JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60310300-Psixologiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi Fan kodi PSY102
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

organizmning individual rivojlanish jarayonida funksiyalar evolyutsiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni oʻzaro munosabatlari va ular oʻrtasida bogʻlanish sabablarini aniqlab beradi, oʻquv muassasalarda taʼlim - tarbiya jarayonini gigiyenik jihatdan toʻgri tashkil etish, bolalar va oʻsmirlaming ishchanlik qobiliyatini aniqlash, ular sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatuvchi zararli va foydali odatlarni aniqlash, atlas, jadvallardagi rasmlarni taniy olishi, fiziologik jarayonlarni izohlashi, koʻkrak va qorin sohasidagi organlarni ajrata olishi, organlarda kechayotgan fiziologik holatlarni izohlay olishi, bolalar va oʻsmirlarning ishchanlik qobiliyatini aniqlash, organizmda uchraydigan patologik oʻzgarishlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlish va gigiyenik koʻnikmalarini shakllantirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Abstrakt fikrlash va tahlil qilish qobiliyati: talabalar fiziologik jarayonlarni tahlil qilishi va natijalarni umumlashtira olishi kerak;
  • Falsafiy bilimlarni qoʻllash: fiziologik mexanizmlarni tushuntirish uchun falsafiy bilimlardan foydalanish;
  • Talabalar asosiy fiziologik tizimlar (nerv, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqalar) ishlash mexanizmlarini tushunishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati koʻnikmalariga ega boʻladi ;
  • Fan boʻyicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish koʻnikmalariga ega boʻladi ;
  • Berilgan topshiriqlar boʻyicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish koʻnikmalariga ega boʻladi ;
  • Oʻz-oʻzini rivojlantirish va ijodiy fikrlash: Oʻzini rivojlantirish, doimiy oʻqish va ijodiy yondashuvlarni kasbiy faoliyatda qoʻllash qobiliyati ;
  • Axborot texnologiyalaridan foydalanish: axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda axborot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyati koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Yoshlar fiziologiyasi faniga kirish. Fanning predmeti, ahamiyati, boshqa fanlar bilan bogʻliqligi va tarixi 
  1. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
  2. Yosh fiziologiyasi va oʻsmirlar gigiyenasi fanining ahamiyati
  3. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining tekshirish usullari
  4. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi
  5. Organizmning bir butunligi-yaxlitligi
  6. Nerv va gumoral boshqaruvchi mexanizmlar
2

1

2 Oʻsish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit 
  1. Oʻsish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari
  2. Yoshlik davrlari va yoshga oid oʻzgarishlar haqida tushuncha
  3. Geteroxroniya
  4. Akseleratsiya
  5. Yoshlik davrlari va yoshga oid oʻzgarishlari haqida tushuncha
2

2

3 Irsiyat va rivojlanish 
  1. Xujayraning umumiy tuzilishi
  2. Irsiy kasalliklar va ularning turlari
  3. Jinsiy hujayralar. Ularning tuzilish va rivojlanish xususiyatlari
  4. Otalangan tuxum hujayrasining, homilaning va bolaning rivojlanishi. Irsiyat va muhit
2

3

4 Nerv tizimi umumiy fiziologiyasining yosh xususiyatlari 
  1. Nerv tizimining umumiy tuzilishi
  2. Nerv markazlari va ularning xossalari
  3. Nerv markazlarining fiziologik xususiyatlari: qoʻzgʻalish va tormozlanish
  4. Markaziy nerv tizimining xususiy fiziologiyasi
  5. Orqa miyani tuzilishi va funksiyasi
  6. Bosh miya va uning boʻlimlari. Vegetativ nerv sistemasi
2

4

5 Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari 
  1. Shartsiz va shartli reflekslar. Shartli reflekslarni hosil boʻlish mexanizmlari
  2. Shartli reflekslarni tormozlanishi
  3. Dinamik stereotip, nutq funktsiyasi va uning fiziologik asosi
  4. Oliy nerv faoliyatining yoshga bogʻliq xususiyatlari
  5. Bolalarda ish qobiliyati va uning oʻzgarishi, charchash, oʻta charchash
  6. Nerv tizimining gigiyenasi
2

5

6 Analizatorlarning yoshga xos xususiyatlari va gigiyenasi 
  1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati
  2. Analizatorlarning turlari: koʻrish analizatorining yosh xususiyatlari
  3. Koʻrish qobiliyatining pasayishini oldini olish
  4. Eshitish analizatori
  5. Bolalarda eshitish organining rivojlanishi
  6. Eshitish gigiyenasi
  7. Muvozanat apparati
2

6

7 Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari 
  1. Organizmdagi fiziologik jarayonlarining neyroendokrin tizimi orqali boshqarilishi
  2. Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha. Ichki sekretsiya bezlarining joylashuvi
  3. Garmonlar, ularning organizmdagi vazifasi
  4. Organizmning gumoral boshqaruvida garmonlarning tutgan oʻrni
  5. Garmon va stress
  6. Garmonlar va jinsiy yetilish
  7. Ichki sekretsiya bezlarining yoshga oid xususiyatlari
2

7

8 Tayanch – harakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi 
  1. Odam skeletinnig umumiy tuzilishi. Suyak tuzilishining yosh xususiyatlari
  2. Umurtqa pogʻonasi va ularning egriliklari, egriliklarning shakllanishi
  3. Bosh, gavda va qoʻl-oyoq skeletining oʻsishi va rivojlanishi
  4. Muskullarning dinamik va statik ishi. Turli yosh davrlarida muskullar kuchi, tezligi, chaqqonligi, chidamligi, va massasining oʻzgarishi
  5. Charchash uning fiziologik mexanizmi. Skolioz, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish
2

8

9 Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi 
  1. Ogʻiz boʻshligida, meʼda va ichakda ovqat hazm boʻlishining xususiyatlari
  2. Jigarning ovqat hazm qilishdagi ahamiyati
  3. Turli yosh davrlarda bolalar ovqatlanishining oʻziga xosligi. Ovqatlanish gigiyenasi
2

9

10 Moddalar va energiya almashinuvining yoshga oid xususiyatlari. Oziqlanish 
  1. Oqsillar, yogʻlar, uglevodlar almashinuvi
  2. Bola oʻsishi va rivojlanishida suv, mineral tuzlar va vitaminlarning ahamiyati
  3. Energiya almashinuvining yoshga oid xususiyatlari. 4
  4. Moddalar va energiya almashinuvining yosh xususiyatlari
  5. Oziqlanish
2

10

11 Qon tarkibi, vazifalari va ularning yosh xususiyatlari 
  1. Qonning ahamiyati va vazifasi
  2. Qon tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari
  3. Qon guruxlari va qon quyish
2

11

12 Yurak qon tomir sistemalarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi 
  1. Yurakning funksiyalari va yosh xususiyatlari
  2. Qon aylanishining ahamiyati. Katta va kichik qon aylanish doirasi
  3. Pulʼs va qon bosimi va ularning yosh xususiyatlari
2

12

13 Ayiruv tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi 
  1. Ayiruv jarayonlarining ahamiyati
  2. Buyraklar tuzilishi va ularni yosh xususiyatlari
  3. Siydik hosil boʻlish mexanizmi
  4. Turli yoshdagi bolalar sutkalik siydik miqdori
  5. Bolalarda tunda siydik tuta olmaslik, uning kelib chiqish sabablari
2

13

14 Nafas organlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi 
  1. Nafas olishning ahamiyati va nafas tizimining vazifasi
  2. Tashqi va ichki nafas olish
  3. Oʻpkaning tiriklik sigʻimi, oʻpka ventelyatsiyasi va
  4. Muskul ishi vaqtida nafas olish
  5. Nafas gigiyenasi
2

14

15 Bolalar va oʻsmirlar sogʻligi. Yuqumli kasalliklar va ularning oldini olish 
  1. Salomatlik haqida tushuncha. Bolalar va oʻsmirlar salomatlik holati
  2. Immunitet
  3. Oʻtkir va surunkali kasalliklar
  4. Kasalliklarni tarqalish manbalari
  5. Tugʻma va hayot davomida orttirilgan immunitet
2

15

Jami 30

amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan


5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Yoshlik davrlari va yoshga oid oʻzgarishlar haqida tushuncha. 
  1. Oʻsish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari
  2. Yoshlik davrlarining morfologik va fiziologik xususiyatlari
2

1

2 Irsiy kasalliklar va ularning turlari. 
  1. Irsiyat va irsiy kasalliklar
  2. Yoshlik davrida uchruvchi irsiy kasalliklar
2

2

3 Nerv tizimi. 
  1. Nerv tizimining ahamiyati va gigiyenasi
  2. Nerv markazlarining fiziologik xususiyatlari: qoʻzgʻalish va tormozlanish, markaziy nerv tizimining yoshga oid xususiyatlari, vegetativ nerv tizimining oʻziga xos xususiyatlari
2

3

4 Oliy nerv faoliyatining tiplari. Nerv tizimining gigiyenasi. 
  1. Oliy nerv faoliyatining tiplari
  2. Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish
2

4

5 Sensor tizim. 
  1. Analizatorlarning turlari: koʻrish analizatorining yosh xususiyatlari
  2. Koʻrish qobiliyatining pasayishini oldini olish. Eshitish analizatori
2

5

6 Ichki sekretsiya bezlari. 
  1. Garmonlar, ularning organizmdagi vazifasi
  2. Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyati va endokrin kasalliklar
2

6

7 Skelet tuzilishi, patologiyasi va gigiyenasi. 
  1. Odam skeletinnig umumiy tuzilishi va yosh xususiyatlari va xillari
  2. Umurtqa pogʻonasi va ularning egriliklari, egriliklarning shakllanishi
2

7

8 Muskul tizimi fiziologiyasi, gigiyenasi. 
  1. Muskullarning dinamik va statik ishi
  2. Turli yosh davrlarida muskullar kuchi, tezligi, chaqqonligi, chidamligi, va massasining oʻzgarishi. Charchash uning fiziologik mexanizmi
2

8

9 Ovqatlanish va hazm. 
  1. Ogʻiz boshligida, meʼda va ichakda ovqat hazm boʻlishining xususiyatlari
  2. Jigarning ovqat hazm qilishdagi ahamiyati
2

9

10 Moddalar va energiya almashinuvi. 
  1. Moddalar va energiya almashinuvining yosh xususiyatlari
  2. Bola oʻsishi va rivojlanishida suv, mineral tuzlar va vitaminlarning ahamiyati
2

10

11 Organizmning umumiy tuzilishi. Qon - universal ichki muxit. 
  1. Qonning ahamiyati
  2. Qon tarkibi, uning vazifalari va ularning yosh xususiyatlari
2

11

12 Yurak va qon tomirlar fiziologiyasi va gigiyenasi. 
  1. Yurakning funksiyalari va yosh xususiyatlari
  2. Qon aylanishining ahamiyati. Katta va kichik qon aylanish doirasi
2

12

13 Ayiruv jarayonlarining ahamiyati. 
  1. Buyraklar tuzilishi va ularni yosh xususiyatlari
  2. Siydik hosil boʻlish mexanizmi. Turli yoshdagi bolalar sutkalik siydik miqdori
2

13

14 Nafas fiziologiyasi va gigiyenasi. 
  1. Nafas organlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi
  2. Nafas olishning ahamiyati. Nafas tizimining vazifasi. Tashqi va ichki nafas olish
2

14

15 Salomatlikning umumiy muammolari. Bolalar va oʻsmirlar salomatlik holati. 
  1. Salomatlik haqida tushuncha
  2. Organizmni chiniqtirish usullari
2

15

Jami 30

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ijtimoiy muhitning taʼsiri 

1

2 Bolalarda vitaminlar yetishmovchiliginung oqibatlari 

2

3 Zararli odatlar va ularni oldini olish 

3

4 Onalar salomatligi-kelajak poydevori 

4

5 Rivojlanishdagi kritik davrlar 

5

6 Biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga taʼsiri 

6

7 Bolalarda ikkinchi signal tizimining rivojiga taʼsir etuvchi omillar 

7

8 Bolalarning jinsiy tarbiyasi 

8

9 Bolalar hissiyotlari xususiyatlari 

9

10 Diqqatning neyrofiziologik xususiyatlari va ontogenezda oʻzgarishi 

10

11 Muskullar faoliyati va bolaning jismoniy imkoniyatlari 

11

12 Bolalarda emotsional stresslarni oldini olish usullari 

12

13 Individual rivojlanish davomida immin reaksiyalarning shakllanishi 

13

14 Endemik buqoqning kelib chiqish shart sharoitlari va muhitga bogʻliqligi 

14

15 Tabiiy va sunʼiy omillar taʼsirida inson organizmida sodir boʻladigan fiziologik koʻrsatkichlar 

15

16 Koʻrish va eshitish organlarining xususiyati va gigiyenasi. Yaqindan koʻrish va uni oldini olish. 

16

17 Sinf xonasining yoritilishiga qoʻyilgan gigiyenik talablar. 

17

18 Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyati va endokrin kasalliklar 

18

19 Yuqumsiz va yuqumli kasalliklar. 

19

20 Organizmdagi suyaklarning tuzilishi, ularning yosh xususiyatlari va xillari. 

20

21 Irsiyat va irsiy kasalliklar. 

21

22 Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari. 

22

23 Mehnat taʼlimi gigiyenasi. 

23

24 Sutkalik energiya sarfi. 

24

25 Ovqat hazm qilishning yosh xususiyatlari, ovqatlanish gigiyenasi. 

25

26 Bolalarda nevroz, uyqu, tush koʻrish va gipnoz, uyqu gigiyenasi. 

26

27 Qon aylanish tizimining yosh xususiyati va gigiyenasi. 

27

28 Nafas tizimining yosh xususiyati va gigiyenasi. 

28

29 Ayiruv organlari. 

29

30 Organizmni chiniqtirish va chiniqtirish usullari. 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazius yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Rajamurodov Z. T., Bozorov B. M., Rajabov A. I, Hayitov D, G “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy oʻquv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan). Toshkent. “Tafakkur boʻstoni” 2013 y      
  2. Sodiqov Q., Aripova S. H, Shaxmurova G. A “Yosh fiziologiyasi va gigiyena” Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2009 y      
  3. Aripova S. H, Shaxmurova G. A “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi” oʻquv qoʻllanma, T.: “Fan va texnologiya”. 2010 y      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Almatov K, Klemesheva L. K, Matchanov A. T, Allamuratov Sh. I “Ulgʻayish fiziologiyasi”. T.: M. Ulugʻbek nomidagi bosmaxonasi. 2004 y      
  2. Mamatqulov D. A Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari. T.: “Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati”. 2017      
  3. Махмудов Э Возрастная физиология и основы гигиена Т. Изд. Лит. Фонда союза писателей РУз. 2006      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/      
  • https://www.physoc.org/      
  • https://www.physiology.org/      
  • https://www.khanacademy.org/science/biology      
  • https://www.hapsweb.org/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / media koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Abduvaliyeva Feruza Muxamatnurovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: madinaxolmirzayeva@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

D.Kosimov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

M.Xolmirzayeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, D 410 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti)

(imzo)

A.Mutalipov

Kafedra mudiri

(imzo)

F.Abduvaliyeva

Fan oʻqituvchisi