JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ekg asoslari

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200-Davolash ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 3
Semestr 6-semestr
Fan nomi Ekg asoslari Fan kodi EKGA2603
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: Ogʻzaki
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
44
(aud)
46
(must)
14 30

2. Fan maqsadi

Fanni oʻqitishdan maqsad – talabani yurak elektr faoliyatini yozish, oʻqish va tahlil qilish boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalar bilan taʼminlash, normal hamda patologik EKG belgilarini farqlash, yurak ritmi va oʻtkazuvchanlik buzilishlarini aniqlash hamda EKG natijasidan asosli klinik xulosa chiqarishni oʻrgatishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Normal fiziologiya (FZ13-408)

2. Odam anatomiyasi (AN11-312)

3. Tibbiy va biologik fizika (TBF 1104)

4. Patologik anatomiya (PAN15-606)

5. Biokimyo (BK13-408)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Bilimlar jihatidan:;
  • Elektrokardiografiya tekshiruvining fiziologik asoslari, yurak funksiyalari, tekshiruv maqsadi, kerakli jixozlari, oʻtkazilish texnikasi, EKG apparatini sozligini tekshirish;
  • Bemorlarda elektrokardiografiya tekshiruvi klinik axamiyati, maqsadi va oʻtkazilish tartibi boʻyicha taʼsavvuriga ega boʻlishi;
  • Elektrokardiografiya tekshiruvida EKG apparatini ishga yaroqliligini tekshirish, muolaja oʻtkazishga tayyorlash;
  • Elektrokardiografiya tekshiruvini qadamma qadam oʻtkazish;
  • Elektrokardiogramma toʻgʻri olinganligini tekshirishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan: ;
  • EKG yozishni toʻliq bajarish – elektrodlarni toʻgʻri joylashtirish, apparatni sozlash va sifatli yozuv olish ;
  • Normal EKGni aniqlash – P-toʻlqin, QRS kompleksi, T-toʻlqin, PR, QT intervallari va ST segmentini topish va oʻlchash ;
  • Yurak ritmi va chastotasini hisoblash – R-R oraligʻidan foydalanib ritm muntazamligi va yurak urish tezligini aniqlash ;
  • Asosiy patologiyalarni aniqlash – aritmiyalar, blokadalar, ishemiya va elektrolit buzilishlari belgilarini farqlash ;
  • Tibbiy xulosa tuzish – EKG natijasini qisqa, aniq va toʻgʻri tibbiy terminologiyada ifodalash koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Elektrokardiografiya va yurak elektr faoliyati asoslari 
  1. Yurakning oʻtkazuvchi tizimi (SA tugun, AV tugun, Giss tutami, Purkine tolalari)
  2. Membrana potensiali va harakat potensial bosqichlari
  3. Yurak elektr impulsining hosil boʻlish va tarqalish yoʻli
  4. EKG signalining fiziologik manbai
2

1

2 EKG apparati va standart tarmoqlar tizimi 
  1. Elektrokardiograf qurilmasining asosiy qismlari
  2. Elektrodlar turlari va ulanish usullari
  3. 12 ta standart ulangan: standart va kuchaytirilgan tarmoqlar (I, II, III, aVR, aVL, aVF) va precordial (koʻkrak) tarmoqlar (V1–V6)
  4. Qogʻoz tezligi va amplituda sozlamalari
2

2

3 Normal EKG tuzilishi va asosiy elementlari 
  1. P-toʻlqin, QRS kompleksi, T-toʻlqin, U-toʻlqin
  2. PR, QT, RR intervallari va ST segmenti
  3. Normal vaqt va amplituda meʼyorlari
  4. Normal sinus ritm mezonlari
2

3

4 Yurak ritmini baholash va yurak urish tezligini aniqlash 
  1. R-R oraligʻi boʻyicha yurak urish tezligini hisoblash usullari
  2. Ritm muntazamligi va manbasini aniqlash
  3. Sinus, atrial, nodal va ventrikulyar ritmlar farqlari
  4. Qisqa hisoblash formulalari (300/1500 usullari)
2

4

5 Aritmiyalar va oʻtkazuvchanlik buzilishlari 
  1. Supraventrikulyar aritmiyalar: sinus taxikardiya, sinus bradikardiya, atrial fibrillyatsiya
  2. Ventrikulyar aritmiyalar: Ventrikulyar taxikardiya, fibrillyatsiya
  3. AV blokadalar (I, II, III darajalar)
  4. Tarmoqlar blokadasi (RBBB, LBBB)
2

5

6 Klinik amaliyotda EKG tahlil algoritmi va xulosalash 
  1. EKGni tizimli oʻqish bosqichlari (ritm, chastota, oʻtkazuvchanlik, oʻzgarishlar)
  2. Artefaktlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari
  3. Klinik holatlar asosida EKG tahlili
2

7

Jami 12

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 EKG asoslari va apparat bilan tanishuv 
  1. EKG nima, ishlash prinsipi, apparat qismlari
  2. Elektrod joylashuvi va 12-kanal yozish
2

1

2 Yurakning elektr tizimi va fiziologiyasi 
  1. SA, AV tugun, Gis-Purkine tolalari
  2. Depolarizatsiya va repolarizatsiya
2

2

3 EKG toʻlqinlari va segmentlari 
  1. P, QRS, T, U toʻlqinlari
  2. PR, QRS, QT oraligʻi va ularning normasi
2

3

4 Normal EKGni oʻqish algoritmi 
  1. Ritm, yurak urish tezligi, elektr oʻq
  2. EKG tahlilining bosqichlari
2

4

5 Sinus ritmlari va ularning buzilishlari 
  1. Sinus normal ritm
  2. Sinus taxikardiya, bradikardiya, aritmiyasi
2

5

6 Oʻtkazuvchanlik buzilishlari (bloklar) 
  1. AV blok (I, II, III)
  2. SA blok
  3. Tarmoqlararo bloklar (RBBB, LBBB)
2

6

7 Supraventrikulyar aritmiyalar 
  1. Atrial fibrillyatsiya
  2. Atrial flutter (titrashi)
  3. PSVT
2

7

8 Ventrikulyar aritmiyalar 
  1. Ventrikulyar taxikardiya
  2. Ventrikulyar fibrillyatsiya
  3. Idiyoventrikulyar ritm
2

8

9 Ishemik oʻzgarishlar 
  1. ST segment oʻzgarishlari
  2. T toʻlqin inversiyasi
2

9

10 Miokard infarkti diagnostikasi 
  1. Oʻtkir, oʻtkir osti va eski infarkt belgilar
  2. Patologik Q toʻlqin
2

10

11 Miokard infarkti lokalizatsiyasi 
  1. Old, orqa, yon, pastki devor infarkti
  2. Lokalizatsiyani aniqlash usullari
2

11

12 Elektrolit buzilishlari va dorilar taʼsiri 
  1. Giper/gipokalemiya, giper/gipokalsemiya
  2. Digoksin va boshqa dorilar
2

12

13 Favqulodda holatlar EKGsi 
  1. Asistolya, PEA
  2. Torsades de pointes
  3. Reanimatsiya bilan bogʻlash
2

13

14 Artefaktlar va normal variantlar 
  1. Texnik xatolar
  2. Fiziologik oʻzgarishlar
2

14

15 Keng qamrovli EKG tahlili 
  1. 20–30 real EKG namunasi bilan mustaqil tahlil
  2. Yakuniy baholash va xatolar tahlili
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 12-kanal EKG apparati va elektrodlarni toʻgʻri joylashtirish texnikasi, Har bir elektrodning nomi, rangi va joylashuvi boʻyicha chizma tayyorlash; 

1

2 Yurakning elektr oʻtkazuv tizimi va uning EKGda aks etishi, SA tugunidan Purkine tolalarigacha boʻlgan jarayonni sxematik tasvirlash. 

2

3 EKG toʻlqinlari, segment va intervallarining normativ qiymatlari, Jadval va grafik shaklida taqdimot tayyorlash. 

3

4 Normal EKGni bosqichma-bosqich oʻqish algoritmi, Ritm, yurak urish tezligi, elektr oʻq va toʻlqin tahlili boʻyicha refarat yozish. 

4

5 AV bloklar va tarmoqlararo bloklar, Har bir blok turining EKG belgilarini diagramma orqali koʻrsatish. 

5

6 ST segment va T toʻlqin oʻzgarishlari, Ishemiyada uchraydigan asosiy oʻzgarishlarni misollar bilan tushuntirish. 

6

7 Miokard infarkti EKG belgilarini oʻrganish, Oʻtkir, oʻtlir osti va eski infarkt EKGlarini taqqoslash jadvali tayyorlash. 

7

8 Elektrolit buzilishlarida EKG oʻzgarishlari, Giper/gipokalemiya va giper/gipokalsemiya belgilarini EKG misollari bilan taqdim etish. 

8

9 Artefaktlar va fiziologik variantlar, EKG yozishda uchraydigan texnik xatolarni aniqlash va oldini olish boʻyicha tavsiyalar yozish. 

9

 
 

Izoh: Talabalar fan bоʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, тahliliy mаʼlumot, тajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va mаʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish kоʼrinishida topshiradi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. John R. Hampton. 150 ECG problems. Fourth edition 2013. 321 p      
  2. Aбдигаффор Гадайев, Aбдунаби Разиқов, Матлуба Рахимова, Рустам Турақулов. Aмалий електрокардиография. Ўқув қолланма-2021. 190 б      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Ispandiyor Moʻminov, Zumrad Ergasheva. Klinik elektrokardiografiya. Oʻquv qoʻllanma. Andijon-2025      
  2. Saminjonov Maqsudjon. EKG qoʻllanma. Oʻquv qoʻllanma. Andijon 2025      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.ziyonet.uz      
  • https://www.islam.ru      
  • https://www.bilim.uz      
  • https://www.gov.uz      
  • https://www.press-service.uz      
  • https://www.edu.uz      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. Ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Moʻminov Ispandiyor Abduraximovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: Epinefrine89@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

U.Musashayxov - Andijon davlat tibbiyot instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 06 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

I.Moʻminov

Fan oʻqituvchisi