JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Axborot texnologiyalari

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Axborot texnologiyalari Fan kodi AT105
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma.
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

talabalarga axborot texnologiyalari, zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy taʼminot va ulardan foydalana olish koʻnikmalari, bulutli servislar xizmatlaridan foydalana olishi koʻnikmalari, matn muhariri, jadvallar bilan ishlash dasturiy taʼminotlaridan foydalanish koʻnikmalari, elektron platformalar bilan ishlash koʻnikmalari hosil qilishdan iborat

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • kompyuter va undan foydalanish boʻyicha dastlabki bilimlarga ega boʻlish;
  • matn va jadval axborotlarni shakillantirish va qayta ishlash tushunchalari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • masofaviy taʼlim texnologiyalari haqida tushunchaga ega boʻlish;
  • elektron platformalar va ulardan foydalanish tushunchalariga ega boʻlish;
  • zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari va ulardan foidlanish dastlabki tushunchalariga ega boʻlishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • ofis dasturlari va ulardan foydalanishni bilishi ;
  • zamonaviy axborot tizimlari va ulardan samarali foydalanish ;
  • zamonaviy elektron taʼlim platformalari va ulardan foydalanish ;
  • ijtimoiy tarmoqlar va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Fanga kirish. AKTning filologiyadagi roli 
  1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tushunchasi va tasnifi
  2. Filologik faoliyatda AKT (matn tahlili, lugʻatshunoslik, adabiyotshunoslik) ning ahamiyati
  3. "Raqamli Gumanitariya" (Digital Humanities) yoʻnalishi va uning Oʻzbekistondagi rivoji
2

1

2 Kompyuterning asosiy tuzilishi va ishlash printsipi. Tashkil qiluvchi qismlari 
  1. Kompyuterning funksional arxitekturasi: Fon Neyman prinsipi
  2. Asosiy tashkil qiluvchi qismlar: CPU, RAM, ROM, Motherboard va ularning vazifalari
  3. Kompyuter avlodlari va ularning qisqacha xarakteristikalari
2

2

3 Kompyuterga maʼlumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari 
  1. Kiritish qurilmalari (Input Devices): Klaviatura, sichqoncha, skanerning filologik tadqiqotlardagi roli
  2. Chiqarish qurilmalari (Output Devices): Monitor, printer va audiotizimlarning xarakteristikalari
  3. Periferik qurilmalarning turlari va ularni kompyuterga ulash interfeyslari (USB, HDMI, Wi-Fi)
2

3

4 Operatsion tizimlar, Windows va Linux ning ish stoli va fayl tizimlari 
  1. Operatsion tizim (OT) tushunchasi, vazifalari va turlari (Windows, Linux, macOS)
  2. Windows va Linux OTlarida ish stoli (Desktop) ni boshqarish va asosiy sozlamalar
  3. Fayl tizimi (NTFS, FAT, ext4) va filologik hujjatlarni samarali kataloglash (papkalash) qoidalari
2

4

5 Matnli axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari 
  1. Raqamli matn tushunchasi, uning atributlari (shrift, format)
  2. Matnni kodlash tizimlari: ASCII, ANSI, va YUNIKOD (milliy tillar uchun ahamiyati)
  3. Matn muharrirlari (MS Word, Google Docs) ning asosiy funksiyalari va imkoniyatlari
2

5

6 MS Wordʼda ilmiy hujjatlarni formatlash Mundarija, iqtiboslar va izohlar yaratish 
  1. Ilmiy ishlarda (Maqola, Dissertatsiya) MS Wordʼdagi "Stil" (Style) lardan foydalanish
  2. Avtomatik Mundarija (Oglavleniye) yaratish va uni yangilash texnikasi
  3. Iqtiboslar (Ssilka) va Izohlar (Snoska) bilan ishlash, ularni standartlarga mos rasmiylashtirish
2

6

7 DOC(X), TXT, PDF, DJVU formatidagi hujjatlar bilan ishlash. Ularni chop qilish imkoniyatlari 
  1. Matnli hujjatlarning asosiy formatlari (DOCX, TXT, PDF, DJVU) va ularning afzalliklari/kamchiliklari
  2. Hujjatlarni bir formatdan boshqasiga konvertatsiya qilish (Masalan, DOCX ni PDF ga oʻtkazish)
  3. Chop qilish (Print) sozlamalari, sahifa parametrlari va chop etish sifatini boshqarish
2

7

8 MS Excel imkoniyatlari, funksiyalar bilan ishlash 
  1. Jadval protsessori (MS Excel) ning asosiy elementlari (yacheyka, satr, ustun, ish varagʻi)
  2. Excelda formulalar va sodda funksiyalar (SUM, AVERAGE, COUNT) bilan ishlash tamoyillari
  3. Nisbiy va Mutlaq havolalar (Relative va Absolute references) tushunchasi va qoʻllanilishi
2

8

9 MS Excel filologik tadqiqotdagi maʼlumotlarni jadvalda tahlil qilish 
  1. Filologik maʼlumotlarni (soʻz chastotasi, xato turlari) Excelga kiritish va tartiblash
  2. Maʼlumotlarni saralash (Sort) va filtr (Filter) qilish orqali tahliliy guruhlash
  3. Shartli formatlash (Conditional Formatting) yordamida jadvaldagi muhim natijalarni ajratib koʻrsatish
2

9

10 PowerPoint taqdimotlar yaratish, vizual kommunikatsiya 
  1. Taqdimot konsepsiyasi: Maqsad va auditoriyaga mos slaydlarni rejalashtirish
  2. PowerPointda matn, rasm va animatsiyalar bilan ishlash, dizayn shablonlarini qoʻllash
  3. Vizual kommunikatsiya qoidalari: 10/20/30 qoidasi va shriftlarning oʻqilishi
2

10

11 Kompyuter viruslari va antivirus dasturlar. Maʼlumotlarni himoya qilish 
  1. Kompyuter viruslari, turlari (Troyan, Fishing, Spyware) va ularning filologik hujjatlarga taʼsiri
  2. Antivirus dasturiy taʼminoti (Kaspersky, Windows Defender) ning ishlash prinsiplari
  3. Maʼlumotlarni zahiralash (Backup) va parollar yordamida himoya qilish
2

11

12 Matnlarni arxivlash, Arxivator dasturlari 
  1. Axborotni arxivlashning maqsadi (hajmni kichraytirish va bir nechta faylni birlashtirish)
  2. Arxiv formatlari (ZIP, RAR, 7Z) va ularni ochish/yaratish uchun dasturlar (WinRAR, 7-Zip)
  3. Arxivlarga parol oʻrnatish va shikastlangan arxivlarni tiklashning oddiy usullari
2

12

13 Audio va video kontent bilan ishlash. Intervyularni yozish va qayta ishlash vositalari 
  1. Audio va video kontent bilan ishlash. Intervyularni yozish va qayta ishlash vositalari
  2. Audio yozuvlarni (intervyu, nutq) qayd etish texnikasi va ularning formatlari (MP3, WAV)
  3. Video va audio fayllarni oddiy tahrirlash (kesish, ovozni tozalash) vositalari
  4. Audioni matnga oʻtkazish (Transkripsiya) xizmatlari va dasturlari haqida umumiy maʼlumot
2

13

14 Elektron va multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar 
  1. Elektron qoʻllanmalar tushunchasi, ularning afzalliklari va turli formatlari
  2. Multimediyali qoʻllanma yaratishda integratsiyalashtirilgan texnologiyalar (matn, rasm, audio, video)
  3. Qoʻllanma yaratish uchun oddiy dasturlar (AutoPlay Menu Builder, Power Point) imkoniyatlari
2

14

15 Sunʼiy intellekt (SI) va matn yaratish, ChatGPT va boshqa SI larning etik qoʻllanilishi 
  1. Sunʼiy intellekt (SI) ning matn yaratishdagi roli va asosiy imkoniyatlari
  2. ChatGPT va shunga oʻxshash Katta Til Modellarini (LLM) filologik ishlarda qoʻllash
  3. Matn yaratuvchi SI lardan foydalanishning etik qoidalari va plagiatga qarshi kurash (Oʻzbekiston kontekstida)
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi. 
  1. Axborot texnologiyalari
  2. Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi
  3. Zamonaviy axborot texnologiyalari
2

1

2 Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari 
  1. Microsoft Word dasturi va uning asosiy imkoniyatlari
  2. Microsoft Word dasturi menyusining buyruqlari va vazifalari
  3. Matn belgilarini formatlash
2

2

3 Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari 
  1. Elektron jadvallar haqida tushuncha
  2. Microsoft Excel elektron jadvali va unda ishlash
  3. Excel dasturi uskunalar paneli
2

3

4 Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari 
  1. Taqdimotlar haqida tushuncha
  2. Microsft Power Point va uning imkoniyatlari
  3. Power Point dasturida rasm, ovozlar va animastiyalardan foydalanish
2

4

5 Maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish va infografika 
  1. Maʼlumotlarni vizualizatsiya tushunchasi
  2. Samarali infografika yaratish qilish usullari
  3. Maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish online platformalari
2

5

6 Turli sohalarda axborot tizimlarini qoʻllash 
  1. Menejment axborot tizimlari
  2. Statistika axborot tizimlari
  3. Soliq axborot tizimlari
2

6

7 Internetda qidiruv tizimlaridan samarali foydalanish 
  1. Tarmoq va uning turlari haqida tushuncha
  2. Internet tushunchasi
  3. Internet qidiruv tarmogʻi va uning imkoniyatlari haqida tushuncha
2

7

8 Ijtimoiy tarmoqlar va ulardan samarali foydalanish 
  1. Ijtimoiy tarmoqlar va uning imkoniyatlari haqida tushuncha
  2. Ijtimoiy tarmoqlar turlari
  3. Ijtimoiy tarmoqlarda guruhlar va sahifalar ochish
2

8

9 Bulutli texnologiyalar 
  1. Bulutli texnologiyalar modellari va vujudga kelish jarayoni
  2. Zamonaviy bulutli xizmatlar. Taʼlim uchun mikrosoft buluti
  3. Cloud - har bir zamonaviy kompaniya uchun texnologiya. Google drive
2

9

10 Rivojlanayotgan texnologiyalar 
  1. Virtual reallik, kengaytirilgan reallik va media
  2. Blokcheyn tizimi va kriptovalyutalar. Media va texnologiyalardagi kelajak tendentsiyalari
  3. Sunʼiy intellekt va mashinaviy oʻqitish. Internet narsalari (IoT) texnologiyalari
2

10

11 Matnlarni arxivlash, Arxivator dasturlari 
  1. Axborotni arxivlashning maqsadi (hajmni kichraytirish va bir nechta faylni birlashtirish)
  2. Arxiv formatlari (ZIP, RAR, 7Z) va ularni ochish/yaratish uchun dasturlar (WinRAR, 7-Zip)
  3. Arxivlarga parol oʻrnatish va shikastlangan arxivlarni tiklashning oddiy usullari
2

11

12 Elektron va multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar. 
  1. Elektron qoʻllanmalar tushunchasi, ularning afzalliklari va turli formatlari
  2. Multimediyali qoʻllanma yaratishda integratsiyalashtirilgan texnologiyalar (matn, rasm, audio, video)
  3. Qoʻllanma yaratish uchun oddiy dasturlar (AutoPlay Menu Builder, Power Point) imkoniyatlari
2

12

13 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xizmatlaridan foydalanish 
  1. “Elektron hukumat” tizimi haqida tushuncha
  2. Infografika - Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari Portali 2. 0: Foydalanuvchi orientatsiyasi. Yagona Identifikatsiya tizimi
  3. Foydalanuvchining bir akkaunti bilan barcha davlat e-hukumat tizimlaridan foydalanishi
2

13

14 Zamonaviy Sunʼiy intellekt tizimlari 
  1. ChatGPT platformasi va samarali ishlatish usuli
  2. Gamma va Prezi platformalari
  3. Flux AI platformasi
2

14

15 Kompyuter dasturlari va axborot tizimlarida shaxsiy axborotlarning himoyasini taʼminlash 
  1. Kompyuter dasturlari va axborot tizimlarida shaxsiy axborotlarni himoya qilish qoidalari
  2. Antivirus dasturlarini oʻrnatish va sozlash. Kompyuter viruslari haqida tushuncha
  3. Axborot tizimlarida shaxsiy axborotlarni himoya viruslardan himoyalash usullari
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Axborot texnologiyalari tushunchasi. 

1

2 Turli sohalarda axborot texnologiyalarining qoʻllanilishi. 

2

3 Taʼlim jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanish. 

3

4 Zamonaviy kompyuterlarning turlari. 

4

5 Kompyuter qurilmalari va ularning vazifalari. 

5

6 Kompyuterning qoʻshimcha qurilmalari. 

6

7 Fayl tizimlari va ularning xususiyatlari (NTFS, FAT, exFat misolida). 

7

8 Dasturiy taʼminot tushunchasi 

8

9 Operatsion tizim va ularning turlari. 

9

10 Windows Operatsion tizimi va uning imkoniyatlari. 

10

11 Maʼlumotlarni arxivlashtirish va rezervlash. 

11

12 Masofaviy taʼlim texnologiyalari 

12

13 Masofaviy taʼlim modellari. Masofaviy taʼlim jarayonini amalga oshirish bosqichlari. 

13

14 Masofaviy taʼlim tizimida oʻquv jarayonini tashkillashtirish usullari (Moodle tizimi misolida). 

14

15 Bulutli texnologiyalar nima? 

15

16 Zamonaviy bulutli xizmatlar. 

16

17 Taʼlimda bulutli texnologiyalar va bulutli xizmatlarning oʻrni. 

17

18 Google bulutli xizmatlari 

18

19 Zamonaviy Sunʼiy intellekt tizimlari. 

19

20 Matn generatsiya qilish uchun Sunʼiy intellekt tizimlari. 

20

21 Rasm generatsiya qilish uchun Sunʼiy intellekt tizimlari. 

21

22 Sunʼiy intellektni taʼlimda qoʻʼlash 

22

23 Infografika va uni tayyorlash uchun dasturiy vositalar. 

23

24 Virtual reallik va uning taʼlimda qoʻllanilishi 

24

25 Axborot tizimlari 

25

26 Amaliy dasturiy taʼminot. (Mikrosoft Office misolida) 

26

27 Internetda qidiruv tizimlari 

27

28 Kompyuter tarmoqlari va turlari 

28

29 FinTech tushunchasi. 

29

30 Talabalar bilimini baholash platformalari. 

30

 
 

Izoh: Mustaqil ishlar taqdimot koʻrinishida boʻlishi kerak

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Shoaxmedova N. X. Abdullayeva I. M. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari. Darslik. -T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyoti-matbaa uyi”, nashriyoti 2021, 504 b      
  2. Qudratov A. N. Taʼlimda axborot texnologiyalari fanidan oʻquv qoʻllanma. - Toshkent: "NIF MSH”, 2024. – 180 b      
  3. Muxlisov S. S. Kuchkarbayev R. U. Xazratov F. X. Taʼlimda axborot texnologiyalari . Oʻquv qoʻllanma . Buxoro – 2021      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Востретсова Е. В. Основы информационной безопасности. Учебное пособие. Екатеринбург, Издательство Уральского университета, – 2019      
  2. Ibraymov A. Y. Masofaviy oʻqitishning didaktik tizimi. – Toshkent: “Lesson press”, – 2020, – 112 bet      
  3. Трофимова. Б. Б. Информационные системе и технологии в экономике и управлении: учебник для бакалавров. 4-е изд. М.: Идательство Юрайт. – 2019. – 544 с      
  4. Kenneth C. Laudon, Jane P. Laudon. Management Information Systems: Managing the Digital Firm., 15 th ed., Pearson. – 2020. – 648 p      
  5. Yunusova G. N. Taʼlimda axborot texnologiyalari Namangan . 2021. -T. -275 - s      
  6. Yuldasheva G. Taʼlimda axborot texnologiyalari. 1 qism“Mehr-nuri” nashriyoti, Toshkent 2024. -T. -204 - s      
  7. Dadabaeva R. Nasridinova Sh. Shoaxmedova N. Ibragimova L. Ermatov Sh. Axborot – kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar. “Sanoatstandart” nashriyoti. Oʻquv qoʻllanma. – 2020. -T. – 552 bet      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://digital.uz      
  • https://kahoot.com/      
  • https://my.gov.uz/oz      
  • https://library.tiiame.uz/ru/resources/01HPR2KBJ53ECJ04SZY8D8T42J      
  • https://www.namdu.uz      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 1-12 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 2-11 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Amaliy mashgʻulotlar bajarish 10 1-12 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-12 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma. Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Sodikjanov Jaxongirbek Shuxratbek oʻgʻli

Turaxonova Shaxnoza Odiljonovna

Asranov Xabibullo Kamoldin oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: jsodikjanov@mail.ru
shaxnozaxan697@gmail.com
habib19920827@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Ibragimov - Andijon davlat texnika instituti, Dotsent

N.Alimqulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

J.Sodikjanov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

Sh.Turaxonova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

X.Asranov

Fan oʻqituvchisi