JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Elektronika va sxemotexnika

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300-Kompyuter injiniringi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 3-semestr
Fan nomi Elektronika va sxemotexnika Fan kodi PCE201s
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: bayon
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

talabalarni elektron qurilmalar va ularning tarkibiy qismlarining fizik asoslari, ishlash tamoyillari, turlari va texnik xarakteristikalarini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirishdan iborat. Shuningdek, talabalar turli elektron elementlar (rezistor, kondensator, diod, tranzistor, integral mikrosxemalar va boshqalar) asosida analog va raqamli sxemalarni tahlil qilish, ularga ekvivalent sxemalar tuzish, sxemalarni modellashtirish, tahlil qilish va sintez qilish boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarni egallaydilar. Fan doirasida talabalar elektron qurilmalarni loyihalash texnologiyalari, ularning amaliy qoʻllanilish sohalari, ishlash samaradorligini baholash usullari, zamonaviy elektron tizimlar tuzilishi bilan tanishadilar va ularni real hayotdagi muammolarni hal qilishda tatbiq etishni oʻrganadilar.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Fizika (PHYS101)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Mazkur fan diskret, integral va elektron asboblarni yaratilishidagi texnologik xususiyatlarini hamda qurilmaning ishlash printsipini oʻrgatadi. Analog qurilamalarning sxematexnikasi, opertasion kuchaytirgichlar haqida bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar. Mikrosixemalrni ishlash jarayonlari, multipileksorlar, trigerlarning ishlash prinsiplarini bilish orqali raqamli texnologiyalari haqida yanada yaxshiroq tushunchaga ega boʻladi;
  • Avtomat zavodlar ishga tushmoqda natijada elektronika va sxemalar kabi fanlar ajralib chiqdi. Boʻlajak mutaxasislar xalq xoʻjaligini turli sohalaridagi vazifalarni muvoffaqiyatli hal etishlari uchun ixtisosligi elektrik boʻlish boʻlmasligidan qatiy nazar yetarli darajada elektrotexnika bilimlariga va tayyorgarlikka ega boʻlish keragligini dars davomida tushunadi;
  • elektr zanjiridagi passiv va aktiv elementlardagi tok va kuchlanishlarni xisoblash bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • elektr zanjirini taxlil qilish usullarini topish va ulardan foydalana olish boʻyicha kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Elektr tokini hosil boʻlishi, zanjirlarni ulanish sxemalari, Om qonuni, Krixgof qonunlarining ahamiyati kabi mavzularni virtual dasturlar orqali tadbiq eta oladilar ;
  • sxemaning diskret passiv komponentalari va integral sxema elementlarini bilishi ;
  • integral mikrosxema elementlari tuzilishi uning xarakteristikasiga taʼsirini bilishi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Elektronika va sxemotexnika fanining predmeti va rivojlanish bosqichlari 
  1. Elektronika tushunchasi va tarixiy rivojlanishi
  2. Sxemotexnikaning elektronika bilan bogʻliqligi
  3. Zamonaviy elektronikada qoʻllaniladigan yoʻnalishlar
2

1

2 Elektr toki, kuchlanish, qarshilik – asosiy tushunchalar 
  1. Elektr yurituvchi kuch (EYuK)
  2. Kuchlanish va tokning aniqlanishi
  3. Qarshilik va Om qonun
2

2

3 Passiv elementlar: rezistorlar, kondensatorlar, gʻaltaklar 
  1. Tuzilishi va vazifalari
  2. Ulanish usullari (ketma-ket, parallel)
  3. Energiya almashinuvi
2

3

4 Kirxgof qonunlari va sxemalar tahlili 
  1. Toklar boʻyicha birinchi qonun
  2. Kuchlanishlar boʻyicha ikkinchi qonun
  3. Misollar orqali yechim
2

4

5 RC, RL va RLC zanjirlarning tahlili 
  1. Turgʻun holat va oʻtkinchi jarayonlar
  2. Vaqt konstantasi va faza siljishi
  3. Rezonans hodisasi
2

5

6 Sinusoidal signallar va kompleks sonlar bilan tahlil 
  1. Fazorlar va amplituda-faza tushunchasi
  2. Kompleks qarshilik
  3. Impedans hisoblash usullari
2

6

7 Diod turlari va ishlash prinsipi 
  1. Toʻgʻri va teskari ulanish
  2. LED, Zener, Shottki diodlar
  3. Diodli toʻgʻrilagichlar
2

7

8 Bipolyar tranzistorlarni tuzilishi, ishlash prinsipi va turlari 
  1. Bipolyar tranzistorning tuzilishi va ishlash prinsipi
  2. Tranzistorlarning turlari (PNP va NPN) va ularning farqlari
  3. Tranzistorning asosiy parametr va xarakteristikalari
2

8

9 Maydonli tranzistorlar 
  1. Ishlash prinsipi
  2. Kuchaytirish va kalit rejimlari
  3. Tranzistorli kuchaytirgichlar
2

9

10 Operatsion kuchaytirgichlar va ularning turlari 
  1. Ideal va real op-kuchaytirgichlar
  2. Invertor, summator, differensial kuchaytirgich
  3. Amaliy sxemalar
2

10

11 Raqamli elektronika asoslari 
  1. Mantiqiy darajalar
  2. Asosiy elementlar (VA yoki EMA)
  3. Boolean algebra
2

11

12 Triggerlar va kombinatsiyalangan sxemalar 
  1. RS, JK, T, D triggerlar
  2. Registrlar va sanagichlar
  3. Davriy impulslar
2

12

13 Analog-raqamli va raqamli-analog oʻtkazgichlarlar 
  1. ADC va DAC ishlash prinsipi
  2. Eng koʻp ishlatiladigan mikrosxemalar
  3. Uzluksiz va diskret signallar orasidagi farq
2

13

14 Elektr quvvat manbalari: stabilizatorlar, invertorlar 
  1. Chiziqli va impulsli manbalar
  2. 5V/12V stabilizatorlar
  3. Quvvat manbai tanlash mezonlari
2

14

15 Elektronika sohasidagi zamonaviy tendensiyalar 
  1. IoT qurilmalar va aqlli tizimlar
  2. Mikrokontroller
  3. Sanoatda avtomatlashtirishdagi roli
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Rezistorlarni ketma-ket va parallel ulash 
  1. Amaliy sxema yigʻish
  2. Umumiy qarshilikni aniqlash
2

1

2 Kondensator zaryadi va razryadi tajribasi 
  1. Oscilloscope orqali kuzatish
  2. Vaqt konstantasini aniqlash
2

2

3 RC zanjirida kuchlanish taqsimoti 
  1. RC filtrlash effekti
  2. Tezlik va reaksiya tahlili
2

3

4 Diodli toʻgʻrilagich sxemasini yigʻish 
  1. Bir yarim davirli toʻgʻrilagich
  2. Chiqish kuchlanishini kuzatish
2

4

5 Zener diodli kuchlanish stabilizatorini qurish 
  1. Kiruvchi va chiquvchi kuchlanishlarni oʻlchash
  2. Yuklama bilan ishlash
2

5

6 Tranzistorni kuchaytirgich rejimida sinash 
  1. Kuchaytirish koeffitsientini topish
  2. Kirish/chiqish signalini oʻlchash
2

6

7 MOSFET tranzistorni kalit sifatida qoʻllash 
  1. Raqamli signal yordamida boshqarish
  2. LED, relay bilan sinash
2

7

8 Operatsion kuchaytirgich asosida summator yaratish 
  1. Sxema yigʻish va test qilish
  2. Kirish/chiqish signallarini taqqoslash
2

9

9 Mantiqiy elementlar bilan oddiy sxemani yaratish 
  1. VA, YOKI, EMAS elementlarini ulash
  2. Kirish kombinatsiyalari bilan test qilish
2

10

10 RS triggerni breadboardda yigʻish 
  1. Sxemadagi impulsga boʻlgan reaksiya
  2. Holat diagrammasini tuzish
2

11

11 Termistor bilan harorat oʻlchash 
  1. ADC orqali analog signalni oʻqish
  2. Temperaturani hisoblash
2

12

12 Proteusda kuchaytirgich sxemani simulyatsiya qilish 
  1. Ideal va real komponentlar bilan
  2. Natijaviy grafikalar
2

13

13 LED intensivligini KIM (PWM) orqali boshqarish 
  1. Arduino yordamida kod yozish
  2. PWM chastotasini oʻzgartirib kuzatish
2

14

14 Oddiy zanjirda tok va kuchlanishni oʻlchash (Om qonuni) 
  1. Multimetr yordamida oʻlchash
  2. Hisob-kitob bilan taqqoslash
2

15

Jami 28

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Yarimoʻtkazgichlarni elektr xususiyatlari. 

1

2 Yarimoʻtkazgich diodlar va ularning VAX si. 

2

3 Qoʻsh qutbli tranzistorni strukturasi, ishlash prinsipi. Xarakteristikalari. 

3

4 Maydon tranzistorlar va ularni turlari. Xarakteristikalari. 

4

5 Integral mikrosxemalar 

5

6 Tiristorlar. Tuzilishi, ulanish sxemasi, ishlash mexanizmi. 

6

7 Fotoelektr va optoelektron asboblar 

7

8 Kuchaytirgichlar haqida umuiy maʼlumotlar. 

8

9 Oʻzgaruvchan tok kuchaytirgichlari. 

9

10 Tranzistorli kuchaytirgichlar 

10

11 Operatsion kuchaytirgichlar 

11

12 Integral mikrosxemali operasion kuchaytirgichlar. 

12

13 Integral mikrosxemali operasion kuchaytirgichlarning qoʻllanilishi. 

13

 
 

Izoh: Mustaqil koʻrsatmalar uchun: Talaba berilgan vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Abdullayev B., Alimov A. A., Abduraimov E. X., Xalmanov D. X. Elektrotexnika va elektronika. Darslik. “ToshDTU”, -T.: 2022 y., 326 bet      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Abdullayev M. M., Alimova N. B. Sxematexnika va mikroprotsessorli tizimlar. Darslik. -Toshkent, 2023. -270 b      
  2. Aripov X. K., Abdullaev A. M., Alimova N. B., Bustanov X. X., . Obedkov E. V, Toshmatov Sh. T. . Sxemotexnika. – T.: Tafakkur boʻstoni, 2013. – 216 b      
  3. Mazumder P., Ebong I. E. . Lectures on Digital Design Principles. Eng.: River Publishers, 2023. 280 p      
  4. Электроника и схемотехника: учеб, пособие для студ. учреждений сред. проф. образования / В. Б. Кравченко, Е. А. Бородкин. — М.: Издательский центр «Академия», 2018. — 304 с      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://mechauz.uz/storage/files/lINg2qz5HN6ExjUv2crioLXOFWxzGhOwwb2OdXXO.pdf      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil taʼlim. Talaba berilgan mustaqil taʼlim vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida oʻtilgan barcha mavzular va topshiriqlarni qamrab olgan savol asosida baholanadi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi. Testlar modulning oʻquv jarayoni tugaguniga qadar oʻtilgan mavzular va mustaqil taʼlim asosida tuziladi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 10 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil taʼlim Mustaqil taʼlim boʻyicha berilgan topshiriqlar asosida amalga oshiriladi 15 4-14 haftalar davomida
3. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. bayon Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Maxmudov Xushroʻybek Abdulazizovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: maxmudovxushroʻy@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Fizika va matematika kafedrasi
Taqrizchilar:

P.Xakimov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

X.Madaminov - Andijon davlat universiteti, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, E bino 804-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Fizika va matematika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

O.Axmedov

Kafedra mudiri

(imzo)

X.Maxmudov

Fan oʻqituvchisi