JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300-Pediatriya ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya Fan kodi GXGTE1406
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: Test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
90
(aud)
90
(must)
24 66

2. Fan maqsadi

talabalarda atrof muhitda boʻlayotgan muammolarni aniq tasavvur qilish, inson organizmiga salbiy taʼsir etuvchi omillar va kasalliklarni oldini olish profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish, atrof muhit jumladan, ekologik omillarining holatini tekshirish, uni tahlil qilish va olingan natijalarni gigiyenik nuqtai-nazardan baholash (davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi va boshq.) toʻgdrisidagi tushunchalarni shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tibbiyot kasbiga kirish (TTK1204)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • eng dolzarb gigiyenik va ekologik muammolarni baholash;
  • talabalar tomonidan gigiyenik tekshirish usullarini oʻzlashtirilishi;
  • talabalarni inson organizmi va atrof muhit bilan oʻzaro taʼsirlanish asoslari;
  • gigiyenik meʼyorlashtirish va reglamentlashtirishning asoslari bilan tanishtirish;
  • atrof muhit jumladan, ekologik omillarining holatini tekshirish, uni tahlil qilish va olingan natijalarni gigiyenik nuqtai-nazardan baholash (ovqatlanish gigiyenasi, davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, radiatsion sohasida) ni oʻrgatishdan iboratni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Yopiq xonalar mikroiqlimini tekshirish ;
  • Yopiq xonalar havosining antropogen ifloslanganligini tekshirish ;
  • Xonalarning tabiiy yoritilganlik holatini tekshirish ;
  • Xonalarning sunʼiy yoritilganlik holatini tekshirish ;
  • Suvning organoleptik va fizikaviy xossalari koʻrsatkichlarini aniqlash ;
  • Xavo xarakat tezligini aniqlash ;
  • Atmosfera bosimini aniqlash ;
  • Xavo namligini aniqlash ;
  • Xavoning temperaturasini aniqlash ;
  • Ketle indeksi va uni xisoblash ;
  • ITM va uni xisoblash ;
  • Sutni organoleptik tekshirish ;
  • Sutni kislotaliligini, zichligini aniqlash koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Zamonaviy gigiyena va tibbiy ekologiya, ularning tibbiyotdagi oʻrni 
  1. Gigiyenaning predmeti va vazifalari
  2. Ekologiya va tibbiy ekologiya haqida tushuncha
  3. Tibbiy taʼlim tizimida gigiyena va tibbiy ekologiya fanining oʻrni
  4. "Aholi salomatligi" tushunchasi, aholi salomatligi koʻrsatkichlarining yashash va turmush sharoitlariga bogʻliqligi
  5. Atrof muhit omillari haqida tushuncha. Gigiyenada qoʻllanadigan tekshirish usullari. Gigiyenik meʼyorlashtirish va reglamentlashtirishning asoslari
  6. Kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi haqida tushunchalarning tavsifi
2

1

2 Davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasining umumiy asoslari 
  1. Davolash-profilaktika muassasalari qurilishining gigiyenik asoslari (ambulatoriya-poliklinika muassasalari)
  2. OʻzRda DPMning moddiy-texnik bazasining holati va uni yaxshilash boʻyicha bugungi kundagi vazifalar. DPMlar qurilishining zamonaviy muammolari. Davolovchi-himoyalovchi tartib haqida tushuncha, uning davolash-profilaktika muassasalarini obodonlashtirilganligi bilan bogʻliqligi
  3. SanQvaM 0020-22 boʻyicha OʻzRda DPMni rejalashtirish va loyihalashtirish reglamentlari va gigiyenik asoslari. DPMlarni rejalashtirishga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar
  4. DPMlarni kommunal nuqtai-nazardan jihozlanishi (suv taʼminoti, kanalizatsiya, yoritilishi, shamollatilishi, chiqindilardan tozalash)
2

2

3 Kasalxona ichi infeksiyalari va ularni oldini olish tadbirlari. (SanQvaM 0342-17) 
  1. Kasalxona xonalarining tabiiy yoritilganlik holatini baholash;
  2. Kasalxona xonalarining sunʼiy yoritilganlik holatini baholash;
  3. Tabiiy yoritilganlik, tabiiy yoritilganlik koeffithienti
  4. Sunʼiy yoritilganlik meʼyorlari
2

3

4 Ovqatlanish va salomatlik. Bemorlarni parhez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari 
  1. Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi
  2. Ovqatlanishning ijtimoiy-gigiyenik muammo ekanligi
  3. Aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyati. Oqilona ovqatlanish tushunchasi va unga boʻlgan gigiyenik talablar, ovqatlanishning fiziologik meʼyorlari
  4. Asosiy oziq moddalarning manbalari va isteʼmolning gigiyenik meʼyorlari
  5. Alimentar kasalliklar haqida tushuncha, ularning tasnifi. Aholi ovqatlanishida ekologik muammolar
  6. Ovqatdan zaharlanishlar va ularning tasnifi. Ovqatdan zaharlanishning muhim shakllarini kelib chiqishini oldini olish
  7. Oʻzbekiston Respublikasi aholisining hozirgi zamondagi ovqatlanish holatining tavsifi. Alimentar-bogʻliq kasalliklar va bizning respublikamizda dolzarb holatlar. Alimentar tanqislikning klinik koʻrinishlari
  8. Aholining ovqatlanishini biologik faol moddalar bilan maqsadli boyitish masalalari
  9. Zamonaviy ekologik sharoitlarda ovqatlanishni ratsionallashtirish imkoniyati
2

4

5 Suv salomatlik omili 
  1. Suvning fiziologik, gigiyenik va epidemiologik ahamiyati. OʻzRsi aholisini suv bilan taʼminlashdagi eng muhim muammolar, mahalliy va markazlashgan suv taʼminoti haqida tushuncha
  2. Respublika hududidagi suv manbalariga gigiyenik taʼriflar. Suv taʼminoti manbalariga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar. Suv manbalarining sanitar himoya mintaqalarini tashkil qilish. Sanitar himoya zonasi (SHZ) haqida tushuncha. gʻ
  3. OʻzRda suv isteʼmoli meʼyorlari. Davlat Standarti haqida tushuncha. DavSt ga muvofiq ichimlik suvining sifatiga boʻlgan talablar
  4. Ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy taʼrif. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi zamonaviy usullar haqida tushuncha, suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish (usullari, vositalari, ishlov berish tartibi va uning gigiyenik nazorati)
2

5

6 Xavo muxiti gigiyenasi 
  1. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibi
  2. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining fiziologik axamiyati
  3. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining gigiyenik axamiyati
  4. Xavo muxiting biologik xossalari
  5. Xonalar mikroiklimi koʻrsatkichlarini tekshirish va gigiyenik baxolash
2

6

7 Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi 
  1. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining umumiy asoslari. Oʻzbekiston aholisi bolalar kontingentining salomatlik koʻrsatkichlari. Aholi turmush sharoitining bolalarning salomatlik holatini belgilovchi muhim omil ekanligi
  2. Uyushgan bolalar muassasalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar. Bolalarning jismoniy rivojlanishi, ularni tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqishning asosi ekanligi
  3. Akseleratsiya, uning gigiyenik ahamiyati, maktabga etuklik tushunchasi
  4. Bolalar muassasalarini qurish va jihozlashga boʻlgan gigiyenik talablar. Bolalar va oʻsmirlarni chiniqtiruvchi muolajalar va ularni qoʻllashda tavsiya qilinadigan tadbirlar
2

7

8 Mehnat gigiyenasi. Kasb kasalliklari, Oʻzbekiston Respublikasi uchun bu muammoning dolzarbligi. qishloq xoʻjaligidagi ishchi va xizmatchilar organizmiga taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiq omillarga umumiy taʼrif, ishchilarni sogʻlomlashtirishga doir tadbirlar. Mineral oʻgʻitlarni qoʻllash gigiyenasi. Pestitsidlar haqida tushuncha, issiqxonalarda mehnat gigiyenasi 
  1. Mehnat gigiyenasining umumiy asoslari va mehnatni muhofaza qilish
  2. Texnik taraqqiyotning mehnat sharoitlari oʻzgarishidagi gigiyenik ahamiyati, ekologik muammolari
  3. Mehnat gigiyenasi tushunchasi, mehnat gigiyenasi sohasidagi zamonaviy muammolar
  4. Ishlab chiqarishga oid zararlar haqida tushuncha, ularning tasniflari
  5. Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilariga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishning asoslari
  6. Ruhiy-fiziologik va biologik omillarga gigiyenik taʼrif, ularning ishchilar organizmiga zararli taʼsirini oldini olish tadbirlari
  7. qishloq xoʻjaligidagi ishchi va xizmatchilar organizmiga taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiq omillarga umumiy taʼrif, ishchilarni sogʻlomlashtirishga doir tadbirlar. Mineral oʻgʻitlarni qoʻllash gigiyenasi
  8. Pestitsidlar haqida tushuncha
  9. Issiqxonalarda mehnat gigiyenasi
2

8

9 Ishlab chiqarish muhitining fizik va kimyoviy omillari haqida tushuncha. Ishlab chiqarishga doir zararli omillarning maxsus taʼsiri: allergen, kanserogen, mutagen, teratogen, embriotoksik; oldini olish tadbirlari 
  1. Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillarga umumiy taʼrif: nomuvofiq mikroiqlim, shovqin, tebranish (fizikaviy taʼrif, ishchilar organizmiga zararli taʼsiri, zararli taʼsirini oldini olish tadbirlari). Sanoat changlari, changlarning tasniflari, changga doir patologiyalar haqida tushuncha va ularni oldini olish tadbirlari
  2. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar va davolovchi profilaktik ovqatlanish haqida tushuncha. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar haqida tushuncha, ularning gigiyenik ahamiyati: organizmga kirish yoʻllari, mumkin boʻlgan taʼsir etish tabiati, ularning zaharliligi boʻyicha tasnifi
  3. Oʻtkir va surunkali kasbiy zaharlanishlar haqida tushuncha, ularni oldini olish tadbirlari. Zararli kasblarda ishlovchi ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlar berish va ularga gigiyenik taʼrif
2

9

10 Radiatsion gigiyenai. Odam organizmiga taʼsir koʻrsatadigan umumiy radiatsion fonning gigiyenik ahamiyati. Radiatsion gigiyena sohasidagi gigiyenik reglamentlash 
  1. DSENM radiatsion gigiyena boʻlimi ishining mohiyati
  2. Ionlantiruvchi nurlanishlarni oʻlchaydigan asboblar va vositalar
  3. Dozimetrik nazorat
  4. Inmdan foydalanuvchi obyektlar ustidan oʻrnatiladigan ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati
  5. Ochiq va yopiq turdagi INM haqida tushuncha
  6. Rentgen tekshiruvlari turlari
  7. Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanganda radiatsion xavfsizlik
  8. Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantiruvchi manbalar va radioaktiv chiqindilarning tavsifnomasi
  9. DPMlarda INM foydalanilganda dozimetrik va radiometrik nazorat oʻtkazishning asoslari
2

10

11 Harbiy gigiyena. Qoʻshinlarni sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash va ovqatlanishini tashkil qilishning gigiyenik ahamiyati 
  1. OʻzR Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati. Qoʻshinlarni ovqatlantirish gigiyenasi. Ayrim qoʻshin turlaridagi mehnat gigiyenasi. Harbiy gigiyena haqida tushuncha. Uning rivojlanish tarixi. Qurolli kuchlardagi sanitariya nazorati va gigiyenik taʼminotlar haqida tushincha. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati kuchlari va vositalari
  2. Harbiy qoʻshinlarni joylashtirish, yuvintirish-kiyintirish boʻyicha xizmat gigiyenasi
  3. Harbiy xizmatchilarni ovqatlantirishni ahamiyati va kunlik ovqat mahsulotlarining meʼyori. Tinchlik davrida Harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sanitar nazorati. Xarbiy harakatlar davrida ovqatlanishni tashkil qilish va uning sanitar nazoratini amalga oshirish
  4. Tinchlik davrda qoʻshinlarning suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilishning asoslari. Harbiy dala sharoitida suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilish. Harbiy dala sharoitida tibbiy xizmat xodimining asosiy vazifalari. Dala sharoitida ichimlik sifatini yaxshilash usullari
  5. Harbiy mehnat gigiyenasi haqida tushuncha. Ayrim qoʻshin turlaridagi mehnatning oʻziga xos xususiyatlari. Tank qoʻshinlari mehnat gigiyenasi. Raketa qoʻshinlari mehnat gigiyenasi. Radiolokatsion stansiyalardagi Xarbiy xizmatchilarning mehnat gigiyenasi
2

11

12 Tibbiy ekologiya haqida tushuncha. Insonlarning hozirgi zamondagi yashash muhitini shakllanishi uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati 
  1. Atrof muhitning ifloslanishi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy negativ oqibati ekanligi. Ifloslanish turlari va ularning shahar hamda qishloq aholi yashash joylaridagi asosiy manbalari
  2. Zararli omillarning biosferada boʻlishi va oqibatining umumiy qonuniyatlari, biologik zanjirlar haqida tushuncha. Zamonaviy shaharlarda gigiyenik va ekologik muammolar
  3. Tibbiy ekologiyaning zamonaviy muammolari. Ekologo-gigiyenik monitoring haqida tushuncha, uning vazifalari. Atrof muhitni ifloslanish omillarining tavsifi. Ksenobiotiklar va ularning atrof muhit uchun ahamiyati. Oʻzbekiston respublikasi hududlarida ekologik vaziyatni tavsifi. Ekologik xavfli mintaqalar va ekologik zoʻriqqan zonalar. “Kam jadallikdagi omillar” tushunchasi va ahamiyati
  4. Ekologik vaziyat va ekopatologiyalar. Tibbiy ekologiya sohasida asosiy yoʻnalishlar. Atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar
2

12

Jami 24

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kasalxona xonalari mikroiqlimining gigiyenik ahamiyati (harorat, namlik, havo harakat tezligi, bosim). 
  1. Kasalxona xonalarining mikroiqlimni oʻrganish va baholash
  2. harorat
  3. namlik
  4. havo harakat tezligi
  5. bosim
2

1

2 Kasalxona xonalari havosining antropogen ifloslanishi haqida tushuncha. 
  1. Kasalxona xonalari havosining antropogen ifloslanishi
  2. Kasalxona xonalari havosining antropogen kimyoviy ifloslanganligini tekshirish va baholash (karbonat angdrid gazi misolida);
2

2

3 Kasalxona xonalari yoritilganligining gigiyenik ahamiyati. 
  1. Kasalxona xonalarining tabiiy yoritilganlik holatini baholash
  2. Kasalxona xonalarining oqilona insolyatsiyasi
  3. Kasalxona xonalarining tabiiy yoritilish holatini baholash koʻrsatkichlari
  4. Kasalxona xonalarining sunʼiy yoritilganlik holatini baholash
  5. Xonalardagi sunʼiy yoritilganlikni tavsiflash
  6. Sunʼiy yoritilganlik meʼyorlari
2

3

4 Loyiha materiallari boʻyicha davolash-profilaktika muassasalarini gigiyenik baholash (Shifoxona terapevtik, jarrohlik, yuqumli kasalliklar va tugʻruqxona boʻlimlariga boʻlgan asosiy gigiyenik taʼlablar. (Dalolatnoma tuzish). 
  1. Davolovchi-himoyalovchi tartib haqida tushunch
  2. Davolash-profilaktika muassasalarini obodonlashtirilganligi bilan bogʻliqligi. SanQvaM 0020-22
  3. OʻzRda DPMni rejalashtirish va loyihalashtirish reglamentlari va gigiyenik asoslari
  4. DPMlarni rejalashtirishga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar
4

4

5 Kasalxona ichi infektsiyasi va uni oldini olish (SanQvaM 0342-17). 
  1. Kasalxona ichi infeksiyasi haqida tushuncha
  2. KII kelib chiqish sabablari
  3. KII oldini olish choralari
  4. Ixtisoslashgan markazlarga (jarrohlik, yuqumli kasalliklar va tugʻruqxona) boʻlgan asosiy gigiyenik talablar
4

5

6 Oqilona ovqatlanish va uning tartibi haqida tushuncha, ularni tekshirish va baholash. Shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini tekshirish va baxolash. 
  1. Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi
  2. Ovqatlanishning ijtimoiy-gigiyenik muammo ekanligi
  3. Aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyati
  4. Oqilona ovqatlanish tushunchasi va unga boʻlgan gigiyenik talablar
  5. Ovqatlanishning fiziologik meʼyorlari
4

6

7 Bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning gigiyenik nazorati, bemorlarning parxez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari. 
  1. Asosiy oziq moddalarning manbalari va isteʼmolning gigiyenik meʼyorlari
  2. Alimentar kasalliklar haqida tushuncha, ularning tasnifi
  3. Bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning gigiyenik nazorati
  4. Bemorlarning parxez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari
  5. Parxez stollari
4

7

8 Tez buziluvchi ovqat mahsulotlarining sifatliligini gigiyenik baholash. Ovqatdan zaharlanishlar va ularni oldini olish choralari. 
  1. Aholi ovqatlanishida ekologik muammolar
  2. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatligini aniqlash (Sut, goʻsht va b. )
  3. Ovqatdan zaharlanishlar va ularning tasnifi
  4. Ovqatdan zaharlanishning muhim shakllarini kelib chiqishini oldini olish
4

8

9 Suvning fiziologik, gigiyenik va epidemiologik ahamiyati. OʻzRsi aholisini suv bilan taʼminlashdagi eng muhim muammolar, mahalliy va markazlashgan suv taʼminoti haqida tushuncha. Ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy taʼrif. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi zamonaviy usullar haqida tushuncha, suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish (usullari, vositalari, ishlov berish tartibi va uning gigiyenik nazorati). 
  1. Respublika hududidagi suv manbalariga gigiyenik taʼriflar
  2. Suv taʼminoti manbalariga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar
  3. Suv manbalarining sanitar himoya mintaqalarini tashkil qilish. Sanitar himoya zonasi (SHZ) haqida tushuncha
  4. OʻzRda suv isteʼmoli meʼyorlari. Davlat Standarti haqida tushuncha Davlat Standartiga muvofiq ichimlik suvining sifatiga boʻlgan talablar
  5. Ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy taʼrif
  6. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi zamonaviy usullar haqida tushuncha
  7. suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish (usullari, vositalari, ishlov berish tartibi va uning gigiyenik nazorati)
4

9

10 Xavo muhiti gigiyenasi. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining fiziologik va gigiyenik axamiyati. Xavo muxiting biologik xossalari. Xonalar mikroiqlimi koʻrsatkichlarini tekshirish va gigiyenik baxolash. 
  1. Xavo muhiti gigiyenasi
  2. Xavo muxitining fizikaviy axamiyati
  3. kimyoviy tarkibining fiziologik axamiyati
  4. Xavo muxitining gigiyenik axamiyati
  5. Xavo muxiting biologik xossalari
  6. Xonalar mikroiqlimi koʻrsatkichlarini tekshirish
  7. Xonalar mikroiqlimi gigiyenik baxolash
4

10

11 Bolalar va oʻsmirlarni salomatlik xolati va jismoniy rivojlanishini tekshirish usullari. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar va oʻsmirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. (dalolatnoma tuzish). 
  1. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining umumiy asoslari
  2. Oʻzbekiston aholisi bolalar kontingentining salomatlik koʻrsatkichlari
  3. Aholi turmush sharoitining bolalarning salomatlik holatini belgilovchi muhim omil ekanligi
  4. Bolalar va oʻsmirlarni chiniqtiruvchi muolajalar va ularni qoʻllashda tavsiya qilinadigan tadbirlar
  5. Bolalar va oʻsmirlarning jismoniy rivojlanish koʻrsatkichlari
  6. Jismoniy rivojlanishni shaxsiy tarzda baholash usullari
  7. Bolalarni tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini muvofiqlashtirish
  8. Akseleratsiya, uning gigiyenik ahamiyati, maktabga etuklik tushunchasi
4

11

12 Bolalar muassalarini loyihalashtirish, jixozlanishiga boʻlgan gigiyenik talablar. Oʻquv tarbiya jarayoning gigiyenik asoslari. Umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayonini tahlil qilish. (dalolatnoma tuzish). 
  1. Uyushgan bolalar muassasalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
  2. Maktabgacha bolalar muassasalarini loyihalashtirishning gigiyenik xususiyatlari
  3. Umumtaʼlim maktablarini loyihalashtirishning gigiyenik xususiyatlari
  4. Bolalar muassasalarini qurilishiga boʻlgan gigiyenik talablar
  5. Bolalar muassasalarini jihozlashga boʻlgan gigiyenik talablar
  6. Toliqish holati, uning biologik ahamiyati
  7. Umumtaʼlim muassalarida oʻquv jarayonini tashkillashtirish gigiyenik asoslari
  8. Maktabda oʻqitishni tashkillashtirishni gigiyenik asoslari:
  9. Oʻquv yuklamani bolalar va oʻsmirlarni yoshga oid va individual xususiyatlariga mos kelish
  10. Oʻquv jadvalini tuzishga asosiy gigiyenik talablar
4

12

13 Mexnat gigiyenasi va ishlovchilar salomatligini muxofaza qilish. Korxonalarda shovqinni tekshirish va baholash. Korxonalarda tebranishli vaziyatlarni tekshirish va baholash. CHangga oid patologiyalar xaqida tushuncha. Sanoat toksikologiyasi. Kimyoviy omillarni umumzaxarli va maxsus taʼsiri haqida tushuncha. Qishloq hoʻjaligida mehnat gigiyenasi. Pestitsidlar xaqida tushuncha. Issiqxonalarda mehnat gigiyenasi 
  1. Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillar
  2. Nomuvofiq mikroiqlim
  3. Shovqin fizikaviy taʼrif, ishchilar organizmiga zararli taʼsiri
  4. Tebranish fizikaviy taʼrif, ishchilar organizmiga zararli taʼsiri
  5. Zararli taʼsirini oldini olish tadbirlari
  6. Sanoat changlari, changlarning tasniflari, changga doir patologiyalar
  7. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar , ularning gigiyenik ahamiyati: organizmga kirish yoʻllari, taʼsir etish tabiati, ularning zaharliligi boʻyicha tasnifi
  8. Oʻtkir va surunkali kasbiy zaharlanishlar, ularni oldini olish tadbirlari. Zararli kasblarda ishlovchi ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlar berish va ularga gigiyenik taʼrif
  9. Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xoʻjaligidagi mehnatning zamonaviy muammolari, oʻziga xos xususiyatlari, qishloq xoʻjaligidagi ishchi va xizmatchilar organizmiga taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiq omillar, ishchilarni sogʻlomlashtirish tadbirlari
  10. Pestitsidlar, ularning tasniflari. nomuofiq taʼsir etish ehtimoli, oldini olish tadbirlari
  11. Issiqxonalarda mehnat gigiyenasi
4

13

14 Odam organizmiga taʼsir koʻrsatadigan umumiy radiatsion fonning gigiyenik ahamiyati. Radiatsion gigiyena sohasidagi gigiyenik reglamentlash. 
  1. DSENM radiatsion gigiyena boʻlimi ishining mohiyati
  2. Ionlantiruvchi nurlanishlarni oʻlchaydigan asboblar va vositalar
  3. Dozimetrik nazorat
  4. Inmdan foydalanuvchi obyektlar ustidan oʻrnatiladigan ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati
  5. Ochiq va yopiq turdagi INM haqida tushuncha
  6. Rentgen tekshiruvlari turlari
  7. Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanganda radiatsion xavfsizlik
  8. Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantiruvchi manbalar va radioaktiv chiqindilarning tavsifnomasi
  9. DPMlarda INM foydalanilganda dozimetrik va radiometrik nazorat oʻtkazishning asoslari
4

14

15 Tibbiy ekologiya haqida tushuncha. Muxit va ekologik omillar. Insonlarning hozirgi zamondagi yashash muhitini shakllanishi uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati. 
  1. Inson ekologiyasi haqida tushuncha
  2. Insonlarning hozirgi zamon yashash muhitini shakllanishi uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti
  3. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati. Atrof muhitning ifloslanishi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy negativ oqibati ekanligi
  4. Ifloslanish turlari va ularning shahar hamda qishloq aholi yashash joylaridagi asosiy manbalari
  5. Zararli omillarning biosferada boʻlishi va oqibatining umumiy qonuniyatlari
4

15

16 Atrof muhitning ifloslanishi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy negativ oqibati ekanligi. Ifloslanish turlari va ularning shahar hamda qishloq aholi yashash joylaridagi asosiy manbalari. 
  1. Ekologik vaziyatlar, ekologik ofatli mintaqalarga umumiy taʼrif
  2. OʻzR hududidagi ekologik tanglik, atrof muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlar
  3. SHahar muhitiga gigiyenik taʼrif, uning aholi salomatligi uchun ahamiyati, uni yaxshilashga doir tadbirlar,
  4. Zamonaviy turar-joy binolari va mavzelariga boʻlgan gigiyenik talablar
4

16

17 Qoʻshinlarni kazarma va dala sharoitlarida joylashtirilganda ularning ovqatlantirilishining sanitariya nazorati. Qoʻshinlarni kazarma va dala sharoitlarida ichimlik suvi bilan taʼminlash. 
  1. Qurolli kuchlardagi sanitariya nazorati va gigienik taʼminotlar haqida tushincha
  2. Oʻzbekiston respublikasi Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati kuchlari va vositalari
  3. Xarbiy qoʻshinlarni joylashtirish, yuvintirish-kiyintirish boʻyicha xizmat gigiyenasi
  4. Xarbiy xizmatchilarni ovqatlantirishni ahamiyati va kunlik ovqat mahsulotlarining meʼyori
  5. Tinchlik va harbiy harakatlar davrida davrida harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sanitar nazorati
  6. Tinchlik davrda qoʻshinlarning suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilishning asoslari
  7. Harbiy dala sharoitida suv taʼminoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilish
4

17

18 Ommaviy qirgin qurollari ishlatilganda suv va oziq- ovqat mahsulotlarini gigiyenik ekspertiza qilish. Harbiy dala sharoitida tibbiy xizmat xodimining asosiy vazifalari. 
  1. Dala sharoitida ichimlik sifatini yaxshilash usullari
  2. Suv va ovqat mahsulotlarini RM bilan zararlanganligini ekspertiza qilish. DP-5A (B, V, M) asboblari
  3. Suv va ovqat mahsulotlarining toʻliq maxsus ishlovdan oʻtkazilganligini nazorat qilish
  4. Ovqat mahsulotlarini maxsus ishlovdan oʻtkazishda sanitariya nazoratining asosiy vazifalari
4

18

Jami 66

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Gigiyenaning rivojlanish tarixi. OʻzRda gigiyena fanining shakllanishi va rivojlanishi. 

1

2 Kasalxona xonalarining mikroiqlimni oʻrganish va baholash. Kasalxona xonalari havosining antropogen kimyoviy ifloslanganligini tekshirish va baholash (karbonat angdrid gazi misolida); 

2

3 Kasalxona ichi infeksiyalarini kelib chiqishi uchun havoning bakterial ifloslanganligini ahamiyati. 

3

4 Ichimlik suvi sifatini yaxshilashning asosiy usullar. 

4

5 Bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va sifatini nazorat qilish. 

5

6 Ovqatdan zaharlanishlar va ularning profilaktika. 

6

7 Ruhiy-fiziologik omillarga gigiyenik taʼrif, organizmga ularning zararli taʼsirini oldini olish tadbirlari. 

7

8 Global oʻzgarishlar. Ekologik muammolar. Iqlimni isishi. 

8

9 Suv manbaʼlarini ifloslanishi va himoya qilish. Suv sifatini yaxshilash. 

9

10 Maxsus qoʻriq zonalar. Ekologik ekspertiza. Ekologik havfsizlik. 

10

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni taqdimot, test, krossvord va vaziyatli masalalar koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Salomova F. I., Iskandarova SH. T. va boshqalar. “Gigiyena. Tibbiy ekologiya”. Darslik. Toshkent. “KALEON PRESS”, 2021. -588 bet      
  2. Salomova F. I., Iskandarova SH. T. va boshqalar. “Gigiyena. Tibbiy ekologiya”. Darslik. Toshkent. “OʻZKITOBSAVDO”, 2020. -592 bet      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Ponomareva L. A., Kazakov E. K., Abduqodirova L. K., Tuhtarov B. E., Dravskix I. K., Sharipova S. A., Sadullayeva X. A. Umumiy gigiyena bilan ekologiya. Amaliy mashgʻulotlar uchun oʻquv qoʻllanma. - Toshkent. Tafakkur-bostoni. - 2011      
  2. Dade W. Moeller. Environmental health. Third Edition Harvard University Press Cambridge, Massachusetts London, England, 2011      
  3. Искандарова Ш. Т., Иногамова В. В., Хасанова И., Икрамова М. И. «Руководство к практическим занятиям по Общей гигиене» Ташкент-2013      
  4. ГИГИЕНА: учебник / под ред. акад. РАМН Г. И. Румянцева. -2-е изд., перераб. и доп. -М. : ГЕОТАР-Медиа, 2005. -608 с      
  5. Duschanov B. A, Iskandarova SH. T., Umumiy gigiyena. Darslik. (Qayta ishlangan va toʻldirilgan 4-nashri). Toshkent. “Yangi asr avlodi”, 2008      
  6. Melnichenko P. I., Arxangelskiy V. I., Kozlova T. A. va b. “Gigiyena s osnovami ekologii cheloveka”, Uchebnik. Moskva. GEOTAR –Media. 2010 g      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://e-library.sammu.uz/uz/book/1842      
  • https://e-library.sammu.uz/uz/book/3414      
  • https://library.ziyonet.uz/ru/book/4940      
  • https://www.wildberries.ru/catalog/440565389/detail.aspx      
  • https://archive.org/details/environmentalhea0000moel      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestri dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida Test shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 10 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / tarqatma material ( testlar, krossvordlar) / vaziyatli masala yechish shakllarda amalga oshiriladi 10 3-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Uyga berilgan vazifa, topshiriqlarni bajarish va PDF shaklida hemis platformasiga joylash 5 3-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. Test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Xajimatov Ravshanbek Sabirjanovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: ravshanhozimatov054@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Babich - Andijon davlat tibbiyot instituti, Kafedra mudiri

M.Saliyeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba,juma soat 15.00 – 16.00, B 309-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

A.Mamatyusupov

Kafedra mudiri

(imzo)

R.Xajimatov

Fan oʻqituvchisi