JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Davlat tilida ish yuritish
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Ish yuritishning asosini hujjatlar tashkil etadi. Biror-bir tashkilot, muassasa yoki korxona faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Mazmunan va shaklan turli-tuman boʻlgan hujjatlar jamiyatning uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan. Bugungi kunda ham davlat va nodavlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish mamlakatimiz taraqqiyoti uchun zarur boʻlgan asosiy omillardan hisoblanadi. Ushbu fan talabalarga zamon talablariga mos ravishda davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish boʻyicha nazariy-amaliy bilimlar berish, boʻlgʻusi fan oʻqituvchisini kasbiy faoliyatiga doir ish hujjatlari boʻyicha bilimlar bilan qurollantiradi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- tilining har bir sathi va oʻzbek tilining imlo qoidalari boʻyicha umumiy bilimlarga ega boʻlish;
- hujjatchilik tarixi, xususan, sharq hujjatchiligi;
- hujjat turlari va ish yuritish asoslari;
- hujjat tili va uslublari haqida maʼlumotga ega boʻlishi;
- ish yuritishga oid atamalar toʻgʻrisida bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qoʻllay olishini bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- oʻzbek tilida tashkiliy, farmoyish, maʼlumot-axborot va xizmat yozishmalari hujjatlari bilan (shu jumladan, diplomatik yozishmalar) ish yuritish qogʻozlarini toʻgʻri va samarali yoza olish lozim ;
- oʻzbek tilida farmoyish hujjatlari ish yuritish qogʻozlarini yoza olish, uni oʻz faoliyatida ijodiy rivojlantira bilish va mavjud muammolar boʻyicha yechimlar qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim ;
- hujjat tili va uslubi, hujjat turlari: tashkiliy, farmoyish, maʼlumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari hamda diplomatik yozishmalar haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak ;
- oʻzbek tilida kundalik hayotda koʻp qoʻllanadigan rasmiy hujjatlarni toʻgʻri yoza olishni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim ;
- fikrni ogʻzaki hamda yozma shaklda toʻgʻri ifodalay olish koʻnikmalariga ega boʻlishi zarur koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda maʼruza mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
- Аминов. М, Мадвалиев А, Маҳкамов Н, Маҳмудов Н. Иш юритиш. Амалий қўлланма. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2020. - 527 бет
- Mahmudov N. M. Oʻzbek tilining imlo qoidalari. Lugʻat – Toshkent Akademnashr, 2013. 528 bet
- Маҳмудов Н., Рафиев А., Йўлдошев И. Давлат тилида иш юритиш. Амалий қўлланма – Тошкент, 2004. 354-bet
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
- Маҳмудов Н, Рафиев А, Йўлдошев И. Давлат тилида иш юритиш. Амалий қўлланма – Тошкент, 2004. 354-bet
- Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tilining yangi alifbosi va imlosi. Lugʻat – Toshkent: Universitet, 2002. 255 bet
- Madayev O, Sobirov A, Xolmanova Z, Toshmirzayeva Sh, Ziyodullayeva G, Shamsiyeva M. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017. 269 bet
7.3. Axborot manbaalari:
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Amaliy ish. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi. Talaba tomonidan davlat tili haqidagi reklama, eʼlon, banner koʻrinishidagi qonun buzulish holatlarini aniqlash, aniqlangan kamchilikni bartaraf etish yoʻllari uchun taklif berish, yechimini ishlab chiqish.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi. Fan doirasidan kelib chiqib, hozirgi kunda yashash hududlarimizda kuzatilayotgan imlo-qoidalari buzilish holatlarini aniqlash boʻyicha loyiha (koʻrgazma materiali) ishi tayyorlash, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun yechimini oʻylab topish, talaba-yoshlar orasida ommaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan taqdimotlar tayyorlash.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqlarni esse/hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi. Har bir talaba davlat tili haqidagi qonun-hujjatlar bilan tanishish, turli xildagi hujjat namunalarini tayyorlashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar haqida ijodiy yondashgan holda topshiriqlar oʻylab topish va amaliyotda qoʻllash.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida dars mashgʻuloti vaqtida olinadi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi. Talaba oraliq nazorat ishini yozma holatda yozadi. Talaba oʻtilgan mavzular doirasida va mustaqil taʼlim mashgʻulotlarida berilgan mavzular toʻliq oʻzlashtirib, ijodiy yondashgan holatda berilgan savolga yozma tarzda javob beradi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida yozma shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Amaliy ish | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtirok etadi | 5 | 2-13 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot/media/yozma/vizual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Esse /hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 4-13 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | yozma | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | yozma | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
mahmudjonovshohruhbek97@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, oʻqituvchilar xonasi |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani (IT va ijtimoiy-gumanitar) |
(imzo) F.Xabibullayeva Kafedra mudiri |
(imzo) Sh.Maxmudjonov Fan oʻqituvchisi |
