JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiyotda axborot texnologiyalari

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300-Pediatriya ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Tibbiyotda axborot texnologiyalari Fan kodi TBFTAT11-208
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

tibbiy muassasalarda maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan ravishda ishlab chiqish, saqlash, tahlil qilish va ulardan foydalanishni taʼminlash, elektron salomatlik (e-health) tizimlarini, telemeditsina, maʼlumotlar bazalari, sunʼiy intellekt asosida tibbiy diagnostika vositalarini rivojlantirish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlarni muolaja jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlash, sunʼiy intellekt va Big Data analizlaridan foydalanib, tibbiyotni raqamlashtirish, bemorlar maʼlumotlarini idora etish, diagnostika va davolash jarayonlarini avtomatlashtirish, texnik, dasturiy, tarmoq resurslaridan samarali foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi; - tibbiyot sohasida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdagi nazariy va amaliy bilimlarni egallash, tibbiyotda qoʻllanilayotgan fizik va matematik modellar toʻgʻrisidagi zamonaviy nazariy bilimlarni egallash, tibbiy statistik maʼlumotlarni toʻgʻri taxlil qila bilish, taxlil qilingan natijalardan kelib chiqqan holda kasallikning oldini olish yoki davolash yoʻllarini aniqlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish borasida asosiy amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish, internet tarmogʻida ishlash, axborot qidirish va ulardan foydalanish, tibbiyot axbort tizimlari xususiyatlari, maʼlumotlar bazasini tashkil etish, ekspert tizimlari va axborot xavfsizligi asoslarini koʻnikmalariga ega boʻlishi; - goballashuv va barqaror taraqqiyotning omillarini, korrupsiyaning global maʼnaviy inqiroz oqibati ekanligini bilishi, unga qarshi kurashda dahldorlik tuygʻusi shakllangan boʻlishi, ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtira olish, tana va ruhiy sogʻlik, tafakkur xavfsizligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, tanqidiy tafakkur imkoniyatlaridan jamiyat barqarorligini taʼminlash, ijtimoiy nazoratni oshirish va shaxsiy masʼuliyatni oshirish maqsadlarida foydalanish bʼoyicha malakalariga ega boʻlishi taʼminlanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Axborot texnologiyalaridan foydalanish borasida asosiy amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish, internet tarmogʻida ishlash, axborot qidirish va ulardan foydalanish, tibbiyot axbort tizimlari xususiyatlari, maʼlumotlar bazasini tashkil etish, ekspert tizimlari va axborot xavfsizligi asoslarini bilishi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan bugungi kunda yuqori darajada foydalana olish, ularni tibbiyotning turli soxalarida maʼlumotlar toʻplashda, diagnostika va davolashda qoʻllash, nanotexnologiyalar haqida umumiy maʼlumotlarga ega boʻlish, yaratilish va rivojlanish tarixini oʻrganishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Internet ijtimoiy tarmoqlarida axborotni tanlash va ulardan foydalanish usullarini egallashi, oʻzining kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qilishi, bakalavriatning mos yoʻnalishi boʻyicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega boʻlishi, kiberterrorizm, kiberzoʻravonlik (cyberbullying)ga qarshi mafkuraviy immuniteti shakllangan boʻlishi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Axborot va axborot jarayonlari. Tibbiyotda axborotlashtirish usullari va vositalari 
  1. Axborot tushunchasi va uning tibbiyotdagi oʻrni
  2. Axborot jarayonlarining asosiy bosqichlari
  3. Tibbiyotda axborotlashtirish zaruryati va maqsadlari
2

1

2 Zamonaviy kompyuterlarning ishlash printsipi 
  1. Kompyuter arxitekturasi va asosiy komponentlari
  2. Protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalari
  3. Fon Neyman arxitekturasi printsipi
2

2

3 Kompyuterga maʼlumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari 
  1. Kiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi
  2. Kiritish-chiqarishni boshqarish vositalari
  3. Kiritish chiqarish kanallari va protsessorlari, kiritish chikarish modullari
2

3

4 Dasturiy taʼminot va uning rivojlanib borish tendensiyalari. Zamonaviy operatsion tizimlarning tavsifi 
  1. Dasturiy taʼminot tushunchasi
  2. Operatsion tizim va ularning turlari
  3. Windows Operatsion tizimi va uning imkoniyatlari
2

4

5 Arxivlashtirish dasturlari. Antivirus dasturiy vositalar 
  1. Arxivlashtirish dasturlari
  2. Fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy maʼlumot
  3. Antivirus dasturiy vositalar
2

5

6 Tibbiyotda raqamli texnologiyalar. Biotibbiyot oʻlchash tizimlari 
  1. Mobil sogʻliqni saqlash (mHealth)
  2. Virtual va qoʻshimcha reallik (VR/AR)
  3. Biosignallar va ularning xususiyatlari
2

6

7 Tibbiy hujjatlarni yaratish, hujjatlarni saqlash, hujjatdan chiqish usullari 
  1. Tibbiy hujjatlarning turlari va standartlari
  2. Elektron tibbiy kartalar yaratish printsipi
  3. Hujjatlar xavfsizligi va maxfiylik talablari
2

7

8 Kompyuter tizimiga ega boʻlgan tibbiy apparatlar va ularning ishlash mexanizmlari 
  1. Zamonaviy tibbiy apparatlarning arxitekturasi
  2. Diagnostika apparatlari va kompyuter tizimi
  3. Monitoring va nazorat tizimlari
2

8

9 Tibbiy biologik tajriba natijalarining oʻrtacha qiymatlarini statistik baholash 
  1. Dastlabki maʼlumotlarni tayyorlash va koʻrib chiqish
  2. Oʻrtacha qiymat turlari (arifmetik, geometrik) ni xisoblash
  3. Natijalarni hisoblash va talqin qilish
2

9

10 Tibbiy maʼlumotlar asosida taqdimotlarini yaratish 
  1. Taqdimotlar haqida tushuncha
  2. Microsft Power Point va uning imkoniyatlari
  3. Power Point dasturida rasm, ovozlar va animastiyalardan foydalanish
2

10

11 Tibbiyotda grafik va animatsion modellashtirish 
  1. Tibbiy vizualizatsiya asoslari
  2. Tibbiy tasvirlarni qayta ishlash
  3. Jarrohlik rejalashtirish va simulyatsiya
2

11

12 Tibbiyotda elektron va multimediya ilovalarini yaratishdagi dasturiy vositalari 
  1. Multimediya tushunchasi va komponentlari
  2. Tibbiy taʼlimda multimedia qoʻllanilishi
  3. Interaktiv oʻquv materiallari yaratish
2

12

13 Tibbiyotda telekomunikatsiya texnologiyalari va internet resurslari 
  1. Telekommunikatsiya infratuzilmasi
  2. Video va audio aloqa tizimlari
  3. Tibbiy internet resurslari
2

13

14 Tibbiy robototexnika va avtomatlashtirish 
  1. Tibbiyotda robototexnika rivoji
  2. Jarrohlik robotlari (da Vinci va boshqalar)
  3. Reabilitatsiya va protezlashda robotlar
2

14

15 Sunʼiy intellekt va chatbotlar yordamida tibbiy yordam koʻrsatish 
  1. AI ning tibbiyotdagi ilovalari
  2. Mobil ilovalar yordamida diagnostik maʼlumotlar olish
  3. Chatbotlar platformasida ishlash
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Axborot haqida tushuncha. Tibbiyotda axborotlashtirish usullari va vositalari. 
  1. Axborot tushunchasi va uning xususiyatlari
  2. Axborotning turlari va tasniflash usullari
  3. Axborot qiymati va ahamiyati
2

1

2 Zamonaviy kompyuterlarning ishlash printsipi. 
  1. Kompyuter arxitekturasi va asosiy komponentlari
  2. Protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalari
  3. Fon Neyman arxitekturasi printsipi
2

2

3 Dasturiy taʼminot va uning rivojlanib borish tendensiyalari. Zamonaviy operatsion tizimlarning tavsifi. 
  1. Dasturiy taʼminot tushunchasi
  2. Operatsion tizim va ularning turlari
  3. Windows Operatsion tizimi va uning imkoniyatlari
2

3

4 Tibbiyot masalarini yechishda amaliy dasturiy taʼminot. 
  1. Tibbiy amaliyotda qoʻllaniladigan dasturiy taʼminot turlari
  2. Bemorlar maʼlumotlarini boshqarish tizimlari (HMS)
  3. Diagnostika va davolash dasturlari
2

4

5 Tibbiyotda ishchi oʻrinlarini avtomatlashtirishda mantli axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi. 
  1. Ishchi oʻrinlarida avtomatlashtirish zaruriyati
  2. Mantiqiy axborotlarning turlari va xususiyatlari
  3. Tibbiy malumotnomalar bilan ishlash
2

5

6 Sonli maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyasi. 
  1. Sonli maʼlumotlarning turlari va formatlari
  2. Maʼlumotlarni kiritish va tasdiqlash jarayonlari
  3. Xatolarni aniqlash va tuzatish
2

6

7 Tibbiyot maʼlumotlarini kompyuter yordamida analiz qilish. 
  1. Tibbiy maʼlumotlar tahlilining maqsadlari
  2. Deskriptiv statistika usullari
  3. Maʼlumotlarni guruhlash va tasniflash
2

7

8 Tibbiy taqdimotlar yaratish uchun dasturiy taʼminotlar. 
  1. Taqdimot dasturlari turlari (PowerPoint, Keynote, Prezi)
  2. Tibbiy taqdimotlarning strukturasi
  3. Professional dizayn printsipi
2

8

9 Tibbiyotda multimediya ilovalarini yaratishdagi dasturiy vositalari 
  1. Multimediya tushunchasi va komponentlari
  2. Tibbiy taʼlimda multimedia qoʻllanilishi
  3. Interaktiv oʻquv materiallari yaratish
2

9

10 Anatomiya strukturalarini grafik modellashtirish. 
  1. 3D modellaştirish asoslari
  2. Anatomik strukturalarning raqamli tasviri
  3. Medikal vizualizatsiya dasturlari
2

10

11 Global tarmoqda ishlashni tashkil etish. 
  1. Internet va global tarmoqlarning arxitekturasi
  2. TCP/IP protokoli va tarmoq konfiguratsiyasi
  3. Xavfsizlik va firewall sozlamalari
2

11

12 Internet tarmogʻida foydalanuvchilar registratsiyasi. 
  1. Foydalanuvchi autentifikatsiyasi printsipi
  2. Registratsiya jarayoni va maʼlumotlar yigʻish
  3. Parol xavfsizligi va himoya usullari
2

12

13 KL-75001 moduli yordamida elektro kardiogrammani oʻlchash filtrlar xususiyatlarini oʻrganish va KL-75007 moduli yordamida qon aylanish tizimi tezligini oʻrganish. 
  1. EKG signallarining fiziologik asoslari
  2. KL-75001 modulining texnik xususiyatlari
  3. Signal olish va kuchaytirgichlar
2

13

14 KL-75005 moduli yordamida qon bosimini otsilografik metod yordamida oʻlchash va KL-75007 moduli yordamida nafas olish sistemasini gisterezisini oʻrganish. 
  1. Qon bosimining fiziologik asoslari
  2. Otsilografik usulning printsipi
  3. Nafas olish fiziologiyasi asoslari
2

14

15 Sunʼiy intellekt (AI) va chatbotlar yordamida tibbiy yordam koʻrsatish. 
  1. AI ning tibbiyotdagi ilovalari
  2. Mobil ilovalar yordamida diagnostik maʼlumotlar olish
  3. Chatbotlar platformasida ishlash
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Axborot turlari va ularning tibbiyotda qoʻllanilishi 

1

2 Kompyuter qurilmalarining tibbiy muassasalardagi roli 

2

3 Operatsion tizimlar va ularning tibbiy dasturlarda ishlatilishi 

3

4 Kompyuter xotirasi turlari va tibbiy maʼlumotlar saqlash 

4

5 Kiritish-chiqarish qurilmalari tibbiy amaliyotda 

5

6 Dasturiy taʼminot turlari va tibbiyotdagi oʻrni 

6

7 Fayllar bilan ishlash va tibbiy hujjatlarni tashkil etish 

7

8 Laboratoriya maʼlumotlarini boshqarish tizimlari 

8

9 Tibbiy tasvirlarni qayta ishlash dasturlari 

9

10 Tibbiy asboblarni kalibrlash dasturlari 

10

11 Internet brauzerlari va tibbiy saytlarda ishlash 

11

12 Elektron pochta orqali tibbiy maʼlumotlar almashish 

12

13 Telemedisina xizmatlarining turlari 

13

14 Tibbiy maʼlumotlar bazalariga online kirish 

14

15 Maʼlumotlarni zaxiralash (backup) usullari 

15

16 Maʼlumotlar bazasining strukturasini loyihalash 

16

17 Indeksatsiya va qidirish tizimi 

17

18 Maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish usullari 

18

19 Foydalanuvchi huquqlari va kirish nazorati 

19

20 Maʼlumotlar bazasini optimallashtirish 

20

21 Hisobotlar yaratish va formatlash 

21

22 Maʼlumotlarni import/export qilish 

22

23 Arxivlash va uzoq muddatli saqlash 

23

24 Oʻrtacha qiymat va standart ogʻishni hisoblash 

24

25 Interaktiv taqdimotlar yaratish 

25

26 Multimedia prezentatsiyalar 

26

27 Tibbiy hisobotlar standartlari 

27

28 Maʼlumotlarni yoʻqotish xavflari 

28

29 Big Data tibbiyotda 

29

30 Laboratoriya natijalarini boshqarish tizimi 

30

 
 

Izoh: Mustaqil taʼlim soatlarini bajarish uchun talaba berilgan mavzulardan birini tanlab taqdimot tayyorlab himoya qiladi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Bazarbayev M. I., Tulaboyev A. K. va boshq., Tibbiyotda axborot texnologiyalari, Darslik. Toshkent. 2021. 348 b      
  2. Омельченко В. П., Демидова. А. А., Медицинская информатика, Учебник. 2016      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Ибрагимов И. М. Информационные технологии и средства дистанционного обучения. Учебноe пособиe. М.: Издательский центр «Академия». 2007      
  2. Sabirova D. A. Multimedia tizimlari va texnologiyalari, Oʻquv qullanma. T: TDIU. 2014      
  3. Чернов В. И. и др. Медицинская информатика, Учебное пособие. Ростов. 2007      
  4. Adizova Z. M., Avezov A. A., Norova F. F. Maʼlumotlar bazasi, Oʻquv uslubiy qoʻllanma. Buxoro 2022      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://academpark.com/upload/medialibrary/      
  • https://www.orgma.ru/sveden/education      
  • https://www.researchgate.net      
  • http://ib.medprof.tma.uz/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Toʻlkinxoʻjayeva Nilufarxon Rasuljon qizi

Tajibayev Gayrat Oribjanovich

Kamiljanov Nurmuxammad Alimjanovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: nanvarjonova378@gmail.com
tadjibaevgayratjon65@gmail.com
graf071966@mail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Abduvoxidov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

A.Medatov - Andijon davlat universiteti, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Toʻlkinxoʻjayeva

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

G.Tajibayev

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

N.Kamiljanov

Fan oʻqituvchisi