JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Dorixonada ish yuritish

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910800-Farmatsiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 3
Semestr 6-semestr
Fan nomi Dorixonada ish yuritish Fan kodi DIY2406
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
44
(aud)
46
(must)
14 30

2. Fan maqsadi

talabalarda dorixona sharoitida hujjatlar bilan ishlash, retseptlar asosida dori tayyorlash, saqlash, realizatsiya qilish, dorixona iqtisodiyoti va farmatsevtik xizmat sifati boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish; oʻquvchilarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashga tayyorlash.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Mutaxassislikka kirish (MK1204)

2. Lotin tili va farmatsevtik terminologiya (LT1104)

3. Oʻzbek (Rus) tili, Tibbiyotda xorijiy til (OʻRTTXT11208)

4. Noorganik kimyo (NK11208)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Dorixonaning funksiyalari, boʻlimlari va farmatsevtik jarayonlarni biladi;
  • Retsept turlari, ularning tuzilishi va rasmiylashtirish qoidalarini tushunadi;
  • Dorixona hujjatlari (retsept daftari, maxsus daftarlari, hisob-kitob jurnallari)ni biladi;
  • Dori vositalarini saqlash sharoitlari va nazorat talablari haqida bilimga ega boʻladi;
  • Dorixona iqtisodiyoti, narx belgilash va rentabellik tushunchalarini biladi;
  • Normativ-huquqiy hujjatlar (Oʻzbekiston SSV buyruqlari, farmakopeya talablar)ni biladi;
  • GPP — dorixona amaliyotining xalqaro talablari bilan tanish boʻladini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Retseptlarni toʻgʻri oʻqish, tekshirish va rasmiylashtirish koʻnikmasiga ega boʻladi ;
  • Dorixona daftarlari va jurnallarini toʻgʻri toʻldira oladi ;
  • Dori tayyorlash jarayonida texnologik ketma-ketlikka rioya qiladi ;
  • Dori vositalarini toʻgʻri saqlash, belgilash va qadoqlashni amalda bajaradi ;
  • Dorixona iqtisodiy hisob-kitoblarini (kirim-chiqim, narx hisoblash) bajaradi ;
  • Bemor bilan etika va kommunikatsiya qoidalariga amal qiladi ;
  • Dorixonada GPP talablarini amaliyotga tatbiq qila oladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Dorixonada dori vositalari ustidan nazorat: kuchli, narkotik va zaharli vositalar boʻyicha tartiblar 
2

1

2 Dorixonada ish yuritishga kirish: dorixona tuzilishi, funksiyalari va farmatsevtik xizmatning asosiy yoʻnalishlari 
2

2

3 Dorixona hujjatlari: retsept turlari, retseptni rasmiylashtirish talablari va nazorat mexanizmlari 
2

3

4 Dorixonada dori tayyorlash texnologiyasi, sanitariya-gigiyena qoidalari va xavfsizlik talablari 
2

4

5 Dori vositalarini saqlash, belgilash, qadoqlash: GSP (Good Storage Practice) talablari 
2

5

6 Dorixonaning iqtisodiy faoliyati: narx belgilash, hisob-kitob, kirim–chiqim hujjatlari 
2

6

7 Farmatsevtik etika va bemor bilan kommunikatsiya: GPP (Good Pharmacy Practice) talablari 
2

7

Jami 14

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Retseptlarni oʻqish, tekshirish va rasmiylashtirish boʻyicha amaliy mashqlar 
2

1

2 Dorixona retsept daftari va maxsus jurnallarini toʻldirish 
2

2

3 Ichga va tashqi qoʻllash uchun dori shakllarini tayyorlash algoritmi 
2

3

4 Dorixonada ish yuritishda sanitariya-gigiyena talablarini amalda qoʻllash 
2

4

5 Dori vositalarining kirim va chiqim hujjatlari bilan ishlash (kirim orderi, schyot-faktura) 
2

5

6 Dori vositalarini saqlash boʻyicha joylashtirish, markirovka va qadoqlash qoidalarini amaliy bajarish 
2

6

7 Dorixona ichki nazorati: muddati oʻtgan dori vositalarini aniqlash va ularni chiqarish tartibi 
2

7

8 Kuchli taʼsir qiluvchi, narkotik va psixotrop vositalar uchun maxsus hujjatlarni yuritish 
2

8

9 Bemor bilan kommunikatsiya — farmatsevtik maslahat berish koʻnikmalarini shakllantirish 
2

9

10 Dorixonada narx belgilash va iqtisodiy hisob-kitob boʻyicha misollar bajarish 
2

10

11 Dori vositalarining sifatini baholash, organoleptik va fizik-kimyoviy tekshiruvlar 
2

11

12 Dorixona sotuv jarayonida farmatsevtik etikaga rioya qilish amaliyoti 
2

12

13 Dorixonada farmatsevtik xizmatning GPP talablari asosida baholanishi 
2

13

14 Elektron retsept tizimi bilan ishlash boʻyicha amaliy mashqlar 
2

14

15 Dorixona dasturlari (apteka avtomatlashtirilgan tizimlari)da ishlash koʻnikmalarini oʻrganish 
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Dorixonaning tashkiliy tuzilmasi va boʻlimlari 

1

2 Dorixonaning asosiy funksiyalari va farmatsevtik xizmat turlari 

2

3 Retseptlarning turlari: lat. formulirovkasi, qisqartmalar va ularni talqin qilish 

3

4 Retsept tuzilishi va keng tarqalgan retsept xatolari 

4

5 Maxsus retseptlar (narkotik, psixotrop, kuchli taʼsir qiluvchi vositalar) talablari 

5

6 Dorixona daftarlari: retsept daftari, maxsus jurnallar va ularning yuritilish qoidalari 

6

7 Dorixona hujjatlarida elektron tizimlarning oʻrni (E-retsept) 

7

8 Dorixona uchun zarur boʻlgan sanitariya-gigiyena talablar 

8

9 Dori vositalarini belgilash, markirovka va qadoqlash qoidalari 

9

10 Dorixonada dori vositalarini saqlash (GSP) va monitoring talablari 

10

11 Tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish: kirim–chiqim hujjatlari 

11

12 Dorixonada inventarizatsiya va uning tartibi 

12

13 Dorixonada moddiy javobgarlik va xodimlar majburiyatlari 

13

14 Dori tayyorlash uchun texnologik jarayonlarning hujjatlari (SOP) 

14

15 Dorixonada sifat nazorati: organoleptik va fizik-kimyoviy tekshiruvlar 

15

16 Kuchli, zaharli, narkotik va psixotrop dori vositalari boʻyicha nazorat va hisobotlar 

16

17 Dorixonada farmatsevtik maslahat berish qoidalari 

17

18 Bemor bilan kommunikatsiyada farmatsevtik etik tamoyillar 

18

19 Bemor bilan kommunikatsiyada farmatsevtik etik tamoyillar 

19

20 Dorixona iqtisodiyoti: narx belgilash, savdo ustamasi va rentabellik 

20

21 Dori vositalarini xarid qilish: yetkazib beruvchilar bilan ishlash 

21

22 Dorixonada marketing: talab, reklama va raqobat tahlili 

22

23 Muddati oʻtgan dori vositalarini chiqarish, qaytarish va utilizatsiya tartibi 

23

24 Dorixonada favqulodda vaziyatlarda ish yuritish 

24

25 Farmakopeya talablari: dorixonada qoʻllanishi 

25

26 Yangi dori vositalarini dorixona amaliyotiga joriy etish tartibi 

26

27 Dorixona logistika tizimi va zaxiralarni boshqarish 

27

28 Dorixona xodimlarini oʻqitish va malaka oshirish tizimi 

28

29 Dorixonada raqamli texnologiyalar: axborot tizimlari, avtomatlashtirilgan dasturlar 

29

30 Oʻzbekiston Respublikasida dorixona faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlili 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Aminov M., Madvaliev A., Maxkamov N., Maxmudov N. . Ish yuritish. T., 2000. - B. 350      
  2. «Arxivlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 120-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 25-son, 287-modda)      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Tuxtaboev A. Maʼmuriy menejment. T., «Moliya». – 2003. - B. 171      
  2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014 yil 28 fevraldagi 53-mh-son buyrugʻiga 1-ilova Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://cyberleninka.ru/article/n/osnovnye-printsipy-farmatsevticheskoy-bioetiki-etiki-deontologii-v-azerbaydzhane-i-organizatsiya-obrazovaniya-v-etom-napravlenii      
  • https://vmedook.ru/wp-content/uploads/2021/04/rp-op.13-bioetika-v-farmatsii.pdf      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-15 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi 10 4-15 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot yozma koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 2-15 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Mirzaalimov Sirajidin Talibjanovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: m.t.matazimov@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi
Taqrizchilar:

Z.Chalaboyeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

G.Toʻychiyev - Andijon davlat tibbiyot instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

S.Saidobbozov

Kafedra mudiri

(imzo)

S.Mirzaalimov

Fan oʻqituvchisi