JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Zamonaviy lingvistika

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja magistratura Taʼlim yoʻnalishi 70230101-Lingvistika (roman-german tillari) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 2 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Zamonaviy lingvistika Fan kodi ZLING12-308
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
48
(aud)
72
(must)
24 24

2. Fan maqsadi

magistrantlarda zamonaviy lingvistika fanining metodologik prinsiplari, tamoyillari, bazaviy muammolari va asosiy tushunchalari boʻyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish hamda matn lingvistikasi sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirish. Fanning vazifasi – magistrantlarga muloqotning turli jabhalarida va holatlarida tildan uslubiy jihatdan adekvat foydalanish, matn lingvistikasi asosiy muammolari boʻyicha tayanch ilmiy bilimlarni shakllantirish hamda matn lingvistikasi sohasida ilmiy tadqiqot olib borishga oʻrgatish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tilshunoslik (TILSHI 1104)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • fanning shakllanishi va rivojlanish tarixi. Zamonaviy lingvistikaning boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliqligini oʻrgangan boʻlishlari kerak;
  • til – madaniyat hodisasi sifatida: lingvokulturologik bilimlar tarixidan. Etnolingvistika;
  • lingvooʻlkashunoslik. sotsiolingvistika. lingvomadaniyatshunoslik;
  • lisoniy shaxs (I. Veysgerber, V. V. Vinogradov, Yu. N. Karaulov);
  • olamning ilmiy manzarasi (konnotativ, frazeologizm, antropotsentrik tushunchalar) va uning tadqiqot muammolari kabi bilimlarga ega boʻlishlari kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • til va madaniyat munosabatlari: belgilar, vositalar, tizimlar haqida bilimga ega boʻlishlari kerak ;
  • til va madaniy kompetensiyaning vazifalarini bilishi kerak ;
  • lingvokulturema va logoepistema tushunchalari va boshqalarning ishlarini baholay olishi kerak ;
  • taʼlim jarayonida oʻrgangan bilimlarini kelajakdagi faoliyatida tadbiq eta oladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 “Zamonaviy tilshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 
2

1

2 Zamonaviy tilshunoslikning shakllanishi 
2

2

3 Tilshunoslik maktablari 
2

3

4 Tilshunoslik oqimlari 
2

4

5 Oʻzbekistonda til ilmi tarixining asosiy bosqichlari 
2

5

6 Tilshunoslikning tadqiq metodlari 
2

6

7 Lisoniy paradigmalar 
2

7

8 Til - madaniyat xodisasi sifatida 
2

8

9 Lingvokulturologik bilimlar tarixidan 
2

9

10 Etnolingvistika 
2

10

11 Lingvooʻlkashunoslik 
2

11

12 Sotsiolingvistika 
2

12

Jami 24

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Zamonaviy tilshunoslikning shakllanishi. 
2

1

2 Tilshunoslik maktablari. 
2

2

3 Tilshunoslik oqimlari. 
2

3

4 Oʻzbekistonda til ilmi tarixining asosiy bosqichlari 
2

4

5 Tilshunoslikning tadqiq metodlari 
2

5

6 Fonetika va fonologiya masalalari. 
2

6

7 Fonetika va fonetik birliklarga doir nazariyalar tarixi. Fonologiya sohasining shakllanishi. Fonologiya maktablari. Fonologik nazariyalar. 
2

7

8 Kompyuter lingvistikasi. Etnolinvistika. 
2

8

9 Kompyuter lingvistikasi – yangi yoʻnalish. Kompyuter lingvistikasining predmeti va vazifalari. Etnolinvistika. Etnolinvistikaning maqsadi, vazifasi va ahamiyati. 
2

9

10 Lingvomadaniyatshunoslik. 
2

10

11 Lisoniy shaxs (I. Veysgerber, V. V. Vinogradov, Yu. N. Karaulov, . . . ) 
2

11

12 Olamning ilmiy manzarasi (konnotativ, frazeologizm, antropotsentrik tushunchalar) 
2

12

Jami 24

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Diskurs tahlili: asosiy yondashuvlar va uslublar 

1

2 Matnlar tipologiyasi muammolari 

2

3 Matn kategoriyalari 

3

4 Matn informativligi va modalligi 

4

5 Matn muallifining individual dunyo tasviri 

5

6 Matnning boʻlinishi, uning kompozitsion boʻlaklari 

6

7 Badiiy matnning asosiy xususiyatlari. 

7

8 Tili oʻrganilayotgan mamlakat adabiyoti materiali asosida badiiy matnning har taraflama stilistik tahlili va talqini 

8

9 Matnda til vositalarining stilistik va pragmatik funksiyalari 

9

10 Badiiy matnni qabul qilish muammolari 

10

11 Matnda axborotni taqsimlash kognitiv prinsiplari 

11

12 Pragmatik intensiya tushunchasi. Pragmatik intensiya turlari 

12

13 Informativlik kategoriyasi va uning turlari 

13

14 Imlitsitlik kategoriyasi va uning ifodalanishi 

14

15 Implikaturalaming matnda ifodalanishi 

15

16 Obrazlilik kategoriyasi va uning signallari 

16

17 Obrazlilikning leksik markerlari 

17

18 Modallik turlari 

18

19 Emotivlik kategoriyasi va uning signallari 

19

20 Badiiy detal va uning turlari 

20

21 Matn semantikasi va ichki va tashqi maʼno turlari 

21

22 Badiiy detallaming matnda ifodalanishi 

22

23 Matn nazariyasida yetakchi kontseptsiyalar 

23

24 Matn grammatikasining asosiy muammolari 

24

25 Matn yaxlitligi muammosi 

25

26 Matnda yangi va eski axborotning taqsimlanishi va ifodalanishi 

26

27 Matn stilistikasi asosiy muammolari 

27

28 Matnda bilim tuzilmalaming ifodalanishi 

28

29 Matnda yangi va eski axborotning taqsimlanishi va ifodalanishi 

29

30 Matn stilistikasi asosiy muammolari 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, keys-stadi yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Mey J. L. Pragmatics. An Introduction. 2nd edition. –Oxford., Blackwell Publishing LTD, 2004      
  2. Evans V., Green M. Cognitive Linguistics. An Introduction. – Edinburgh: Edinburgh University Press, 2006      
  3. Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik. – Samarqand: Sangzor nashriyoti, 2006. – 92 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Ashurova D. U., Galieva M. R. Stylistics of Literary Text. -Tashkent. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti. 2013      
  2. Болдрев Н. Н. Когнитивная семантика. — Тамбов: Изд-во ТГУ им. Г. Р. Державина, 2001      
  3. Грейс Г. П. Логика и речевое общение // Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 16. Лингвистическая прагматика. — М.: Прогресс, 1985      
  4. Кубрякова Е. С. Типы языковых значений. Семантика производного слова. — М.: Наука, 1981      
  5. Дейк Т. А. ван. Язык. Познание. Коммуникация. Пер. с англ. / Под ред. В. И. Герасимова. — М.: Прогресс, 1989      
  6. Демьянков В. З. Когнитивная лингвистика как разновидность интерпретирующего подхода      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.cognitivelinguistics.org      
  • https://www.degruyter.com      
  • https://www.infolex.ru      
  • https://www.catalunyaonline.com      
  • https://www.daf.uni-mainz.de/Bibliographien/bibtext.htm      
  • https://www.filologia_hispanica      
  • https://www.ngr.es/pages/estudios/titulaciones      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. 2. Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida yozma shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 10 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 5 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. yozma Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Abdullayeva Nargizaxon Sobirjonovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: annora1976@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Ingliz filiologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

J.Egamberdiyev - Andijon davlat chet tillar instituti, Kafedra mudiri

G.Ibragimova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba- Juma, soat 15:00 – 18:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Ingliz filiologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

D.Egamnazarova

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Abdullayeva

Fan oʻqituvchisi