JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Fitoterapiya va integrativ tibbiyot asoslari

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200-Davolash ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 3
Semestr 5-semestr
Fan nomi Fitoterapiya va integrativ tibbiyot asoslari Fan kodi FVITA15606
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
74
(aud)
76
(must)
14 60

2. Fan maqsadi

Talabalarga zamonaviy biomeditsina yutuqlari bilan uygʻunlashtirilgan holda anʼanaviy shifobaxsh usullar, dorivor oʻsimliklar farmakologiyasi, ularning biokimyoviy tarkibi, farmakodinamik va farmakokinetik xususiyatlari, klinik qoʻllash imkoniyatlari ва xavfsizlik mezonlari haqida chuqur nazariy bilim berish hamda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Lotin tili va tibbiy terminologiya (LT1204)

2. Odam anatomiyasi (AN112312)

3. Normal fiziologiya (FZ13408)

4. Patologik anatomiya (PAN15606)

5. Patologik fiziologiya (PFZ15606)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Integrativ tibbiyotning ilmiy-nazariy asoslari, rivojlanish tarixi ва xalqaro standartlari haqida fundamental bilimga ega boʻladi;
  • Dorivor oʻsimliklarning farmakognostik belgilari, kimyoviy tarkibi, biologik faol moddalari va ularning farmakodinamik hamda farmakokinetik xususiyatlarini bilib oladi;
  • Fitoterapiya usullarining zamonaviy klinik amaliyotda qoʻllanish tamoyillari, dori-darmonlar bilan oʻzaro taʼsiri, kontrindikatsiyalar va xavfsizlik mezonlarini oʻzlashtiradi;
  • Dorivor vositalarni standartizatsiya qilish, sifat nazorati va klinik samaradorligini baholash boʻyicha nazariy tushunchalarni egallaydi;
  • Fitoterapiya vositalarini zamonaviy farmakologik preparatlar bilan kombinatsion davolashdagi ilmiy yondashuvlarni bilib oladini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Dorivor oʻsimlik xom ashyosini tanlash, tayyorlash va ilmiy asoslangan holda qoʻllash boʻyicha amaliy koʻnikmaga ega boʻladi ;
  • Fitoterapiya vositalarining dozasi, tayyorlash usuli va qoʻllash sxemasini klinik vaziyatga mos ravishda belgilay oladi ;
  • Integrativ davolash rejasini ishlab chiqish, zamonaviy dori vositalari bilan uygʻunlashtirish va bemor holatiga qarab baholashni amalga oshira oladi ;
  • Fitoterapevtik vositalarning samaradorligini ilmiy dalillar asosida tahlil qilish va mustaqil tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga tatbiq eta oladi ;
  • Farmakologik va fitoterapevtik axborot manbalarini mustaqil izlab topish, ularni tahlil qilish va klinik qaror qabul qilishda qoʻllashni oʻrganadi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Integrativ tibbiyot tushunchasi, rivojlanishi va fitoterapiya asoslari asalari terapiyasi, xiloterapiya 
  1. Integrativ tibbiyot taʼrifi va konsepsiyasi
  2. Jahonda rivojlanish tarixi
  3. Asosiy yoʻnalishlar (fitoterapiya, manual terapiya, akupunktura)
  4. Oʻzbekiston uchun dolzarbligi
  5. Fitoterapiyaning tarixiy ildizlari
  6. Dori oʻsimliklaridan foydalanish prinsiplari
  7. Oʻsimlik preparatlarining afzalliklari
  8. Zamonaviy ilmiy yondashuv
2

1

2 Biologik faol moddalar va Kardiologik fitoterapiya, xarakat-meditatsiyasi, meloterapiya 
  1. Alkaloidli oʻsimliklarni aniqlash laboratoriyasi
  2. Flavonoidlarni ekstraksiya qilish tajribasi
  3. Glikozidlarni aniqlash
  4. Natijalarni yozma hisobotga kiritish
  5. Gipertoniya uchun choy retsepti tayyorlash
  6. Doʻlana tinkturasini baholash
  7. Klinik holatni tahlil qilish
  8. Xavfsizlik protokoli
2

2

3 Gastroenterologik fitoterapiya, Nevrologik fitoterapiya va aromaterapiya 
  1. Oshqozon yarasi uchun oʻsimlik kombinatsiyasi
  2. Oʻsimlik choyini tayyorlash va degustatsiya
  3. Taʼsir mexanizmini baholash
  4. Dori bilan uygʻunlikni tahlil qilish
  5. Sedativ choy tarkibini tuzish
  6. Stress testlari bilan taqqoslash
  7. Klinika holatini modellashtirish
  8. Tavsiyalar yozish
2

3

4 Infeksion kasalliklar, Urologik, ginekologik holatlar va Sudjok terapiya, meditatsiya 
  1. Antibakterial oʻsimlik damlamasi tayyorlash
  2. Virusga qarshi choy retsepti
  3. Immunitetni oshirish dasturi
  4. Fito va antibiotik kombinatsiyasi tahlili
  5. Diuretik fitopreparat tayyorlash
  6. Yalligʻlanishga qarshi choy
  7. Klinika holatini tahlil qilish
  8. Tavsiya yozish
2

4

5 Dermatologik amaliyot, Anʼanaviy retseptlar va yoga, manual(massaj) terapiya 
  1. Antiseptik malham tayyorlash
  2. Terini parvarish qilishda oʻsimlik moylari
  3. Klinik holatni baholash
  4. Allergiya xavfini aniqlash
  5. Ibn Sino retseptini tayyorlash
  6. Sharq tabobati bilan taqqoslash
  7. Mahalliy xalq retseptlarini yigʻish
  8. Klinik moslashuvni baholash
2

5

6 Fitoterapiya, farmakologiya, Bolalar va keksalar, diyetoterapiya va gidroterapiya 
  1. Fitopreparat va dori kombinatsiyasini hisoblash
  2. Yon taʼsirlarni aniqlash
  3. Klinika holatini tahlil qilish
  4. Hisobot tayyorlash
  5. Yoshga qarab dozani hisoblash
  6. Xavfsiz oʻsimlik kombinatsiyasi
  7. Klinika misoli bilan ishlash
  8. Tavsiya protokoli yozish
2

6

7 Xavfsizlik va farmakovijilans, Ilmiy tadqiqot tahlili va Integrativ tibbiyot amaliy konsepsiyasi, gomeopatiya, xijoma 
  1. Yon taʼsir holatlarini yigʻish va tahlil qilish
  2. Farmakovijilans kartasini toʻldirish
  3. Klinik kuzatuvni modellashtirish
  4. Natijalarni taqdim qilish
  5. Fitopreparat boʻyicha ilmiy maqola oʻrganish
  6. Meta-tahlil natijalarini taqdim etish
  7. Klinik xizmatlar roʻyxatini yaratish
  8. Integrativ klinika loyihasini ishlab chiqish
2

7

Jami 14

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Integrativ tibbiyot konsepsiyasi 
  1. Talabalar taqdimoti: dunyo maktablari
  2. Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash imkoniyatlari
  3. Klinik misol tahlili
  4. Guruh munozarasi
4

1

2 Fitoterapiya asoslari 
  1. Mahalliy dorivor oʻsimliklar roʻyxatini tuzish
  2. Fitopreparatlar sinfi boʻyicha guruhlash
  3. Oʻsimlik dori tayyorlash usullari (infuz, dekokt)
  4. Xavfsizlikni baholash
4

2

3 Biologik faol moddalar va aromaterapiya 
  1. Alkaloidli oʻsimliklarni aniqlash laboratoriyasi
  2. Flavonoidlarni ekstraksiya qilish tajribasi
  3. Glikozidlarni aniqlash
  4. Natijalarni yozma hisobotga kiritish
4

3

4 Kardiologik fitoterapiya va Sudjok terapiya 
  1. Gipertoniya uchun choy retsepti tayyorlash
  2. Doʻlana tinkturasini baholash
  3. Klinik holatni tahlil qilish
  4. Xavfsizlik protokoli
4

4

5 Gastroenterologik fitoterapiya va Meditatsiya 
  1. Oshqozon yarasi uchun oʻsimlik kombinatsiyasi
  2. Oʻsimlik choyini tayyorlash va degustatsiya
  3. Taʼsir mexanizmini baholash
  4. Dori bilan uygʻunlikni tahlil qilish
4

5

6 Nevrologik fitoterapiya va Yoga 
  1. Sedativ choy tarkibini tuzish
  2. Stress testlari bilan taqqoslash
  3. Klinika holatini modellashtirish
  4. Tavsiyalar yozish
4

6

7 Infeksion kasalliklar va Manual(massaj) terapiya 
  1. Antibakterial oʻsimlik damlamasi tayyorlash
  2. Virusga qarshi choy retsepti
  3. Immunitetni oshirish dasturi
  4. Fito va antibiotik kombinatsiyasi tahlili
4

7

8 Urologik va ginekologik holatlar va diyetoterapiya 
  1. Diuretik fitopreparat tayyorlash
  2. Yalligʻlanishga qarshi choy
  3. Klinika holatini tahlil qilish
  4. Tavsiya yozish
4

8

9 Dermatologik amaliyot va gidroterapiya 
  1. Antiseptik malham tayyorlash
  2. Terini parvarish qilishda oʻsimlik moylari
  3. Klinik holatni baholash
  4. Allergiya xavfini aniqlash
4

9

10 Anʼanaviy retseptlar va gomeopatiya 
  1. Ibn Sino retseptini tayyorlash
  2. Sharq tabobati bilan taqqoslash
  3. Mahalliy xalq retseptlarini yigʻish
  4. Klinik moslashuvni baholash
4

10

11 Fitoterapiya, farmakologiya va xijoma 
  1. Fitopreparat va dori kombinatsiyasini hisoblash
  2. Yon taʼsirlarni aniqlash
  3. Klinika holatini tahlil qilish
  4. Hisobot tayyorlash
4

11

12 Bolalar va keksalar, asalari terapiyasi 
  1. Yoshga qarab dozani hisoblash
  2. Xavfsiz oʻsimlik kombinatsiyasi
  3. Klinika misoli bilan ishlash
  4. Tavsiya protokoli yozish
4

12

13 Xavfsizlik, farmakovijilans va xiloterapiya 
  1. Yon taʼsir holatlarini yigʻish va tahlil qilish
  2. Farmakovijilans kartasini toʻldirish
  3. Klinik kuzatuvni modellashtirish
  4. Natijalarni taqdim qilish
4

13

14 Ilmiy tadqiqot tahlili va xarakat-meditatsiyasi 
  1. Fitopreparat boʻyicha ilmiy maqola oʻrganish
  2. Meta-tahlil natijalarini taqdim etish
  3. Guruh muhokamasi
  4. Yakuniy xulosa chiqarish
4

14

15 Integrativ tibbiyot amaliy konsepsiyasi va meloterapiya 
  1. Integrativ klinika loyihasini ishlab chiqish
  2. Fito-markaz biznes rejasini tuzish
  3. Klinik xizmatlar roʻyxatini yaratish
  4. Yakuniy taqdimot
4

15

Jami 60

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Integrativ tibbiyotning rivojlanish tarixi va asosiy tamoyillari. 

1

2 Fitoterapiya fanining shakllanish bosqichlari va ilmiy asoslari. 

2

3 Dorivor oʻsimliklarning xalq tabobatidagi oʻrni. 

3

4 Biologik faol moddalarning farmakologik ahamiyati. 

4

5 Dorivor oʻsimliklarning fitokimyoviy tahlil usullari. 

5

6 Fitoterapiya vositalarini tayyorlashda ekstraksiya usullari. 

6

7 Fitopreparatlarning standartizatsiya tamoyillari. 

7

8 Dorivor oʻsimliklarning farmakodinamik xususiyatlarini oʻrganish. 

8

9 Farmakokinetik jihatdan oʻsimlik preparatlarining oʻziga xosliklari. 

9

10 Fitoterapiya vositalarining zamonaviy dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri. 

10

11 Klinik amaliyotda fitoterapiya qoʻllashning xavfsizlik mezonlari. 

11

12 Oziq-ovqat qoʻshimchalari va fitopreparatlar oʻrtasidagi farqlar. 

12

13 Dorivor choylar: tayyorlash, tarkibiy qismlar va terapevtik xususiyatlar. 

13

14 Efir-yogʻli oʻsimliklarning tibbiyotdagi ahamiyati. 

14

15 Flavonoidlar va ularning farmakologik taʼsiri. 

15

16 Alkaloidlar: dorivor oʻsimliklardagi roli va xavfsizlik choralari. 

16

17 Glikozidlar: farmakologik ahamiyati va klinik qoʻllanishi. 

17

18 Fitoterapiyada ishlatiladigan yalligʻlanishga qarshi oʻsimliklar. 

18

19 Yurak-qon tomir kasalliklarida qoʻllaniladigan dorivor oʻsimliklar. 

19

20 Oshqozon-ichak kasalliklarida ishlatiladigan fitoterapevtik vositalar. 

20

21 Nerv tizimi kasalliklarida qoʻllaniladigan dorivor oʻsimliklar. 

21

22 Immunitetni oshiruvchi dorivor oʻsimliklar. 

22

23 Anti-mikrob xususiyatga ega dorivor oʻsimliklar. 

23

24 Onkologik kasalliklarda qoʻllaniladigan fitoterapiya vositalari. 

24

25 Gormon faoliyatini tartibga soluvchi dorivor oʻsimliklar. 

25

26 Fitoterapiyaning pediatriya amaliyotidagi oʻrni. 

26

27 Geriatriyada fitoterapiya qoʻllash imkoniyatlari. 

27

28 Mahalliy flora dorivor oʻsimliklarini oʻrganishning dolzarbligi. 

28

29 Dorivor oʻsimliklarni yigʻish, quritish va saqlash texnologiyasi. 

29

30 Fitoterapiya boʻyicha xalqaro tadqiqotlar va istiqbolli yoʻnalishlar. 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media korinishda topshiradilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Maxsumov. M, Aliyev. X, Fitoterapiya. Darslik. -Fan va texnologiya, 2013      
  2. Rakel D. Integrative Medicine. Elsevier, 2022. – 1032 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Kodirov N. D., Ernazarova M. Sh., Fitoterapiya. oʻquv qoʻllanma. Samarqand, 2023      
  2. Noland D., Drisko J. A., Wagner L. Integrative and Functional Medical Nutrition Therapy: Principles and Practices. Springer, 2020. – 1156 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.sciencedirect.com      
  • https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 2-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 2-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Ziyayeva Muazzam Kupaysinovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: ziyayevamuazamxon@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Usmonova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

D.Tuychiyeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, D 405 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

S.Saidobbozov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Ziyayeva

Fan oʻqituvchisi