JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tilshunoslik

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (roman-german tillari) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Tilshunoslik Fan kodi TILSHI 1104
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
48
(aud)
72
(must)
24 24

2. Fan maqsadi

talabalarni “Tilshunoslik” fani haqidagi asosiy masalalar (tushunchalar, nazariyalar va ularning uslubiyati, sohaning amaliy masalalarini yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish; talabalarning umumtaʼlim tahsil jarayonida olgan bilimlarini umumlashtirilishi va mustahkamlanishini; tilning oʻziga xos tabiatini tahlil etishni; til va jamiyat; til va tafakkur; til va nutq munosabatlarini oʻrganishni; talabalarga “Tilshunoslik” kursi doirasida mustaqil fikrlay olish koʻnikmalarini shakllantirishni oʻz oldiga maqsad qilgan.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Hozirgi oʻzbek adabiy tili (HOʻAT1306)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga qoʻllay olishga oʻrgatish va natijada talabalarda yozma adabiy nutq meʼyorlariga munosabati kabilar yuzasidan bilimlarga ega boʻladilar;
  • taʼlimni loyihalashtirishda taʼlim mazmuni, oʻqitish vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligini taʼminlash metodikalarini bilishi lozim;
  • mustaqil va ijodiy, tanqidiy-tahliliy fikr yuritish, turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va ulardan chiqishning muqobil variantini tanlay oladi;
  • ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va amaliyotga qoʻllash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllaydini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Tilshunoslik fanining asosiy terminlarini tushuntirib bera olishni biladi ;
  • Til sathlari haqida toʻla maʼlumot berish va ularning birliklarini ajrata oladi ;
  • Tilshunoslikning asosy masala va mavzularini yaxshi tushunadi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. Tilshunoslik fani – til haqidagi fan sifatida 
  1. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bogʻliqligi va ular orasidagi oʻrni
  2. Til-ijtimoiy hodisa
  3. Tilning mohiyati
2

1

2 Tillarning tarixiy rivojlanishi 
  1. Tilning paydo boʻlishi haqidagi nazariyalar
  2. Til va sheva. Til – tabiiy tilning belgilar tizimi sifatida
  3. Til tizimi va uning tuzilishi
2

2

3 Fonetika. Til tovushlarini oʻrganishning akustik aspekti 
  1. Nutq tovushlarining tasnifi
  2. Fonologiya. Fonema haqida tushuncha
  3. Fonemaning vazifasi
2

3

4 Nutqning fonetik boʻlinishi 
  1. Fonetik boʻlinish
  2. Nutqning fonetik birliklari
  3. a) fraza, b) takt, d) boʻgʻin, e) tovush
2

4

5 Yozuv va uning turlari 
  1. Yozuv turlari
  2. Alfavit
  3. Grafika
  4. Orfografiya
2

5

6 Leksika, leksikologiya va semasiologiya 
  1. Til tizimida soʻzning oʻrni
  2. Soʻz va tushuncha
  3. Soʻzning leksik maʼnosi
  4. Soʻz maʼnolari oʻrtasidagi munosabatlar
2

6

7 Soʻzlarning leksik maʼno munosabatlari 
  1. Omonimlar, ularning turlari
  2. Sinonimlar va ularning turlari. rshiliklar
  3. Tabu va efemizmlar
  4. Terminologiya
  5. Antonimlar va semantik qarama-qarshiliklar
  6. Frazeoligiya
2

7

8 Grammatika 
  1. Grammatika haqida tushuncha
  2. Grammatikaning turlari
  3. Soʻznig leksik va grammatik maʼnolari
  4. Grammatik maʼno ifodalovchi vositalar
2

8

9 Grammatik kategoriyalar 
  1. Grammatik jins (rod) kategoriyasi
  2. Son kategoriyasi
  3. Kelishik kategoriyasi
  4. Zamon kategoriyasi
2

9

10 Morfologiya 
  1. Morfologiya haqida umumiy tushuncha
  2. Soʻz turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari
  3. Turli tillarda soʻz turkumlarining soni masalasi
2

10

11 Sintaksis 
  1. Umumiy tushuncha
  2. Sintaktik munosabat turlari
  3. Sintaktik munosabatlarni ifodalovchi voitalar
  4. Soʻz birikmasi
  5. Gapning va uning tuzilishi va kommunikativ maqsadiga koʻra turlari
2

11

12 Dunyo tillarining tasnifi 
  1. Tillarning geneologik tasnifi
  2. Tillarning tipologik tasnifi
  3. Tillarning areal tasnifi
2

12

Jami 24

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Til – ijtimoiy hodisa. 
  1. Tilning paydo boʻlishi
  2. Tilning va jamiyat
  3. Tilning jamiyatdagi roli
2

1

2 Tilning paydo boʻlishi haqida nazariyalar. 
  1. Undovlar farazi
  2. Mehnat chaqiriqlari farazi
  3. Ijtimoiy kelishuv farazi
  4. Tillarning shakllanishi va rivojlanishi
  5. Milly tillar taraqqiyoti
2

2

3 Dunyo tillari va ularning tasnifi. 
  1. Qiyosiy tipologiya
  2. Genetik tasnif
  3. Morfologik tipologiya
2

3

4 Tilning lugʻat sathi. 
  1. Soʻz va leksema
  2. Leksik maʼno va uning tuzilishi
  3. Lekisk semantik guruh
2

4

5 Tilning grammatik sathi. Grammatik maʼno ifodalovchi vositalar 
  1. Morfologik sath
  2. Sintaktik sath
  3. Gapda shakl va mazmun
2

5

6 Tilshunoslik va ijtimoiy fanlar. 
  1. Tilshunoslik va falsafa
  2. Tilshunoslikning mantiq bilan munosabati
  3. Tilshunoslik va adabiyot
  4. Tilshunoslik va psixologiya munosabati
  5. Tilshunoslikning etnografiya bilan munosabati
  6. Tilshunoslikning sotsiologita bilan munosabati
  7. Tilshunoslikning tarix bilan munosabati
2

6

7 Til qurilishi va tizimi. Til va nutq 
  1. Til qurilishi bosqichlari
  2. Tilning leksik qurilishi
  3. Tilning grammatik qurilishi
  4. Tilning fonetik qurilishi
2

7

8 Yozuv va uning koʻrinishlari. 
  1. Stenografiya
  2. Transkripsiya
  3. Transliteratsiya
2

8

9 Morfologiya. Soʻz turkumlari 
  1. Morf va morfema
  2. Morfemaning turlari
  3. Soddalashuv
  4. Qayta tuzilish
  5. Murakkablashuv
2

9

10 Sintaksis. Sintаksis qismlаri Soʻz birikmasi. 
  1. Gap sintaksisi
  2. Soʻz birikmalari
  3. Sintaktik munosabat turlari
2

10

11 Gap haqida maʼlumot. 
  1. Gapning turlari
  2. Gap boʻlaklari
  3. Gapning aktual boʻlinishi
2

11

12 Tilshunoslikning ekstralingvistik omillari 
  1. Tarixiy omillar
  2. Madaniy urf-odatlar
  3. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar
  4. Etnik va hududiy omillar
2

12

Jami 24

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Qiyosiy tipologiya 

1

2 Genetik tasnif 

2

3 Morfologik tipologiya 

3

4 Morfologik sath 

4

5 Sintaktik sath 

5

6 Gapda shakl va mazmun 

6

7 Tilning leksik qurilishi 

7

8 Tilning grammatik qurilishi 

8

9 Tilning fonetik qurilishi 

9

10 Stenografiya 

10

11 Transkripsiya 

11

12 Transliteratsiya 

12

 
 

Izoh: Talaba fan boʻyicha mustaqil ishni taqdimot, test va qisqacha bayon koʻrinishida topshiradilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi (darslik). – Toshkent, 2022      
  2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish(darslik). –Toshkent, 2005      
  3. Dadaboyev H. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi(darslik). – Toshkent, 2004      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni (“Xalq soʻzi”, 2017 yil, 8 fevral)      
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” (“Xalq soʻzi”, 2017 yil, 21 aprel)      
  3. Abduazizov A., Sheremeteva A. Umumiy tilshunoslik (darslik). – Toshkent, 2004      
  4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik (darslik). – T., 2010      
  5. Rahimova M. Soʻzning belgilik muammolari (dissertatsiya). – Toshkent, 2023      
  6. Bushuy A. M., Safarov Sh. Tilqurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi (darslik). – Toshkent, 2007      
  7. Yoʻldoshev I. va b. Tilshunoslik asoslari (oʻquv qoʻllanma). –Toshkent, 2013      
  8. Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlarivayoʻnalishlari (oʻquv qoʻllanma). –Andijon, 2006      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.ziyouz.com      
  • https://www.folksentr.ru      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot/media/yozma/vizual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse /hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. yozma Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Majidova Zulayxo Abdimuminovna

Oʻrinova Shoxsanamxon Nosirjon qizi


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: dr.zulayxo@gmail.com
shohsanamgulomova98@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Ingliz filiologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

V.Vositov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Professor

J.Egamberdiyev - Andijon davlat chet tillar instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 18:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Ingliz filiologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

D.Egamnazarova

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Majidova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

Sh.Oʻrinova

Fan oʻqituvchisi