JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlash

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300-Kompyuter injiniringi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 3-semestr
Fan nomi Grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlash Fan kodi GFID2305
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

Talabalarga grafik foydalanuvchi interfeysi (GUI) tushunchasini chuqur oʻrganish imkonini berishga, turli xil GUI kutubxonalari va texnologiyalari bilan tanishish hamda ularni amaliy loyihalarda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Talabalar Windows Forms texnologiyasidan foydalangan holda dastur yaratishni oʻrganadi, Visual Studio dasturlash muhitida (IDE) samarali ishlash va foydalanuvchi interfeysini loyihalash, qurish va optimallashtirish boʻyicha amaliy malakalarni egallaydi. Shu bilan birga, talabalarda mustaqil ravishda oddiy grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlar yaratish va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish qobiliyati shakllantiriladi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Dasturlash asoslari (DAT101)

2. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlari (DAT102)

3. Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (DAT201)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • – Talabalar ilmiy tadqiqot jarayonidagi hisob-kitob ishlarini dastur yordamida inson uchun tushunarli va vizual koʻrinishda tashkil qilish tamoyillarini oʻrganadi;
  • – Ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa sohalarda ish jarayonlarini avtomatlashtirish, maʼlumotlarni tizimli tarzda boshqarish va vizualizatsiya qilish bilimiga ega boʻladini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • – Talabalar ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida hisob-kitob ishlarini grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlar yordamida soddalashtirishni biladi va amaliy qoʻllay oladi ;
  • – Matematik va fizik modellarni hisoblashga, ularni dasturiy mahsulotlar orqali simulyatsiya qilish va natijalarni tahlil qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallaydi ;
  • – Dasturlash sohasida ishlab chiqilgan dasturlarni samarali foydalanish, foydalanuvchi interfeysi loyihalash va dasturiy yechimlarni amaliy kontekstda tatbiq etish qobiliyatiga ega boʻladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. Grafik foydalanuvchi interfeys haqida tushuncha 
  1. Grafik foydalanuvchi interfeys haqida tushuncha va tarixi
  2. Grafik foydalanuvchi interfeys turlari
  3. Visual Studio IDE muhiti va Windows GUI texnologiyalari
2

1

2 Foydalanuvchi interfeys asosiy oynasi haqida tushuncha 
  1. Asosiy oyna haqida tushuncha va uning elementlari
  2. Grafik elementning xususiyati, xossasi va hodisalari haqida tushuncha
  3. Asosiy oynaning xossa va hodisalari
2

2

3 Foydalanuvchi interfeys komponentasi haqida tushuncha 
  1. Komponentlar haqida tushuncha va uning turlari
  2. Boshqaruvchi komponentlar va ulardan foydalanish
  3. Boshqaruvchi komponentlar asosiy xususiyatlari va hodisalari
2

3

4 Maʼlumot kiritish komponentlari 
  1. Bir qator matn kiritish komponentsi, uning asosiy xususiyatlari
  2. Koʻp qator matn kiritish komponentsi, uning asosiy xusisiyatlari
  3. Boshqa kiritish komponentlari va ularning asosiy xususiyatlari
2

4

5 Roʻyxat komponentlari 
  1. Roʻyxat koʻrsatuvchi komponentsi, uning asosiy xususiyatlari
  2. Tanlanadigan roʻyxat komponentsi, uning asosiy xususiyatlari
  3. Boshqa roʻyxat komponentlari va ularning asosiy xususiyatlari
2

5

6 Konteyner komponentlari 
  1. Guruh konteyner komponentlari, ularning asosiy xususiyatlari
  2. Qator komponentlari, ularning asosiy xususiyatlari
  3. Jadval konteyner komponentlari, ularning asosiy xususiyatlari
2

6

7 Boshqa komponentlar 
  1. Rasm komponentasi, uning asosiy xususiyatlari
  2. Indikator komponentasi, uning asosiy xususiyatlari
  3. Slider komponentasi, uning asosiy xususiyatlari
2

7

8 Standart muloqot oynalari 
  1. Xabar berish oynasi, uning xususiyatlari
  2. Fayl bilan ishlash muloqot oynasi
  3. Font tanlash muloqot oynasi
2

8

9 Asosiy oynaning komponentlari 
  1. Menu komponentasi, uning asosiy xususiyatlari
  2. Uskunalar paneli komponentasi, uning asosiy xususiyatlari
  3. Holatlar satri komponentasi, uning asosiy xususiyatlari
2

9

10 Murakkab strukturali komponentalar 
  1. Murakkab strukturali roʻyxat komponenti
  2. Daraxtsimon strukturali komponenti
  3. Daraxtsimon strukturali komponentaning asosiy xususiyatlari
2

10

11 Bir nechta asosiy oynalar bilan ishlash 
  1. Bir nechta asosiy oynalarni bir-biriga bogʻlash usullari
  2. Modal oynalar bilan ishlash
  3. Murakkab asosiy oynalar bilan ishlash
2

11

12 Foydalanuvchi interfeys hodisalari 
  1. Operatsion tizim hodisalari
  2. Klaviatura va sichqoncha hodisalari
  3. Drag & Drop texnologiyasi
2

12

13 Internet yordamida maʼlumotlar yuklash 
  1. Internet va HTTP protokol haqida qisqa tushuncha
  2. HTTP soʻrov turlari
  3. HTTP yordamida internetdan maʼlumot yuklash
2

13

14 Asosiy oyna maʼlumotlarini saqlash usullari 
  1. Fayl (INI) yordamida maʼlumotlarni saqlash
  2. Maʼlumotlar bazasi va SQL haqida qisqacha tushuncha
  3. Maʼlumotlar bazasi yordamida maʼlumotlarni saqlash
2

14

15 Loyihalash patterni haqida tushuncha. MVVM patterni 
  1. Loyihalash pattern haqida qisqacha tushuncha
  2. MVVM patterniga kirish. INotifyPropertyChanged interfeysi
  3. Asosiy oyna va MVVM ni bogʻlash
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Visual Studio dasturlash muhiti bilan ishlash 
  1. Visual Studio asosiy interfeysi
  2. Visual Studio muhitida Windows Forms loyihasini yaratish
  3. Visual Studio loyiha, komponenta, xususiyat oynalari
2

1

2 Visual Studio muhitida asosiy oyna bilan ishlash. 
  1. FormIntro nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

2

3 Boshqa komponentlar bilan ishlash. 
  1. FormOthers nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

3

4 Maʼlumot kiritish komponentlari bilan ishlash. 
  1. FormEdits nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

4

5 Roʻyxat komponentlari bilan ishlash. 
  1. FormLists nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

5

6 Konteyner komponentlari bilan ishlash. 
  1. FormLayouts nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

6

7 Boshqaruvchi komponentalar bilan ishlash. 
  1. FormOthers nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

7

8 Standart muloqot oynalari bilan ishlash. 
  1. FormDialogs nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

8

9 Asosiy oynaning komponentlari bilan ishlash. 
  1. FormTools nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

9

10 Murakkab strukturali komponentalar bilan ishlash. 
  1. FromViews nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

10

11 Bir nechta asosiy oynalar bilan ishlash. 
  1. ManyForms nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

11

12 Foydalanuvchi interfeys hodisalari bilan ishlash. 
  1. FormEvents nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

12

13 Internet yordamida maʼlumotlar yuklash. 
  1. FormHTTP nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

13

14 Asosiy oyna maʼlumotlarini fayl yordamida saqlash. 
  1. FromData nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

14

15 MVVM yordamida loyiha yaratish. 
  1. FromMVVM nomlik loyiha yaratish
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot va topshiriqlar
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Grafik foydalanuvchi interfeysi texnologiyalarining nazariy asoslari va rivojlanish tendensiyalari. 

1

2 WPF texnologiyasida interfeys qurish imkoniyatlari va arxitektura yondashuvlari. 

2

3 UWP texnologiyasida multiplatforma interfeys ishlab chiqish tamoyillari. 

3

4 MAUI texnologiyasining kross-platformaviy interfeys yaratishdagi oʻrni. 

4

5 WinUI interfeys texnologiyasining innovatsion jihatlari va afzalliklari. 

5

6 NuGet paket menejerining dasturiy loyihalarda modullarni boshqarishdagi roli. 

6

7 Windows Forms texnologiyasi asosida ishlab chiqiladigan funksional dasturlarni loyihalash. 

7

8 Kalkulyator dasturini ishlab chiqishda interfeys va funksionallik integratsiyasi. 

8

9 Matn muharriri dasturlarida interfeys yechimlari va foydalanuvchi qulayligi. 

9

10 Grafik muharrir dasturlari uchun interfeys dizayni va vizual imkoniyatlar. 

10

11 Rasmni qayta ishlash (filterlash) dasturlarida interfeysning funksional imkoniyatlari. 

11

12 Omborxona hisob-kitob dasturlarida interfeys va maʼlumotlar bazasi integratsiyasi. 

12

13 Savdo va mahsulot boshqaruvi dasturlarida foydalanuvchi interfeysi dizayn tamoyillari. 

13

14 Dorixona va tibbiyot sohasidagi dasturlarda interfeys yechimlari va funksionallik. 

14

15 Taʼlimiy yoʻnalishda ishlab chiqiladigan dasturlar uchun interfeys imkoniyatlari. 

15

16 Multimedia dasturlarida foydalanuvchi interfeysi texnologiyalarining qoʻllanishi. 

16

17 Visual Studio muhitida grafik interfeys loyihalash metodologiyasi. 

17

18 GUI komponentalarining foydalanuvchi tajribasiga taʼsirini ilmiy asosda tahlil qilish. 

18

19 Standart muloqot oynalari dizaynining amaliy samaradorligini oʻrganish. 

19

20 MVVM loyihalash patternining foydalanuvchi interfeys dasturlarida qoʻllanilishi. 

20

21 Drag & Drop texnologiyasining dasturiy ilovalardagi qoʻllanilish mexanizmlari. 

21

22 Internet orqali maʼlumot yuklash texnologiyalarining foydalanuvchi interfeysiga taʼsiri. 

22

23 Fayl va INI formatlaridan foydalangan holda maʼlumotlarni saqlash usullari. 

23

24 SQL maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan foydalanuvchi interfeys dasturlari. 

24

25 Foydalanuvchi interfeysida “responsive design” tamoyillarini tatbiq etish usullari. 

25

26 Murakkab strukturali roʻyxat va daraxtsimon komponentalar bilan ishlash nazariyasi. 

26

27 Interfeys dasturlarida foydalanuvchi hodisalari (klaviatura, sichqoncha) boshqaruvi. 

27

28 Indikator, slider va boshqa vizual elementlarning samaradorlik jihatlari. 

28

29 Cross-platform GUI texnologiyalarining solishtirma tahlili (MAUI, Qt, Electron). 

29

30 Foydalanuvchi interfeysi texnologiyalarining istiqboli va ilmiy prognozlari. 

30

 
 

Izoh: Mustaqil ishni talabalar elektron taqdimot shaklda topshirishadi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Александрова И. Л., Тумаков Д. Н. . Программирование на языке C#. Учебное пособие – Издание 2-ое, исправленное и дополненное. – Казань: Казанский государственный университет, 2017. – 112 с      
  2. Осипов Н. А. . Разработка Windows приложений на C#. Учебное пособие. СПб: НИУ ИТМО, 2012. – 74 с      
  3. Абрамян М. Э. Visual C# на примерах. - СПб.: БХВ-Петербург, 2008. - 496 с      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Brown Erik. Windows Forms in Action      
  2. Brown Erik. Windows Forms programming C#      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://learn.microsoft.com/ru-ru/dotnet/csharp      
  • https://learn.microsoft.com/en-us/dotnet/desktop/winforms      
  • https://metanit.com/sharp/windowsforms      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni dastur kodi yoki loyiha ishi koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot shakllarda amalga oshiriladi 10 3-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Dastur kodi yoki loyiha ishi koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 3-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. yozma Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon oʻgʻli

Mahmudov Muhamadxon Nuralixon oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: alimkulovnurmukhammad@gmail.com
email.fiery@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Abduvoxidov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

A.Medatov - Andijon davlat universiteti, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Alimqulov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Mahmudov

Fan oʻqituvchisi