JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tilshunoslik nazariyasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Tilshunoslik nazariyasi Fan kodi TN1,809
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

Talabalarni tilshunoslik asoslari fanining nazariy masalalari (tushunchalar, nazariyalar va ularning islubyuboti, sohaning amaliy masalalarini yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirishdan iborat. Ayni paytda u talabalarni shu sohada mantiqiy fikrlashga, ilmiy xulosa chiqarishga, tilshunoslikning nazariy va amaliy muammolarini hal etish koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga qoʻllay olishga oʻrgatish va natijada talabalarda yozma adabiy nutq meʼyorlariga munosabati kabilar yuzasidan bilimlarga ega boʻladilar;
  • talimni loyihalashtirishda taʼlim mazmuni, oʻqitish vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligini taʼminlash metodikalarini bilishi lozim;
  • mustaqil va ijodiy, tanqidiy-tahliliy fikr yuritish, turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va ulardan chiqishning muqobil variantini tanlay oladi;
  • ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va amaliyotga qoʻllash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllaydini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Tilshunoslik fanining asosiy terminlarini tushuntirib bera olishni biladi ;
  • Til sathlari haqida toʻla maʼlumot berish va ularning birliklarini ajrata oladi ;
  • Tilshunoslikning asosy masala va mavzularini yaxshi tushunadi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 “Tilshunoslik nazariyasi” fanining mundarijasi. Uning maqsad va vazifalari. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan munosabati 
  1. Tilshunoslik fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari
  2. Tilshunoslik fanining oʻrganilishi
  3. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan munosabati
2

1

2 Til- ijtimoiy hodisa sifatida 
  1. Til va jamiyat
  2. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliqligi
  3. Tilning ijtimoiy vazifalari: emotiv, akkumulyativ, estetik, metalisoniy va b
  4. Tilning jamiyatdagi koʻrinishlari: ogʻzaki va yozma
2

2

3 Til va tafakkur munosabati 
  1. Til va tafakkur aloqadorligining mantiqiy asoslari
  2. Til va tafakkur birliklari oʻrtasidagi munosabat
  3. Nutqiy faoliyat va uning mohiyati
2

3

4 Tilning taraqqiyoti 
  1. Tilning paydo boʻlishi
  2. Tilning paydo boʻlishi haqidagi nazariyalar
2

4

5 Dunyo tillari va tillar tasnifi 
  1. Tillarni tasniflash mezonlari
  2. Tillarning geneologik tasnifi
  3. Tillarning tipologik tasnifi
  4. Sunʼiy tillar
2

5

6 Yozuvning paydo boʻlishi, taraqqiyoti 
  1. Jamiyat tarixida yozuvning ahamiyati
  2. Yozuv va uning turlari
  3. Grafika va orfografiya
2

6

7 Til – ramzlar tizimi 
  1. Tilning semiotik tabiati
  2. Til belgilar sistemasi sifatida
  3. Semiotika va uning yoʻnalishlari
2

7

8 Tilning sathli tuzilishi. Til birliklari munosabati 
  1. Bir sathga mansub birliklar munosabati
  2. Turli sathga (sathlararo) mansub birliklar munosabati
2

8

9 Fonetika va fonologiya 
  1. Fonema til birligi sifatida
  2. Fonema haqidagi nazariyalar
  3. Invariant va variant munosabati
  4. Nutqning fonetik boʻlinishi
2

9

10 Morfemika 
  1. Soʻz yasovchi affikslar
  2. Aloqa munosabat shakllari
  3. Prefikslar, infikslar, postfikslar
2

10

11 Leksikologiya va semasiologiya 
  1. Til strukturasida soʻzning oʻrni
  2. Soʻz va tushuncha
  3. Leksemaning ikki tomoni
2

11

12 Grammatika. Morfologiya 
  1. Grammatika va uning tarkibiy qismlari
  2. Soʻz tushunchasi. Soʻzlarni turkumlarga ajratish tamoyillari
  3. Oʻzbek tilida soʻz turkumlarining tasnifi va tavsifi
  4. Grammatik kategoriya tushunchasi
2

12

13 Tilning sintaktik strukturasi 
  1. Soʻz birikmasi sintaksisi
  2. Sodda gap sintaksisi
  3. Qoʻshma gap sintaksisi
2

13

14 “Tilshunoslik” va boshqa fanlar 
  1. Til – tilshunoslik va boshqa sohalar predmeti sifatida
  2. Tilshunoslik va ijtimoiy fanlar
  3. Tilshunoslik va tabiiy fanlar
2

14

15 Lingvistik taxlil metodlari 
  1. Metodlarning fandagi oʻrni
  2. Umumiy va xususiy metodlar
  3. Tilshunoslikka oid metodlar
2

15

Jami 30

amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan


5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Til- ijtimoiy hodisa sifatida 
  1. Til va jamiyat
  2. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliqligi
  3. Tilning ijtimoiy vazifalari: emotiv, akkumulyativ, estetik, metalisoniy va b
  4. Tilning jamiyatdagi koʻrinishlari: ogʻzaki va yozma
2

1

2 Til va tafakkur munosabati 
  1. Til va tafakkur aloqadorligining mantiqiy asoslari
  2. Til va tafakkur birliklari oʻrtasidagi munosabat
  3. Nutqiy faoliyat va uning mohiyati
2

2

3 Tilning taraqqiyoti 
  1. Tilning paydo boʻlishi
  2. Tilning paydo boʻlishi haqidagi nazariyalar
2

3

4 Dunyo tillari va tillar tasnifi 
  1. Tillarni tasniflash mezonlari
  2. Tillarning geneologik tasnifi
  3. Tillarning tipologik tasnifi
  4. Sunʼiy tillar
2

4

5 Yozuvning paydo boʻlishi, taraqqiyoti 
  1. Jamiyat tarixida yozuvning ahamiyati
  2. Yozuv va uning turlari
  3. Grafika va orfografiya
2

5

6 Til – ramzlar tizimi. 
  1. Tilning semiotik tabiati
  2. Til belgilar sistemasi sifatida
  3. Semiotika va uning yoʻnalishlari
2

6

7 Tilning sathli tuzilishi. Til birliklari munosabati. 
  1. Bir sathga mansub birliklar munosabati
  2. Turli sathga (sathlararo) mansub birliklar munosabati
2

7

8 Fonetika va fonologiya 
  1. Fonema til birligi sifatida
  2. Fonema haqidagi nazariyalar
  3. Invariant va variant munosabati
  4. Nutqning fonetik boʻlinishi
2

8

9 Morfemika 
  1. Soʻz yasovchi affikslar
  2. Aloqa munosabat shakllari
  3. Prefikslar, infikslar, postfikslar
2

9

10 Leksikologiya va semasiologiya 
  1. Til strukturasida soʻzning oʻrni
  2. Soʻz va tushuncha
  3. Leksemaning ikki tomoni
2

10

11 Grammatika. Morfologiya 
  1. Grammatika va uning tarkibiy qismlari
  2. Soʻz tushunchasi. Soʻzlarni turkumlarga ajratish tamoyillari
  3. Oʻzbek tilida soʻz turkumlarining tasnifi va tavsifi
  4. Grammatik kategoriya tushunchasi
2

11

12 Tilning sintaktik strukturasi 
  1. Sintaktik sath va uning oʻrganish obyekti
  2. Soʻz birikmasi sintaksisi
  3. Sodda gap sintaksisi
2

12

13 Tilning sintaktik strukturasi 
  1. Qoʻshma gap sintaksisi
  2. Murakkab qoʻshma gap
  3. Koʻchirma gapli qoʻshma gap
2

13

14 “Tilshunoslik” va boshqa fanlar 
  1. Til – tilshunoslik va boshqa sohalar predmeti sifatida
  2. Tilshunoslik va ijtimoiy fanlar
  3. Tilshunoslik va tabiiy fanlar
2

14

15 Lingvistik taxlil metodlari 
  1. Metodlarning fandagi oʻrni
  2. Umumiy va xususiy metodlar
  3. Tilshunoslikka oid metodlar
2

15

Jami 30

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Til qurilishi va tizimi. 
  1. Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

1

2 Til va tafakkur 
  1. Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

2

3 Til va nutq. 
  1. Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

3

4 Til birliklari oʻrtasidagi munosabatlar 
  1. Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

4

5 Boduen de Kurtenening falsafiy qarashlari. 
  1. Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

5

6 Tilning tipologik tasnifi. 
  1. Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

6

7 Lisoniy paradigma. 
  1. Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

7

8 Lisoniy tasnif. 
  1. Lisoniy tasnif

8

9 Lisoniy ziddiyat. 

9

10 Anaʼaviy va struktur tilshunoslik munosabatlari masalasi. 

10

11 Tilning belgilar sistemasi ekanligi 

11

12 Dunyo tillari tasnifi 

12

13 Yozuv. 

13

14 Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga koʻra turlari: umumiy fonetika, xususiy fonetika (tavsifiy fonetika, tarixiy fonetika), qiyosiy fonetika, eksperimental fonetika. 

14

15 Fonetika aspektlari: 1. Fizik-akustik aspekt. 2. Anatomik-fiziologik aspekt. 3. Perseptiv aspekt. 4. Lingvistik-funksional aspekt. 

15

16 Fonema nazariyalari. Fonemaning differensial va integral belgilari. 

16

17 Tilning leksik taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar 

17

18 Tilning lugʻat tarkibi. 

18

19 Til taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar. 

19

20 Leksikologiyaning turlari: umumiy va xususiy leksikolgiya. Diaxron va sinxron leksikologiya. 

20

21 Leksik maʼnoning kengayishi va torayishi. 

21

22 Tilshunoslikning taraqqiyot bosqichlari va tilshunoslik maktablari 

22

23 Anʼanaviy tilshunoslik 

23

24 Sistem-struktor tilshunoslik. 

24

25 Antroposentrik tilshunoslik 

25

26 Strurturalizm maktablari, 

26

27 “Yosh grammatiklar” maktabi. 

27

28 Qozon lingvistik maktabi. 

28

29 Moskva lingvistik maktabi. 

29

30 Praga lingvistik maktabi. 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Sayfullayeva R. R. va boshq. Tilshunoslikka kirish. Darslik. - Buxoro. 2021. “Durdona”, – 274 b      
  2. Xolmonova Z. Tilshunoslik nazariyasi. Darslik. – Toshkent. “Nodirabegim”, 2020. – 256b      
  3. Irisqulov M. T. Tilshunoslikka kirish. Darslik. – Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2009. – 256b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent. 2008. -132 б      
  2. Qodirov Z. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent . ”Yangi asr avlodi”, 2025. – 332 b      
  3. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Darslik. – Toshkent. “Sharq”, 2010. – 176 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://ziyonet.uz/      
  • https://inlibrary.uz/      
  • https://arxiv.uz/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Kabuljonova Gulbaxor Komiljonovna

Arabboyeva Maxfuzaxon Akramjonovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: kabulzonovagulbahor@gmail.com
mahfuzaarabboyeva@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

O.Azamatova - Andijon davlat pedagogika instituti, Katta oʻqituvchi

F.Xabibullayeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 18:00, 401– xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

G.Kabuljonova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Arabboyeva

Fan oʻqituvchisi