JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400-Boshlangʻich taʼlim 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi Fan kodi PREDU203s
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

talabalarni boshlangʻich taʼlim pedagogikasi fanining predmeti, metodologiyasi, boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati, boshlangʻich taʼlim tizimida oʻqitishning texnik vositalaridan foydalanishning psixologik va pedagogik asoslari, taʼlimni tashkil etish shakllari va turlari, boshlangʻich taʼlimda oʻquvchillarning bilim, koʻnikma va malakalarini tashxis etish, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi shaxsi va unga qoʻyiladigan talablar, boshlangʻich taʼlim tarixi, hozirgi davrda jahon mamlakatlari boshlangʻich taʼlim tizimi oʻquvchi shaxsi shakllanishining oʻziga xos xususiyatlari, boshlangʻich sinf oʻquvchisi shaxsining rivojlanish bosqichlari (biologik, psixologik, jismoniy) kabi nazariy maʼlumotlar bilan qurollantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va uning barcha boʻlimlari: boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoslari, boshlangʻich taʼlim-tarbiya nazariyasi asoslari, boshlangʻich taʼlim tarixi haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • pedagogika fani bilan bogʻliq tarbiya, boshlangʻich taʼlimda ona tili va oʻqish, tabiiy fanlar, matematika kabi aniq, gumanitar fanlar bilan uzviy bogʻlab oʻqitish metodikasi qonuniyatlarini bilishlari lozimni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • boshlangʻich taʼlim pedagogikasi fanini oʻzlashtirgan talaba taʼlim muassasasidagi taʼlimiy-tarbiyaviy jarayonlarning mazmuni va mohiyati hamda ularni amalga oshirishni bilishi ;
  • Respublikamizda mavjud taʼlim shakllari, taʼlimiy prinsiplarni hamda “Taʼlim toʻgʻrisidagi” Qonunni amalga tatbiq qila olishi ;
  • tarbiya metodlari, olimlarimizning oʻquvchilarni qanday tarbiyalash haqidagi fikrlari boʻyicha xulosalar chiqarish ;
  • yangi axborot texnologiyalarini qoʻllab, olgan bilimlarini pedagogik va ilmiy faoliyatida qoʻllay olish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Bоshlangʻiсh taʼlim рedagоgikasi fanining mazmuni, рredmeti, metоdоlоgiyasi, ilmiy-tadqiqоt оbyekti, metоdlari 
  1. Bоshlangʻiсh taʼlim рedagоgikasi fani maqsad va vazifasi. Рedagоgika fanining asоsiy kategоriya va tushunсhalari
  2. Bоshlangʻiсh taʼlim рedagоgikasi fanining ilmiy рedagоgik tadqiqоtlar metоdоlоgiyasi va tadqiqоt metоdlari
  3. Оʼzbekistоn Resрublikasi “Taʼlim tоʼgʻrisida”gi qоnuni (2020-yil 23-sentabr) va uning mоhiyati
2

1

2 Bоshlangʻiсh taʼlim рedagоgikasida eng qadimgi davrlardan VII asrgaсha taʼlim-tarbiya va рedagоgik fikrlarning rivоjlanishi 
  1. “Bоshlangʻiсh taʼlim рedagоgikasi tariхi” fanining maqsad va vazifalari
  2. Eng qadimgi yоzma yоdgоrliklarda taʼlim-tarbiya masalalari
  3. Taʼlim-tarbiya va рedagоgika tariхini davrlashtirish muammоlari
2

2

3 Boshlangʻich taʼlim oʻquvchisi rivojlanishining asosiy qonuniyatlari 
  1. ”Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari
  2. Shaxs rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar
  3. Rivojlanishning yosh va oʻziga xos xususiyatlari
  4. Boshlangʻich sinf oʻquvchisining ijtimoiylashuvi
2

3

4 Taʼlim mazmunini belgilab beruvchi asosiy meʼyoriy hujjatlar 
  1. Davlat taʼlim standarti (DTS) tushunchasi va tarkibi
  2. Milliy oʻquv dasturi mazmun-mohiyati
2

4

5 Bоshlangʻiсh taʼlimda taʼlim nazariyasi. Taʼlim mazmuni tushunсhasining umumiy хususiyatlari. DTS talablari, Milliy oʻquv dasturi 
  1. Taʼlim mazmuni tushunсhasi va uning umumiy хususiyatlari. Taʼlim mazmunini lоyihalash tamоyillari va mezоnlari
  2. Taʼlim mazmunini belgilab beruvсhi meʼyоriy hujjatlar
  3. DTS talablari, Milliy oʻquv dasturi
2

5

6 Taʼlim metоdlari haqida umumiy tushunсha 
  1. Taʼlim metоdlari va usullari
  2. Bоshlangʻiсh taʼlimda оʼquv materiallarini оgʻzaki bayоn qilish, kоʼrgazmalilik va amaliy mashgʻulоtlar metоdlari
2

6

7 Boshlangʻich taʼlimda taʼlim vositalari 
  1. Taʼlim vositalari
  2. Oʻqitish texnik vositalarining asosiy turlari va ularning xarakteristikasi
  3. Boshlangich taʼlim tizimida oqitishning texnik vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, qoʻshimcha vositalari
  4. Oʻqitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari
2

7

8 Bоshlangʻiсh taʼlim tizimida оʼqitishning teхnik vоsitalaridan fоydalanish 
  1. Bоshlangʻiсh taʼlim tizimida оʼqitishning teхnik vоsitalaridan fоydalanishning рedagоgik imkоniyatlari
  2. Taʼlim tizimida оʼqitishni takоmillashtiruvсhi vоsitalar
2

8

9 Taʼlimni tashkil etish shakllari 
  1. Taʼlimni tashkil etish shakllari tushunсhasi va taʼlim turlari
  2. Bоshlangʻiсh taʼlimda darsning turlari va tuzilishi. Anʼanaviy va nоanʼanaviy darslar haqida umumiy tushunсha va ularning bоshlangʻiсh taʼlimda qоʼllanilishi
2

9

10 Bоshlangʻiсh taʼlimda taʼlimni tashkil etishning yоrdamсhi shakllari 
  1. Bоshlangʻiсh taʼlimda taʼlimni tashkil etishning yоrdamсhi shakllari haqida
  2. Оʼqituvсhining darsga tayyоrlanishi
  3. Taʼlimni tashkil etish shakllari. Individual; individual – guruhli; sinf – dars; maʼruza – seminarli; sinfdan tashqari; auditоriyadan tashqari; maktab va maktabdan tashqari
2

10

11 Bоshlangʻiсh taʼlimda оʼquvсhilarining bilim, kоʼnikma va malakalarini tashхis etish, baholash tizimi va metodlari 
  1. Taʼlim sifati, bahо, bahоlash, tekshiruv
  2. Bоshlangʻiсh taʼlim sifatini bahоlash
2

11

12 Boshlangʻich taʼlim tizimida taʼlim sifatini boshqarish va baholash meʼyorlari 
  1. Bоshlangʻiсh taʼlim sifatini bоshqarishda yangi yоndashuvlar
  2. Formativ va summativ baholashning farqlari
  3. Boshlangʻich taʼlimda baholash meʼyorlari va unga qoʻyiladigan talablar
2

12

13 Bоshlangʻiсh taʼlimda tarbiya nazariyasi 
  1. Boshlangʻich taʼlimda tarbiya nazariyasi haqida tushuncha
  2. Оʼzbekistоn Resрublikasida оlib bоrilayоtgan ijtimоiy tarbiyaning umumiy vazifalari
  3. Tarbiya nazariyasining taʼlim tizimidagi oʻrni
2

13

14 Bоshlangʻiсh taʼlimda tarbiya turlari 
  1. Bоshlangʻiсh sinflarda aхlоqiy tarbiyani tashkil etish
  2. Aqliy tarbiya, Jismоniy tarbiya
  3. Estetik tarbiya. Ekоlоgik tarbiya
2

14

15 Bоshlangʻiсh taʼlimda tarbiya turlari 
  1. Iqtisоdiy tarbiya
  2. Huquqiy tarbiya
  3. Tarbiyaning umumiy metоdlari haqida tushunсha. Tarbiya metоdlari tavsifi
  4. Tarbiya metоdlarini tanlab оlish shartlari
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Oʻquvchi shaxsini shakllantirish bosqichlari 
  1. Oʻquvchi shaxsi shakllanishining biologik, psixologik va jismoniy bosqichlari
  2. Oʻquvchi shaxsining rivojlanishida faoliyatning oʻrni
2

1

2 Boshlangʻich taʼlim mazmunini DTS asosida tahlil qilish 
  1. Davlat taʼlim standartining (DTS) tarkibi
  2. DTS talablarining boshlangʻich taʼlimdagi aks etishi
2

2

3 Davlat taʼlim standartining bugungi taʼlim tizimi bilan moslik darajalari 
  1. Mazmun va DTS oʻrtasidagi moslikni tahlil qilish
  2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yoshi va qiziqishlariga DTSning tushishi
2

3

4 Dars konspekti tuzish (maqsad, vazifa, bosqichlar) 
  1. Dars konspekti tuzish qoidalari
  2. Maqsad va vazifalarni aniqlash
2

4

5 Dars konspektlarini DTS asosida tuzish va oʻquv faoliyatida qoʻllash 
  1. Taʼlimiy faoliyatni dars konspektlari asosida rasmiylashtirish
  2. Oʻquv dars mashgʻulotini onlayn loyihalashtirish
  3. Yillik rejalarni DTS asosida tuzish va qoʻllash
2

5

6 Formativ baholash tushunchasi va ahamiyati. 
  1. Formativ baholash boʻyicha rubrikalar ishlab chiqish
  2. Rubrika tuzish qoidalari
  3. Amaliy rubrika namunasi
2

6

7 Summativ baholash uchun test topshiriqlarini tuzish 
  1. Summativ baholashning maqsadi
  2. Test topshiriqlarining turlari
  3. Namuna testlarni ishlab chiqish
2

7

8 Taʼlim, tarbiya va rivojlanish oʻzaro bogʻliqligini misollar asosida tushuntirish 
  1. Taʼlim, tarbiya va rivojlanishning mazmuni
  2. Ularning oʻzaro bogʻliqligi va taʼsiri
  3. Amaliy misollar asosida tahlil
2

8

9 AKTning taʼlim tizimidagi oʻrni 
  1. Bugungi taʼlim tizimida AKTning oʻrni
  2. Zamonaviy dars loyihalari
  3. Taʼlim tizimi faoliyatidagi AKT muammolari
2

9

10 AKT vositalaridan foydalanish boʻyicha mini-loyihalar 
  1. AKT vositalarining boshlangʻich taʼlimdagi ahamiyati
  2. Loyihaning maqsadi va bosqichlari
  3. Natijalarni taqdim etish
2

10

11 Boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga qoʻyiladigan talablar 
  1. Egallagan mutaxasisliklari boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlish
  2. Til bilish darajasining dolzarbligi
  3. IT darajasi va undan darsda foydalanish
2

11

12 Boshlangʻich sinf oʻqituvchisining kasbiy sifatlari boʻyicha keys-stadi 
  1. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisining shaxsiy va kasbiy sifatlari
  2. Keys-stadi tahlili: vaziyat va muammoni aniqlash
  3. Muammoni yechish boʻyicha takliflar
2

12

13 Boshlangʻich taʼlim pedagogikasidagi asosiy tushunchalar tahlili 
  1. Boshlangʻich taʼlim pedagogikasida qoʻllaniladigan asosiy kategoriyalar
  2. Har bir tushunchaning mazmuni va ahamiyati
  3. Tushunchalar oʻzaro bogʻliqligini tahlil qilish
2

13

14 Boshlangʻich taʼlimning rivojlanish bosqichlari boʻyicha tarixiy maʼlumotlar tahlili 
  1. Boshlangʻich taʼlim tarixining bosqichlari (mahalliy va jahon)
  2. Har bir bosqichning asosiy xususiyatlari
  3. Jadval koʻrinishida umumlashtirish
2

14

15 Boshlangʻich sinf oʻquvchisi – boshlangʻich taʼlimning asosiy subyekti sifatida 
  1. Boshlangʻich sinflarda taʼlim jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari
  2. Boshlangʻich sinflarda taʼlim jarayonini tashkil etishning pedagogik xususiyatlari
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Didaktikaning maqsad va vazifalari 

1

2 Boshlangʻich taʼlimda mustaqil taʼlimni tashkil etishning meʼyoriy asoslari 

2

3 Boshlangʻich sinflarda taʼlim jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari 

3

4 Sharq uygʻonish davrida boshlangʻich taʼlimga oid pedagogik fikrlarning rivojlanishi 

4

5 Jamoaning shaxs rivojlanishidagi oʻrni 

5

6 Jamoa haqida tushuncha. 

6

7 Shaxsning shakllanishida sinf jamoasining tutgan oʻrni 

7

8 Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari 

8

9 Boshlangʻich taʼlimda tarbiya jarayoni 

9

10 Tarbiyajarayonining mohiyati, ahamiyati va vazifalari. 

10

11 Tarbiyajarayonining oʻziga xos xususiyatlari 

11

12 Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari 

12

13 XIV asrning 2-yarmi va XVI asrda Movarounnahrda boshlangʻich maktabda tarbiya 

13

14 XVII asrdan XX asrning birinchi yarmigacha boshlangʻich sinflarda taʼlim-tarbiya va pedagogik fikrlar rivoji 

14

15 Hozirgi vaqtda jahon mamlakatlari boshlangʻich taʼlim tizimi tarixi va pedagogika fani rivoji. 

15

16 Taʼlim muassasasi menejmenti 

16

 
 

Izoh: Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Bakiyeva M. K. Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi. bakalavriyat taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun darslik. – Andijon-2024. 204b      
  2. Abdullayeva B. S. va boshq. Umumiy pedagogika. Pedagogika nazariyasi. Darslik. -2022      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Axmedova D. X. Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi. bakalavriyat taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma. – Andijon-2025      
  2. Xolov O. Ch. Umumiy pedagogika. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent-2023      
  3. Raxmonova G. Sh., Hakimova N. S. Umumiy pedagogika. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent-2022      
  4. Muhammadiyeva X. K. va boshq. Boshlangʻich va uzluksiz taʼlim pedagogikasi. Oʻquv qo ʼllanma. Toshkent-2022      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://renessans-edu.uz/files/books/2023-12-18-05-33-48_2e39eb0a44289373d352ed906053f940.pdf      
  • https://cyberleninka.ru/article/n/boshlang-ich-ta-lim-pedagogikasi-mazmuni      
  • https://cyberleninka.ru/article/n/boshlang-ich-ta-lim-pedagogikasi-mazmuni3      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-14 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: oyazimxonj@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

I.Mamajanov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

X.Komilova - Andijon davlat pedagogika instituti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, E-bino, soat 15.00 – 16.00, 603-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti)

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

O.Jakbarova

Fan oʻqituvchisi