JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Farmakologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
UASH tayyorlash jarayonida zamonaviy farmakologiyaning yutuqlari asosida talabalarda materialistik dunyoqarashni shakllantirish, dori vositalarining guruhlarini, ularning taʼsir mexanizmlarini, yoshga qarab terapevtik miqdorlarini, dori shakllariga retseptlar yozishni, kiritish yoʻllarini, kasalliklarda qoʻllanilishiga doir koʻrsatmalarini, nojoʻya taʼsirlarini va qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlarni oʻrgatish, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Fanning vazifalari: Oila shifokorlariga turli kasalliklarni davolash va oldini olishda ishlatiladigan dori vositalari toʻgʻrisida bilim, koʻnikma va malakalarni berishdan iborat. Fanning umumiy retseptura boʻlimida dori moddalarning shakllari, tayyorlanishi va retsept yozishning qonun-qoidalarini oʻrgatish, umumiy farmakologiya boʻlimida dori moddalarning farmakokinetika va boʻlimida nerv tizimiga, ijrochi aʼzolarga, metabolizmga taʼsir etuvchi, mikroorganizmlarga va oʻsmalarga qarshi boʻlgan moddalar farmakologiyasini oʻrgatishdir. Dori vositalar bilan zaharlanishlarda yordam choralarini qoʻllay bilishni va amaliyotda ulardan foydalana olishni, bolalarda dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasinining turli omillar taʼsirida oʻzgarishini oʻrgatish, shuningdek, Oʻzbekistonda farmakologiya fanining rivojlanish tarixi va farmakolog olimlarning erishgan yutuqlari bilan tanishtirishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Lotin tili va tibbiy terminologiya (LT1204)
2. Odam anatomiyasi (AN112312)
3. Normal fiziologiya (FZ13408)
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Bilimlar jihatidan:;
- dori vositalarining tasnif guruhlari,;
- guruhlarga kiradigan dori vositalarining nomlari,;
- taʼsir mexanizmi, taʼsir turlari,;
- yoshga nisbatan alohida koʻrsatmalari, dori vositalaridan zaharlanganda koʻrsatiladigan yordam chora-tadbirlari va usullari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi;
- umumiy retsepturaning asosiy qonun-qoidalarini,;
- har xil shakldagi (suyuq, yumshoq, qattiq va ingalyasion) dori shakllariga retsept yoza olish,;
- dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi asoslarini,;
- dori vositalarining qoʻllashga oid koʻrsatmalari,;
- nojoʻya taʼsirlari va qoʻllashga qarshi koʻrsatmalarini,;
- dori vositalarining yangi analoglarini,;
- dori vositalar bilan oʻtkir zaharlanish belgilari,;
- dori vositalarini tasniflash,;
- periferik nerv sistemasiga taʼsir etuvchi dori vositalarining oʻziga xos xususiyatlari, tasnifi, qoʻllash uchun koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar, ularga retsept yozish qoidalarini bilish,;
- markaziy nerv sistemasiga taʼsir etuvchi dori vositalarining oʻziga xos xususiyatlari, tasnifi, qoʻllash uchun koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar, ularga retsept yozish qoidalarini bilish,;
- farmakoterapevtik guruh preparatlarini qiyosiy baholash hamda nojoʻya taʼsirlarining oldini olish tadbirlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- dori moddalarning faolligini,;
- ularning farmakologik xususiyatlari,;
- taʼsir mexanizmini hisobga olgan holda tahlil qila olishi,;
- dori vositalarning guruhlarini toʻgʻri aniqlash,;
- dori vositalarini bemorning yoshiga qarab dozalash,;
- dori vositalarini kiritish yoʻllarini aniqlash,;
- vaziyatli masalalarda dori vositalarni toʻgʻri tanlash va terapevtik taʼsirini aniqlay bilish,;
- retsept yozishning qonun-qoidalarini oʻzlashtirish,;
- har xil dori vositalarining turli shakllariga retsept yoza bilish va ularni tayyorlash kabi malakalariga ega boʻlishi kerakni bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- ijrochi aʼzolarga, metabolizmga taʼsir etuvchi, mikroorganizmlarga va oʻsmalarga qarshi boʻlgan moddalar farmakologiyasini oʻrgatishdir. Dori vositalar bilan zaharlanishlarda yordam choralarini qoʻllay bilishni va amaliyotda ulardan foydalana olishni haqida tasavvurga ega boʻlishi ;
- ijrochi aʼzolarga, metabolizmga taʼsir etuvchi, mikroorganizmlarga va oʻsmalarga qarshi boʻlgan moddalarni bilishi va ulardan foydalana olishi ;
- umumiy retsepturaning asosiy qonun-qoidalarini, har xil shakldagi (suyuq, quyuq, yumshoq, qattiq va inʼeksiyalar) dori vositalarini bemorning yoshiga qarab miqdorlash, dori moddalarning yuborish yoʻllarini aniqlash, vaziyatli masalalarda dori moddalarni toʻgʻri tanlash va terapevtik taʼsirini aniqlash, retsept yozishning qonun-qoidalarini bilish, har xil dori vositalarining turli shakllariga retsept yoza olish va ularni tayyorlash kabi amaliy koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan masullari tomonidan berilgan topshiriqlarda berilgan mavzularni barchasini ozlashtirishi zarur va ulardan biriga mustaqil ravishda tayyorgarlik koʻrib, taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
7.3. Axborot manbaalari:
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-29 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-26 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / yozma koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-26 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 2-29 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | yozma | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | test | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
turgʻunovabrorbek850@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Seshanba-chorshanba, soat 15:00 – 16:00, ____410__ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) S.Saidobbozov Kafedra mudiri |
(imzo) A.Turgʻunov Fan oʻqituvchisi |
