JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Fiziologiya odam anatomiyasi bilan

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910800-Farmatsiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Fiziologiya odam anatomiyasi bilan Fan kodi FOAAB1106
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
90
(aud)
90
(must)
30 60

2. Fan maqsadi

talabalarga funksional tizim mavqei asosida sogʻliqni taʼminlash va sogʻlom organizmning ishlash mexanizmlarini bilish. Sogʻliqni diagnostikasini, ish qobiliyatini, individual funktsional aktivligini prognoz qilish, ilmiy metodologik asoslarini shakllantirish, koʻnikmalarini egallash, boʻlajak umumiy amaliyot shifokori mutaxassisini davolash ishi yoʻnalishi boʻyicha tayyorlashdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Abstrakt fikrlash va tahlil qilish qobiliyati: Talabalar fiziologik jarayonlarni tahlil qilishi va natijalarni umumlashtira olishi kerak;
  • Falsafiy bilimlarni qoʻllash: Fiziologik mexanizmlarni tibbiyotda tushuntirish uchun falsafiy bilimlardan foydalanish;
  • Gomeostaz va fiziologik tizimlarni tushunish: Talabalar asosiy fiziologik tizimlar (nerv, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqalar) ishlash mexanizmlarini tushunishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Noanʼanaviy vaziyatlarda qaror qabul qilish: Murakkab klinik holatlarda qaror qabul qilish va ijtimoiy, axloqiy javobgarlikni tushunish ;
  • Tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish: Diagnostik uskunalar va tibbiy asboblar bilan ishlash koʻnikmasi ;
  • Oʻz-oʻzini rivojlantirish va ijodiy fikrlash: Oʻzini rivojlantirish, doimiy oʻqish va ijodiy yondashuvlarni kasbiy faoliyatda qoʻllash qobiliyati ;
  • Axborot texnologiyalaridan foydalanish: Biotibbiyot terminologiyasi va axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda axborot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyati koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Fiziologiyaga kirish. Tayanch harakat tizimi. Suyaklar tuzilishi va tarkibi 
  1. Fiziologiyaning asosiy tamoyillari
  2. Neyronlarning elektrofiziologiyasi
  3. Sinaaptik uzatish va neyromediatorlar
  4. Markaziy va periferik nerv tizimlari: funksiyalari va tashkil etilishi
2

1

2 Mushak tizimi 
  1. Mushak toʻqimalari turlari va ularning funksional tashkil etilishi
  2. Mushak qisqarishi va boʻshashish mexanizmlari
  3. Skelet, yurak va silliq mushaklar fiziologiyasi
2

2

3 Sensor tizimlar 
  1. Koʻrish, eshitish, taʼm va hid bilish fiziologiyasi
  2. Sensor sezgilarni qabul qilishning periferik va markaziy mexanizmlari
2

3

4 Nerv tizimining asosiy komponentlari. Markaziy asab tizimining umumiy fiziologiyasi 
  1. Bosh va orqa miya tuzilishi va ularning funktsiyalari
  2. Miya qobigʻining asosiy markazlari va ularning vazifalari
  3. Sensor va motor yoʻllarining tuzilishi va funktsiyalari
2

4

5 Avtonom nerv tizimi 
  1. Simpatik va parasimpatik tizimlar
  2. Ichki organlarning boshqarilishi
  3. Avtonom nerv tizimining farmakologiyasi
2

5

6 Oliy nerv faoliyati: shartli va shartsiz reflekslar 
  1. Shartsiz reflekslar va ularning fiziologik asoslari
  2. Shartli reflekslarning shakllanishi va ularning adaptatsiyasi
  3. Oliy nerv faoliyatining turlari: dinamik, inert va sekin
  4. Temperament turlari: sangvinik, flegmatik, xolerik, melankolik
2

6

7 Gemodinamika va mikrotsirkulyatsiya 
  1. Gemodinamik tamoyillar
  2. Qon tomirlarning qarshiligi va qon oqimi
  3. Mikrotsirkulyatsiya va toʻqimalardagi moddalar almashinuvining boshqarilishi
2

7

8 Yurak-qon tomir tizimi: 
  1. Yurak va qon tomirlarning funksiyalari
  2. Yurak ritmi va arterial bosimning boshqarilishi
  3. Qon aylanishi va uning hududiy xususiyatlari
2

8

9 Nafas olish tizimi: Nafas mexanikasi 
  1. Nafas yoʻllarining anatomiyasi va fiziologiyasi
  2. Nafas olish va chiqarish mexanikasi
  3. Alveolalarda gaz almashinuvi
  4. Qonda kislorod va karbonat angidridni tashish
2

9

10 Hazm tizimi: asosiy funksiyalar 
  1. Makronutrientlarni hazm qilish va singdirish
  2. Hazm fermentlarining sekretsiyasini boshqarish
  3. Jigar safrosi va uning yogʻlarni parchalashdagi roli
  4. Oshqozon osti bezidan fermentlar sekretsiyasi
2

10

11 Moddalar almashinuvi: uglevodlar, yogʻ va oqsillar metabolizmi 
  1. Glikogenning sintezi va parchalanishi
  2. Lipoliz va lipogenez jarayonlari
  3. Oqsil sintezi va katabolizmi
2

11

12 Endokrin tizim: umumiy tamoyillar 
  1. Gormonlarning tasnifi va taʼsir mexanizmlari
  2. Gormonlarning fiziologik jarayonlarni boshqarishda roli
  3. Gipotalamus, gipofiz va qalqonsimon bezning funksiyalari
  4. Qalqonsimon gormonlar sintezi va sekretsiyasini boshqarish
2

12

13 Gipotalamo-gipofizar-buyrak usti tizimi 
  1. Buyrak usti bezlari faoliyatining boshqarilishi
  2. Kortikosteroidlar va katexolaminlarning fiziologik roli
  3. Buyrak usti bezlari funksiyasining buzilishi va ularning klinik koʻrinishlari
2

13

14 Buyraklar va siydik chiqarish tizimi 
  1. Nefronlarning funksiyalari va filtrlash jarayonlari
  2. Siydik hosil boʻlishi va uning boshqarilishi
  3. Kislota-ishqor muvozanatini saqlash mexanizmlari
  4. Suv-tuz va kislota-ishqor muvozanati buzilishlari
2

14

15 Reproduktiv tizim 
  1. Reproduktiv funksiyaning gormonal boshqarilishi
  2. Hayz siklining fiziologiyasi
  3. Homiladorlik va tugʻruq; fiziologik jihatlar
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Hujayra tuzilishi 
  1. Diffuziya, osmos, faol transport va membrana potensiali kabi transport mexanizmlari
  2. Taʼsir potensiallarini yozish va tahlil qilish, sinapslar orqali signalning uzatilishi
2

1

2 Tayanch harakat tizimi. 
  1. Suyaklar tuzilishi va tarkibi
  2. Gavda suyaklari va ularning birikishi
  3. Qoʻlningkamar va erkin suyaklari
2

2

3 Mushaklarning qisqarish mexanizmlari 
  1. Mushak tolalari strukturalari: sarkomerlardan iborat
  2. Izotonik va izometrik qisqarishlar
  3. Kalsiy ionlarining roli mushak qisqarishida
2

3

4 Sinaptik uzatish: kimyoviy va elektr sinapslar 
  1. Kimyoviy mediatorlarning sekretsiyasi va ularning taʼsiri
  2. Sinaptik boʻshliq orqali impuls uzatilishi
  3. Sensor tizimlarning umumiy tuzilishi, ularning uch qismi: retseptorlar, oʻtkazuvchi yoʻllar va miya markazlari
2

4

5 Vegetativ nerv tizimining asosiy qismlari 
  1. Simpatik va parasimpatik tizimlarning umumiy tuzilishi
  2. Preganglion va postganglion nerv tolalari
  3. Vegetativ reflekslar va ularning boshqaruvi
2

5

6 Vegetativ nerv tizimining ichki organlarga taʼsiri 
  1. Yurak faoliyatiga simpatik va parasimpatik taʼsir
  2. Oshqozon-ichak traktiga taʼsiri va hazm jarayonining boshqaruvi
  3. Buyraklar va suyuqlik balansi boshqaruvi
2

6

7 Markaziy asab tizimining umumiy fiziologiyasi 
  1. Bosh va orqa miya tuzilishi va ularning funktsiyalari
  2. Miya qobigʻining asosiy markazlari va ularning vazifalari
  3. Sensor va motor yoʻllarining tuzilishi va funktsiyalari
2

7

8 Markaziy asab tizimining boshqa tizimlar bilan oʻzaro aloqasi 
  1. Asab va endokrin tizimlarning oʻzaro bogʻliqligi
  2. Gomeostazni boshqarishdagi markaziy nerv tizimining roli
  3. Stress va simpatik-adrenal tizim
2

8

9 Analizatorlar tuzilishi va funktsiyalari 
  1. Sensor tizimlarning uch qismi: retseptorlar, oʻtkazuvchi yoʻllar, markazlar
  2. Vizual va auditiv analizatorlar funktsiyalari
  3. Retseptorlarning sezuvchanligi va adaptatsiyasi
2

9

10 Koʻz analizatori 
  1. Koʻz analizatori orqali insonning koʻrish tizimini oʻrganish
  2. Koʻzning tuzilishi, ishlash mexanizmlari va yorugʻlikni qabul qilish jarayonlarini tahlil qilish
  3. Koʻrish oʻtkirligi va rangni ajratish qobiliyatlarini aniqlash uchun diagnostik testlarni oʻtkazish
2

10

11 Oliy nerv faoliyati: shartli va shartsiz reflekslar 
  1. Shartsiz reflekslar va ularning fiziologik asoslari
  2. Shartli reflekslarning shakllanishi va ularning adaptatsiyasi
  3. Oliy nerv faoliyatining turlari: dinamik, inert va sekin
2

11

12 Oliy nerv faoliyati va temperament 
  1. Oliy nerv faoliyatining turlari (dinamik, inert, sekin) va temperament turlarini (sangvinik, flegmatik, xolerik, melankolik) tahlil qilish
  2. Har xil temperament turlarining stressga boʻlgan javob mexanizmlarini oʻrganish
2

12

13 Gemopoez va gemostaz 
  1. Qon hujayralarining shakllanish jarayonlari (eritropoez, trombopoez)
  2. Gemostazning birlamchi va ikkilamchi mexanizmlari
  3. Qon koagulyatsiya tizimi va uning klinik ahamiyati
  4. Gemodinamika va mikrotsirkulyatsiya
2

13

14 Shakliy elementlarni oʻrganish 
  1. Qonning shakliy elementlarini (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) mikroskop ostida koʻrish va ularning morfologik xususiyatlarini tahlil qilish
  2. Shakliy elementlarning sonini, tuzilishini va funksiyasini aniqlash uchun laboratoriya usullaridan foydalanish
  3. Eritrotsitlarning gemoglobin bilan bogʻliq vazifalari, leykotsitlarning immun javobdagi roli va trombotsitlarning ivish jarayonidagi ishtirokini amaliy ravishda oʻrganish
4

14

15 Yurak funktsiyalari: ritm, qon aylanishi va arterial bosim 
  1. Yurak siklining mexanik fazalari
  2. Qon aylanish tizimining bosim taqsimoti
  3. Arterial bosimni oʻlchash va uni boshqaruvchi mexanizmlar
2

15

16 Arterial bosimni oʻlchash va jismoniy yuklamalar taʼsirida oʻrganish 
  1. Arterial bosimni standart usulda oʻlchash va jismoniy yuklamalardan keyingi oʻzgarishlarni tahlil qilish
  2. Yurak qisqarish tezligi va bosim oʻzgarishlarining fiziologik mexanizmlarini tushunish
2

16

17 Gormonlar fiziologiyasi: endokrin bezlar va ularning roli 
  1. Gipotalamik-gipofizar tizim: gormonlar sintezi va ularning roli
  2. Qalqonsimon bez va metabolizm boshqaruvi
  3. Buyrak usti bezlarining kortikosteroid va katexolamin sekretsiyasi
2

17

18 Gipotalamo-gipofizar tizim: boshqaruv va taʼsir 
  1. Gipotalamik gormonlar va gipofiz funksiyalari
  2. Oksitotsin va vazopressin sekretsiyasi
  3. Adenogipofiz gormonlari va ularning taʼsiri
2

18

19 Qalqonsimon bez: metabolizmga taʼsiri 
  1. Tiroksin va triiodtironin sintez mexanizmlari
  2. Qalqonsimon bez faoliyatini boshqaruvchi omillar
2

19

20 Nafas olish fiziologiyasi: 
  1. Oʻpkadagi hajmlar, spirometriya va nafas olish patternlari
  2. Gaz almashinuvi: Qonda kislorod va karbonat angidridning qisman bosimlarini aniqlash
  3. Gipoksiya va giperoksiyaga javob reaksiyasi: Qonda kislorod konsentratsiyasidagi oʻzgarishlarga reaktsiyalar
2

20

21 Spirometriya yordamida oʻpkalar funktsiyasini baholash 
  1. Oʻpkalarning hayotiy sigʻimi, nafas olish tezligi va majburiy chiqarish hajmini spirometriya orqali oʻlchash
  2. Oʻpka funktsiyalarining turli holatlarda oʻzgarishini aniqlash
2

21

22 Jigar va oshqozon osti bezining hazm qilishga taʼsiri 
  1. Jigar safrosi va uning yogʻlarni parchalashdagi roli
  2. Oshqozon osti bezidan fermentlar sekretsiyasi
  3. Insulin va glyukagon sekretsiyasi va ularning metabolizmga taʼsiri
2

22

23 Moddalar almashinuvi: uglevodlar, yogʻ va oqsillar metabolizm 
  1. Glikogenning sintezi va parchalanishi
  2. Lipoliz va lipogenez jarayonlari
  3. Oqsil sintezi va katabolizmi
2

23

24 Ovqat ratsionini tuzish 
  1. Ovqat ratsionini tuzish tamoyillari
  2. Sutkalik ratsion tuzish
2

24

25 Amilazaning uglevodlarni parchalashga taʼsirini oʻrganish 
  1. Amilaza fermenti tomonidan uglevodlar, ayniqsa, kraxmalning parchalash jarayonini baholash
  2. Amilazaning turli sharoitlarda (pH, harorat) faolligini sinovdan oʻtkazish va kraxmalni monosaxaridlarga aylantirish jarayonini kuzatish
2

25

26 Buyrak fiziologiyasi: filtrlash, reabsorbtsiya va sekretsiya 
  1. Glomerulyar filtratsiya tezligi va uning boshqarilishi
  2. Tubular reabsorbtsiya va sekretsiya jarayonlari
  3. Buyraklar orqali kislota-ishqor muvozanatini boshqarish
2

26

27 Suv-tuz muvozanati 
  1. Suv yuklamasi va suvsizlanishning organizmga taʼsirini oʻrganish
  2. Suv-tuz muvozanatini boshqarish mexanizmlarini oʻrganish
2

27

28 Qonning bufer tizimlari va ularning roli 
  1. Bikarbonat, fosfat va oqsil buferlari
  2. Qonning pH darajasini boshqarish mexanizmlari
  3. Asidoz va alkaloz: sabablar va natijalar
2

28

29 Reproduktiv funksional tizim va uning fiziologiyasi: 
  1. Jinsiy bezlar: tuxumdonlar va moyaklar faoliyati
  2. Ovulyatsiya, spermatogenez va menstrual sikl fiziologiyasi
  3. Homiladorlik fiziologiyasi
2

29

Jami 60

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Gomeostaz: mohiyati, tizimlari va organizmdagi ahamiyati 

1

2 Nutqning shakllanishi va uning bosh miya markazlari 

2

3 Mushak toliqishi, dam olishi va tiklanish jarayonlari 

3

4 Mushak ishining energetik taʼminoti 

4

5 Gemostaz va qon ivish mexanizmlari 

5

6 Yurakning elektr va mexanik faoliyati 

6

7 Arterial bosimni boshqarish mexanizmlari: asabiy va gumoral nazorat 

7

8 Mikrosirkulyatsiya va limfa tizimi funksiyasi 

8

9 Nafas olish akti: mexanikasi va markaziy boshqaruvi 

9

10 Gazlar almashinuvi va ularning gemoglobin bilan bogʻlanishi 

10

11 Gipoksiya va uning turlari, organizmga taʼsiri 

11

12 Ovqat hazm qilish bezlari (jigar, meʼda osti bezi) funksiyalari 

12

13 Ichak motorikasi va uning fiziologik nazorati 

13

14 Ovqat hazm qilishda nerv va gormonal boshqaruv roli 

14

15 Uglevod, oqsil va yogʻlar almashinuvi fiziologiyasi 

15

16 Bazal almashinuv va uni aniqlash usullari 

16

17 Termoregulyatsiya: tana haroratini boshqarish mexanizmlari 

17

18 Modda almashinuvida gormonlar va fermentlarning roli 

18

19 Giperglikemiya va gipoglikemiyaning fiziologik sabablari 

19

20 Kislota-ishqor muvozanatini ushlab turishda buyraklarning roli 

20

21 Homiladorlik fiziologiyasi va rivojlanish bosqichlari 

21

22 Tugʻruq, emizish va posnatal davr fiziologiyasi 

22

23 Emotsiyalar va motivatsiyalarni boshqarishda limbik tizimning oʻrni 

23

24 Bosh miya yarim sharlarining funksional zonalari (motor, sensor, assotsiativ) 

24

25 Harakat (motor) faoliyatni boshqarish mexanizmlari (piramidal va ekstrapiramidal yoʻllar) 

25

26 Gormonlar orqali qon bosimini, glyukoza darajasini va termoregulyatsiyani boshqarish 

26

27 Immun tizimi elementlari va ularning qon tarkibidagi roli 

27

28 Propriotsepsiya: mushak va boʻgʻimlar holati haqida maʼlumot yetkazuvchi retseptorlar 

28

29 Terining sezuvchanligi: taktil, bosim, harorat va ogʻriq sezgilari 

29

30 Ogʻriq sezgilari va ogʻriqni boshqarish mexanizmlari (endorfinlar, gate-control nazariyasi) 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Алявия О. Т, Кодиров Ш. К, Кодиров А. Н, Хамрокулов Ш. Х, Халилов Э. Х Нормал физиология. Ташкент: Янги Аср Авлоди НММ, 2007      
  2. Costanzo, Linda S Physiology. 6th ed. Philadelphia, PA: Elsevier, 2018      
  3. Ткаченко Б. И Нормальная физиология. 3-е изд. Киев: Здоровья, 2014. ISBN 978-966-07-1246-1      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Агаджанян Н. Г Физиология человека. 4-е изд. Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2014. ISBN 978-5-9704-2970-3      
  2. Guyton Arthur C and Hall John E Textbook of Medical Physiology. 14th ed. Philadelphia, PA: Elsevier, 2020. ISBN 978-0323597128      
  3. Berne Robert M and Matthew N. Levy. Physiology. 7th ed. St. Louis, MO: Mosby, 2018. ISBN 978-0323595087      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/      
  • https://www.physoc.org/      
  • https://www.physiology.org/      
  • https://www.khanacademy.org/science/biology      
  • https://www.hapsweb.org/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi 5 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 35  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 95  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Olimova Shoxsanam Valijon qizi


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: shoxsanamolimova2@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Yuldasheva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Katta oʻqituvchi

M.Xolmirzayeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba-seshanba, soat 15.00 – 18.00, A 518 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

A.Mutalipov

Kafedra mudiri

(imzo)

Sh.Olimova

Fan oʻqituvchisi