JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ichki kasalliklar propedevtikasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300-Pediatriya ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 3
Semestr 5-semestr
Fan nomi Ichki kasalliklar propedevtikasi Fan kodi IKP 14-506
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: Ogʻzaki
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
8 52

2. Fan maqsadi

Fanni oʻqitishdan maqsad - boʻlajak umumiy amaliyot shifokorlarni (OSh) ichki aʼzolarning xolatini tekshirish usullarini va shu orqali organizm xolatiga baho bera olishni oʻrgatish, tibbiy muassasalarda ichki kasalliklar modulini oʻqitish metodikasini oʻrgatish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)

2. Odam anatomiyasi (AN11-312)

3. Tibbiy kimyo (TK1106)

4. Tibbiyot kasbiga kirish (TKK 1104)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Bilimlar jihatidan:;
  • Aʼzolar va tizimlar boʻyicha bemorlardan anamnez toʻplash, klinik tekshirish (soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya koʻnikmalarini egallash) qobiliyatlarini ishlab chiqish;
  • Talabalarda shifokorlik deontologiyasining asosiy koʻnikmalarini ishlab chiqish;
  • Talabalarda kasallik, tashxis, tashxis tamoyillari, simptomlar va sindromlarning kelib chiqish mexanizmlari haqida zamonaviy tasavvurni shakllantirish;
  • Zamonaviy ichki kasalliklar klinikasida foydalaniladigan funksional, labarator va instrumental tekshiruv natijalarini interpretatsiyasini oʻrgatish;
  • Kasalliklarning asosiy klinik sindromlarini aniqlashni oʻrganishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan: ;
  • Bemorlardan anamnestik maʼlumotlarni yigʻa bilish (kasallik va hayot tarixi) ;
  • Shifokorlik deontologiyasi koʻnikmasini xosil qilish ;
  • Bemorni organlar boʻyicha umumiy koʻrikdan oʻtkazish (soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya) ;
  • Taxminiy tashxisni asoslash va bemorni tekshirish rejasini tuzish ;
  • Umumiy klinik laborator tekshiruvlar natijalari va qon, siydik, balgʻam, axlatning bakteriologik ekish natijalarini interpretatsiya qila olish. Qonning bioximik tekshiruvlari natijalarini tahlil qila olish ;
  • Koʻkrak qafasi aʼzolari, oshqozon-ichak trakti va siydik yoʻllari rentgenologik tekshiruvlari natijalarini interpretatsiya qila olish ;
  • EKGni olish va oʻqishni bilish. Yurak va qon tomirlari, qorin boʻshligʻi aʼzolari va buyraklar UTT tekshiruvlari natijalarini tahlil qila olish ;
  • Klinik tashxisni asoslash. Qiyosiy taqqoslash. Yakuniy tashxisni asoslash ;
  • Ichki kasalliklarda bemorlarga parxez stoli va rejali davolashni tavsiya etish va foydalana olish malakasiga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Xazm qilish aʼzolari kasalliklarida bemorlarni tekshirish 
  1. Koʻzdan kechirish. Qorin boʻshligʻi palpatsiyasi va perkussiyasi
  2. Asosiy klinik sindromlar: Yara kasalligi
  3. Surunkali enterit va kolitlar simptomatologiyasi
  4. Sogʻlom ovqatlanish tamoyillari
2

1

2 Jigar va oʻt yoʻllari kasalliklarida bemorlarni tekshirish 
  1. Gepatitlar – obyektiv va subyektiv tekshiruv usullari
  2. Jigar sirrozi – tashxislash va davolash mezonlari
  3. Portal gipertenziya – asosiy klinik simptomlar, tashxislash
  4. Sariqlik sindromi
2

2

3 Buyrak va siydik ajratuv tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish 
  1. Bemorlarni soʻrab-surishtirish. Asosiy shikoyatlar
  2. Koʻzdan kechirish. Buyraklar palpatsiyasi, perkussiyasi
  3. Klinik va instrumental tekshiruv usullari
  4. Asosiy klinik sidromlar: siydik, nefrotik, gipertonik
2

3

4 Qon hosil boʻlishi tizimi va ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida bemorlarni tekshirish 
  1. Qon hosil boʻlishi tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni subʼektiv va obʼektiv tekshirish usullari
  2. Endokrin tizim kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni subʼektiv va obʼektiv tekshirish usullari Klinik, laborator va instrumental tekshirish usullari
2

4

Jami 8

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Xazm aʼzolari kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni tekshirish. 
  1. Soʻrab-surishtirish. Asosiy shikoyatlar
  2. Umumiy va qorin sohasini koʻzdan kechirish. Qorin boʻshligʻi aʼzolari palpasiyasi (yuzaki va chuqur). Diagnostik ahamiyati
  3. Zamonaviy laborator va instrumental tekshirish usullari. Asosiy klinik sindromlar. Sogʻlom ovqatlanish tamoyillari
2

1

2 Hazm aʼzolari kasalliklarining asosiy klinik sindromlari. 
  1. Oshqozon evakuator faoliyati buzilishi sindromi (giper- va gipoatsid gastrit). Semiotikasi, patogenezi, klinik belgilari. Diagnostika
  2. Qiziloʻngach, oshqozon va ichakdan qon ketishi. Semiotikasi, klinik belgilari. Diagnostika
2

2

3 Gastritlar simptomatologiyasi 
  1. Gastritlar simptomatologiyasi (oʻtkir va surunkali)
  2. Meʼda va 12 barmoq ichak yara kasalligi simptomatologiyasi
  3. Enterit va kolitlar diagnostikasi. Asosiy davolash mezonlari
2

3

4 Jigar va oʻt yoʻllari kasalliklari simptomatologiyasi 
  1. Jigar va oʻt yoʻllari kasalliklarida bemorlarni tekshirish
  2. Soʻrab-surishtirish. Asosiy shikoyatlari, diagnostik ahamiyati. Koʻzdan kechirish
  3. Jigar perkussiyasi (Kurlov boʻyicha), palpasiyasi. Diagnostik ahamiyati
2

4

5 Surunkali gepatit va xoletsistit simptomatologiyasi 
  1. Surunkali gepatit va xolesistitlar diagnostikasi
  2. Zamonaviy laborator va instrumental tekshirish usullari
  3. Asosiy davolash mezonlari
4

5

6 Asosiy klinik sindromlar: Sariqlik, portal gipertenziya, jigar etishmovchiligi. 
  1. Zamonaviy laborator va instrumental tekshirish usullari
  2. Jigar sirrozlari simptomatologiyasi
  3. Asosiy davolash mezonlari
4

6

7 Buyrak kasalliklarida tekshirish usullari 
  1. Buyrak kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari. Soʻrab-surishtirish, asosiy shikoyatlari
  2. Koʻzdan kechirish, buyrakni paypaslash, tukillatish (Pasternaskiy simptomi)
  3. Zamonaviy laborator va instrumental tekshirish usullari
4

7

8 Oʻtkir va surunkali pielonefrit va glomerulonefrit diagnostikasi. 
  1. Oʻtkir va surunkali pielnefrit: klinikasi, obyektiv va subyektiv tekshiruv usullari
  2. Oʻtkir va surunkali glomerulonefrit: klinikasi, obyektiv va subyektiv tekshiruv usullari
  3. Asosiy davolash mezonlari
4

8

9 Oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi diagnostikasi. 
  1. Buyrak etishmovchiligi (oʻtkir va surunkali) belgilari
  2. Obyektiv va subektiv tekshiruv usullari
  3. Klinik va instrumental tekshiruvlar
  4. Asosiy davolash mezonlari
4

9

10 Biriktiruvchi toʻqima tizimli kasalliklari 
  1. Biriktiruvchi toʻqima tizimli kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni subʼektiv tekshirish usullari
  2. Obʼektiv tekshirish usullari
  3. Revmatoid artrit simptomatologiyasi
4

10

11 Biriktiruvchi toʻqima tizimli kasalliklari 
  1. Tizimli qizil boʻricha kasalligi simptomatologiyasi. Diagnostikasi
  2. Tizimli sklerodermiya simptomatologiyasi. Diagnostika
  3. Asosiy davolash mezonlari
4

11

12 Ichki sekryesiya bezlari kasalliklari 
  1. Ichki sekryesiya bezlari kasalliklarida bemorlarni soʻrab surishtirish, anamnez yigʻish
  2. Qalqonsimon bez kasalliklari simptomatologiyasi
  3. Asosiy davolash mezonlari
4

12

13 Qandli diabet diagnostikasi. 
  1. QD kasalligida bemorlarni soʻrab surishtirish, anamnez yigʻish
  2. QD kasalligi simptomatologiyasi
  3. Asosiy davolash mezonlari
4

13

14 Qon hosil boʻlishi tizimi kasalliklari 
  1. Qon hosil boʻlishi tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari (asosiy shikoyatlari, anamnez, koʻzdan kechirish)
  2. Klinik tekshiruv usullari: Qon umumiy tahlili
  3. Taloqni paypaslash
4

14

15 Qon hosil boʻlishi tizimi kasalliklari asosiy klinik sindromlari. 
  1. Anemiyalar diagnostikasi
  2. Leykozlar diagnostikasi
4

15

Jami 52

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Surunkali toshli xolesistit simptomatologiyasi, diagnostik mezonlari. 

1

2 Jigar sirrozi. Klinik, laborator va instrumental tekshirish usullari. 

2

3 Glomerulonefrit (oʻtkir va surunkali) simtomatologiyasi, diagnostik kriteriyalari 

3

4 Piyelonefrit (oʻtkir va surunkali) simtomatologiyasi, diagnostik kriteriyalari, davolash 

4

5 Buyrak amiloidozi. Klinik, laborator va instrumental tekshirish usullari 

5

6 Surunkali miyeloleykoz simptomatologiyasi, diagnostik mezonlari. 

6

7 Qandli diabet simptomatologiyasi, diagnostik mezonlari 

7

8 Tireotoksikoz simptomatologiyasi, diagnostik mezonlari. 

8

9 Itsenko - Kushinga kasalligi. diagnostik mezonlari. 

9

10 Akromegaliya simptomatologiyasi, diagnostik mezonlari. 

10

 
 

Izoh: Talabalar fan bоʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, тahliliy mаʼlumot, тajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va mаʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish kоʼrinishida topshiradi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Gadayev A. G. Karimov M. SH. Ichki kasalliklar propedevtikasi Darslik (1-2-tom). Toshkent: Muharrir nashriyoti. 2018. – 434 bet (1-tom). – 425 bet (2-tom)      
  2. Гадаев А. Г. Пропедевтика внутренних болезней (на рус. яз. ) Учебник. Ташкент: Муҳаррир нашриёти 2018. – 598 стр      
  3. Мухин Н. А., Моисеев В. И. Пропедевтика внутренних болезней. Учебник. Москва. М: Геотар-Медиа. 2020 г. – 609 стр      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Струтынский А. В. А. П. Баранов, Г. Е. Ройтберг, Ю. П. Гапоненков Основы семиотики заболеваний внуренних органов. Учебное пособие. М: Медпресс-Информ. 12-е издание. 2020. 27 стр      
  2. Внутренние болезни по Девидсону. Учебное пособие (перевод с английского под редакцией акад. РАМН Ивашкина В. Т. ) (5 томов). М: Геотар Медиа. 2023      
  3. Scott D. K. Stern, Adam S. Sifu, Diana Oltkorn. От симптома к диагнозу (Symptom to Diagnosis. An Evidence-Based Guide). Руководство для врачей, Геотар-Медиа. 2025. 856 стр      
  4. Доцэнко. Э. А., Буракова И. И. . Пропедевтика внутренних болезней. Учебное пособие. Минск: РИПО, 2020. –289 стр      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.tma.uz      
  • https://www.ziyonet.uz      
  • https://www.medlincs.ru      
  • https://www.medbook.ru      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. Ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Abdilxayeva Zuxraxon Adxamjonovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: chess_genius@mail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

U.Musashayxov - Andijon davlat tibbiyot instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 105 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Abdilxayeva

Fan oʻqituvchisi