JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Fizika

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300-Kompyuter injiniringi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Fizika Fan kodi PHYS101
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: bayon
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr lab
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

Talabalarga fizika kursiga oid qonuniyatlarni oʻrganish va kasbiy xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni amaliyotda qoʻllash orqali tadbiqiy masalalarini, oʻrganishdan va amaliyotda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat. Bu fan boshqa tabiiy fanlarning nazariy asosi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, oʻz rivojida aniq yoʻnalishdagi tabiiy fanlar uchun zamin boʻlib xizmat qiladi; - Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalalar, fizik qonuniyatlar va bilimlarni, laboratoriya ishlari yordamida mustahkamlab ilmiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish koʻnikmalariga ega boʻlishida xizmat qiladi

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Ushbu fanni muvaffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi koʻnikmalarga ega boʻladi:;
  • Fizik qonun va formulalarni standart va nostandart masalalarni yechish va tahlil qilish, natijalarni har xil oʻlchov sistemalarida hisoblashda matematik hisoblash usullari hamda fizikada koʻllaniladigan fizik qonunlar, prinsiplar, ideallashtirilgan modellar va sxemalarning qoʻllanilish chegarasi toʻgrisida tasavvurga ega boʻlishi;
  • Oddiy laboratoriya ishlarini sozlashni, oʻlchashni bajarishni va natijalarni hisoblashni, ekspriment hatoliklarini hisoblash va tajriba sifatini xulosalashni bilish kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish ;
  • arayonli-yoʻnaltirilgan taʼlim ;
  • muhokamalarda ishtirok etish ;
  • kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish ;
  • mustaqil ishlarni bajarish ;
  • taqdimot tayyorlash ;
  • turli darajadagi testlarni yechish ;
  • soʻrov oʻtkazish ;
  • muammoni hal qilish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Fizika faniga kirish. Moddiy nuqta kinematikasi 
  1. Ilmiy texnik taraqqiyotning rivojlanishi va muhandislik qobiliyatlarining shakllanishida fizika fanining oʻrni
  2. Dunyo olimlari qatorida buyuk allomalarimizning tabiiy fanlarga qoʻshgan hissalari
  3. Fizika fanining muhim ajralmas boʻlimlari haqida tushunchalar. Fizik kattaliklarning oʻlchov birliklari, ularni Xalqaro birliklar tizimi (XTB)da olib borilishi hamda asosiy fizik kattaliklarning standart namunalari
2

1

2 Moddiy nuqta dinamikasi. Qattiq jismning aylanma harakat dinamikasi 
  1. Inersial sanoq sistemasi
  2. Kuch, massa, harakat miqdori
  3. Nyuton qonunlari. Harakat tenglamalari
  4. Tabiatdagi kuchlar. Inersiya markazi
2

2

3 Mexanikada saqlanish qonunlari. Inersial va noinersial sanoq tizimlari. Relyativistik mexanika 
  1. Mexanik ish va quvvat. Mexanik energiya
  2. Kinetik va potensial energiyalarning ish va koʻchish bilan bogʻliqligi
  3. Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni
  4. Inersiya kuchi
  5. Mexanikada klassik va relyativistik nisbiylik prinsiplari, Galiley va Lorens almashtirishlari
2

3

4 Molekulyar fizika 
  1. Mikroskopik tizim holatlarini statistik va termodinamik tekshirish usullari. Izojarayornlar
  2. Ideal gazning holat tenglamasi. Ichki energiya. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi
  3. Gaz molekulalarining issiqlik harakati tezligi va energiya boʻyicha Maksvell taqsimoti
  4. 4 Barometrik formula
  5. Gaz molekulalarining oʻrtacha toʻqnashish soni va oʻrtacha erkin yugurish yoʻli
  6. Termodinamik muvozanatda boʻlmagan tizimlarda koʻchish hodisalari
  7. Erkinlik darajasi boʻyicha energiya taqsimoti
2

4

5 Termodinamika 
  1. Termodinamikaning birinchi qonuni
  2. Gazning bajargan ishi
  3. Issiqlik sigʻimi
  4. Termodinamikaning birinchi qonunini izojarayonlarga tadbiqi
  5. Qaytar va qaytmas jarajonlar. Sikllar
  6. Termodinamikaning qonunlari
  7. Issiqlik mashinasining FIK
  8. Entropiya
2

5

6 Elektrostatik oʻzaro taʼsir. Elektrostatik maydonda zaryadni koʻchirishda bajarilgan ish. Elektrostatik maydonda dielektriklar va oʻtkazgichlar 
  1. Elektr zaryadi, zaryadning diskretligi va uning saqlanish qonuni. Kulon qonuni
  2. Elektr maydoni va uning kuchlanganligi
  3. Elektr induksiya vektori va oqimi
  4. Ostrogradkiy-Gauss teoremasi va uning tadbiqlari
  5. Bir jinsli elektr maydonida zaryadni koʻchirishda bajarilgan ish
  6. Elektrostatik maydon kuchlanganlik vektorining sirkulyatsiyasi
2

6

7 Elektr toki 
  1. Tokning hosil boʻlish sharti, kuchi va zichligi
  2. Elektr yurituvchi kuch (EYuK)
  3. Om va Joul-Lens qonunlarining integral va differensial ifodalari
  4. Berk zanjir uchun Om qonuni
  5. Kirxgof qoidalari
  6. Termoelektrik hodisalar
  7. Gazlarda elektr toki
2

7

8 Magnit maydoni va moddaning magnit xossalari. Bio-Savar-Laplas qonuni. Elektromagnit induksiya hodisasi 
  1. Magnit maydon induksiya vektori
  2. Magnit maydonidagi tokli kontur
  3. Turli shakldagi tokli oʻtkazgichlarning magnit maydonlarini hisoblash
  4. Lorens kuchi
  5. Lorens va Amper qonunlari
  6. Xoll effekti
  7. Bio-Savar-Laplas qonuni
2

8

9 Mehanik tebranishlar. Elektromagnit tebranishlar 
  1. Tebranish jarayoni haqida tushunchalar
  2. Garmonik tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi
  3. Garmonik tebranishlarning differensial tenglamasi
  4. Matematik, fizik, prujinali mayatniklar
  5. Tebranish konturi
2

9

10 Toʻlqin hodisalari. Elektromagnit toʻlqinlar 
  1. Koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar
  2. Toʻlqinlarning siljish va differensial tenglamasi
  3. Toʻlqinlarni tavsiflovchi fizikaviy kattaliklar
  4. Toʻlqin energiyasi
2

10

11 Yorugʻlikning toʻlqin xossalari 
  1. Yorugʻlik difraksiyasining hosil boʻlish shartlari
  2. Gyuygens prinsipi
  3. Frenel zonalari
  4. Difraksion panjara
2

11

12 Kvant optikasi 
  1. Issiqlik nurlanishi
  2. Absolyut qora jismning nurlanish qonunlari
  3. Fotoeffekt
  4. Tashqi fotoeffektning qonunlari va kvant nazariyasi
  5. Kompton effekti
2

12

13 Atomlarning chiziqli spektrlari 
  1. Vodorod atomi nurlanishining chiziqli spektrlari
  2. Ridberg doimiysi
  3. Energetik sathlar. Bor postulotlari
  4. Vodorodsimon atomlar
2

13

14 Qattiq jismlar fizikasi 
  1. Qattiq jismlarning kristall tuzilishi
  2. Bogʻlanish kuchlari
  3. Erkin atomning energetik sathlari
  4. Kristallarda elektronlarning umumlashuvi va ularning energetik sohalar nazariyasi
2

14

15 Atom va yadro fizikasi 
  1. Atom yadrosining tarkibi
  2. Yadroning zaryadi, oʻlchami va massasi
  3. Nuklonlarning oʻzaro taʼsiri
2

15

Jami 30

amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan


seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.2. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 1. Ilgarilanma harakat kinematikasi va dinamikasi. 2. Laboratoriya ishi: Kinematika va dinamika qonunlarini oʻrganish 
2

1

2 1. Qattiq jismning aylanma harakat dinamikasi. Impuls, impuls momenti va energiyaning saqlanish qonunlari. 2. Laboratoriya ishi: Qattiq jismlarning inersiya momentini aniqlash 
2

2

3 1. Ideal gaz qonunlari. Gazning bajargan ishi. 2. Laboratoriya ishi: Molekulalarni tezliklari va energiyalari boʻyisha taqsimotini oʻrganish 
2

3

4 1. Vakuumda elektrostatik maydon. Maydon kuchlanganligi. Elektr maydon potensiali. 2. Laboratoriya ishi: Elektrostatik maydon potensial taqsimotini oʻrganish 
2

4

5 1. Elektr maydonida oʻtkazgichlar. Elektr sigʻimi. Kondensatorlar. 
2

5

6 Doimiy tok qonunlari. Kirxgof qoidalari. 2. Laboratoriya ishi: Oʻtkazgichning qarshiligini aniqlash 
2

6

7 . Magnit oʻzaro taʼsirlar. Vakuumda magnit maydoni. 2. Laboratoriya ishi: Magnit maydon induksiyasi va Amper kuchini aniqlas 
2

7

8 1. Moddalarning magnit maydoni. Magnit maydon energiyasi. 2. Laboratoriya ishi: Yerning magnit maydon kuchlanganligini aniqlash 
2

8

9 1. Garmonik tebranishlar. Tebranishlarni qoʻshish. 2. Laboratoriya ishi: Fizik va matematik mayatniklarning tebranishlarini oʻrganish 
2

9

10 1. Mexanik va elektomagnit toʻlqinlar. 2. Laboratoriya ishi: Yorugʻlikning difraksiya va interferensiya hodisalarini oʻrganish 
2

10

11 1. Toʻlqin optikasi elementlari. 2. Laboratoriya ishi: Yorugʻlikni qutblanishi hodisasini (Malyus qonuni) oʻrganish. 
2

11

12 1. Yorugʻlikning kvant xususiyatlari. 2. Laboratoriya ishi: Tashqi fotoeffekt qonunlarini oʻrganish 
2

12

13 1. Kvant mexanikasi elementlari. 
2

13

14 1. Qattiq jismlar fizikasi. Kontakt hodisalari. 2. Laboratoriya ishi: Yarim oʻtkazgichlar qarshiligini haroratga bogʻliqligini oʻrganish 
2

14

15 1. Atom yadrosi fizikasi. 
2

15

Jami 30

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Koʻchish hodisalari. Diffuziya, issiqlik oʻtkazuvchanlik va qovushqoqlik. 

1

2 Termoelektrik hodisalar. 

2

3 Oʻzgaruvchan tok zanjiridagi rezonans hodisalar 

3

4 Elektromagnit induksiya hodisasi. 

4

5 Termodinamika qonunlari. 

5

6 Yarim oʻtkazgich - yarim oʻtkazgich kontakti. 

6

7 Yuqori chastotali signallarni uzatish usullari. 

7

8 Yorugʻlikning elektromagnit toʻlqin tabiati. 

8

9 Quyosh fotoelektrik elementlari va modullari 

9

10 Laboratoriya mashgʻulotlarda berilgan topshiriqlarni bajarish 

10

11 Vaziyatli masalalar (kazuslar) tuzish 

11

12 Berilgan manbalarni tarjima qilish 

12

13 Berilgan mavzu boʻyicha esse yozish 

13

14 Anjumanga tezis tayyorlash 

14

15 Fan yuzasidan loyiha ishini bajarish 

15

 
 

Izoh: Talaba berilgan vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Sapayev I. B. . Fizika. Darslik. Toshkent. 2023      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Турсунов И. Г., Мухамедов Г. И., Бабушкин О. Л. . Общая физика. Механика и молекулярная физика. Учебное Пособие. Ташкент. 2021      
  2. Tursunmetov K. A., Daliev X. S. Mexanika 1-qism. Toshkent, Universitet 2000 y      
  3. Izbosarov B. F., Kamolov I. R. Umumiy fizikadan laboratoriya ishlari. Toshkent. 2007 y      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://staff.tiiame.uz/storage/users/141/books/QGvSiADa1rph95xBTQao1fZj6JBD6RQyVLvKQw88.pdf      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil taʼlim. Talaba berilgan mustaqil taʼlim vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi. Testlar modulning oʻquv jarayoni tugaguniga qadar oʻtilgan mavzular va mustaqil taʼlim asosida tuziladi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 10 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil taʼlim Mustaqil taʼlim boʻyicha berilgan topshiriqlar asosida amalga oshiriladi 15 4-14 haftalar davomida
3. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. bayon Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Oʻsarov Xamidillo Saydullo oʻgʻli

Maxmudov Xushroʻybek Abdulazizovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: osarovxamidullo@gmail.com
maxmudovxushroʻy@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Fizika va matematika kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Madaminov - Andijon davlat universiteti, Dotsent

P.Xakimov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-Juma, soat 15:00 – 17:00, E bina 804 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Fizika va matematika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

O.Axmedov

Kafedra mudiri

(imzo)

X.Oʻsarov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

X.Maxmudov

Fan oʻqituvchisi