JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Hozirgi oʻzbek adabiy tili

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 3-semestr
Fan nomi Hozirgi oʻzbek adabiy tili Fan kodi HOʻAT 2-311
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
90
(must)
30 16 14

2. Fan maqsadi

Boʻlgʻusi filologlarga Davlat taʼlim standartlari asosida oʻzbek tilining grammatik qurilishi, morfemik tarkibi, morfologik qonuniyatlari, fan muammolari yuzasidan izchil ilmiy-nazariy bilim berishdan iborat Fanning vazifalari – talabalarga tilshunoslik asoslarini oʻrgatish – fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis kabi boʻlimlarni izchil oʻzlashtirish.Imlo va uslub qoidalarini oʻrgatish, adabiy til meʼyorlarini mustahkamlash. Oʻquvchi va talabalarni ijodiy fikrlashga undash, mustaqil yozma ishlar va nutqiy mashqlar orqali til boyligini kengaytirish. Nutqni tahlil qilish va baholash koʻnikmasini shakllantirish – matn, uslub, janrlarni ajratish va ulardan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatish. Davlat tilining jamiyatdagi oʻrni va ahamiyatini anglatish, tilni asrash va rivojlantirishga boʻlgan masʼuliyatni tarbiyalash hamda nazariy-metodologik muammolari bilan shugʻullanish kompetensiyasini hosil qilish va rivojlantirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Тilshunoslik nazariyasi (TNI,809)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Oʻzbek tilshunosligi sohasidagi asosiy muammolarni tushunish va ularni hal qilish yoʻllari haqida tasavvurga ega boʻlish;
  • Morfemika va morfologiya boʻlimlari yuzasidan nazariy bilimlarga ega boʻlish va amaliyotda qoʻllay olish;
  • Sintaksis boʻlimi yuzasidan nazariy bilimlarga ega boʻlish: soʻz birikmasi, gap, gapning ifodaviy va tuzulishiga koʻra turlarini bilish va amaliyotda ogʻzaki va yozma shaklda qoʻllay olish;
  • Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanining metod va usullaridan, shuningdek, didaktik vositalardan foydalana olishni bilishi kerak;
  • Adabiy til va meʼyor xususiyatlari haqida bilimga ega boʻlishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Oʻzbek adabiy tilining morfemika, soʻz yasalishi va morfologiya boʻlimlariga oid koʻnikmalarni amalda qoʻllay oladi ;
  • Grammatik maʼno va grammatik shakl munosabatini aniqlay oladi ;
  • Soʻz turkumlari va ularning morfologik xususiyatlarini amalda ajrata oladi ;
  • Soʻz birikmasi, gap, gap boʻlaklari va gapning tuzulishiga koʻra turlarini aniqlay oladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Morfemika. Morfemaning boshqa lisoniy birliklar bilan munosabati 
  1. Morfemik sathning oʻrganish obyekti, maqsad va vazifalari
  2. Til sathlari orasidagi munosabatlar: paradigmatik, sintgmatik, iyearxik
  3. Morfemik sathning til sathlari orasida tutgan oʻrni
2

1

2 Morfemalar tasnifi 
  1. Oʻzak morfemalar, affiks morfemalar, oraliq morfemalar
  2. Affiksal morfemalarning funksional tasnifi: yetakchi, koʻmakchi, derivatsion, relyatsion morfemalar
  3. Morfema haqidagi nazariyalar
2

2

3 Oʻzbek tili derivatsiyasi 
  1. Derivatsiya nazariyasi
  2. Soʻz yasash tizimi
  3. Soʻz yasash usullari
  4. Soʻz turkumlarida soʻz yasalishi
2

3

4 Nazariy grammatikaga kirish 
  1. Grammatikaning tarkibiy qismlari
  2. Leksik maʼno va grammatik maʼno
  3. Soʻzshakl va uning turlari
  4. Soʻzlarni turkumlarga ajratish tamoyillari
2

4

5 Feʼl soʻz turkumi 
  1. Feʼlning morfologik belgilari
  2. Feʼlning lugʻaviy shakllari
  3. Feʼlning grammatik kategoriyalari
  4. Feʼlning semantik tasnifi
  5. Feʼlning vazifa shakllari
2

5

6 Ot soʻz turkumi 
  1. Ot soʻz turkumining morfologik xususiyatlarii
  2. Atoqli va turdosh otlar
  3. Grammatik kategoriyalar
  4. Modal shakllari
2

6

7 Sifat va son soʻz urkumlari 
  1. Sifat soʻz turkumi
  2. Sifat darajalari
  3. Son soʻz turkumi
  4. Sonning maʼno guruhlari
2

7

8 Olmosh va ravish soʻz turkumlari 
  1. Olmosh soʻz turkumi
  2. Olmoshning maʼno guruhlari
  3. Ravish soʻz turkumi
  4. Ravishning maʼno turlari
2

8

9 Yordamchi va alohida soʻzlar turkumi 
  1. Koʻmakchi
  2. Bogʻlovchi
  3. Yuklama
  4. Alohida olingan soʻzlar
2

9

10 Sintaksisga kirish. Soʻz birikmasida soʻzlarning bogʻlansh usullari 
  1. Soʻz birikmasi
  2. Erkin va tobe aloqa
  3. Soʻzlarning bogʻlanish usullari
2

10

11 Gap kommunikativ birlik sifatida 
  1. Gap va uning muhim belgilari
  2. Gapning tuzilish turlari
  3. Gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari
  4. Sodda gap
2

11

12 Gap boʻlaklari 
  1. Gap boʻlaklari
  2. Kesim
  3. Ega
  4. Ikkinchi darajali boʻlaklar
2

12

13 Sodda gaplarning murakkablashuvi 
  1. Sodda gaplarni murakkablashtiruvchi vositalar
  2. Uyushiq boʻlaklar
  3. Ajratilgan boʻlaklar
  4. Kiritmalar
2

13

14 Koʻchirma gapli qurilmalar. Punktuatsiya 
  1. Koʻchirma gaplar
  2. Oʻzlashtirma gap
  3. Punktuatsiya
2

14

15 Qoʻshma gaplar tasnifi 
  1. Qoʻshma gaplar
  2. Bogʻlangan qoʻshma gap
  3. Ergash gapli qoʻshma gap
  4. Bogʻlangan qoʻshma gap
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Morfemika. Morfema va uni boshqa lisoniy birliklar bilan munosabati. 
  1. Morfemik sathning oʻrganish obyekti, maqsad va vazifalari
  2. Til sathlari orasidagi munosabatlar: paradigmatik, sintgmatik, iearxik
  3. Morfemik sathning til sathlari orasida tutgan oʻrni
2

1

2 Morfemalar tasnifi. 
  1. Oʻzak morfemalar, affiks morfemalar, oraliq morfemalar
  2. Affiksal morfemalarning funksional tasnifi: yetakchi, koʻmakchi, derivatsion, relyatsion morfemalar
  3. Morfema haqidagi nazariyalar
2

2

3 Feʼl soʻz turkumi 
  1. Feʼlning morfologik belgilari
  2. Feʼlning lugʻaviy shakllari
  3. Feʼlning grammatik kategoriyalari
  4. Feʼlning semantik tasnifi
  5. Feʼlning vazifa shakllari
2

3

4 Sifat va son soʻz urkumlari 
  1. Sifat soʻz turkumi
  2. Sifat darajalari
  3. Son soʻz turkumi
  4. Sonning maʼno guruhlari
2

4

5 Yordamchi va alohida soʻzlar turkumi 
  1. Koʻmakchi
  2. Bogʻlovchi
  3. Yuklama
  4. Alohida olingan soʻzlar
2

5

6 Gap kommunikativ birlik sifatida 
  1. Gap va uning muhim belgilari
  2. Gapning tuzilish turlari
  3. Gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari
  4. Sodda gap
2

6

7 Sodda gaplarning murakkablashuvi 
  1. Sodda gaplarni murakkablashtiruvchi vositalar
  2. Uyushiq boʻlaklar
  3. Ajratilgan boʻlaklar
  4. Kiritmalar
2

7

8 Koʻchirma gapli qurilmalar. Punktuatsiya. 
  1. Koʻchirma gaplar
  2. Oʻzlashtirma gap
  3. Punktuatsiya
2

8

Jami 16

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Oʻzbek tili derivatsiyasi 
  1. Derivatsiya nazariyasi
  2. Soʻz yasash tizimi
  3. Soʻz yasash usullari
  4. Soʻz turkumlarida soʻz yasalishi
2

1

2 Nazariy grammatikaga kirish. 
  1. Grammatikaning tarkibiy qismlari
  2. Leksik maʼno va grammatik maʼno
  3. Soʻz shakl va uning turlari
  4. Soʻzlarni turkumlarga ajratish tamoyillari
2

2

3 Ot soʻz turkumi 
  1. Ot soʻz turkumining morfologik xususiyatlari
  2. Atoqli va turdosh otlar
  3. Grammatik kategoriyalar
  4. Modal shakllari
2

3

4 Olmosh va ravish soʻz turkumlari 
  1. Olmosh soʻz turkumi
  2. Olmoshning maʼno guruhlari
  3. Ravish soʻz turkumi
  4. Ravishning maʼno turlari
2

4

5 Sintaksisga kirish. Soʻz birikmasida soʻzlarning bogʻlansh usullari 
  1. Soʻz birikmasi
  2. Erkin va tobe aloqa
  3. Soʻzlarning bogʻlanish usullari
2

5

6 Gap boʻlaklari 
  1. Gap boʻlaklari
  2. Kesim
  3. Ega
  4. Ikkinchi darajali boʻlaklar
2

6

7 Qoʻshma gaplar tasnifi 
  1. Qoʻshma gaplar
  2. Bogʻlangan qoʻshma gap
  3. Ergash gapli qoʻshma gap
  4. Bogʻlangan qoʻshma gap
2

7

Jami 14

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Morfemika va uning oʻrganilishi 

1

2 Morfemalarni tasniflash masalalari 

2

3 Morfonologiya masalalari tahlili 

3

4 Oʻzbek tili derivatsiyasi 

4

5 Soʻz yasash usullari va u haqidagi ilmiy nazariyalar tahlili 

5

6 Soʻz turkumlarida soʻz yasalishi 

6

7 Morfologiya. Soʻzlarni turkumlarga ajratish tamoyillari 

7

8 Grammatik maʼno va grammatik shakl munosabati 

8

9 Feʼl soʻz turkumi 

9

10 Feʼlning grammatik kategoriyalari 

10

11 Feʼlning vazifa shakllari 

11

12 Ot soʻz turkumi va uning grammatik kategoriyalari 

12

13 Otning lugʻaviy shakllari 

13

14 Sifat soʻz turkumi 

14

15 Sonlarning otlashuvi 

15

16 Olmoshlarda pronominalizatsiya 

16

17 Ravishlarning morfologik xususiyatlari 

17

18 Yordamchi soʻzlarga xos morfologik xususiyatlar 

18

19 Alohida olingan soʻzlarning morfologik va sintaktik xususiyatlari 

19

20 Sintaksis 

20

21 Soʻz birikmasi sintaksisi 

21

22 Gap sintaksisi 

22

23 Gap boʻlaklar 

23

24 Sodda gap turlari 

24

25 Sodda gaplarning murakkablashuvi 

25

26 Qoʻshma gaplar va ularning tasnifi 

26

27 Bogʻlangan qoʻshma gaplar 

27

28 Ergash gapli qoʻshma gaplar 

28

29 Koʻchirma va oʻzlashtirma gaplar 

29

30 Punktuatsiya 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Nurmonov A., Mahmudov N. Oʻzbek tilining nazariy grammatikasi (Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma). – Toshkent, 2007. – 90 b      
  2. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: “Fan va texnologiyalar”, 2009. – 418 b      
  3. Sapayev Q. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. (morfemika, soʻz yasalishi va morfologiya). Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: Nizomıy nomidagı Toshkent davlat pedagogika universiteti. 2009. – 303 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Tурсунов У. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Дарслик. – Toшкент: “Ўқитувчи”, 1992. -278 б      
  2. Ўзбек тили грамматикаси. Дарслик. 1 tom (Moрфология). – Toшкент: “Fan”, 1975. - 460 б      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://ziyonet.uz/      
  • https://inlibrary.uz/      
  • https://arxiv.uz/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Arabboyeva Maxfuzaxon Akramjonovna

Kabuljonova Gulbaxor Komiljonovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: mahfuzaarabboyeva@gmail.com
kabulzonovagulbahor@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

O.Azamatova - Andijon davlat pedagogika instituti, Katta oʻqituvchi

B.Axmedov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Juma, soat 15:00 – 16:00, B bino 401-xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Arabboyeva

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

G.Kabuljonova

Fan oʻqituvchisi