JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Dasturiy ilova interfeysini loyihalash va dasturlash

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300-Kompyuter injiniringi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Dasturiy ilova interfeysini loyihalash va dasturlash Fan kodi DIILD2405
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

Talabalarga dasturiy ilova interfeyslarini loyihalash va dasturlash boʻyicha fundamental nazariy bilimlar hamda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishni maqsad qiladi. Talabalar turli platforma va dasturlash tillarida (C++, C#, Python va PHP) foydalanuvchi interfeyslarini yaratish texnologiyalarini oʻrganadilar, API (Application Programming Interface) tuzilishi, ishlash prinsiplari va ularni dasturiy loyihalarda qoʻllash jarayonlari bilan tanishadilar.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Dasturlash asoslari (DAT101)

2. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlari (DAT102)

3. Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (DAT201)

4. Grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlash (GFID2305)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • – Dasturiy ilova interfeyslarini loyihalashning asosiy tamoyillari va metodologiyalarini tushuntira oladi;
  • – API arxitekturalari (REST, SOAP, GraphQL va boshqalar) va ularning qoʻllanish sohalarini izohlay oladi;
  • – API xavfsizligi, autentifikatsiya va avtorizatsiya jarayonlarining nazariy asoslarini biladi;
  • – Turli platforma va dasturlash tillarida (C++, C#, Python, PHP) foydalanuvchi interfeyslarini yaratish jarayonini tushunadi;
  • – Postman va boshqa testlash vositalarining ishlash prinsiplari haqida tushunchaga ega boʻladini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • – C++, C#, Python, PHP dasturlash tillarida interfeys va API yaratish hamda ularni integratsiya qilishni amalga oshira oladi ;
  • – API hujjatlashtirish va testlash boʻyicha amaliy ishlarni bajaradi ;
  • – API xavfsizligi, autentifikatsiya va avtorizatsiya mexanizmlarini loyihalash va joriy eta oladi ;
  • – Postman va shunga oʻxshash vositalarda API larni sinovdan oʻtkaza oladi ;
  • – Foydalanuvchi tajribasini optimallashtirish maqsadida interfeys dizaynini tahlil qilib, takomillashtirish boʻyicha yechimlar ishlab chiqadi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Dasturiy ilova interfeysini loyihalash va dasturlash kursiga kirish 
  1. Fanning maqsadi, predmeti va vazifalari;
  2. Dasturiy ilova interfeysi haqida tushuncha va uning turlari;
  3. Fanga oid sohalar va qoʻllanish imkoniyatlari
2

1

2 Statik va dinamik kutubxonalarni yaratish va ishlatish asoslari 
  1. Kutubxona turlari: statik va dinamik;
  2. Statik va dinamik kutubxona yaratish jarayoni (C++, C# misolida);
  3. Kutubxonalardan foydalanish usullari. Afzalliklar va kamchiliklar tahlili
2

2

3 Dasturdan tashqi ijro fayllar bilan oʻzaro ishlash texnologiyalari 
  1. Tashqi ijro fayllar bilan ishlash zarurati;
  2. C++ da system va exec funksiyalari. C# da Process sinfi orqali ishlash; Python da subprocess moduli imkoniyatlari;
  3. Xavfsizlik va samaradorlik masalalari
2

3

4 Tarmoq texnologiyalarining nazariy asoslari va amaliy qoʻllanilishi 
  1. Socket texnologiyasi tushunchasi va turlari. TCP va UDP socketlari farqlari;
  2. C++ da socket dasturlash. C# va Python misolida socket ishlatish;
  3. Amaliy qoʻllanish sohalari
2

4

5 Tarmoq protokollari asosida tarmoq aloqalarini tashkil etish 
  1. UDP protokolining ishlash prinsipi. UDP va TCP taqqoslanishi;
  2. UDP asosida maʼlumot uzatish jarayoni. Amaliy misollar (C++, Python);
  3. Xavfsizlik va cheklovlar
2

5

6 Veb API larning konseptual asoslari va HTTP protokoli bilan ishlash 
  1. Web API tushunchasi va afzalliklari. HTTP protokoli asoslari;
  2. GET, POST, PUT, DELETE metodlari. C# va Python orqali Web API chaqirish;
  3. Amaliy qoʻllanilish misollari
2

6

7 JSON va XML maʼlumot almashish formatlari bilan ishlash usullari 
  1. JSON va XML formatlari tushunchasi;
  2. JSON bilan ishlash (C#, Python). XML bilan ishlash (C#, Python);
  3. Formatlar oʻrtasidagi farqlar va konvertatsiya. Amaliy integratsiya misollari
2

7

8 REST API yaratishning nazariy va amaliy asoslari 
  1. REST API konsepsiyasi. REST arxitektura tamoyillari;
  2. Python da REST API yaratish. PHP da REST API yaratish;
  3. Testlash va hujjatlashtirish
2

8

9 API autentifikatsiya va xavfsizlik mexanizmlari 
  1. API xavfsizligi tushunchasi. Autentifikatsiya va avtorizatsiya farqi;
  2. Token asosidagi autentifikatsiya (JWT, OAuth);
  3. HTTPS va shifrlash usullari. Amaliy qoʻllash misollari
2

9

10 API hujjatlashtirish standartlari va metodologiyasi 
  1. API hujjatlashtirishning ahamiyati. OpenAPI (Swagger) standarti;
  2. Hujjat tuzish metodologiyalari
  3. Avtomatlashtirilgan hujjatlashtirish vositalari;
2

10

11 API larni Postman yordamida testlash va avtomatlashtirilgan sinov jarayonlari 
  1. Postman vositasi imkoniyatlari. API soʻrovlarini yaratish va testlash;
  2. Test skriptlarini yozish. Avtomatlashtirilgan sinov jarayonlari;
  3. Hisobot va natijalarni tahlil qilish
2

11

12 gRPC foydalanishning nazariy va amaliy asoslari 
  1. gRPC texnologiyasi tushunchasi. Protokol buffer (protobuf) ishlatish;
  2. C++ da gRPC ishlatish. C# va Python misolida gRPC qoʻllash;
  3. Afzalliklari va cheklovlari
2

12

13 Real vaqt rejimida maʼlumot almashish texnologiyalari 
  1. Real vaqt rejimidagi ilovalar tushunchasi. WebSocket protokoli va ishlash prinsipi;
  2. C#, Python da WebSocket ishlatish;
  3. SignalR, Socket. IO kabi alternativ texnologiyalar. Amaliy qoʻllash misollari
2

13

14 Google bulutli texnologiyalaridan foydalanish nazariy va amaliy asoslari 
  1. Bulutli texnologiyalar konsepsiyasi;
  2. Google Cloud Platform (GCP) xizmatlari. API integratsiyasi;
  3. Maʼlumot saqlash va qayta ishlash imkoniyatlari. Amaliy misollar;
2

14

15 API versiyalash va kelajakdagi texnologik rivojlanish tendensiyalari 
  1. API versiyalash zarurati va turlari
  2. Versiyalash strategiyalari. Eskirgan API larni boshqarish;
  3. API texnologiyalaridagi yangi yoʻnalishlar. Kelajakdagi rivojlanish prognozlari
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Dasturiy ilova interfeysini loyihalash va dasturlash boʻyicha ishchi muhitni sozlash. 
  1. Dasturlash muhiti (IDE) dasturlaridan foydalanish (Visual Studio, VSCode);
  2. Kurs davomida kerakli boʻlgan kutubxonalarni oʻrnatish. Har bir til uchun (C++, C#, Python) "Hello World" dasturi yaratish;
  3. API soʻrovlarini sinovdan oʻtkazish uchun Postman dasturini oʻrnatish va sozlash. GitHub hisobini yaratish va loyiha versiya nazoratini yoʻlga qoʻyish
2

1

2 Statik va dinamik kutubxonalarni yaratish va foydalanish. 
  1. C++ da oddiy matematik funksiyalar toʻplamini statik kutubxona sifatida yaratish;
  2. C++ da dinamik kutubxona (. dll) yaratish va undan foydalanish;
  3. C# da statik kutubxona yaratish va boshqa loyihaga ulash. C# da dinamik kutubxona yaratish va ishlatish
2

2

3 Dasturdan tashqi ijro fayllar bilan oʻzaro ishlash. 
  1. C++ da system, exec funksiyalari yordamida tashqi buyruqlarni ishga tushirish;
  2. C# da Process sinfi yordamida . exe fayl ishga tushirish;
  3. Pythonʼda subprocess moduli orqali buyruqlar bajarish
2

3

4 Tarmoq texnologiyalari bilan ishlash. 
  1. TCP socketlarini yaratish. C++ da oddiy server va mijoz dasturi yozish;
  2. C# va Pythonʼda socket orqali maʼlumot uzatish;
  3. Server-mijoz aloqasini real vaqt rejimida testlash
2

4

5 Tarmoq protokollari asosida maʼlumot uzatish. 
  1. C++ va Pythonʼda UDP paketlarini yuborish va qabul qilish;
  2. UDP orqali real vaqt rejimidagi chat dasturini ishlab chiqish;
  3. Paket yoʻqotilish holatini tekshirish
2

5

6 Web API va HTTP protokoli bilan ishlash. 
  1. Oddiy Web API manba manziliga GET soʻrovi yuborish;
  2. POST, PUT va DELETE soʻrovlarini amalga oshirish;
  3. C# va Pythonʼda HTTP soʻrovlarini yuborish (Requests kutubxonasi)
2

6

7 JSON va XML bilan ishlash. 
  1. JSON fayl yaratish va oʻqish (C#, Python);
  2. XML fayl yaratish va tahrirlash (C#, Python);
  3. JSON va XML oʻrtasida konvertatsiya qilish
2

7

8 REST API yaratish. 
  1. Python da oddiy REST API yaratish;
  2. PHP da REST API yaratish;
  3. API soʻrovlarini Postman yordamida testlash
2

8

9 API autentifikatsiya va xavfsizlik. 
  1. JWT token yaratish va tekshirish;
  2. OAuth mexanizmini sozlash;
  3. API xavfsizlik testlari oʻtkazish
2

9

10 API hujjatlashtirish. 
  1. Swagger (OpenAPI) hujjat yaratish;
  2. API endpointlarini avtomatik hujjatlashtirish;
  3. API hujjatini PDF formatida eksport qilish
2

10

11 Postman orqali API testlash. 
  1. Yangi API soʻrovlarini yaratish. Parametrlar va sarlavhalar bilan ishlash;
  2. Postmanʼda test skriptlarini yozish;
  3. Avtomatik test toʻplamlari yaratish. Test natijalarini tahlil qilish
2

11

12 gRPC bilan ishlash. 
  1. Protobuf faylini yaratish va kompilyatsiya qilish. C++ da gRPC server va mijoz yaratish;
  2. C# va Pythonʼda gRPC qoʻllash
  3. gRPC va REST API tezliklarini taqqoslash. Xavfsizlik mexanizmlarini sozlash
2

12

13 Real vaqt rejimidagi maʼlumot almashish. 
  1. WebSocket server yaratish (Python, C#). Mijoz ulanishini amalga oshirish;
  2. SignalR yoki Socket. IO kutubxonasidan foydalanish;
  3. Real vaqt chat yoki monitoring tizimini yaratish
2

13

14 Google Cloud Platform bilan ishlash. 
  1. Google Cloud hisobini yaratish. Cloud APIʼlardan foydalanish (Storage, Translate, Maps);
  2. Maʼlumotlarni bulutga yuklash va olish. API kalitlarini boshqarish;
  3. Amaliy loyiha: Google Cloud Storage bilan fayl almashish
2

14

15 API versiyalash va yangi texnologiyalar. 
  1. API versiya raqamlarini belgilash va qoʻllash;
  2. Versiyalash strategiyalarini amalda sinash;
  3. Kelajakdagi API rivojlanish yoʻnalishlari boʻyicha loyiha taklifi tayyorlash
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Zamonaviy foydalanuvchi interfeysi dizaynida innovatsion tendensiyalarni tahlil qilish. 

1

2 Dasturiy tizimlarda modulli va komponentli arxitekturani qoʻllash tajribalarini oʻrganish. 

2

3 Tarmoq orqali maʼlumot uzatishda ishlatiladigan asosiy protokollarning taqqoslamasi. 

3

4 HTTP va HTTPS texnologiyalarining xavfsizlik jihatlarini oʻrganish. 

4

5 JSON, XML va boshqa maʼlumot almashish formatlarini amaliy jihatdan solishtirish. 

5

6 REST va gRPC arxitekturalarining qoʻllash sohalari va samaradorligini tahlil qilish. 

6

7 API xavfsizligini oshirishda autentifikatsiya va avtorizatsiya usullarini chuqurlashtirib oʻrganish. 

7

8 API hujjatlashtirish va testlash vositalarini (Swagger, Postman va boshqalar) qoʻllash tajribasini oʻrganish. 

8

9 Real vaqt rejimida ishlovchi dasturiy tizimlarning ishlash mexanizmlarini tahlil qilish. 

9

10 Bulutli texnologiyalar yordamida API ish faoliyatini optimallashtirish. 

10

11 Statik va dinamik kutubxonalarning afzallik va kamchiliklarini solishtirish. 

11

12 C++, C#, Python va PHP tillarida foydalanuvchi interfeysi yaratishdagi oʻziga xosliklarni oʻrganish. 

12

13 Socket dasturlash texnologiyasining amaliy qoʻllanilish sohalarini tahlil qilish. 

13

14 UDP va TCP protokollarining tezlik hamda xavfsizlik jihatidan taqqoslanishi. 

14

15 HTTP metodlari (GET, POST, PUT, DELETE) amaliy qoʻllanilishi boʻyicha tajriba tahlili. 

15

16 API integratsiyasida JSON va XML oʻrtasidagi samaradorlikni taqqoslash. 

16

17 REST API yaratish bosqichlarini oʻrganish va amaliy loyihalarda qoʻllash. 

17

18 Token asosidagi autentifikatsiya (JWT, OAuth) usullarini tahlil qilish. 

18

19 Postman orqali API testlash jarayonlarining samaradorligini baholash. 

19

20 gRPC texnologiyasining REST bilan taqqoslagandagi ustun va zaif tomonlarini tahlil qilish. 

20

21 Google Cloud Platform xizmatlaridan foydalanishning afzalliklarini oʻrganish. 

21

22 Real vaqt rejimidagi dasturiy ilovalarda WebSocket texnologiyasining qoʻllanishini oʻrganish. 

22

23 API versiyalash strategiyalarini taqqoslash va amaliy qoʻllash imkoniyatlari. 

23

24 Swagger/OpenAPI standarti boʻyicha API hujjatlashtirish metodologiyasini oʻrganish. 

24

25 API xavfsizligini taʼminlashda HTTPS sertifikatlarining oʻrni. 

25

26 SignalR va Socket. IO texnologiyalarining real vaqt tizimlaridagi qoʻllanilishi. 

26

27 API larni hujjatlashtirish va avtomatlashtirilgan testlashning dasturiy loyihalarda roli. 

27

28 Cloud Storage API laridan foydalanishning samaradorligini oʻrganish. 

28

29 API arxitekturalarida kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish. 

29

30 API texnologiyalarida GraphQL va AsyncAPI imkoniyatlarini tahlil qilish. 

30

 
 

Izoh: Mustaqil ishni talabalar taqdimot shaklda topshirishadi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Гоф Джеймс, Брайант Дэниэл, Оберн Мэтью. Проектирование архитекrуры API: Пер. с англ. Астана: АЛИСТ, 2024. - 288 с.: ил      
  2. Лоре Арно. Проектирование веб-API. – М.: ДМК Пресс, 2020. – 440 с      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Cooksey Brian. An Introduction to APIs. Originally published April 23, 2014      
  2. Lauret Arnaud. The Design of Web APIs. 2019 by Manning Publications Co      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://learn.microsoft.com/ru-ru/dotnet/csharp      
  • https://learn.microsoft.com/en-us/azure/architecture/best-practices/api-design      
  • https://dev.to/alexr/mastering-api-design-26-resources-for-software-engineers-8e8      
  • https://www.restapitutorial.com      
  • https://en.wikipedia.org/wiki/Swagger_%28software%29      
  • https://www.geeksforgeeks.org/blogs/a-comprehensive-guide-to-api-development      
  • https://cloud.google.com/docs      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni dastur kodi yoki loyiha ishi koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Dastur kodi yoki loyiha ishi koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Abduvoxidov Murodjon Komilovich

Mahmudov Muhamadxon Nuralixon oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: info@murodjon.uz
email.fiery@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

N.Alimqulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

A.Medatov - Andijon davlat universiteti, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Abduvoxidov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Mahmudov

Fan oʻqituvchisi