JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Fiziologiya-yuz fiziologiyasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
talabalarda butun organizmning hayotiy funktsiyalari, uning tashqi muhit bilan oʻzaro taʼsiri va hayotiy jarayonlarning dinamikasi haqida tizimli bilimlarni shakllantirish, shu jumladan jagʻning jagʻ-fasial sohasi organlarining ishlash shakllarini tushunish. . Ushbu sillabusning maqsadi tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va stomatologning amaliy faoliyati uchun zarur boʻlgan fiziologiya fanining zamonaviy yutuqlari asosida turli xil tana tizimlarining tuzilmalari va funksiyalarining rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Odam anatomiyasi1,2,3 (AN1123011)
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Endokrin bezlarning tuzilishi va joylashuvini aniqlash;
- Gormonlarning sintezi, sekretsiyasi va taʼsir mexanizmlarini tushuntirish;
- Gipotalamo-gipofizar tizim, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezi gormonlari faoliyatini tahlil qilish;
- Gormonlar darajasining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan fiziologik holatlarni tushuntirish (masalan, giperglikemiya, gipotireoz);
- Laboratoriya tekshiruv usullarida gormonlar darajasini baholashni oʻrganish;
- Endokrin kasalliklar patogenezini asosiy misollarda tushuntirish (diabet, Basedov kasalligi, Kuşhing sindromi);
- Hazm tizimining morfologik qismlarini ajrata olish (ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach, oshqozon, ingichka va yoʻgʻon ichak, jigʻildon, jigar, oshqozon osti bezi);
- Ovqat hazm boʻlish bosqichlarini tahlil qilish (ogʻizda – mexanik, kimyoviy; oshqozonda – proteoliz; ichaklarda – fermentativ hazm);
- Ovqat tarkibidagi asosiy moddalar (oqsil, yogʻ, uglevod) parchalanishini va soʻrilishini izohlash;
- Hazm jarayonini boshqaruvchi nerv va gormonal mexanizmlarni tushuntirish;
- Ovqatlanish rejimining sogʻlom fiziologiyadagi ahamiyatini asoslab bera olish;
- Klinik koʻnikma sifatida: oshqozon shirasining kislotaliligini, fermentativ faolligini baholash usullarini bilish;
- Buyrakning tuzilishi (nefron) va uning funksiyalarini tahlil qilish;
- Siydik hosil boʻlish jarayonlarini tushuntirish (filtratsiya, reabsorbsiya, sekretsiya);
- Buyrak orqali suyuqlik-elektrolit muvozanatini saqlash mexanizmlarini bilish;
- Gormonlar (ADG, aldosteron, ANP)ning buyrak faoliyatidagi rolini tushuntirish;
- Siydik ajralishini oʻlchash va tahlil qilish usullarini (siydik umumiy tahlili, Zimnitskiy, Nechiporenko) bilish;
- Buyrak kasalliklari (nefrit, buyrak yetishmovchiligi, tosh kasalligi)ning asosiy fiziologik mexanizmlarini tushuntira olish;
- Organ tizimlarining tuzilishi va faoliyatini bogʻliq holda tahlil qilish;
- Patologik oʻzgarishlarni fiziologik mexanizmlar asosida izohlash;
- Laboratoriya va amaliy tajriba metodlaridan foydalanish;
- Olingan maʼlumotlarni ilmiy asosda tahlil qilib, xulosa chiqara olish kerakni bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- usullar: ;
- spirometriya, ;
- shaxsning individual tipologik xususiyatlarini tekshirish, ;
- pulsni palpatsiya qilish, ;
- Korotkov usuli yordamida qon bosimini oʻlchash, ;
- umumiy qon tekshiruvi natijalarini baholash ;
- Soʻrov, fizik tekshiruv, klinik tekshiruv, zamonaviy laboratoriya va instrumental tadqiqotlar natijalari, biopsiya, jarrohlik va kesma materialning morfologik tahlilini oʻtkazish va sharhlash, ambulator va statsionar bemorning tibbiy kartasini yozish jihatlarini bilish kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
- Алявия O. T, Кодиров Ш. К, Қодиров А. Н, Хамрокулов Ш. Х, Халилов Э. Х Нормал физиология. Дарслик. Ташкент: "Янги Аср Авлоди НММ", 2007
- Сашенков С. Л, Тишевская Н. В, Головнева Е. С, Мельников И. Ю, Комарова И. А учебное пособие. Физиология органов челюстно-лицевой области , 2023-Челябинск
- Linda S, Costanzo Physiology. Elsevier. com. 2014
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
7.3. Axborot manbaalari:
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Loyiha ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 haftalar davomida |
| 2. | Loyiha ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 0 | --- |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / koʻrinishida topshiradi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 4-13 haftalar davomida |
| Jami | 30 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | ogʻzaki | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | test | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 90 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
tursunboyotaboyev222@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba, soat 15:00 – 17:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) A.Mutalipov Kafedra mudiri |
(imzo) T.Otaboyev Fan oʻqituvchisi |
