JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Eski oʻzbek yozuvi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Eski oʻzbek yozuvi Fan kodi EOʻY2404
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
60
(must)
30 16 14

2. Fan maqsadi

“Eski oʻzbek yozuvi” boʻyicha bakalavr kursining maqsad va vazifalari oʻzbek tili va adabiyotining har tomonlama taraqqiy topishida Mahmud Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosini, ayniqsa Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi oʻnlab mumtoz adiblarimizning umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib oʻrin olgan oʻlmas asarlarini chuqur oʻrganish va ilmiy asosda tadqiq etishga qaratilgan boʻlib talabalarda ilmiy axborot bilan ishlash koʻnikmalarini va malakalarini shakllantirish, oʻqish, yozish, arab imlosidagi qoʻlyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlarni oʻqishga, ulardan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan axborotlarni olishga oʻrgatish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olishlariga erishish. “Eski oʻzbek yozuvi” fani “Oʻzbek tili tarixi”, “Oʻzbek folklori”, “Oʻzbek adabiyoti tarixi”, “Navoiyshunoslik”, “Matnshunoslik”, “Oʻzbek tilshunosligi tarixi”, “Leksikografiya asoslari”, “Oʻzbek dialektologiyasi”, “Oʻzbek mumtoz poetikasi asoslari” kabi umumkasbiy fanlar bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ushbu fanlarda aks etgan ayrim adabiy-nazariy masalalarni qamrab olishi jihatidan uygʻunlik kasb etadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tilshunoslik nazariyasi (TN1,809)

2. Hozirgi oʻzbek adabiy tili (HOʻAT2-311)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • arab yozuvi va uning tarqalishi, arab harflarining oʻziga xos xususiyatlari, Eski oʻzbek yozuviga xos unlilar va boshqa belgilar, arab va eski oʻzbek yozuvidagi oʻzaro farqlar haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • eski oʻzbek yozuvi imlo qoidalarini, eski oʻzbek yozuvidagi matnlarni qiyinchiliksiz mutolaa qilib tabdil qila olishni, oʻzbek tili tarkibidagi arab va fors soʻzlarni tahlil qila olishnini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • eski oʻzbek yozuvi imlosining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash, bu yozuvdagi manbalarni farqlash, matnlarni oʻqish, ularni transkripsiya qilish, arab imlosida yozishni bilish, arab va fors tillaridagi soʻz va iboralarini tarjima qilishda lugʻatdan foydalana bilish, arab imlosida xatosiz yoza bilishi va ulardan foydalana olishi ;
  • ilmiy axborot bilan ishlash, oʻqish, yozish, arab imlosidagi qoʻlyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlarni oʻqish, ulardan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olish va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. Eski oʻzbek yozuvining kelib chiqishi 
  1. Kirish. Fanining maqsadi va vazifalari
  2. Munfasil harflar va ularning yozilish shakllari va oʻqilishi
  3. Soʻzlar mashq qilish
2

1

2 Be va jim harfiga shakldosh harflar 
  1. Ularning yozilish shakllari va oʻqilishi
  2. Soʻzlar mashq qilish
2

2

3 Sin, shin, fe, qof, kof, gof harflari 
  1. Ularning yozilish shakllari va oʻqilishi
  2. Soʻzlar mashq qilish
2

3

4 Lom, mim, nun, yo, hoyi havvaz harflari 
  1. Lom, mim, nun, yo, hoyi havvaz harflarining yozilish shakllari
  2. Soʻzlar mashq qilish
2

4

5 Sod, zod, to, zo, ayn, gʻayn harflari 
  1. Sod, zod, to, zo, ayn, gʻayn harflarining yozilish shakllari
  2. Sod, zod, to, zo, ayn, gʻayn harflarining oʻqilishi
  3. Soʻzlar mashq qilish
2

5

6 Eski oʻzbek yozuvida unli tovushlarning ifodalanishi 
  1. Harfiy birikmalar
  2. Ularning yozilishi va oʻqilishi
  3. Soʻzlar mashq qilish
2

6

7 Isloh qilingan eski oʻzbek yozuvi 
  1. Isloh qilingan eski oʻzbek yozuvi va uning imlosi
  2. Asosiy va qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanish
  3. Matn ustida ishlash
2

7

8 Oʻzbek tiliga oʻzlashgan birliklar 
  1. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan forscha birliklar
  2. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan arabcha birliklar
  3. Matn ustida ishlash
2

8

9 Raqamlar va abjad hisobi 
  1. Taʼrix sanʼati
  2. Abjad hisobi va tarix sanʼati
  3. Matn ustida ishlash
2

9

10 Eski oʻzbek yozuvi bilan bogʻliq badiiy (harfiy) sanʼatlar 
  1. Eski oʻzbek yozuvi bilan bogʻliq badiiy sanʼtlar
  2. Xat turlari
  3. Qoʻlyozma matn ustida ishlash
2

10

11 Arab va fors izofasi 
  1. Arab izofasi
  2. Fors izofasi
  3. Matn ustida ishlash
2

11

12 Alif, yo, he (hoyi havvaz) harflarining oʻqilishi 
  1. Alif, harfining oʻqilishi
  2. yo, harfining oʻqilishi
  3. he (hoyi havvaz) harflarining oʻqilishi
2

12

13 Ayn, vov harflarining oʻqilishi 
  1. Ayn harfining oʻqilishi
  2. vov harflarining oʻqilishi
  3. Matn ustida ishlash
2

13

14 Izofa birikmalarining mumtoz adabiyotimizda qoʻllanishi 
  1. Izofa birikmalari
  2. Izofa zanjiri
  3. Matn ustida ishlash
2

14

15 Oʻzbek tiliga oʻzlashgan arabizmlar 
  1. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan arabizmlarda sifatdoshlar
  2. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan arabizmlarda masdarlar
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Eski oʻzbek yozuvida harakatlar 
  1. Satr usti va satr osti diakritik belgilar
  2. Satr usti va satr osti diakritik belgilar vazifalari
  3. Soʻzlar mashq qilish
2

1

2 Eski oʻzbek yozuvida oʻzidan keyingi harflarni qoʻshmovchi va qoʻshuvchi harflar 
  1. Eski oʻzbek yozuvida oʻzidan keyingi harflarni qoʻshmovchi harflar
  2. Eski oʻzbek yozuvida oʻzidan keyingi harflarni qoʻshuvchi harflar
2

2

3 Shamsiy harflar va qamariy harflar 
  1. Shamsiy harflar
  2. Qamariy harflar
  3. Matn ustida ishlash
2

3

4 Eski oʻzbek yozuvining uslubiy koʻrinishlari 
  1. Eski oʻzbek yozuvining uslubiy koʻrinishlari
  2. Olmoshlar
  3. Matn ustida ishlash
2

4

5 Eski oʻzbek yozuvidagi matnni oʻqish va transliteratsiya qilish 
  1. Eski oʻzbek yozuvidagi notanish matnni oʻqish
  2. Eski oʻzbek yozuvidagi matnni transliteratsiya qilish
  3. Qoʻlyozma matn ustida ishlash
2

5

6 Qoʻlyozma manbalar bilan ishlash 
  1. Eski oʻzbek yozuvidagi qoʻlyozma matnni oʻqish
  2. Eski oʻzbek yozuvidagi qoʻlyozma matnni transliteratsiya qilish
  3. Qoʻlyozma matn ustida ishlash
2

6

7 Eski oʻzbek yozuvidagi matbuot namunalari bilan ishlash 
  1. Eski oʻzbek yozuvidagi notanish matnni oʻqish
  2. Eski oʻzbek yozuvidagi matnni transliteratsiya qilish
  3. Qoʻlyozma matn ustida ishlash
2

7

8 Eski oʻzbek tilida yil hisobi 
  1. Milodiy yil hisobi
  2. Hijriy yil hisobi
  3. Matn ustida ishlash
2

8

Jami 16

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. Eski oʻzbek yozuvining kelib chiqishi 
  1. Kirish. Fanining maqsadi va vazifalari
  2. Munfasil harflar va ularning yozilish shakllari va oʻqilishi
  3. Soʻzlar mashq qilish
2

1

2 Eski oʻzbek yozuvida unli tovushlarning ifodalanishi 
  1. Harfiy birikmalar
  2. Ularning yozilishi va oʻqilishi
  3. Soʻzlar mashq qilish
2

2

3 Isloh qilingan eski oʻzbek yozuvi 
  1. Isloh qilingan eski oʻzbek yozuvi va uning imlosi
  2. Asosiy va qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanish
  3. Matn ustida ishlash
2

3

4 Oʻzbek tiliga oʻzlashgan birliklar 
  1. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan forscha birliklar
  2. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan arabcha birliklar
  3. Matn ustida ishlash
2

4

5 Raqamlar va abjad hisobi 
  1. Taʼrix sanʼati
  2. Abjad hisobi va tarix sanʼati
  3. Matn ustida ishlash
2

5

6 Eski oʻzbek yozuvi bilan bogʻliq badiiy (harfiy) sanʼatlar 
  1. Eski oʻzbek yozuvi bilan bogʻliq badiiy sanʼtlar
  2. Xat turlari
  3. Qoʻlyozma matn ustida ishlash
2

6

7 Oʻzbek tiliga oʻzlashgan arabizmlar 
  1. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan arabizmlarda sifatdoshlar
  2. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan arabizmlarda masdarlar
  3. Matn ustida ishlash
2

7

Jami 14

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Eski oʻzbek yozuvi faniga kirish. Munfasil harflar 

1

2 Eski oʻzbek alifbosi. Be va jim shaklidagi harflar 

2

3 Muttasil harflar: sin, shin, fe, qof, kof, gof harflari 

3

4 Muttasil harflar: lom, mim, nun, yo, hoyi havvaz harflari 

4

5 Muttasil harflar: sod, zod, to, zo, ayn, gʻayn harflari 

5

6 Eski oʻzbek yozuvida unli tovushlarning ifodalanishi 

6

7 Eski oʻzbek yozuvida harakatlar 

7

8 Izofa birikmasi 

8

9 Eski oʻzbek yozuvida sonning ifodalanishi. Yil hisobi 

9

10 Isloh qilingan eski oʻzbek yozuvi va uning imlosi 

10

11 Eski oʻzbek yozuvining kalligrafik xususiyatlari 

11

12 Manbalar bilan ishlash. 

12

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Жуманиёзов Р. Эски ўзбек ёзуви. – T.: Ўқитувчи, 1989, 376 бет      
  2. Исҳоқов Ф. Эски ўзбек тили ва ёзуви. – T.: Ўқитувчи, 1995, 204 бет      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Ashirboyev S. va boshq. Eski oʻzbek tili va yozuvi praktikumi. – T.: Ijod. 2006, 186 bet      
  2. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Э. Фозилов таҳрири остида. – Т., 1983      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://uz.wikipedia.org/wiki/Eski_oʻzbek_yozuvi      
  • https://portal.guldu.uz/download-edfiles-26610.pdf      
  • https://www.ziyouz.com/kutubxona/category/29-eski-o-zbek-yozuvi      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. yozma Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Umarov Adaxamjon Abdusalomovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: umarsalom@gmail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Maxmudov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Assistent

Sh.Kaxarov - Andijon davlat universiteti, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Umarov

Fan oʻqituvchisi