JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Gistologiya, sitologiya, embriologiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200-Davolash ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Gistologiya, sitologiya, embriologiya Fan kodi GS12-308
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
12 48

2. Fan maqsadi

odam organizmi organ va toʻqimalarining embrional rivojlanishi, mikroskopik va submikroskopik tuzilishi, hujayralarning sito va gistofiziologiyasining asosiy qonuniyatlarini oʻrganish, gistologik preparatlarni identifikatsiya va interpretatsiya qilish koʻnikmalarini egallash.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Biologik obyekt sifatida odam tanasining koʻp-darajali (hujayra, toʻqima aʼzo, tizim, organizm) tuzilishi tamoyili va undagi ierarxik oʻzaro aloqalar;
  • Odam organizmidagi funksional tizimlar, ularning boshqarilishi haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • Hujayra, toʻqimalarning turlari, umumiy tuzilishi va vazifalarini;
  • regeneratsiya, differensirovka, proliferatsiya jarayonlari, toʻqima va aʼzolar integratsiyasi boʻyicha umumiy biologik qonuniyatlarni;
  • yurak-qon tomirlar tizimi, qon yaratuvchi va immun himoya aʼzolari, endokrin tizim aʼzolarining taraqqiyot manbalari, shakllanish muddatlari, umumiy tuzilish asoslari, vazifalari. va yoshga koʻra boʻladigan oʻzgarishlarinibilishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • mikroskop bilan ishlashni biladi ;
  • mikropreparatlarni yorugʻlik mikroskopi ostida toʻgʻri diagnostika qila oladi ;
  • qon surtmalaridagi leykotsitlar turlarini toʻgʻri ajratish ;
  • preparatlardagi asosiy tuzilmalarni albomda toʻgʻri tasvirlay olishni biladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Gistologiya faniga kirish. Epiteliy toʻqimasi 
  1. Toʻqimalar haqida tushuncha. Toʻqimalarning tarkibiy qismi: hujayralar va hujayralararo modda. Differonlar, toʻqima regeneratsiyasi, regeneratsiya turlari
  2. Toʻqimalar turlari: epitelial, ichki muhit, mushak va nerv toʻqimalari
  3. Epiteliy toʻqimasi. Epiteliy toʻqimasining morfofunksional tavsifi, turlari
  4. Qoplama va bezli epiteliy. Qoplama epiteliy turlari, epiteliy regeneratsiyasi, kambial hujayralar roli. Sekretor sikl haqida tushuncha, sekretsiya turlari. Bezli epiteliy, ekzo-endokrin bezlar. Ekzokrin bezlar umumiy tuzilish prinsipi
2

1

2 Sitologiya 
  1. Sitologiya xaqida tushuncha. Xujayra struktur tuzilmalari,
  2. xujayra membranasi, xujayra qobigʻi
  3. Мembranali va membranasiz оrganoidlar
  4. Yadro (magʻiz). Xujayra boʻlinishi
2

2

3 Ichki muxit toʻqimasi. Gemotsitopoez 
  1. Ichki muhit yoki tayanch-trofik toʻqimalar, morfofunksional tasnifi
  2. Qon tarkibi, gemogramma, uning klinik mohiyati. Plazma va uning tarkibi
  3. Qonning shaklli elementlari. Eritrotsitlar, tuzilishi, vazifalari. Donador leykotsitlar: neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, ularning tuzilishi va vazifalari. Donasiz leykotsitlar: limfotsitlar, turlari, immunitetdagi roli. Monotsitlar, tuzilishi, vazifasi
  4. Leykotsitar formula, uning klinik mohiyati
  5. Trombotsitlar, tuzilishi va ularning qonning ivishidagi roli. Gemogrammaning yoshga qarab oʻzgarishlari. Embrional gemotsitopoez
  6. Oʻzak hujayra. Postembrional gemotsitopoez: eritrotsitopoez, granulotsitopoez, monotsitopoez, trombotsitopoez, limfotsitopoez. Gemotsitopoezning boshqariluvi
2

3

4 Asl biriktiruvchi toʻqima. Togʻay va suyak toʻqimalari 
  1. Tolali va maxsus xususiyatli biriktiruvchi toʻqimalar. Togʻay va suyak toʻqimalari. Morfofunksional tavsifi, turkumlari, hujayralar, hujayralararo modda, tarkibi va ahamiyati
  2. Asl biriktiruvchi toʻqima, turlari. Siyrak tolali biriktiruvchi toʻqima, mohiyati. Hujayralar: fibroblastlar, tuzilishi, turlari va faoliyati. Makrofaglar, plazmatik xujayralar va ularning immunitetdagi roli
  3. Mononuklear fagotsitlar sistemasi (MFS). Toʻqima bazofillari, ularning tuzilishi, faoliyati va toʻqima gomeostazidagi roli. Pigmentotsitlar, lipotsitlar, peritsitlar, adventitsial xujayralar. Hujayralararo modda: tolalar, asosiy modda
  4. Zich tolali va maxsus xususiyatga ega biriktiruvchi toʻqimalar: paylar, pigment, retikulyar, yogʻ, shilliq toʻqimalar
  5. Skelet toʻqimalari: umumiy tavsifi, turkumlari. Togʻay toʻqimasi: gialin, elastik, tolali togʻayning tarkibiy qismi, tarakkiyoti, regeneratsiyasi, yoshga koʻra oʻzgarishlari. Suyak toʻqimasi, turlari, hujayralari va hujayralararo moddalari. Dagʻal tolali va plastinkasimon suyaklar. Suyak toʻqimasining taraqqiyoti (osteogistogenez), regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

4

5 Muskul toʻqimasi 
  1. Mushak toʻqimasi tavsifi, tasnifi. Silliq mushak toʻqimasi, joylashuvi, tuzilishi, qisqarish mexanizmlari. Skelet mushak toʻqimasining tuzilishi: miofibrillalar, T va L- sistemalar, sarkomer
  2. Mushak qisqarishining struktur asoslari. Mushak taraqqiyoti, regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
  3. Yurak mushak toʻqimasi: kardiomiotsitlar turlari, tuzilishi, vazifalari va regeneratsiyasi
2

5

6 Nerv toʻqimasi 
  1. Nerv toʻqimasining taraqqiyoti va tavsifi. Neyronlar ularning turlari va tuzilishi
  2. Neyrosekretor hujayralar. Neyrogliya: gliotsitlar, turlari, tuzilishi va vazifalari
  3. Nervlar, nerv oxirlari, sinapslar ularning turlari va vazifalari. Nerv toʻqima-sining regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

6

Jami 12

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Gistologiya faniga kirish. 
  1. Gistologiya fani xaqida tushuncha
  2. Boshqa fanlar bilan bogʻligi
2

1

2 Gistologik preparatlarni tayyorlash texnikasi. 
  1. Gistologik preparatlarni tayyorlash texnikasi va ularning bosqichlari
2

2

3 Sitologiya 
  1. Sitologiya xaqida tushuncha
  2. Xujayra struktur tuzilmalari
  3. Xujayra membranasi
  4. Xujayra qobigʻi
2

3

4 Sitologiya 
  1. Мembranali va membranasiz оrganoidlar
  2. Yadro (magʻiz)
  3. Xujayra boʻlinishi
2

4

5 Toʻqimalar. Epiteliy toʻqimasi. 
  1. Toʻqimalar haqida tushuncha. Toʻqimalarning tarkibiy qismi: hujayralar va hujayralararo modda
  2. Differonlar, toʻqima regeneratsiyasi, regeneratsiya turlari. Toʻqimalar turlari: epitelial, ichki muhit, mushak va nerv toʻqimalari
  3. Epiteliy toʻqimasi. Epiteliy toʻqimasining morfofunksional tavsifi, turlari
2

5

6 Qoplama va bezli epiteliy. 
  1. Qoplama epiteliy turlari, epiteliy regeneratsiyasi kambial hujayralar roli
  2. Sekretor sikl haqida tushuncha
2

6

7 Qon va limfa. 
  1. Qon tarkibi, gemogramma, uning klinik mohiyati
  2. Plazma va uning tarkibi
  3. Eritrotsitlar, tuzilishi, vazifalari
2

7

8 Qon va limfa. 
  1. Donador leykotsitlar: neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, ularning tuzilishi va vazifalari
  2. Donasiz leykotsitlar: limfotsitlar, turlari, immunitetdagi roli. Monotsitlar, tuzilishi, vazifasi
  3. Leykotsitar formula, uning klinik mohiyati
  4. Trombotsitlar, tuzilishi va ularning qonning ivishidagi roli, gemogrammaning yoshga qarab oʻzgarishlari
  5. Limfa va uning tarkibi, ularning tuzilishi va vazifalari
2

8

9 Gemotsitopoez va uning bosqichlari 
  1. Embrional gemotsitopoez, oʻzak hujayra haqida tushuncha
2

9

10 Gemotsitopoez va uning bosqichlari 
  1. Postembrional gemotsitopoez: eritrotsitopoez, granulotsitopoez, monotsitopoez, trombotsitopoez, limfotsitopoez
  2. Gemotsitopoezning boshqariluvi
2

10

11 Asl biriktiruvchi toʻqima. 
  1. Tolali va maxsus xususiyatli biriktiruvchi toʻqimalar. Togʻay va suyak toʻqimalari
  2. Morfofunksional tavsifi, turkumlari, hujayralar, hujayralararo modda, tarkibi va ahamiyati
2

11

12 Asl biriktiruvchi toʻqima. 
  1. Asl biriktiruvchi toʻqima, turlari. Siyrak tolali biriktiruvchi toʻqima, mohiyati. Hujayralar: fibroblastlar, tuzilishi, turlari va faoliyati. Makrofaglar, plazmatik xujayralar va ularning immunitetdagi roli. Mononuklear fagotsitlar sistemasi (MFS)
  2. Toʻqima bazofillari, ularning tuzilishi, faoliyati va toʻqima gomeostazidagi roli. Pigmentotsitlar, lipotsitlar, peritsitlar, adventitsial xujayralar. Hujayralararo modda: tolalar, asosiy modda
  3. Zich tolali va maxsus xususiyatga ega biriktiruvchi toʻqimalar: paylar, pigment, retikulyar, yogʻ, shilliq toʻqimalar
2

12

13 Skelet toʻqimasi (togʻay va suyak toʻqimalari) 
  1. Skelet toʻqimalari: umumiy tavsifi, turkumlari
  2. Togʻay toʻqimasi: gialin, elastik, tolali togʻayning tarkibiy qismi, tarakkiyoti, regeneratsiyasi, yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

13

14 Skelet toʻqimasi (togʻay va suyak toʻqimalari) 
  1. Suyak toʻqimasi, turlari, hujayralari va hujayralararo moddalari
  2. Dagʻal tolali va plastinkasimon suyaklar
  3. Suyak toʻqimasining taraqqiyoti (osteogistogenez), regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

14

15 Muskul toʻqimasi. 
  1. Mushak toʻqimasi tavsifi, tasnifi
  2. Silliq mushak toʻqimasi, joylashuvi, tuzilishi, qisqarish mexanizmlari
  3. Skelet mushak toʻqimasining tuzilishi: miofibrillalar, T va L- sistemalar, sarkomer
2

15

16 Muskul toʻqimasi. 
  1. Mushak qisqarishining struktur asoslari. Mushak taraqqiyoti, regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
  2. Yurak mushak toʻqimasi: kardiomiotsitlar turlari, tuzilishi, vazifalari va regeneratsiyasi
2

16

17 Nerv toʻqimasi. 
  1. Nerv toʻqimasining taraqqiyoti va tavsifi
  2. Neyronlar, ularning turlari va tuzilishi
  3. Neyrosekretor hujayralar
2

17

18 Nerv toʻqimasi. 
  1. Neyrogliya: gliotsitlar, turlari, tuzilishi va vazifalari
  2. Nervlar, nerv oxirlari, sinapslar ularning turlari va vazifalari
  3. Nerv toʻqimasining regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

18

19 Yurak-qon tomirlar tizimi 
  1. Qon tomirlarining taraqqiyoti, umumiy tavsifi, turlari, ular tuzilishining gemodinamikaga bogʻliqligi
  2. Arteriyalar, turlari, tuzilishi. Gemomikrosirkulyator tarmoqlar: gemokapillyarlar, arteriolalar, venulalar, arteriolo-venulyar anastomozlar, tuzilishi, faoliyati
  3. Venalar, turlari, tuzilishi
2

19

20 Yurak-qon tomirlar tizimi 
  1. Yurak, taraqqiyoti, umumiy tavsifi, devorlari. Endokard, toʻqima tarkibi, yurak klapanlari
  2. Miokard: tipik va atipik mushaklari, qoʻzgʻalish hosil qiluvchi va uni oʻtkazuvchi tuzilmalari
  3. Epikard va perikard tuzilishi
  4. Yurak devorining regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

20

21 Qon yaratuvchi va immun-himoya aʼzolari 
  1. Umumiy tavsifi, qon va immun sistemalari haqida tushuncha
  2. Qon yaratilishida va immunitetda mikromuhit hujayralarining roli
  3. Markaziy aʼzolar va ularning gemopoez va immunogenezdagi roli
  4. Suyak koʻmigi, taraqqiyoti, tuzilishi. Koʻmikning gemopoezda va B-limfotsitopoezda tutgan oʻrni. Yoshga koʻra oʻzgarishlari
  5. Ayrisimon bez (timus), taraqqiyoti, tuzilishi va immun jarayondagi ahamiyati. Timus poʻstloq va magʻiz moddalarining xususiyatlari, T - limfotsitopoez, gemato-timik toʻsiqning tuzilishi va ahamiyati. Timusning aksidental va yoshga koʻra involyusiyasi
2

21

22 Qon yaratuvchi va immun-himoya aʼzolari 
  1. Periferik aʼzolar, ularning gemopoez va immunogenezdagi roli
  2. Taloq, taraqqiyoti, tuzilishi. Oq va qizil pulpalar, T- , B- zonalarning xususiyatlari. Taloqning qon bilan taʼminlanishi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
  3. Limfatik tugunlar, taraqqiyoti, tuzilishi. Poʻstloq va magʻiz moddalar, sinuslar, T- va B- zonalarning xususiyatlari, tugunda limfa aylanishi. Tugunlarning immunitetdagi roli va yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

22

23 Endokrin tizim 
  1. Endokrin aʼzolar, umumiy tavsifi, markaziy va periferik endokrin aʼzolar. Gipotalamus yadrolari, ularning hujayra tarkibi va gipofiz bilan aloqasi. Gipofiz, taraqqiyoti, tarkibiy qismlari
  2. Adenogipofiz, hujayraviy tarkibi, gormonlari, vazifalari
  3. Gipotalamo-adenogipofizar aloqalar va unda portal qon aylanishning ahamiyati. Neyrogipofiz, tuzilishi, gipotalamus bilan aloqasi
  4. Epifiz, tuzilishi, gormonlari, funksional ahamiyati. Qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlari, taraqqiyoti, tuzilishi, gormonlari, vazifalari
2

23

24 Endokrin tizim 
  1. Buyrak usti bezi, taraqqiyoti, umumiy tuzilishi. Poʻstloq qismi zonalari hujayralari va ularning gormonlari. Magʻiz qismi, uning hujayralari va gormonlari. Diffuz endokrin hujayralar va APUD sistema. Endokrin aʼzolarning yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

24

Jami 48

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Gistologiya fanining predmeti, metodlari va vazifalari . 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

1

2 Hujayra tuzilishi va funksiyasi 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

2

3 Epitelial toʻqima turlari 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

3

4 Biriktiruvchi toʻqimalar 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

4

5 Mushak toʻqimalari (silliq, yurak, koʻndalang-targʻil) 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

5

6 Asab toʻqimasi va neyronlar 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

6

7 Qonning hujayraviy tarkibi va gemopoez 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

7

8 Yurak va qon tomirlar tuzilishi 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

8

9 Limfoid aʼzolar 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

9

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Toʻxtaev Q. R., Gistologiya, sitologiya, embriologiya, Darslik. Toshkent 2022y      
  2. Zufarov K. A., Gistologiya. Darslik. Toshkent. 2005 y      
  3. Tuychiyev G. U., Kosimov D., Yulbarsova M., Sotvoldiyev O. I. Embriologiya. Darslik-“Omadbek print number one”MCHJ Andijon: 2025y      
  4. Antoni Meysher. Junkeyraning gistologiya asoslari va atlas. Darslik. 2013 y      
  5. Yuldashev A. Y., Knyasev L. S., Islamova G. R. . Gistologiya, sitologiya, embriologiya Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2010 y      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Tursunov E. A. Gistologiya. Oʻquv qoʻllanma. I qism. Toshkent. 2010 y      
  2. Tursunov E. A. Gistologiya. Oʻquv qoʻllanma. II qism. Toshkent. 2011 y      
  3. Улумбекова Е. А. и Челушева Ю. А. Гистология, эмбриология, цитология. Учебник. Москва 2009 г      

7.3. Axborot manbaalari:

  • http://www.histology.narod.ru/      
  • http://histologyatlas.wisc.edu/      
  • http://www.histology-world.com/      
  • http://www.ziyonet.uz      
  • http://www.edu.uz      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Kosimov Dilmurot

Xojimatov Sardorbek Ravshanbek oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: dilmurodq643@gmail.com
xojimatovsardorbek7@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Saliyeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

X.Aliyev - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanbba-Juma soat 15:00 – 18:00, A 516 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Gistologiya, sitologiya va embriologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

B.Ibragimov

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Kosimov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

S.Xojimatov

Fan oʻqituvchisi