraqqiyoti boʻyicha keys-stadi 
  1. Qadimgi taʼlim shakllarini zamonaviy taʼlim bilan taqqoslash
  2. Islom dunyosidagi ilm-fan va taʼlim merosiga oid misollarni tahlil qilish
  3. Yevropa va Oʻzbekistondagi taʼlim tizimi rivojlanishini solishtirish
2

4

5 Oʻzbekistonda ilm-fan va taʼlim siyosati 
  1. “Ilm-fan 2030” hujjatining mazmuni
  2. Kuchli va zaif tomonlarni aniqlash
  3. Ilmiy muassasalar va akademiyalarda ayollarning oʻrni
2

5

6 Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni taʼlimda qoʻllash 
  1. Sunʼiy intellekt vositalarini taʼlim jarayonida qoʻllash boʻyicha keyslarni koʻrib chiqish
  2. Raqamli savodxonlikni oshirish uchun interaktiv topshiriqlar ishlab chiqish
  3. Raqamli xavfsizlik boʻyicha amaliy muhokama va test topshiriqlari
2

6

7 Ilm, fan, taʼlim tushunchalarini tahlil qilish 
  1. Ilm-fan-taʼlim tushunchalarini izohlash
  2. Oʻzaro bogʻliqlik asosida jadval tuzish
  3. Oʻzbek mutafakkirlarining ilm haqidagi fikrlari
2

7

8 Ilmiy tafakkur va uning boshlangʻich sinflarda shakllanishi 
  1. Boshlangʻich yoshdagi oʻquvchilarning ilmiy fikrlash xususiyatlarini aniqlashni nazariy asoslash
  2. Ilmiy tafakkurni shakllantirishda vizual, hayotiy yondashuvlar
2

8

9 Ilmiy metodlardan foydalanish asoslari 
  1. Tadqiqot metodlarini farqlash
  2. Metodlar boʻyicha mashqlar bajarish
  3. Guruhlarda metod tanlash va asoslash
2

9

10 Tabiiy fanlarni muammo asosida oʻqitishning pedagogik samaradorligi 
  1. Tabiiy fanlar va hayotiy ehtiyojlar uygʻunligi
  2. Mini-esse yozish: “Nega bu gipoteza notoʻgʻri? ”
  3. Fikrga asoslangan dalillarni keltirish
2

10

Jami 20

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Ilm-fan-taʼlim istiqbollari boʻyicha loyiha himoyasi 

1

2 Gender tengligi masalasi boʻyicha bahs-munozara 

2

3 Raqamli dars loyihasi yaratish 

3

4 Amaliy ijodiy ishlar yuzasidan koʻrgazmalar tashkil etish 

4

5 Fan yuzasidan loyiha ishini bajarish 

5

6 Mashhur olimlar va kashfiyotlar boʻyicha taqdimotlar 

6

7 Kashfiyotlarning bugungi taʼlimga taʼsiri 

7

8 Taʼlim tarixi boʻyicha vizual materiallar bilan ishlash 

8

9 Taʼlim bosqichlarini grafikda ifodalash 

9

10 Taʼlim tarixini zamonaviy tizim bilan solishtirish 

10

11 AI vositalarini taʼlimda qoʻllash tajribasi 

11

12 ChatGPT, Canva, Quizizz bilan ishlash 

12

13 Gender tengligi masalasi boʻyicha bahs-munozara 

13

14 Gender tenglikka oid milliy hujjatlar sharhi 

14

15 Anjumanga tezis tayyorlash 

15

16 Anjumanga tezis tayyorlash 

16

 
 

Izoh: Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Abdullayeva B. S., Xoliqov A. A. va boshqalar “Umumiy pedagogika” (pedagogika nazariyasi) [darslik]“Innovatsiya-ziyo” nashriyoti Toshkent-2022. 264 b      
  2. Xolov O. Ch. “Umumiy pedagogika” [oʻquv qoʻllanma]“NIF MSH” nashriyoti Toshkent-2023. 409 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Roʻziyeva D. I., Tolipov Oʻ. Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Oʻquv qoʻllanma. – T.: INNOVATSIYA -ZIYO, 2019. 276 b      
  2. Abdullayeva Sh., Roʻziyeva D. I. . Pedagogik diagnostika va korreksiya. Darslik. – T.: Fan va texnologiyalar, 2019. 263 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://ilmfanvatalim.uz      
  • https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/45279      
  • https://advice.uz/oz/document/2349      
  • https://lex.uz/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Axmedova Dilnozaxon Xabibullo qizi

Mamajanov Ikramjon Ganijonovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: dilnozaaxmedova933@mail.com
dilnozaaxmedova933@mail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Bakiyeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

X.Komilova - Andijon davlat pedagogika instituti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti)

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Axmedova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

I.Mamajanov

Fan oʻqituvchisi