JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Farmatsevtik botanika

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910800-Farmatsiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 2
Semestr 3-semestr
Fan nomi Farmatsevtik botanika Fan kodi FBT1304
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr lab
60
(aud)
60
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

oʻsimliklar dunyosining biologik qonuniyatlarini, oʻsimlik organlarining morfologik va anatomik tuzilishining xilma-xilligini oʻrganish, oʻrganiladigan oʻsimliklardan dorivor oʻsimliklar turlarini sistematik belgilariga qarab aniqlay olish, xom-ashyoni aniqlashdagi oʻsimliklarni diagnostik xususiy belgilarini taxlil qilishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Fizik va kolloid kimyo (FVKK1306)

2. Organik kimyo (OK13411)

3. Mikrobiologiya (MKB1304)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Oʻsimliklar dunyosining biologik qonuniyatlarini, oʻsimlik organlarining morfologik va anatomik tuzilishining xilma-xilligini oʻrganish, oʻrganiladigan oʻsimliklardan dorivor oʻsimliklar turlarini sistematik belgilariga qarab aniqlay olish, xom-ashyoni aniqlashdagi oʻsimliklarni diagnostik xususiy belgilarini taxlil qilishdan iboratni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • laboratoriya mashgʻulotlarda mikropreparatlarni tayyorlash texnikasini oʻrganish, oʻsimlik organlarida: ildiz, poya, bargning tuzilishini anatomik koʻrsatkichlaridan foydalangan holda aniqlash, oʻsimliklar dunyosining tasnifi va ularning tipi, sinfi, oilasi, turini bilish, oʻsimliklardan gerbariy tayyorlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Fanga kirish. Botanika fani boʻlimlari va uni farmatsiyadagi ahamiyati. Oʻsimlik hujayrasi, uninг tuzilishi, ваzifаlаri. Xujаyrаninг бoʻlinishi 
  1. Botanika fani va uning ahamiyati
  2. Botanika fanining qisqacha tarixi, boʻlimlari va uni farmatsiyadagi ahamiyati
  3. Botanika fanining boʻlimlari
  4. Oʻsimlik hujayrasi, uning tuzilishi, vazifalari
  5. Xujayraning boʻlinishi
2

1

2 Xujayradagi oziqli moddalar, kristallar. Oʻsimlik toʻqimalari, klassifikatsiyasi, tuzilishi va vazifalari 
  1. Xujayradagi oziqli moddalar, kristallar
  2. Toʻqimalar klassifikatsiyasi
  3. Hosil qiluvchi toʻqima, uning tuzilishi va vazifalari
  4. Qoplovchi toʻqima, uning tuzilishi va vazifalari
2

2

3 Oʻsimlik toʻqimalari, klassifikatsiyasi, tuzilishi va vazifalari 
  1. Maxkamlik beruvchi toʻqima, uning tuzilishi va vazifalari
  2. Oʻtkazuvchi toʻqima toʻqima, uning tuzilishi va vazifalari
  3. Assimlyatsiya qiluvchi toʻqima, uning tuzilishi va vazifalari
  4. Ajratuvchi toʻqimalar va aerenxima toʻqima, uning tuzilishi va vazifalari
2

3

4 Ildiz morfologiyasi va anatomik tuzilishi. Ililiz metamorfozlari. Geterogen, gomogen ildizlar sistemasi 
  1. Oʻsimlik ildizining vazifasi, ularning mexanik va fiziologik xususiyatlari
  2. Ildizlarning kelib chiqishiga koʻra boʻlinishi. Ildiz klassifikatsiyasi. Sochma va oʻq ildizlar
  3. Ildiz metamorfozlari. Tuganak bakteriyalar. Mikoriza haqida tushuncha berish
  4. Ildiz anatomiyasi - birlamchi va ikkilamchi ildiz tuzilishi
2

4

5 Poya morfologiyasi. Oʻt oʻsimliklar poyasining anatomik tuzilishi. Daraxtsimon oʻsimliklar poyasining anatomik tuzilishi 
  1. Poya haqida tushuncha
  2. Poyalarning shakli, yoʻnalishi, shoxlanishi, yer ostki va yer ustki turini oʻzgartirgan poyalar
  3. Daraxtsimon va butasimon oʻsimliklarning hayotiy shaklallari. Kaulifloriya
  4. Kurtak tuzilishi. Vegetativ va generativ kurtaklar. Tinim davridagi kurtaklar
  5. Poyalarning ichki tuzilishi - oʻtli oʻsimliklar va daraxt oʻsimliklar poyasining ichki tuzilishiga tasnif va ularning farqlari. Ochiq urugʻli oʻsimliklar poyasining ichki tuzilishi
2

5

6 Barg, uning tuzilishi va vazifalari Oʻsimliklar hayotida barglarning ahamiyati 
  1. Barg vazifasi
  2. Barg qismlari
  3. Barg plastinkasining tuzilishi
  4. Barglarning poyada joylanishi
  5. Oddiy va murakkab barglar
  6. Barglarning ichki tuzilishi va ularning yashash sharoitiga bogʻliqligi
2

6

7 Genetativ organlar. Gul, ularning tuzilishi va vazifalari oʻsimliklar hayotida gullarning ahamiyati 
  1. Generativ organlarning kelib chiqishi
  2. Gulning tuzilishi, vazifalari va kelib chiqishi
  3. Changchilarning tuzilishi va vazifalari
  4. Urugʻchilarning tuzilishi va vazifalari
2

7

8 Toʻpgullar. Changlanish va urugʻlanish 
  1. Toʻpgullarning morfologik belgilari, biologik axamiyati
  2. Oddiy va murakkab toʻpgullar xaqida tushuncha. Gullarning xilma-xilligi
  3. Gulli oʻsimliklarda changlanish. Uning umumiy tavsifi, xillari. Xasharotlar yordamida changlanish, shamol va boshka usullar yordamida changlanish
  4. Urugʻlanish. Qoʻsh urugʻlanish
2

8

9 Urugʻ, uning tuzilishi va vazifalari 
  1. Urugʻ. Urugʻning morfologik xillari. Bir urugʻpallali va ikki urugʻpallali oʻsimliklar urugʻining tuzilishi. Ularning murtak tuzilishidagi farkdari. Chala rivojlangan va reduktsiyalangan mutak. Urugʻning zaxira moddalari
  2. Urugʻning morfologik xillari. Urugʻning xujalik axamiyati. Tinim xolatidagi urugʻ. Urugʻning unishi. Urugʻ sifati, sifatini baxolash usullari va ularni undirish
  3. Urugʻpallalarning funktsiyasi; yer ustki va yer ostki unish
2

9

10 Meva, uning tuzilishi, xillari va vazifalari 
  1. Meva. Uning taʼrifi. Mevaning xosil boʻlishi. Xoʻl va quruq mevalar
  2. Bir urugʻli va koʻp urugʻli mevalar. Chatnaydigan va chatnamaydigan mevalar. Apokarp, Sinkarp, Parakarp, Lizikarp mevalar
  3. Toʻpmevalar. Geterokarpiya va geterospermiya. Meva va urugʻlarning tarqalishi. Urugʻ va mevalarning inson xayotida tutgan oʻrni
2

10

11 Oʻsimliklar sistematikasi. Tuban oʻsimliklarga xarakteristikasi. Bakteriyalarning tuzilishi va koʻpayishi 
  1. Oʻsimliklar sistematikasi kirish
  2. Tuban oʻsimliklarga tasnif. Tuban oʻsimliklar klassifikatsiyasi haqida tushuncha
  3. Bakteriyalarning tuzilishi va koʻpayishi
  4. Suv oʻtlari, zamburugʻlar va lishayniklar
  5. Suv oʻtlarining tuzilishi, klassifikatsiyasi, ahamiyati
  6. Zamburugʻlarning tuzilishi, oziqlanishi, klassillkatsiyasi, koʻpayishi, zarari va ahamiyati
  7. Lishayniklarning tuzilishi, xillari, koʻpayishi haqida tushuncha
2

11

12 Yuksak sporali oʻsimliklarga tasnif. Moxsimonlar. Qirqquloqsimonlilar 
  1. Yuksak sporali oʻsimliklarga tasnif, ularning tuban sporali oʻsimliklardan farqi
  2. Yuksak sporali oʻsimliklar klassifikatsiyasi. Moxsimonlarga tasnif, klassifikatsiyasi
  3. Jigarsimon, poya va bargli moxlarning tuzilishi, koʻpayishi haqida tushuncha
  4. Qirqquloqsimonlarga tasnif, klassifikatsiyasi. Qirqboʻgʻimlilar. Plaunlarning tuzilishi, koʻpayishi, ahamiyati
  5. Yuksak oʻsimliklar evolyutsiyasi
  6. Ochiq urugʻlilar. Qirqquloqlar va suv qirqquloqlari haqida tushuncha. Ochiq urugʻlilarga tasnif, klassifikatsiyasi, tuzilishi, koʻpayishi
2

12

13 Yopiq urugʻli oʻsimliklar. Reproduktiv orgaiilarning paydo boʻlishi 
  1. Yopiq urugʻilar, oʻsimliklarning kelib chiqishi, xarakterli belgilari. 2
  2. Yopiq urugʻlilarni ochiq urugʻlilardan farqi
  3. Yopiq urugʻlilarni klassifikatsiyasi
  4. Gul morfologiyasini tuzilishi. Gulning formulasi va diagrammasi
  5. Toʻpgullar tuzilishi haqida tushuncha
2

13

14 Yopiq urugʻli oʻsimliklar tasnifi. Bir va ikki pallali oʻsimliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovoniloshlar, zirkdoshlar, koʻknordoshlar 
  1. Yopiq urugʻli oʻsimliklar tasnifi
  2. Bir va ikki pallali oʻsimliklar
  3. Magnoliyadoshlar oilasiga tasnif, klassifikatsiyasi, asosiy vakillari
  4. Ayiqtovoniloshlar oilasiga tasnif, klassifikatsiyasi, asosiy vakillari
  5. Zirkdoshlar oilasiga tasnif, klassifikatsiyasi, asosiy vakillari
  6. Koʻknordoshlar oilasiga tasnif, klassifikatsiyasi, asosiy vakillari
2

14

15 Ekologiya, fitotsenologiya va oʻsimliklar geografiyasi 
  1. Ekologiya va uning oʻsimliklarga taʼsiri
  2. Oʻsimliklar fitotsenologiyasi
  3. Oʻsimliklar geografiyasi
  4. Oʻsimliklar olamini muhofaza qilish
  5. Oʻzbekiston “Qizil kitobi”
2

15

Jami 30

amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan


seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.2. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Mikroskopning tuzilishi. Hujayra tuzilishi. Osmotik bosim. Plastidlar 
2

1

2 Hujayradagi zahira oziq moddalar. Kristallar va ularning tuzilishi. Vakuola, hujayra poʻsti va ularni aniqlash reaksiyalari. 
2

2

3 Hosil qiluvchi toʻqimalar, apikal, lateral va interkolyar meristemalar. Birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqimalar. Qoplovchi toʻqima va mexanik toʻqima 
2

3

4 Oʻtkazuvchi toʻqimalar. Oʻtkazuvchi toʻqima ksilema va floema elementlari, bogʻlamlari va ularning bajaradigan vazifasi. Asosiy va ajratuvchi toʻqimalar, bezlar va ularning xillari. Smola yoʻllari. 
2

4

5 Birlamchi va ikkilamchi ildizning ichki tuzilishi. Kambiy hosil boʻlishi. Bargning anatomik tuzilishi. 
2

5

6 Bir va ikki pallali oʻtli oʻsimlik poyasining anatomik tuzilishi. Yogʻochli oʻsimlik poyasining anatomik tuzilishi. Ochiq urugʻli oʻsimliklar poyasining ichki tuzilishi. 
2

6

7 Vegetativ organlar morfologiyasi. Ildiz morfologiyasi. Poya morfologiyasi. Kurtak tuzilishi. Vegetativ va generativ kurtaklar. Tinim davridagi kurtaklar. 
2

7

8 Barg morfologiyasi. Gerbariy namunalari asosida oʻsimliklarning morfologik belgilarini (ildiz, poya va barglarni) aniqlash. 
2

8

9 Tuban sporali oʻsimliklar, suv oʻtlari. Zamburugʻlar va lishayniklar. 
2

9

10 Yuqori sporali oʻsimliklar, moxsimonlar, plaunlar, qirqboʻgʻimsimonlar, qirqquloqsimonlilar. 
2

10

11 Urugʻli oʻsimliklar. Ochiq urugʻlilar. Yopiq urugʻlilar. Gulning tuzilishi. Gul formulasi va diagrammasi 
2

11

12 Toʻpgullar va ularning xillari. Meva xillari va urugʻning tuzilishi. 
2

12

13 Gulxayridoshlar, atirguldoshlar, dukkakdoshlar va mirtadoshlar oilalari . 
2

13

14 Bir pallalilar sinfi: Liliyagullilar tartibi (piyozdoshlar, loladoshlar oilasi: shirachlar, marvaridgullilar avlodlari), qoʻngʻirboshlilar tartibi (gʻalladoshlar oilasi: makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy avlodlari) 
2

14

15 Oʻsimliklar ekologiyasi, geobotanikasi va geografiyasi 
2

15

Jami 30

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Tirik tabiatning tarixiy jarayonida paydo boʻlishi, simbioz nazariyasi. Avtotrof va geterotrof organizmlarning tabiatdagi modda almashinuvida tutgan oʻrni. Yer biosferasi. Oʻsimliklar - dorivor mahsulotlarning manbai. 

1

2 Toʻqimalarning hosil boʻlishi. Mexanik toʻqimalarni oʻtli va daraxt oʻsimliklaridagi xillari, joylashishi. Oʻtkazuvchi toʻqimalarning oʻtli va daraxt oʻsimliklarida joylashishi, ahamiyati. Ajratuvchi toʻqimalarning oʻsimlikda uchrash joylari, ahamiyati. Asosiy toʻqimalarda toʻplanadigan moddalar va ularning vazifasi. 

2

3 Asosiy morfologik qonuniyatlar: simmetriya turlari, metamorfoz. Analogik va gomologik organlar. Ildiz oziqlanishi va moddalarni sintez qiladigan qism. Oʻsimliklarda mineral moddalarning miqdori. Azotning oʻsimlik hayotidagi oʻrni. Dukkakli va ayrim oʻsimliklarda azotning oʻzlashtirilishi. 

3

4 Oʻsimliklarning vegetativ (ildiz, poya, barg) organlari, ularning tuzilishi, vazifalari va farmatsevtik ahamiyati. 

4

5 Oʻsimliklarning generativ (gul, meva, urugʻ) organlari, ularning tuzilishi, vazifalari va farmatsevtik ahamiyati. 

5

6 Oʻsimliklar sistematikasi. Oʻsimliklar guruhlarining morfologik, anatomik, embriologik belgi, xususiyatlariga asoslanib tasniflash va guruhlarning tabiiy qarindoshligiga qarab, oʻsimlik oilasining evolyutsion jarayonini ifodalaydigan maʼlum tizimda joylashtirish. Har xil oʻsimliklarni muayyan guruhlarga birlashtirish yoki ular orasidagi farqni aniqlashga yordam beradigan sistematik belgilari. 

6

7 Tuban sporali oʻsimliklarga tavsif va ularning tasnifi. Suv oʻtlarining rivojlanish davri va sinflarga boʻlinishi: ulotrikslar, sifonlilar, ularning umumiy xususiyatlari. Suv oʻtlarining asosiy vakillari (xlomidomanada, ulotriks, ulva, kaulerpa, vosheriya, spirogira). Oq qayindagi chaga zamburugʻi va uning tibbiyotdagi ahamiyati. 

7

8 Talaba oʻz hududida uchraydigan dorivor oʻsimliklarning aniqlash, ularning biologiyasi, ekologiyasi va farmatsevtik ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlash va himoya qilish kerak. 

8

 
 

Izoh: Mustaqil oʻzlashtiriladigan mavzular boʻyicha talabalar tomonidan nazariy maʼlumotlarini toʻplash, taqdimotlar tayyorlash, test savollarini va vaziyatli masalalarni tuzish tavsiya etiladi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Yulchieva M. T., Atamuratova N. T., Latipova A. E., Safarova N. T. Farmatsevtik botanika. Darslik. Toshkent – 2018 y. 400 bet      
  2. Mustafaev S. M., Ahmedov Oʻ. A., Mustafaeva M. S., Yulchieva M. T. Botanika. Oʻquv qoʻllanma. – T.: «TAFAKUR BOʻSTONI» MCHJ bosmaxonasi, 2012. – 202 b. Toshkent – 2012 y      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Asqarov I. R. Tabobat qomusi – T.: Mumtoz soʻz. 2019. – 1140 b      
  2. Asqarov I. R. Fitoterapiya – T.: Mumtoz soʻz. 2018. – 620 b      
  3. Mustafaev S. M., Ahmedov Oʻ. A. Botanika. – T.: OʻzFan, 2006. – 434 b      
  4. Ahmedov Oʻ. A., Yulchieva M. T. Botanika fanidan elektron darslik. - T.: 2008      
  5. Botanika fanidan amaliy masʼhgʻulotlar uchun oʻquv-uslubiy koʻrsatmalar. - T.: X. F. “Nizim” bosmaxonasi, 2006, 2007, 2012      
  6. Xolmatov X. X., Karimova S. U., Ahmedov Oʻ. A. va bosʼhqalar. Dorivor oʻsimliklarning lotinchaoʻzbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lugʻati. -T.: X. F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b      
  7. Roʻzimatov E. Yu., Mamatyusupov A. Sh. Botanika. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent – 2023 y      

7.3. Axborot manbaalari:

  • http://nature.vspu.ru/links/botlinks.html      
  • http://flower.onego.ru/      
  • http://www.botany.net/IDB/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Talaba dorivor oʻsimliklarning aniqlash, ularning biologiyasi, ekologiyasi va farmatsevtik ahamiyati toʻgʻrisida batafsil (taqdimot tayyorlash, fotosuratlar yigʻish va videorolik tayyorlash) maʼlumot tayyorlash va himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 10 2-14 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Talaba dorivor oʻsimliklarning aniqlash, ularning biologiyasi va farmatsevtik ahamiyati toʻgʻrisida batafsil (taqdimot tayyorlash) maʼlumot tayyorlash va himoya qilish shaklida amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Uyga berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish va pdf shaklida hemis platformasiga joylash 5 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. yozma Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Mamatyusupov Azamatjon Shodmonovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: azamat.shm@mail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi
Taqrizchilar:

E.Roʻzmatov - Andijon davlat universiteti, Professor

A.Mamajonov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, B-bino 403-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

A.Mamatyusupov

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Mamatyusupov

Fan oʻqituvchisi