JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Valeologiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200-Davolash ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 2
Semestr 3-semestr
Fan nomi Valeologiya Fan kodi VAL2303
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
44
(aud)
46
(must)
14 30

2. Fan maqsadi

talabalarga aholi orasida kasallanish, aholini oʻrtacha umr davomiyligini uzaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni oʻrgatishdir. Bunga sogʻlom turmush tarzini yaratish, aholi ongida tibbiy faollikni oshirish, talabalarga fanning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini oʻrgatish, nazariy, amaliy, uslubiy va tashkiliy bilimlarni hosil qilishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • aholi salomatligiga tasir etuvchi omillarni asosiy mezonlarini,;
  • ijtimoiy muhit hayot tarzi, atrof-muxit omillari va patronaj ishlarini;
  • salomatlik psixologiyasini shakllantirishni,;
  • salomatlik va kasallik tushunchalarini;
  • individual salomatlikni saqlash va uni mustahkamlashni;
  • salomatlik darajasini oshirish yoʻli bilan kasalliklarni birlamchi, ikkilami va uchlamchi profilaktika ishlarini bilishni oʻrgatishdan iboratni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • talabalarga valeologiya fanini mushohada qilish usullari bilan tanishtirish, ;
  • aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirish va uni ommaga yetkazish ;
  • aholi oʻrtasida hamshira patronaji ishlarini toʻgʻri tashkil etish ;
  • JSTT boʻyicha olib borilgan ishlarni monitoring va tahlil qilishni ;
  • aholini gigiyenik tarbiyalash va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Valeologiyani fan sifatida oʻqitilishi, maqsadi va vazifalari 
  1. Salomatlik va kasallik tushunchalari. Aholi va shaxs (jamoa va individual) salomatlik darajasini oʻrganish, baholash
  2. Turmush tarzi va uni turkumlari. Sogʻlom turmush tarzi va uni yaratishni asosiy shartlari
  3. Tibbiyotda sogʻliq taʼrifi (JSST, biomeditsina va biosotsial modellari)
  4. Valеologiyaning klinik va profilaktik tibbiyotdagi oʻrni
2

1

2 Sogʻliqning fiziologo-gigiyenik asoslari 
  1. Gomeostaz, moslashuv va organizmning funksional zaxiralari
  2. Stress va distres: patofiziologik mexanizmlar
  3. Sogʻliqni saqlashda immun va endokrin tizimlarning roli
2

2

3 Surunkali noinfeksion kasalliklar (SNIK) xavf omillari 
  1. Yurak-qon tomir kasalliklari xavflari: gipertoniya, gipеrxolesterinеmiya, semizlik, chekish
  2. Qandli diabet – tibbiy va ijtimoiy muammo sifatida
  3. Erta diagnostika va prognozlash usullari
2

3

4 Sogʻliq va turmush tarzi: kliniko-gigiyenik jihatlar 
  1. Ratsional ovqatlanish va alimentar kasalliklar
  2. Gipodinamiya va jismoniy faollik – davolash-profilaktika omili sifatida
  3. Psixoemotsional sogʻliq va kognitiv buzilishlar
2

4

5 Ekologiya va inson salomatligi 
  1. Atrof-muhit ifloslanishining somatik sogʻliqqa taʼsiri
  2. Radiatsion, kimyoviy va biologik omillar
  3. Ekologik epidemiologiya
2

5

6 Xulq atvor omillariga taʼsir koʻrsatishning valeologik yondoshuvlari 
  1. Inson xulqi, adaptivlik, dezadaptatsiya tushunchalari
  2. Xulq atvor omillarining axoli salomatligiga taʼsiri
  3. Aholini xayot tarzini toʻgʻri shakllantirish, giyohvandlik, alkogolizm va tamakiga qarshi kurash monitoringini toʻgʻri olib borish
2

6

7 Tibbiy valеologiyaning zamonaviy yoʻnalishlari 
  1. Kasallik oldi holati va doklinik diagnostika konsepsiyasi
  2. Zamonaviy tibbiyotda skrining
  3. Valеologiyada raqamli texnologiyalar va shaxsiylashtirilgan tibbiyot
2

7

Jami 14

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Tibbiy valeologiya metodlari: anketalar, testlar, fiziologik oʻlchashlar 
  1. Valeologiya metodlari haqida umumiy tushuncha
  2. Anketalar tuzish va qoʻllash
  3. Psixofiziologik testlar bilan ishlash
  4. Fiziologik oʻlchashlar (puls, bosim, nafas olish chastotasi)
2

1

2 Jismoniy rivojlanishni baholash: tana massasi indeksi, somatotip 
  1. Jismoniy rivojlanish tushunchasi
  2. Tana massasi indeksini hisoblash
  3. Somatotiplarni aniqlash
  4. Natijalarni talqin qilish
2

2

3 Talabalarda yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillarini aniqlash 
  1. Yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari
  2. Anketalar orqali xavfni baholash
  3. Klinik koʻrsatkichlarni hisobga olish
  4. Oldini olish boʻyicha tavsiyalar
2

3

4 Ovqatlanishni gigiyenik baholash, oziq-ovqat kundaliklarini tuzish 
  1. Toʻgʻri ovqatlanish mezonlari
  2. Oziq-ovqat kundaligini yuritish
  3. Ratsionni baholash
  4. Xulosalar ishlab chiqish
2

4

5 Psixofiziologik diagnostika metodlari: tashvishlanish darajasi, stressga chidamlilik 
  1. Psixofiziologik diagnostika tushunchasi
  2. Tashvishlanish darajasini aniqlash testlari
  3. Stressga chidamlilik usullari
  4. Natijalarni talqin qilish
2

5

6 Yomon odatlarni tahlil qilish va ularning klinik oqibatlari 
  1. Yomon odatlar haqida tushuncha
  2. Chekish va spirtli ichimliklarning oqibatlari
  3. Gadjetlarga qaramlik va salomatlik
  4. Oldini olish choralarini ishlab chiqish
2

6

7 Salomatlikning maʼnaviy tamoyili. Salomatlikning ruhiy tamoyili 
  1. Ruhiy taranglikning xavf omillari va belgilari
  2. Odam ruhiyatini shakllantirishning baʼzi xususiyatlari
  3. Odam salomatligining ruhiy jihatlari va uni shakllantirish tamoyillari
2

7

8 Immunoprofilaktika va vaksinalar: amaliy jihatlar 
  1. Immunitet haqida tushuncha
  2. Vaksinalarning turlari
  3. Talabalarda vaksina holatini oʻrganish
  4. Profilaktika ahamiyatini muhokama qilish
2

8

9 Salomatlikning jismoniy omili. 
  1. Jismoniy yuklamalar haqida tushuncha
  2. Jismoniy mashgʻulotlarning oʻziga xos tamoyillari
  3. Jismoniy koʻnikma va sifat
  4. Jismoniy holatni nazorat qilish uslublari va uni tashkil
2

9

10 Reproduktiv salomatlik va infeksiyalarni oldini olish 
  1. Reproduktiv salomatlik tushunchasi
  2. Infeksiyalar tarqalish yoʻllari
  3. Gigiyena va profilaktika choralarini ishlab chiqish
  4. Individual salomatlik dasturi yaratish
2

10

11 «Homilador ayol» maqsadli guruhi. «Goʻdak bola» maqsadli guruhi. 
  1. «Homilador ayol», «Goʻdak bola» maqsadli guruhiga oid maʼnaviy tamoyil
  2. «Homilador ayol», «Goʻdak bola» maqsadli guruhiga oid ruhiy tamoyil
  3. «Homilador ayol», «Goʻdak bola» maqsadli guruhiga oid jismoniy tamoyil
2

11

12 «Bolalik va oʻsmirlik» maqsadli guruhi. 
  1. «Bolalik va oʻsmirlik» maqsadli guruhiga oid maʼnaviy tamoyil
  2. «Bolalik va oʻsmirlik» maqsadli guruhiga oid ruhiy tamoyil
  3. «Bolalik va oʻsmirlik» maqsadli guruhiga oid jismoniy tamoyil
  4. «Bolalik va oʻsmirlik» maqsadli guruhiga oid tibbiy tamoyil
2

12

13 «Yoshlar» maqsadli guruhi 
  1. «Yoshlar» maqsadli guruhiga oid maʼnaviy tamoyil
  2. «Yoshlar» maqsadli guruhiga oid ruhiy tamoyil
  3. «Yoshlar» maqsadli guruhiga oid jismoniy tamoyil
  4. «Yoshlar» maqsadli guruhiga oid tibbiy tamoyil
2

13

14 «YEtuk va oʻrta yosh» maqsadli guruhi. 
  1. «YEtuk va oʻrta yosh» maqsadli guruhiga oid maʼnaviy tamoyil
  2. «YEtuk va oʻrta yosh» maqsadli guruhiga oid ruhiy tamoyil
  3. «YEtuk va oʻrta yosh» maqsadli guruhiga oid jismoniy tamoyil
  4. «YEtuk va oʻrta yosh» maqsadli guruhiga oid tibbiy tamoyil
2

14

15 «Keksa va qariyalar» maqsadli guruhi. 
  1. «Keksa va qariyalar» maqsadli guruhiga oid maʼnaviy tamoyil
  2. «Keksa va qariyalar» maqsadli guruhiga oid ruhiy tamoyil
  3. «Keksa va qariyalar» maqsadli guruhiga oid jismoniy tamoyil
  4. «Keksa va qariyalar» maqsadli guruhiga oid tibbiy tamoyil
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Umuminsoniy va milliy qadriyatlardagi sogʻliq konsepsiyasi 

1

2 Salomatlikning biologik va ijtimoiy omillari. 

2

3 Salomatlik darajasini baholash mezonlari. 

3

4 Sogʻlom turmush tarzi konsepsiyasi va uning bosqichlari. 

4

5 Jismoniy faollikning fiziologik mexanizmlari. 

5

6 Sport va sogʻlomlashtirish mashqlarining turli yosh davrlarida ahamiyati. 

6

7 Sogʻlom ovqatlanishning milliy anʼanalardagi koʻrinishlari. 

7

8 Vitaminlar va mikroelementlarning sogʻliqdagi oʻrni 

8

9 Ichimlik suvi sifati va uning organizm salomatligiga taʼsiri. 

9

10 Biologik faol qoʻshimchalardan foydalanishning valeologik jihatlari 

10

11 Mehnat va dam olish rejimini tashkil etish. 

11

12 Ish qobiliyati va charchashning fiziologik asoslari. 

12

13 Uyqu gigiyenasi va uyqusizlik oqibatlari. 

13

14 Ruhiy salomatlik va shaxsiy rivojlanish. 

14

15 Depressiya va tashvishlanishning sogʻliqka taʼsiri. 

15

16 Stressni yengishda psixologik treninglarning ahamiyati. 

16

17 Axborot oqimining (internet, ijtimoiy tarmoqlar) psixofiziologik taʼsiri. 

17

18 Radioaktiv nurlanishning inson salomatligiga taʼsiri. 

18

19 Kimyoviy omillar va ekologik toksikantlarning organizmga salbiy taʼsiri. 

19

20 Shovqin va vibratsiyaning salomatlikka taʼsiri. 

20

21 Allergiya va autoimmun kasalliklarning valeologik jihatlari 

21

22 Qarish jarayonlari va ularni sekinlashtirish yoʻllari. 

22

23 Giyohvandlik va psixotrop moddalar xavfi. 

23

24 Reproduktiv salomatlikning psixologik omillari. 

24

25 Bolalar va oʻsmirlar salomatligi (guruh xavf omillari). 

25

26 Keksalarda sogʻlom turmush tarzi muammolari. 

26

27 Jamoat salomatligi va valeologiya: aholining sogʻlomlik darajasini oshirish dasturlari. 

27

28 “Salomatlik maktablari” konsepsiyasi va ularning samaradorligi. 

28

29 Umuminsoniy va milliy qadriyatlardagi sogʻliq konsepsiyasi. 

29

30 Salomatlikning biologik va ijtimoiy omillari. 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Irgashev Sh. B Valeologiya (Valeologiya asoslari) darslik tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining barcha taʼlim yoʻnalishlari uchun . — Toshkent: infoCOM. UZ, 2015. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi      
  2. Aripov A. N “Valeologiyaning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari” oʻquv – uslubiy qoʻllanma Namangan 2020      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Tadjibayeva G “Inson salomatligi” oʻquv – uslubiy qoʻllanma Namangan 2023      
  2. Ibodullayeva X. T “Valeologiya asoslari” oʻquv qoʻllanma. Toshkent 2010y      
  3. Sodikov S Soʻglom turmush tarzini shakllantirish: oʻquv qoʻllanma. — Toshkent, 2007      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/      
  • https://www.physoc.org/      
  • https://www.physiology.org/      
  • https://www.khanacademy.org/science/biology      
  • https://www.hapsweb.org/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida topshiradi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Aysacheva Maftunabonu Oybek qizi


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: m.aysacheva@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

D.Kosimov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

E.Yuldashov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Juma soat 15.00 – 18.00, A517– xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

A.Mutalipov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Aysacheva

Fan oʻqituvchisi