JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Farmatsevtikada axborot texnologiyalari

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910800-Farmatsiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Farmatsevtikada axborot texnologiyalari Fan kodi FAT 1204
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

Farmatsevtikada axborot texnologiyalardan foydalanish modulining bugungi kunda tibbiyot masalalarini echishda, hamda davolash va ilmiy - amaliy faoliyatni sifatli darajada olib borishda, axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalana oladigan kadrlarni tayyorlashda alohida oʻrin tutadi. Axborot texnologiyalarining ahamiyati va rivojlanishini tendensiyalarini bilishi texnik, dasturiy, tarmoq resurslaridan samarali foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishini talab etadi.Talabalar dunyoqarashining umumlashgan tizimini yaratish va unda inson oʻrnini koʻrsatish, insonning dunyoga boʻlgan bilish, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy, estetik va boshqa munosabatlarini shakllantirish hamda toʻgʻri fikrlash mahoratini oʻrgatish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, kasbiy faoliyat davomida uchraydigan axborotlarni qayta ishlashda AKTdan foydalanish malakasini oshirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Matematika (MM1007)

2. Amaliy informatika (AI1007)

3. Fizika (FIZ1108)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Farmatsevtika sohasida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdagi nazariy va amaliy bilimlarni egallash, tibbiyotda qoʻllanilayotgan fizik va matematik modellar toʻgʻrisidagi zamonaviy nazariy bilimlarni egallash, tibbiy statistik maʼlumotlarni toʻgʻri taxlil qila bilish, taxlil qilingan natijalardan kelib chiqgan holda kasallikning oldini olish yoki davolash yoʻllarini aniqlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish borasida asosiy amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish, internet tarmogʻida ishlash, axborot qidirish va ulardan foydalanish, tibbiyot axbort tizimlari xususiyatlari, maʼlumotlar bazasini tashkil etish, ekspert tizimlari va axborot xavfsizligi asoslarini bilishi;
  • Zamonaviy axborot texnologiyalaridan bugungi kunda yuqori darajada foydalana olish, ularni tibbiyotning turli sohalarida maʼlumotlar toʻplashda, diagnostika va davolashda qoʻllash,;
  • Nanotexnologiyalar haqida umumiy maʼlumotlarga ega boʻlish, yaratilish va rivojlanish tarixini oʻrganishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • internet ijtimoiy tarmoqlarida axborotni tanlash va ulardan foydalanish usullarini egallashi; oʻzining kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qilishi, bakalavriatning mos yoʻnalishi boʻyicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega boʻlishi, kiberterrorizm, kiberzoʻravonlik (cyberbullying)ga qarshi mafkuraviy immuniteti shakllangan boʻlishi, ;
  • globallashuv va barqaror taraqqiyotning omillarini, korrupsiyaning global maʼnaviy inqiroz oqibati ekanligini bilishi, unga qarshi kurashda dahldorlik tuygʻusi shakllangan boʻlishi, ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtira olish, tana va ruxiy sogʻlik, tafakkur xavfsizligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, tanqidiy tafakkur imkoniyatlaridan jamiyat barqarorligini taʼminlash, ijtimoiy nazoratni oshirish va shaxsiy masʼuliyatni oshirish maqsadlarida foydalanish boʻyicha malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Farmatsevtika sohasidagi matnli axborotlarni qayta ishlash tеxnologiyasi 
  1. Matn muharririda fayl yaratish, saralash va filtrlash saqlash chop etish
  2. Axborotlarni xujjatlar shaklida tahrirlash tеxnologiyasi
  3. Xujjat xususiyatlarini va sahifa paramеtrlarini sozlash
2

1

2 Farmatsevtik tadqiqotlarda maʼlumotlarni raqamli qayta ishlash usullari 
  1. Farmatsevtik tadqiqotlarda maʼlumot turlari va ularni yigʻish usullari
  2. Raqamli maʼlumotlarni qayta ishlashning asosiy dasturiy vositalari
  3. Statistik maʼlumotlarni qayta ishlash, formula va standart funksiyalardan. foydalanish yoʻllari
2

2

3 Farmasevtika maʼlumotlarini vizuallashtirishda multimеdiyali dasturiy taʼminot 
  1. Farmatsevtika sohasida axborotlarni taqdimotlar koʻrinishida shakllantirish texnologiyasi
  2. Taqdimot texnologiyalari imkoniyatlarini sohaga samarali tadbiq etish yoʻllari
  3. Taqdimotda animatsiyadan foydalanish
2

3

4 Farmatsеvtik maʼlumotlar bazasini yaratuvchi dasturlar pakеti 
  1. Farmatsevtikada maʼlumotlar bazasi loyihalashtirish. Dori ombori va savdosini boshqarish dasturlari
  2. Inventarizatsiya va hisob tizimlari
  3. Amalda qoʻllaniladigan dasturiy vositalar
2

4

5 Farmasevtik xizmatlar uchun web-saytlar yaratishda qoʻllaniladigan dasturiy vositalar 
  1. Farmasevtik xizmatlar va ularni raqamlashtirishning ahamiyati
  2. Web-saytlar yaratishda qoʻllaniladigan asosiy dasturiy vositalar
  3. Inventarizatsiya va hisob tizimlari
2

5

6 Dori vositalari bilan bogʻliq adabiyotlarni qidirish 
  1. Ilmiy adabiyot qidiruvi: muhimligi
  2. PubMed platformasi: qidiruv strategiyasi
  3. Farmatsevtik tadqiqotlar uchun ahamiyati
2

6

7 Elektron dori reestrlari va onlayn dorixona tizimlari 
  1. Dori reestrlari: tushuncha va vazifasi
  2. Elektron reyestrlar: tashkiloti va tarkibi
  3. Onlayn dorixona tizimlari: afzalliklar
2

7

8 Farmatsevtikada kompyuter tarmoqlari va ularning qoʻllanilishi 
  1. Farmatsevtikada kompyuter tarmoqlari tushunchasi va turlari
  2. Farmatsevtik faoliyatda kompyuter tarmoqlari orqali axborot almashinuvi
  3. Kompyuter tarmoqlarining farmatsevtik jarayonlardagi amaliy qoʻllanilishi va afzalliklari
2

9

9 Tibbiyotda telekommunikatsion tizimlar 
  1. Telekommunikatsion tizimlar
  2. Teletibbiyot
  3. Teletibbiyot xizmatlari turlari
2

10

10 Farmasevtikada axborot xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish 
  1. Axborot xavfsizligining mohiyati va farmasevtikada uning roli
  2. Shaxsiy maʼlumotlar va ularni himoya qilish zaruriyati
  3. Axborot xavfsizligini taʼminlovchi texnik va dasturiy vositalar
2

11

11 Mobil ilovalar va sogʻliqni saqlashda dori kuzatuvi 
  1. Mobil sogʻliqni saqlash texnologiyalari
  2. Dori vositalarini kuzatishda ilovalarning oʻrni
  3. Medscape ilovasi: funksiyalari va imkoniyatlari
2

12

12 Farmasevtik muassasalarda elektron pochta (e-mail) orqali xizmat yozishmalari 
  1. Elektron pochta tizimi va uning farmasevtik tashkilotlardagi oʻrni
  2. Farmasevtik muassasalarda xizmat yozishmalarining turlari va qoidalari
  3. Elektron yozishmalarda axborot xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
2

13

13 Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash axborot tizimlarida dori vositalari 
  1. Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimlari haqida umumiy maʼlumot
  2. Elektron sogʻliqni saqlash platformalari (MyMed, e-Poliklinika)
  3. Dori vositalarini roʻyxatga olish va nazorat qilish
4

14

Jami 28

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Farmasevtikada axborot tushunchasi va axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari va mohiyati 
  1. Elektron tizimlarning dorixona ishiga taʼsiri
  2. Tibbiy va farmatsevtik axborot tizimlari turlari
  3. Zamonaviy texnologiyalar haqida kirish
2

1

2 Farmasevtikada matnli dasturlar orqali dorixona hujjatlarini rasmiylashtirish va tahlil qilish 
  1. Farmasevtik hujjatlar turlari va ularni rasmiylashtirishda matnli dasturlarning oʻrni
  2. Dorixona hujjatlarini tayyorlashda matnli dasturlar imkoniyatlari
  3. Hujjat xususiyatlari
2

2

3 Farmatsevtik statistik maʼlumotlarni sonli dasturlar yordamida tahlil qilish 
  1. Farmatsevtik statistik maʼlumotlarning turlari va ularni tahlil qilishning ahamiyati
  2. Excel dasturida statistik formulalar va standart funksiyalardan foydalanish
  3. Excel dasturidagi xatoliklar
2

3

4 Multimediyali dasturiy taʼminot orqali dori vositalarining taqdimoti 
  1. Dori vositalari haqida taqdimot tayyorlashda multimediyali dasturiy vositalarning oʻrni
  2. Taqdimot dizayni va animatsiyaning samarali ishlatilishi
  3. Multimediyali dasturiy taʼminot orqali dori vositasi boʻyicha taqdimot tayyorlash
2

4

5 Maʼlumotlar bazalari orqali dori omborini boshqarish 
  1. Farmatsevtik sohada maʼlumotlar bazalarining roli
  2. Dori ombori uchun maʼlumotlar bazasining asosiy tarkibiy qismlari
  3. Dori ombori uchun Access bazasi yaratish
2

5

6 Dorixona tarmoqlari va ularning ishonchli ishlashini taʼminlash usullari 
  1. Dorixona tarmoqlari tushunchasi va ularning tuzilishi
  2. Dorixona tarmoqlarining ishonchli ishlashini taʼminlovchi usullar
  3. Dorixona tarmogʻining ishini tahlil qilish
2

6

7 Teletibbiyot xizmatlarining rivojlanishi va ularning farmasevtikada tutgan oʻrni 
  1. Teletibbiyot tushunchasi va uning rivojlanish bosqichlari
  2. Teletibbiyotning farmatsevtika sohasidagi amaliy qoʻllanilishi
  3. Raqamli farmatsevtik xizmatlar tahlili
2

7

8 Dorixonada shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi: amaliy choralar va qonuniy asoslar 
  1. Shaxsiy maʼlumotlar tushunchasi va dorixona faoliyatida ularning ahamiyati
  2. Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha qonuniy asoslar va amaliy xavfsizlik choralari
  3. Dorixonadagi axborot xavfsizligi holatini tahlil qilish va himoya choralari taklif
2

8

9 Dori vositalarini boshqarishda mobil ilovalarning roli. 
  1. Farmatsevtlar va bemorlar uchun mobil ilovalarning afzalliklari
  2. MedSafety, Drugs. com, WebMD kabi ilovalar funksiyasi
  3. Smartfon yoki kompyuterdan foydalanib, dori haqida maʼlumot izlab topish va taqdimot qilish (skrinshot asosida)
2

9

10 Dorixonalarda rasmiy yozishmalarning madaniyati va xavfsizligi 
  1. Dorixonalarda rasmiy yozishmalar tushunchasi va madaniyati
  2. Dorixonalarda rasmiy yozishmalarning xavfsizligi
  3. Rasmiy yozishma namunalarini tuzish
2

10

11 Farmatsevtik xizmatlar uchun sodda web-sayt yaratish 
  1. Web-sayt va farmatsevtik xizmatlar – asosiy tushunchalar
  2. Oddiy dorixona web-saytining tarkibiy tuzilmasi
  3. Soddalashtirilgan dorixona web-saytini loyihalash
2

11

12 Ilmiy maqolalar va dori haqidagi adabiyotlarni qidirish 
  1. PubMed va Cochrane tizimlari bilan tanishish
  2. Ilmiy maqolani topish va tahlil qilish usullari
  3. PubMedʼda muayyan kasallik yoki dori vositasi boʻyicha maqola izlash va tavsif yozish
2

12

13 Elektron dori reyestrlari va onlayn dorixonalar 
  1. Milliy va xalqaro dori reyestrlari (Oʻzbekiston dori reyestri, FDA, EMA)
  2. Onlayn dorixona platformalarining funksiyasi va afzalliklari
  3. Apteka. uz, med. uz yoki boshqa saytlarda dori vositasini izlab topish va tavsifini yozish
2

13

14 Elektron tizimlarda dori vositalarining boshqaruvi va monitoringi 
  1. Dorixonalarda dori hisobini yuritishda qoʻllanilayotgan elektron tizimlar
  2. Dori vositalarini monitoring qilish va soxtalashtirishga qarshi kurash
  3. Oʻzbekiston farmatsevtika tizimida dori harakatini elektron kuzatish sxemasini ishlab chiqish
4

14

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Elektron kasallik tarixlari: tuzilishi, yuritilishi va muhim jihatlari 

1

2 Tibbiyotda sunʼiy intellekt va mashinaviy oʻrganish algoritmlari 

2

3 Farmatsevtikada maʼlumotlar bazasi (DBMS) va ularning ishlatilishi 

3

4 Tibbiy statistikani yuritishda axborot texnologiyalari 

4

5 Telemeditsina: imkoniyatlari va farmatsevtikada qoʻllanishi 

5

6 Mobil ilovalar yordamida dorilarni boshqarish va monitoring qilish 

6

7 Tibbiyotda bulutli texnologiyalar va maʼlumotlar xavfsizligi 

7

8 Elektron dorixona (e-pharmacy) tizimlari va ularning ishlash mexanizmi 

8

9 Tibbiyotda raqamli tasvirlash texnologiyalari (DICOM, PACS) 

9

10 Axborot xavfsizligi va shifokor-maxfiylik masalalari 

10

11 IoT (Internet of Things) texnologiyalarining sogʻliqni saqlashdagi roli 

11

12 Tibbiy laboratoriyalarni avtomatlashtirishda IT texnologiyalari 

12

13 Elektron taʼlim resurslaridan foydalanish tibbiyotda 

13

14 Farmatsevtikada raqamli marketing va elektron tijorat (e-commerce) 

14

15 Elektron sogʻliq pasporti va elektron ID tizimlari 

15

16 Farmatsevtikada texnologik yangiliklar va kelajak yoʻnalishlari 

16

17 Axborot texnologiyalarining farmatsevtikada qoʻllanilishi 

17

18 Elektron sogʻliqni saqlash (eHealth) tizimlari va ularning tibbiyotda roli 

18

19 Tibbiy axborot tizimlari: turlari va afzalliklari 

19

20 Elektron retsept tizimlari va ularning farmatsevtika amaliyotidagi ahamiyati 

20

 
 

Izoh: mustaqil taʼlim berilgan mavzulardan birini tanlab, taqdimot tayyorlab himoya qiladi

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Bazarbayev M. I., Tulaboyev A. K., Ermetov E. Ya., Sayfullayeva D. I., Abduganiyeva Sh. X., Isamuxamedov D. N. TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI «Sano-standart» nashriyoti Toshkent – 2018 365-b      
  2. Stephen Goundrey-Smith Information Technology in Pharmacy: An Integrated Approach Springer London. 2012 240-p      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Чернов В. И. и др. Медицинская информатика, Учебное пособие. Ростов. 2007 г      
  2. Макдона Р. Основи микрокомпютерних вичислений, Учебник. М.: «Высшая школа». 1989 г      
  3. Yuldashev U., Bokiev R. R., Mamarajabov M. E. EXCEL 97, Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2000 y      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov      
  • https://www.cochranelibrary.com      
  • https://www.uptodate.com      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Tajibayev Gayrat Oribjanovich

Ubaydullayeva Gullola Xabibullo qizi


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: tadjibaevgayratjon65@gmail.com
gubaydullayeva2019@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

N.Kabulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

A.Medatov - Andijon davlat universiteti, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

G.Tajibayev

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

G.Ubaydullayeva

Fan oʻqituvchisi