JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300-Kompyuter injiniringi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari Fan kodi INF101
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

talabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy taʼminot va ulardan foydalana olish koʻnikmalari, bulutli servislar xizmatlaridan foydalana olishi koʻnikmalari, matn muhariri, jadvallar bilan ishlash dasturiy taʼminotlaridan foydalanish koʻnikmalari, elektron platformalar bilan ishlash koʻnikmalari hosil qilishdan iborat

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • kompyuter va undan foydalanish boʻyicha dastlabki bilimlarga ega boʻlish;
  • matn va jadval axborotlarni shakllantirish va qayta ishlash tushunchalari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • masofaviy taʼlim texnologiyalari haqida tushunchaga ega boʻlish;
  • elektron platformalar va ulardan foydalanish tushunchalariga ega boʻlish;
  • zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari va ulardan foydalanish dastlabki tushunchalariga ega boʻlishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • ofis dasturlari va ulardan foydalanishni bilishi ;
  • zamonaviy axborot tizimlari va ulardan samarali foydalanish ;
  • zamonaviy elektron taʼlim platformalari va ulardan foydalanish ;
  • ijtimoiy tarmoqlar va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi 
  1. Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi
  2. Maʼlumot va axborot. Axborot turlari
  3. Zamonaviy axborot texnologiyalari
2

1

2 Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari 
  1. Zamonaviy kompyuterlarning turlari
  2. Kompyuter qurilmalari va ularning vazifalari
  3. Periferiya qurilmalari
2

2

3 Kompyuterni tashil etilishining mantiqiy asoslari 
  1. Mantiqiy qurilmalar va elektron sxemalar
  2. Bul algebra asoslari va mantiqiy elementlar
  3. AND elementining ishlash pritsipi. OR, NOT elementining ishlash pritsipi
2

3

4 Dasturiy taʼminot va uning rivojlanib borish tendensiyalari. Zamonaviy operatsion tizimlarning tavsifi 
  1. Dasturiy taʼminot tushunchasi
  2. Operatsion tizim va ularning turlari
  3. Windows Operatsion tizimi va uning imkoniyatlari
2

4

5 Kompyuterga maʼlumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari 
  1. Kiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi
  2. Kiritish-chiqarishni boshqarish vositalari
  3. Kiritish chiqarish kanallari va protsessorlari, kiritish chikarish modullari
2

5

6 Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari 
  1. Microsoft Word dasturi va uning asosiy imkoniyatlari
  2. Microsoft Word dasturi menyusining buyruqlari va vazifalari
  3. Matn belgilarini formatlash. Microsoft Word dasturining tezkor tugmalari
4

6

7 Mikrokontrollerlarni strukturasi va ishlash printsipi 
  1. Mikrokontrollerlar kiritish va chiqarish yoʻllari
  2. Mikrokontrollerlar uchun oddiy dasturlar sxemasi
  3. Arduino UNO sxemasi
2

7

8 Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari 
  1. Elektron jadvallar haqida tushuncha
  2. Microsoft Excel elektron jadvali va unda ishlash
  3. Excel dasturida formula va funktsiyalar bilan ishlash
4

8

9 Arxivlashtirish dasturlari. Antivirus dasturiy vositalar 
  1. Arxivlashtirish dasturlari
  2. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari
  3. Viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari
2

9

10 Grafik koʻrinishdagi maʼlumotlar bilan ishlash. EdrawMax dasturini kompyuterga oʻrnatish 
  1. EdrawMax dasturi haqida umumiy maʼlumot va oʻrnatish
  2. Grafik maʼlumotlarning zamonaviy dunyodagi ahamiyati
  3. EdrawMax dasturining imkoniyatlari va afzalliklari
2

10

11 Internetda qidiruv tizimlaridan samarali foydalanish 
  1. Tarmoq va uning turlari haqida tushuncha. Internet tushunchasi
  2. Internet qidiruv tarmogʻi va uning imkoniyatlari haqida tushuncha
2

11

12 Elektron va multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar 
  1. Elektron qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari
  2. Multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari
2

12

13 Zamonaviy Sunʼiy intellekt tizimlari 
  1. Matnlarni sunʼiy yaratish usullari
  2. ChatGPT platformasi va samarali ishlatish usuli
  3. DeepSeek platformasi. Rasmlarni sunʼiy yaratish platfomasi. Flux AI platformasi
2

13

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Zamonaviy komyuterning asosiy qurilmalari va dasturiy taʼminot bilan tanishuv. 
  1. Hardware va Software tushunchasi
  2. Shaxsiy kompyuterning texnik qurilmalari va ularning vazifalari
  3. Opertasion tizim interfeysi va fayl tizimi bilan ishlash
2

1

2 Kompyuterni tashil etilishining mantiqiy asoslari . 
  1. Crocodile Physics dasturi haqida umumiy maʼlumot va oʻrnatish
  2. Crocodile Physics dasturi interfeysi va asosiy menyular
  3. Elektr zanjiri elementlari va kutubxona bilan ishlash. Zanjir yaratish va ulash usullari
2

2

3 Crocodile Physics dasturi yordamida mantiqiy elementlarni yaratish. 
  1. Mantiqiy qiymatlar: 0 va 1, FALSE va TRUE
  2. Asosiy mantiqiy amallar: AND, OR, NOT
  3. Haqiqat jadvallari tushunchasi
2

3

4 Operatsion tizimni oʻrnatish va konfiguritsiya qilish. Fayllar va papkalar bilan ishlash. 
  1. ISO obrazlar bilan ishlash
  2. Sistemali disklar va qleshkalar
  3. Windows(Linux) OS ni kompyuterga oʻrnatish
2

4

5 Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari. 
  1. Microsoft Word dasturi va uning asosiy imkoniyatlari
  2. Microsoft Word dasturi menyusining buyruqlari va vazifalari
  3. Matn belgilarini formatlash
4

5

6 Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari. 
  1. Elektron jadvallar haqida tushuncha
  2. Microsoft Excel elektron jadvali va unda ishlash
  3. Excel dasturi uskunalar paneli
4

6

7 Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari va infografika 
  1. Taqdimotlar haqida tushuncha
  2. Microsft Power Point va uning imkoniyatlari
  3. Power Point dasturida rasm, ovozlar va animastiyalardan foydalanish
2

7

8 Arduino UNO da yorituvchi qurilmalar bilan ishlash 
  1. LED ning yonib-oʻchishi, yuguruvchi chiroqlar
  2. Oddiy svetofor tayerlash
  3. Chorraxa uchun svetofor tayerlash
2

8

9 Arduino UNO da qadamlovchi dvigatellar bilan ishlash 
  1. Qadamlovchi dvigatelni bir yoʻnalishda aylantirish
  2. Dvigatel aylanish yoʻnalishini oʻzgartirish
  3. Dvigatel aylanish tezligini boshqarish
2

9

10 Arduino UNO da sensorli qurilmalar bilan ishlash 
  1. Ultratovush sensori (HC-SR04) bilan masofani oʻlchash
  2. LDR (fotorezistor) bilan yorugʻlik darajasini aniqlash
  3. DHT11 sensori bilan harorat va namlikni oʻlchash
2

10

11 Arduino UNO da ovozli qurilmalar bilan ishlash 
  1. Turli chastotalar chiqarish
  2. Passiv ovoz moduli KY 006
  3. Mikrofon moduli bilan ishlash
2

11

12 Elektron va multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar. 
  1. Elektron qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari
  2. Multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari
  3. Elektron qoʻllanmalarni yaratish uchun moljallangan dasturlar
2

12

13 Elektron darslik yaratuish texnologiyalari. 
  1. AutoPlay Menu Builder dasturi bilan ishlash
  2. AutoPlay Menu Builder dasturi menyular yaratish
  3. AutoPlay Menu Builder dasturida formalar bilan ishlash
2

13

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Axborot va maʼlumot tushunchasi 

1

2 Axborot turlari (analog va diskret) 

2

3 Zamonaviy AKT texnologiyalari klassifikatsiyasi 

3

4 Axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi 

4

5 Dasturiy taʼminot tushunchasi va turlari 

5

6 Axborot tizimlari va ularning hayotiy sikli 

6

7 Axborot tizimlari va ularning hayotiy sikli 

7

8 Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 

8

9 Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari 

9

10 Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish usullari 

10

11 Dasturiy xavfsizlik va autentifikatsiya 

11

12 Elektron hukumat va Yagona interaktiv davlat portal 

12

13 Internet tarmoqlari va protokollar 

13

14 Ijtimoiy tarmoqlar va ularning tahdidlari 

14

15 Maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish turlari 

15

16 Samarali infografika yaratish vositalari 

16

17 PowerPoint: Taqdimotlar dizayni va animatsiya 

17

18 Datawrapper, Canva va boshqa vizualizatsiya vositalari 

18

19 Mashinaviy oʻrganish asoslari 

19

20 AI yordamida matn generatsiyasi: ChatGPT 

20

21 Rasmlar yaratish texnologiyalari: DALL·E, Flux AI 

21

22 Sunʼiy intellekt etikasi va xavflari 

22

23 Dasturlash tillari: Python, Java, C++ 

23

24 Veb dasturlash asoslari: HTML, CSS, JavaScript 

24

25 Bulutli maʼlumotlar bazasi va Google Sheets 

25

26 Aqlli qurilmalar va IoT ilovalari (Smart Home, Smart City) 

26

27 Bulutli texnologiyalar va bulutli xizmatlar (Google Drive, Microsoft OneDrive) 

27

28 Virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) 

28

29 Blokcheyn texnologiyasi va kriptovalyutalar 

29

30 FinTech ilovalari (Click, Payme, Uzum) 

30

 
 

Izoh: Mustaqil ish taqdimot koʻrinishida boʻlishi kerak

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Dadabayeva R. A., Shoaxmedova N. X., Ibragimova L. T., Nasridinova Sh. T., Ermatov Sh. T. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar. Oʻquv qoʻllanma. - Toshkent, 2019. – 410 b      
  2. Трофимов В. В. Информационные системе и технологии в экономике и управлении: учебник для бакалавров. 4-е изд. М.: Идательство Юрайт. 2018. – 544 с      
  3. Kenneth C. L. and Jane P. L. Management Information Systems: Managing the DigitalFirm, 17th Edition, Pearson Education. 2022. – 648 p      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Вострецова Е. В. . Основы информационной безопасности. Учебное пособие. Екатеринбург, Издательство Уральского университета, 2019. – 204 с      
  2. Kelly R., Brad Prince, Hugh J. Watson. Management Information Systems. – 3rd Ed. Wiley, 2015. – 576 p      

7.3. Axborot manbaalari:

  • http://library.atu.kz/      
  • https://ru.ehu.lt/wp-content/      
  • https://iite.unesco.org/pics/publications/ru/      
  • https://lib.uni-dubna.ru/biblweb/recomends/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozuv / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Amaliy mashgʻulotlarni bajaradi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. amaliy Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Kabulov Nozimjon Abdukarimovich

Kamiljanov Nurmuxammad Alimjanovich

Latipov Jahongirbek Tojidin oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: kabulov69@mail.ru
graf071966@mail.ru
latipoffjonik@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Ibragimov - Andijon davlat texnika instituti, Dotsent

N.Alimqulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, B 112 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Kabulov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

N.Kamiljanov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

J.Latipov

Fan oʻqituvchisi