JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Farmatsevtik kimyo

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910800-Farmatsiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 3
Semestr 5,6-semestr
Fan nomi Farmatsevtik kimyo Fan kodi FK15612
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 30 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    12    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 360 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
180
(aud)
180
(must)
36 104 40
18 | 18 52 | 52 20 | 20

2. Fan maqsadi

talabalarni dori vositalarining tabiiy xom ashyo va sintez usuli bilan olinishi, ularni izlab topish va tibbiyot amaliyotiga qoʻllash jarayonidagi tashkiliy va amaliy muammolarini hal qilish, ularning kimyoviy tuzilishi bilan biologik faolligi orasidagi bogʻliqlik qonuniyatlari, chinligini aniqlashning kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari, tarkibidagi xususiy va umumiy yot aralashmalarni aniqlashning farmakopeyaviy usullari, dori moddasi va dori preparati miqdoriy tahlilining xususiy va umumiy tomonlari, barqarorligini oshirish, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlarini belgilash, farmakokinetikasi, biotransformatsiyasi va metabolitlarini aniqlash boʻyicha yoʻnalish profiliga mos bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Lotin tili va farmatsevtik terminologiya (LT1104)

2. Noorganik kimyo (NK11208)

3. Farmatsevtik botanika (FB13408)

4. Farmatsevtik texnologiya (FT15612)

5. Farmakognoziya (FG15612)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Talaba:;
  • farmatsevtik kimyo fani, tarixi va vazifalari;
  • dori moddalarning kimyoviy tuzilishi va tasniflanishi;
  • dori moddalarini olinish usullari;
  • davlat farmakopeyasi, vaqtinchalik farmakopeya maqolalari, farmakopeya maqolalarining tuzilishi;
  • dori moddalar chinligini aniqlashning umumiy va xususiy tahlil usullari;
  • dori vositalari tarkibidagi yot aralashmalarni aniqlash usullari;
  • dori vositalari miqdoriy tahlilining umumiy usullari;
  • dori vositalari tahlilida qoʻllaniladigan kimyoviy va fizikaviy usullar haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • dori moddalarning tasvirlanishi va eruvchanligini MH asosida aniqlash;
  • dori vositalarini chinligini MH asosida aniqlash;
  • moddalar tahlilida qoʻllaniladigan etalon eritmalar, ularni MH asosida tayyorlash va ulardan yot aralashmalarni, loyqalik va ranglilik darajasini aniqlash;
  • dori moddalar fizik konstantalarini (suyuqlanish, qaynash va qotish haroratlari, zichlik, pH, solishtirma ogʻirligi, solishtirma burish burchagi) MH asosida aniqlash;
  • tahlilda qoʻllaniladigan indikatorlar, titrlangan eritmalar tayyorlash va titrini MH asosida aniqlash;
  • dori vositalarining fizik konstantalarini aniqlashning farmakopeyaviy tahlil usullari;
  • turli guruhga mansub boʻlgan dori moddalarining miqdorini aniqlashning kimyoviy tahlil usullari;
  • organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarining fizikaviy tahlil usullari;
  • dori preparatlari va dori shakllarining fizik-kimyoviy tahlil usullarini bilish va ulardan foydalanish;
  • noorganik va organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarining funksional guruhlari boʻyicha chinligini aniqlashning farmakopeyaviy usullaridan;
  • va organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarining tozaligini aniqlashning farmakopeyaviy tahlil usullaridan;
  • dori moddalarning miqdorini aniqlashda qoʻllaniladigan kimyoviy usullardan (suvli va suvsiz sharoitda kislota – asos titrlash, yodometrik, permanganatometrik, nitritometrik, kompleksonometrik, argentometrik va b. usullar) foydalanish;
  • dori vositalarining sifatini baholashda qoʻllaniladigan refraktometrik, fotoelektrokolorimetrik, spektrofotometrik va xromatografik usullardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Noorganik va organik tuzilishga ega biogen dori vositalarining funksional guruhlari boʻyicha chinligini aniqlashning farmakopeyaviy usullaridan ;
  • Noorganik va organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarining tozaligini aniqlashning farmakopeyaviy tahlil usullaridan ;
  • Dori moddalarning miqdorini aniqlashda qoʻllaniladigan kimyoviy usullardan (suvli va suvsiz sharoitda kislota — asos titrlash, yodometrik, permanganatometrik, nitritometrik, kompleksonometrik, argentometrik va b. usullar) foydalanish ;
  • Dori vositalarining sifatini baholashda qoʻllaniladigan refraktometrik, fotoelektrokolorimetrik, spektrofotometrik va xromatografik usullardan foydalanish. Talabalarning farmatsevtik kimyo fani boʻyicha amaliy koʻnikmalari laboratoriya xonalarida, mavzular boʻyicha dori vositalarni tahlili oʻtkaziladi ;
  • Laboratoriya mashgʻulotda amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi va bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi: ;
  • Birinchi bosqich – mashgʻulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda oʻrganilayotgan amaliy koʻnikmani oʻrganish motivatsion asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Amaliy koʻnikmalari amalga oshirish uchun kerakli asbob-uskunalar bilan ishlash mexanizmi, ishlatish qoidalari bilan talabalar tanishtiriladi. Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedrada barcha asbob — uskunalar mavjud va ishchi holatda boʻlishi lozim ;
  • Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv- uslubiy qoʻllanmalar, vaziyatli masalar va testlar toʻplami, keyslar, ishlatilishi lozim. Interfaollik shunda namoyon boʻladiki, bunda boshqa talabalar nafaqat ekspert sifatida chiqishda va oʻqitilayotgan talabaning amaliy koʻnikmani toʻgʻri oʻzlashtirganligini baholashda balki komandada ishlashda ishtirok etadilar ;
  • Toʻrtinchi bosqich — xulosa. Bu bosqichda pedagog talaba tomonidan olingan bilim va egallagan koʻnikmani tahlillarda, turli xil vaziyatlarda, faoliyat jarayonida toʻgʻri va toʻliq qoʻllay olishiga ishonch hosil qilishi kerak va shunda amaliy koʻnikma oʻzlashtirildi deb hisoblanadi. Mashgʻulot yakunida oʻqituvchi har bir talabaning amaliy koʻnikmani oʻzlashtirganligini tasdiqlaydi. Talaba amaliy koʻnikmani oʻzlashtira olmagan vaziyatlarda, mashgʻulotdan tashqari vaqtda mustaqil oʻzlashtirish tavsiya etiladi va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy koʻnikmalari oʻzlashtirgan holda fanni oʻzlashtirgan hisoblanadi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish 
  1. Farmatsevtik kimyo fanining mohiyati, maqsadi va vazifalari
  2. Dori vositalarining umumiy farmakopeyaviy tahlil usullari
  3. Dori moddalari miqdorini aniqlash usullari
2

1

2 S, P, d-elementlari hosilalari — dori vositalarining olinishi va tahlili 
  1. Xalkogenlar, bor, azot, vismut va alyuminiy birikmalari
  2. Diagnostika uchun qoʻllaniladigan dori vositalari
2

2

3 Uglevodorodlar, asiklik alkanlar galogen hosilalari, spirtlar, aldegidlar va uglevodorodlarning tibbiyotda qoʻllaniladigan preparatlari 
  1. Alifatik karbon kislotalar, alifatik aminokislotalar guruhiga kirgan dori vositalari
2

3

4 Betalaktam antibiotiklar – penitsillinlar va sefolosparinlarning dori vositalari 
  1. Aminoglikozidlar va makrolid antibiotiklar
2

4

5 Fenollar, paraaminofenollar, tetrasiklin, naftaxinon hosilalari va ularning hosillari 
  1. Aromatik karbon kislotalar va ularning tibbiyot amaliyotida qoʻllaniladigan hosilalari
2

5

6 Alifatik alitsiklik birikmalarning tibbiyotda qoʻllaniladigan hosilalari 
  1. Aromatik birikmalar
2

6

7 Aromatik aminokislotalar va ularning hosilalari 
  1. Arilalkilaminlar, gidroksifenilalkilaminlar, nitrofenilalkilaminlar guruhiga kirgan dori moddalari
2

7

8 Benzolsulfanilamidlar hosilalari guruhi va ularning hosilalari 
  1. Diuretik va benzolsulfanilamidlar antiseptik xususiyatli preparatlarning tibbiyotda qoʻllaniladigan
2

8

9 Steroid qator birikmalarining tibbiyotda qoʻllaniladigan hosilalari 
  1. Gormonlar. Steroid qator birikmalarining tibbiyotda qoʻllaniladigan hosilalari. 2. Kardenolidlar
  2. Vitamin D guruh dori moddalari
2

9

10 Geterosiklik birikmalar 
  1. Nitrofuran guruhiga kiruvchi dori vositalari
  2. Benzopiran hosilalari turkumiga kiruvchi dori preparatlari
2

10

11 Pirrol va pirrolizidin qator dori moddalari. Indol hosilalari boʻlgan dori moddalar 
  1. Pirrol va pirrolizidin qator dori moddalari. Indol hosilalari boʻlgan dori moddalar
2

11

12 Pirazol, imidazol, imidazolin va 1, 2, 3-triazol hosilalari 
  1. Piridin qator dori moddalari
2

12

13 Nikotin kislotasi va izonikotin kislotasining (piridin –4va 3-karbon kislotasi) gidrazidi hosilalari 
  1. Piperidin guruhiga kirgan dori moddalari
2

13

14 Atropinning tibbiyotda ishlatiladigan hosilalari 
  1. Xinolin qator dori moddalari
2

14

15 Izoxinolin hosilalari. Pirimidin 2. 4-dion guruhiga kirgan dori vositalari 
  1. Izoxinolin hosilalari. Pirimidin 2. 4-dion guruhiga kirgan dori vositalari
2

15

16 Pirimidin 2, 4, 6 — trion hosilalari. Pirimidin — tiazol, pteridin va izoalloksazin guruhiga kirgan dori vositalari 
  1. Pirimidin 2, 4, 6 — trion hosilalari. Pirimidin — tiazol, pteridin va izoalloksazin guruhiga kirgan dori vositalari
2

16

17 Purinning tibbiyotda qoʻllaniladigan dori vositalari 
  1. Purin nukleozidlari va purinning sintetik hosilalari
2

17

18 Fenotiazin va akridinning tibbiyotda qoʻllaniladigan dori vositalari 
  1. Azepin, benzodiazepin va oksazin qator dori moddalari
2

18

Jami 36

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Dori moddalarining umumiy farmakopeyaviy tahlil usullari 
  1. Dori moddalarni tasvirlanishi va eruvchanligini aniqlash
  2. Dori moddalarini umumiy va xususiy sifat reaksiyalari
4

1

2 Dori moddalar eritmalarining tiniqligi, loyqaligi va ranglilik darajasini aniqlash 
  1. Dori moddalarining tozaligini aniqlash
  2. Ruxsat etilgan va etilmagan yot moddalar chegarasi
4

2

3 Uchuvchan moddalar va suvni aniqlash usullari 
  1. Kaliy bromid, kalsiy laktat, natriy sitrat, natriy xlorid
  2. Dori moddalar suyuqlanish va qaynash haroratini aniqlash
  3. Terpingidrat, aspirin, streptotsid, dibazol
4

3

4 Dori moddalari kislotalik va ishqoriyligini aniqlash. kaliy bromid, natriy benzoat, natriy salitsilat, magniy sulfat, streptotsid, glyukoza eritmasi. 
  1. Dori moddalari kislotalik va ishqoriyligini aniqlash. kaliy bromid, natriy benzoat, natriy salitsilat, magniy sulfat, streptotsid, glyukoza eritmasi
4

4

5 Zollarni aniqlashning farmakopeyaviy usullari. 
  1. Dori moddalari va ularning eritmalarini zichligini aniqlashning farmakopeyaviy usullari
  2. Natriy gidrokarbonat, magniy sulfat, magniy oksidi, rux sulfat, glyukoza, salitsil kislotasi
4

5

6 Farmatsevtik tahlilda qoʻllaniladigan indikatorlar, titrlangan eritmalar tayyorlash va titrini aniqlash. 
  1. Trilon B, natriy nitrit, kaliy bromat, natriy tiosulfat, natriy ishqori eritmalari
4

6

7 Dori moddalarning miqdorini aniqlashda qoʻllaniladigan kimyoviy usullar (kislotali – asosli titrlash, yodometrik, permanganatometrik, nitritometrik, kompleksonometrik va b. usullar). 
  1. Kalsiy glyukonat, anestezin
4

7

8 Dori moddalarning miqdorini aniqlashda qoʻllaniladigan fizikaviy usullar. 
  1. Refraktometriya usuli
  2. Glyukoza va magniy sulfat eritmalari
4

8

9 Spektrofotometrik, fotoelektrokolorimetrik, usullarning dori vositalari miqdorini aniqlashda qoʻllanilishi. 
  1. Levomitsetin, furadonin, riboflavin
4

9

10 Tozalangan va inyeksiya uchun ishlatiladigan suv tahlili. 
  1. Noorganik tuzilishga ega boʻlgan dori moddalar tahlili
  2. Natriy gidrokarbonat, magniy sulfat, kalsiy xlorid va kalsiy laktat
4

10

11 Xalkogenlar, bor, azot, vismut va alyuminiy birikmalari tahlili. 
  1. Peroksidlar, natriy tiosulfat
4

11

12 Uglevodorodlar, asiklik alkanlar galogen hosilalari, aldegidlar va uglevodlarning tibbiyotda qoʻllaniladigan preparatlari tahlili. 
  1. Formaldegid, urotropin, yodoform, glyukoza
4

12

13 Alifatik karbon kislotalar tahlili. 
  1. Kalsiy glyukonat, Natriy sitrat, kalsiy laktat, kaliy asetat, askorbin kislotasi
  2. Alifatik aminokislotalar tahlili
  3. Glyutamin kislota, metionin, glitsin
4

13

14 Aromatik birikmalar. 
  1. Fenollar, paraaminofenol va uning hosilalari tahlili: fenol, parasetamol, timol, tetrasiklin, rezorsin
4

14

15 Aromatik karbon kislotalar va ularning tibbiѐt amaliѐtida olinadigan hosilalari tahlili 
  1. 1 Benzoy kislota, salitsil kislotasi, asetilsalitsil kislotasi, fenilsalitsilat
4

15

16 Aromatik aminokislotalar va ularning hosilalari tahlili. 
  1. Anestezin, novokain, novokainamid, dikain
4

16

17 Arilalkilaminlar, gidroksifenilalkilaminlar, Nitrofenilalkilaminlar guruhiga kirgan dori moddalari tahlili. 
  1. Levomitsetin, adrenalin gidrotartrat, noradrenalin gidrotartrat
4

17

18 Benzolsulfanilamidlar guruhi va ularning hosilalari tahlili. Streptotsid, norsulfazol, ftalazol, sulgin, etazol. 
  1. Diuretik va antiseptik xususiyatli benzolsulfanilamidlar tahlili
  2. Furosemid, pantotsid, xloramin B
4

18

19 Geterosiklik birikmalar. Nitrofuran guruhiga kiruvchi dori vositalari tahlili. 
  1. Furadonin, furazolidon, furatsilin
  2. Fenilxroman qator dori moddalar tahlili
  3. Rutin, kversetin
4

19

20 Pirazol hosilalari tahlili. 
  1. Antipirin, amidopirin, butadion
  2. Imidazol, imidazolin va 1, 2, 3-triazol hosilalari tahlili
  3. Dibazol, pilokarpin gidroxlorid, metronidazol
4

20

21 Piridin qator dori moddalari. 
  1. Piridin 3-karbon kislotalar tahlili
  2. Nikotin kislotasi, nikotinamid, nikotin, koamid
4

21

22 Piridin 4 — karbon kislotalar tahlili. 
  1. Izoniazid, ftivazid, metazid, nialamid
4

22

23 Xinolin qator dori moddalari. 
  1. Xinolin — 4 hosilasi tahlili: xinin gidroxlorid, xinin digidroxlorid, xinin sulfat, xingamin, trixomonatsid, nitroksolin
4

23

24 Izoxinolin hosilalari tahlili. 
  1. Papaverin gidroxlorid, drotoverin gidroxlorid (no-shpa), apomorfin, glautsin gidroxlorid
4

24

25 Pirimidin-tiazol hosilalari tahlili. 
  1. Tiamin xlorid, tiamin bromid
4

25

26 Purin hosilalari tahlili 
  1. Kofein, teobromin, eufillin, teofillin, kofein-benzoat natriy
4

26

Jami 104

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Dori moddalarning miqdorini aniqlashda qoʻllaniladigan kimyoviy usullar (kislotali – asosli titrlash, yodometrik, permanganatometrik, nitritometrik, kompleksonometrik va b. usullar). 
  1. Kalsiy glyukonat, anestezin
2

1

2 Dori moddalarning miqdorini aniqlashda qoʻllaniladigan fizikaviy usullar. 
  1. Refraktometriya usuli
  2. Glyukoza va magniy sulfat eritmalari
2

2

3 Betalaktam antibiotiklar – penitsillinlar va sefolosparinlarning dori vositalari tahlili 
  1. Penitsillin, sefazolin
2

3

4 Alifatik siklik birikmalarning tibbiyotda olinadigan hosilalari tahlili. 
  1. 1 Mentol, validol, kamfora, bromkamfora, terpengidrat
2

4

5 Aromatik birikmalar. 
  1. Fenollar, paraaminofenol va uning hosilalari tahlili: fenol, parasetamol, timol, tetrasiklin, rezorsin
2

5

6 Aromatik karbon kislotalar va ularning tibbiѐt amaliѐtida olinadigan hosilalari tahlili 
  1. Benzoy kislota, salitsil kislotasi, atsetilsalitsil kislotasi, fenilsalitsilat
2

6

7 Aromatik aminokislotalar va ularning hosilalari tahlili. 
  1. Anestezin, novokain, novokainamid, dikain
2

7

8 Arilalkilaminlar, gidroksifenilalkilaminlar, itrofenilalkilaminlar guruhiga kirgan dori moddalari tahlili. 
  1. Levomitsetin, adrenalin gidrotartrat, noradrenalin gidrotartrat
2

8

9 Benzolsulfanilamidlar guruhi va ularning hosilalari tahlili. 
  1. Streptotsid, norsulfazol, ftalazol, sulgin, etazol
  2. Diuretik va antiseptik xususiyatli benzolsulfanilamidlar tahlili
  3. Furosemid, pantotsid, xloramin B
2

9

10 Geterotsiklik birikmalar. 
  1. Nitrofuran guruhiga kiruvchi dori vositalari tahlili
  2. Furadonin, furazolidon, furatsilin
  3. Fenilxroman qator dori moddalar tahlili
  4. Rutin, kversetin
2

10

11 Pirazol hosilalari tahlili. 
  1. Antipirin, amidopirin, butadion
  2. Imidazol, imidazolin va 1, 2, 3-triazol hosilalari tahlili
  3. Dibazol, pilokarpin gidroxlorid, metronidazol
2

11

12 Piridin qator dori moddalari. 
  1. Piridin 3-karbon kislotalar tahlili
  2. Nikotin kislotasi, nikotinamid, nikotin, koamid
2

12

13 Pterin hosilalari tahlili. Fol kislotasi. 
  1. Pterin hosilalari tahlili. Fol kislotasi
2

13

14 Izoalloksazin hosilalari tahlili. 
  1. Riboflavin, riboflavin mononukleotid
2

14

15 Dori moddalarining umumiy farmakopeyaviy tahlil usullari. 
  1. Dori moddalarni tasvirlanishi va eruvchanligini aniqlash
  2. Dori moddalarini umumiy va xususiy sifat reaksiyalari
2

15

16 Dori moddalar eritmalarining tiniqligi, loyqaligi va ranglilik darajasini aniqlash. 
  1. Dori moddalarining tozaligini aniqlash
  2. Ruxsat etilgan va etilmagan yot moddalar chegarasi
2

16

17 Uchuvchan moddalar va suvni aniqlash usullari. 
  1. Kaliy bromid, kalsiy laktat, natriy sitrat, natriy xlorid
  2. Dori moddalar suyuqlanish va qaynash haroratini aniqlash
  3. Terpingidrat, aspirin, streptotsid, dibazol
2

17

18 Dori moddalari kislotalik va ishqoriyligini aniqlash. kaliy bromid, natriy benzoat, natriy salitsilat, magniy sulfat, streptotsid, glyukoza eritmasi. 
  1. Dori moddalari kislotalik va ishqoriyligini aniqlash. kaliy bromid, natriy benzoat, natriy salitsilat, magniy sulfat, streptotsid, glyukoza eritmasi
2

18

19 Zollarni aniqlashning farmakopeyaviy usullari. 
  1. Dori moddalari va ularning eritmalarini zichligini aniqlashning farmakopeyaviy usullari
  2. Natriy gidrokarbonat, magniy sulfat, magniy oksidi, rux sulfat, glyukoza, salitsil kislotasi
2

19

20 Farmatsevtik tahlilda qoʻllaniladigan indikatorlar, titrlangan eritmalar tayyorlash va titrini aniqlash. 
  1. Trilon B, natriy nitrit, kaliy bromat, natriy tiosulfat, natriy ishqori eritmalari
2

20

Jami 40

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Hozirgi zamon farmatsevtik kimyo fanining rivojlanish Tarixi Rivojlangan davlatlar farmakopeyalarida keltirilgan tahlil usullarini qiyoslash 

1

2 Dori vositalarining miqdorini aniqlashning zamonaviy tahlil usullari. 

2

3 Farmatsevtik tahlilning noorganik dori vositalarining sifatini nazorat qilishdagi ahamiyati 

3

4 Noorganik dori vositalarining sifatini nazorat qilishdagi fizik-kimyoviy tahlil usullari. 

4

5 Uglevodorodlarning tahlilida xromatotografiya usullarining qoʻllanilishi 

5

6 Yevropa farmakopeyasining tarkibiga kirgan alifatik karbon kislotalar hosilalari va ularning tahlili. 

6

7 Amerika farmakopeyasi tarkibiga kirgan sintetik betalaktamidlar tahlili. 

7

8 Aminoglikozidlarning tahlilida xromatografik usullarining qoʻllanilishi. 

8

9 Adamantanlar (remantadin, midantan) guruhiga kirgan dori moddalar tahlili va ishlatilishi 

9

10 Tetratsiklinlar guruhiga kirgan dori moddalarining sifatini baholashda qoʻllaniladigan tahlil usullari. 

10

11 Aromatik karbon kislotalar guruhiga kirgan dori moddalarining sifatini baholashda I- spektroskopiya usulining qoʻllanilishi. 

11

12 I-spektroskopiya usulining prokain gidroxlorid moddasi tahlilida qoʻllanilishi 

12

13 Xiral dori vositalari. 

13

14 Dori vositalar tahlilida konduktometriya usulining qoʻllanilishi. 

14

15 Dori vositalar tahlilida biologik tahlil usullarining qoʻllanilishi. 

15

16 Gormonlar chinligini aniqlashda I- spektroskopiya usulining qoʻllanilishi 

16

17 Yurak glikozidlari miqdorini aniqlashning zamonaviy Usullari. 

17

18 Spektrofotometriya usulining nitrofuran hosilalari tahlilida qoʻllanilishi. 

18

19 Rutin miqdorini aniqlashda YuSSX usulidan foydalanish 

19

20 UB-spektrofotometriya usuli yordamida B12 chinligini aniqlash. 

20

21 Ergoalkaloidlar hosilalarining tabiiy va sintetik dori vositalari. 

21

22 Imidazolin hosilalari tahlilida suvsiz sharoitda kislota asos titrlash usulining qoʻllanilishi. Piridin qator dori vositalarining olinishi 

22

23 Vitamin PPguruh preparatlarining inson hayotidagi ahamiyati va olinish manbalari. Dori moddalarining polimorfizmi. 

23

24 Piperidin birikmalari misolida rivojlangan farmakopeyalarning qiyosiy tahlili 

24

25 Yevropa farmakopeyasi. AQShning farmakopeyasi. Vitamin B1ning zamonaviy tahlil usullari. 

25

26 Kalsiy folinat dori moddasining tahlil usullari. Teofillin dori moddasini chinligini I-spektroskopiya usulida aniqlash 

26

27 Atsiklovir dori moddasining tahlili. Prometazin gidroxlorid dori moddasini zamonaviy usullarda tahlili. 

27

28 Klozapin dori moddasi tahlilida zamonaviy I va UB-spektroskopiya usullarining qoʻllanilishi 

28

29 Roman spektroskopiya usulini dori moddalari tahlilida qoʻllanilishi. Dibazol dori shakllari tahlili. Izoxinolin hosilalari tahlili. Glautsin gidroxlorid. Vitamin B6ning zamonaviy tahlil usullari. 

29

30 Vitamin Cning zamonaviy tahlil usullari. Kofein moddasining tahlili. Fol kislotasining tahlil. Adamantanlar (remantadin, midantan) guruhiga kirgan dori moddalar tahlili va ishlatilishi. 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media korinishda topshiradilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Ibodov A. Yu., A. N. Yunusxodjaev, Q. A. Ubaydullaev. Farmatsevtik kimyo. Toshkent, «VORIS — NAShRIYoT», 2011 I, 582 b, Darslik      
  2. Ibodov A. Yu., A. N. Yunusxodjaev, Q. A. Ubaydullaev. Farmatsevtik kimyo. Toshkent, «VORIS — NAShRIYoT», 2011 II, 482 b, Darslik      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Ubaydullaev . Q. A, Farmatsevtik kimyo fanidan oʻquv qoʻllanma. A. N. Yunusxodjaevning umumiy tahriri ostida. - Toshkent, «Yangi nashr» 2015, 480 b      
  2. Раменской Г. В. Фармацевтическая химия. М. “Бином” 2015г. С 460., учебник      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://cyberleninka.ru/article/n      
  • https://www.samsmu.ru/universitv/chairs      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-29 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / yozma shakllarda amalga oshiriladi 10 4-26 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / yozma koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-26 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 2-29 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Saliyev Asilbek Yulbarsovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: a.s.soliyev@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Pazliddinov - Andijon davlat tibbiyot instituti, Kafedra mudiri

N.Razzakov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

S.Saidobbozov

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Saliyev

Fan oʻqituvchisi