JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Dinshunoslik
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
talaba-yoshlar tafakkurida dinning mazmun-mohiyati, dunyoning diniy manzarasi, diniy va falsafiy qarashlaming oʻzaro bogʻliqligi, globallashuv va diniy jaryonlari hamda zamonaviy diniy harakatlar, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning davlat vajamiyat xavfsizligaga salbiy taʼsirini bilish va unga qarshi kurashishda nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalami shakllantirishdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- diniy talimotlaming tarixi va rivojlanish bosqishlarini oʻrganish, dinning asl mazmuni bilan uning soxta talqinlarini farqlash malakasini shakllantirish ;
- diniy mutaassiblik va aqidaparastlikning mazmunini tushunturish va unga qarshi kurashda egallangan nazariy bilimlarni amaliy hayotda qoʻllash -ekstremizm va terrorizmning paydo boʻlish sabablarini aniqlash va uning oqibatlarini ijtimoiy-falsafiyjihatdan tahlil qilish ;
- diniy va dunyoviy jarayonlarga tanqidiy tafakkur nuqtai nazardan yondashuvni shakllantirish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qo ʼshimcha adabiyotlarni o ʼrganib hamda Internet sayllaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaraditar
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
- Raximdjanov D., Ernazarov O. Dinshunoslikka kirish. Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: “OʻFMJ” nashriyoti, 2018. – 304 b
- Jalilov B. Dinlar falsafasi. Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: Noshir, 2019. –148 b
- Muratov D., Alimova M., Karimov J. Dinshunoslik, darslik. – Toshkent: “Navroʻz” nashriyoti, 2019. – 264 b
- Kamilov D. Dinshunoslik. Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: Lesson Press, 2021. –128 b
- Shermuxamedova N. A. Diniy fanatizm fenomeni/Inson falsafasi. – Darslik. – Toshkent: Innovasiya-Ziyo, 2021. – B. 314-499
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
- Mirziyoyev Sh. M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oily bahodir. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2019
- Mirziyoyev Sh. M. Niyati ulugʻ xalqning ishi ham ulugʻ, hayoti yorugʻ va kelajagi farovon. –Toshkent: Oʻzbekiston, 2019
- Rumiy J. Yetti majlis. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019
- Rumiy J. Masnaviy. 40 rivoyatga sharx. –Toshkent: Navruz, 2019
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Iymon. Hilol-nashr Toshkent 2018
- Imom Moturudiy. Kitob at-Tavhid. 2025
- Fotih Duman. MEN. Nasib kutub 2023
- Fotih Duman. SIR (Oshiqlar oʻlmas). Nasib kutub
- Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy. Tanbehul gʻofilin. Toshkent 2003-2005
- Tavakkal Kenjayev. Xadicha roziyallohu anho. “Cred Print Group” Toshkent 2025
- Doktor Oiz Qarniy. Dunyodagi eng baxtli ayol. “Qamar media” Toshkent 2025
- Doktor Oiz Qarniy. Mahzun boʻlmang. Munir nashriyoti Toshkent 2023
- Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saaodat asri qissalari. Munir nashriyoti Toshkent 2024
- Zuhriddin Husniddinov. Islom ensiklopediyasi. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti – 2024
7.3. Axborot manbaalari:
- https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/06/21/NamDU-ARM-7109-Dinlar_falsafasi..pdf
- https://renessans-edu.uz/files/books/2024-11-29-16-5942_6039c46c653a4b9
- https://uniwork.buxdu.uz/resurs/13391_2_3987D9BBEBAB17941114C7425D231983A5DDB955.pdf
- https://edu.utu-ranch.uz/media/files/2024/09/03/Raximdjanov_D._A.Dinshunosl.kirish.pdf
- https://renessans-edu.uz/files/books/2024-11-29-10-15-23_ece9f0cfe2f77f1e3288d4aa1677fe26.pdf
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻrinishida himoya qiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-14 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 4-15 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | test | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | test | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
karimova72@gmail.com irodabozarova84@gamail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) B.Tojibayev Kafedra mudiri |
(imzo) M.Karimova Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) I.Bazarova Fan oʻqituvchisi |
