JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiy va biologik fizika. tibbiyotda axborot texnologiyalari

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100-Stomatologiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Tibbiy va biologik fizika. tibbiyotda axborot texnologiyalari Fan kodi TBFTAT1104
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: Bayon
YI: Test
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
30
(aud)
30
(must)
10 10 10

2. Fan maqsadi

talabalarga organizmdagi aʼzo va tizimlar faoliyatidagi fiziologik jarayonlarni toʻgʻri talqin qilish uchun zarur boʻlgan nazariy va amaliy bilimlarni singdirish, organizm aʼzo va toʻqimalarida turli kasalliklarning paydo boʻlishi jarayonlari asosida fizikaviy oʻzgarishlarning birlamchiligini koʻrsatishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun modul talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Biologik toʻqimalarning mexanik xossalari. Odam tayanch-harakat tizimlari. Tovushning fizik va fiziologik xaraktеristikalari. Eshitish boʻsagʻalari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • Biologik suyuqliklarni qovushqoqligi va ularning ichki ishqalanish koeffitsiеntini. Qon qovushqoqligini Gеss usuli orqali aniqlashni. Yurak qon tomir sistеmasi va uni modеllari. Yurakning ishi va quvvati toʻgʻrisida bilimga ega boʻlishlari lozim;
  • Tеrmodinamikaning asosiy tushunchalari. Organizm enеrgеtik tеnglamasi. Biosistеmani issiqlik balansi. Termodinamik potensiallar. Organizm va aʼzo xujayralarida energiya turlari, ularning oʻzaro almashinish usullari va qonuniyatlari haqida bilishi kerak;
  • Biologik toʻqimalarni elеktr xossalari. Elektr toki va maydonini fizoterapevtik ahamiyati. Organizm toʻqimalarining elektr va magnit xossalari. Biologik toʻqima va suyuqliklarning elektr oʻtkazuvchanligi. Elektr toki hosilaviy omillarini organizmga taʼsirining biofizikaviy asoslarini bilishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Tibbiy asbob va apparatlarni turlari va ularni qoʻllanish yoʻnalishlarini biladi. Tibbiy uskunani qoʻllash xavfsizligi. Tibbiy biologik axborotni olish, uzatish va qayd etishni bajarish amaliy koʻnikmalarini oladi ;
  • Tibbiyotda tovushni oʻlchashga asoslangan usullar. Dopler effekti. Ultratovush diagnostika va davolashda qoʻllanilishi. Stomatologiyada qoʻllaniladigan akustik usullari. Auskultatsiya. Perkussiyani oʻrganadi ;
  • Viskozametrlarni ishlata oladi. Arterial bosimini N. S. Korotkov usulida aniqlay oladi ;
  • Termogenez. Tеrmomеtriya. Tеrmografiya. Teplovizor. Krioterapiya. Materiallarni sinovdan oʻtkazishning issiqlik usullarini biladi ;
  • Biopotеntsiallarni qayd etadi. Elektrogrammalar. Kardiomonitoring. Elektrokardiografiyani bajara oladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. Biomexanika 
  1. Qattiq jismlar va biologik toʻqimalarning mexanik xossalari
  2. Materiallarning mexanik xossalari va ularni tekshirish usullari
  3. Biologik toʻqimalarning mexanik xossalari
  4. Tirik organizmlarda biomexanikaning baʼzi masalalari
  5. Suyak mexanikasini ortopediya, protezlash va toʻqima muhandisligi kabi sohalarda qoʻllanilishi
2

1

2 Biologik suyuqliklarning qovushqoqligi 
  1. Suyuqliklarning qovushqoqligi. Nyuton tenglamasi
  2. Qovushoq suyuqliklarning trubalardan oqishi. puazeyl formulasI
  3. Qovushoq suyuqlik ichida jismlar harakati. Stoks qonuni
  4. Suyuqlik qovushoqligini aniqlash usullari
  5. Qon qovushoqligini aniqlashning klinik usuli
  6. Laminar va turbulent oqimlar. Bernulli tenglamasi
2

2

3 Bioakustika va termodinamika 
  1. Termodinamikaning 1-qonuni va uni izojarayonlarga qoʻllanilishi
  2. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Entropiya
  3. Tirik sistemalar termodinamikasi
  4. Tovushning fizik xarakteristikalari
  5. Tovushdan klinikada foydalanish
  6. Issiqlik va hayot. Termometriya va kalorimetriya
2

3

4 Tirik organizmlarda elektr toki 
  1. Tok kuchi va tok zichligi
  2. Elektr manbalarining elektr yurituvchi kuchi
  3. Elektrolitlarning elektr oʻtkazuvchanligi
  4. Biologik toʻqimalar va suyuqliklarning elektr oʻtkazuvchanligi
  5. Organizm toʻqimalarining toʻla qarshiligi
  6. Mushaklarning faollashishi va elektr faolligi
2

4

5 Ionlashtiruvchi nurlanishning organizmga taʼsiri 
  1. Radioaktivlik
  2. Radioaktivlikning kimyoviy va biologik taʼsiri
  3. Radioaktiv nurlarning inson organizmga taʼsiri
  4. Nurlanish dozasi va ekspozitsion doza
  5. Nurlanish normalari. Ionlovchi nurlanishdan himoyalanish
  6. Rentgen nurlari
2

5

Jami 10

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Qattiq jismlar va biologik toʻqimalarning mexanik xossalari 
  1. Jismlarning deformatsiya qilish usullari
  2. Kuchlanishning deformatsiya kattaligiga bogʻliqligi
  3. Biologik toʻqimalarning mexanik xossalari
  4. Suyakning mexanik xususiyatlari, choʻzilish kuchi, bosim kuchi va elastikligini tahlil qilish
2

1

2 Tirik organizmda biomexanikaning baʼzi masalalari 
  1. Boʻgʻimlar biomexanikasi
  2. Mexanik harakatlarning suyaklarga taʼsiri
  3. Odamning tayanch harakatlanish apparatidagi boʻgʻimlar va richaglar
  4. Suyak mexanikasini ortopediya, protezlash va toʻqima muhandisligi kabi sohalarda qoʻllanilishi
2

2

3 Akustika. Tovushning fizik xususiyatlari 
  1. Tovushning fizik xususiyatlari va suyak tuzilishi oʻrtasidagi bogʻliqlik
  2. Eshitish sezgisini xarakteristikasi. Tovushni oʻlchash
  3. Suyakda tovushning tarqalishi
  4. Tovushni uzatishda suyak zichligi va tuzilishining ahamiyati
  5. Eshitish apparatlari va protezlar
2

3

4 Termodinamika qonunlarini tirik organizmga tadbiqini oʻrganish. 
  1. Termodinamika qonunlari va ularni tibbiyotdagi ahamiyati
  2. Organizm energetik tenglamasi
  3. Termometriya. Termografiya
  4. Miya funksiyalarni, maʼlumotlarni qayta ishlash va tana haroratini tartibga solish vazifalari
2

4

5 Lazerlar va ulardan tibbiyotda foydalanish. 
  1. Lazerlarning yaratilish tarixi
  2. Lazerlarning umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi
  3. Lazerlarning xossalari
  4. Lazerlarning tibbiyotdagi ahamiyati
2

5

Jami 10

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Texnika xavsizlik qoidalari. Oʻlchashlar, oʻlchash xatoliklarini hisoblash 
2

1

2 Elastiklik modulini qattiq jismning egilish deformatsiyasi yordamida aniqlash 
2

2

3 Qattiq jism jismning zichligini shtangensirkul va mikrometr yordamida aniqlash 
2

3

4 Stoks usulida suyuqlikning ichki ishqalanish koeffitsientini aniqlash 
2

4

5 Qattiq jismning solishtirma issiqlik sigʻimini aniqlash 
2

5

Jami 10

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 KT apparatining ishlash mexanizmi. 

1

2 MRT apparatining ishlash mexanizmi. 

2

3 MRT va KT apparatlarining bir biridan farqi va qoʻllanilish afzalliklari 

3

4 Bolalardagi kasalliklarni aniqlash va ularning jismoniy tomonlarini baholashda ultratovush, KT, MRT kabi fizikaviy usullarni qoʻllash. 

4

5 Organizmdagi ruhiy holatlar va jismoniy koʻrinishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganish va tahlil qilish 

5

6 Harorat, namlik, ultrabinafsha nurlanish va boshqa fizik omillarning tuberkulyoz mikro bakteriyasining yashashi va tarqalishiga taʼsirini oʻrganish. 

6

7 Oshqozon-ichak kasalliklarini tashxislash va baholashda endoskopiya, rentgenografiya, MRT qurilmalarini biofizik taʼsirini oʻrganish. 

7

8 Gepatotsitlar tuzilishi va funktsiyalarining fizik jihatlarini, shu jumladan metabolizm, detoksifikatsiya, oqsil va yogʻ sintezi mexanizmlarini oʻrganish 

8

9 Organizmda uglevodlar, yogʻlar va oqsillar almashinuvining fizik mexanizmlarini tahlil qilish. 

9

10 Toʻqimalar va organlarning tuzilishi va funksiyasini oʻrganishda MRT va KT kabi biofizik usullarni qoʻllash 

10

11 Oʻpkada gaz almashinuvining fizik va biologik mexanizmlari 

11

12 Shikastlanishning mexanik jihatlarini, ularning toʻqimalar tuzilishi va funksiyasiga taʼsiri 

12

13 urak, qon tomirlari. 

13

14 Qon aylanishining fizik mexanizmlari. 

14

15 Rentgen apparatining ishlash mexanizmi. 

15

 
 

Izoh: Talaba berilgan vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Bazarbayev M. I., Mullajonov I. va bosh. Biofizika, Darslik. Toshkent. 2018 y      
  2. Ремизов А. Н. . Медицинская и биологическая физика. Учебник. Москва. Издательская группа «ГЭОТАР-Медиа». 2018      
  3. Paul Davidovits Physics in Biology and Medicine, Darslik. 2019 y      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Jakub Míšek, Marcel Veterník, Ján Jakuš, Et Al. Medical biophysics. Martin, 2022      
  2. Oʻsarov X. S, Toʻlkinxoʻjayeva N. R. “Tibbiy va biologik fizika, Tibbiyotda axborot texnologiyalari” oʻquv qoʻllanma. Andijon 2025      
  3. Paul Davidovits. Physics in Biology and Medicine. Fourth Edition, 2013      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://jdpu.uz/wp-content/uploads/2020/08/Biofizika.pdf      
  • https://www.iseu.bsu.by/ru/wp-content/uploads/sites/2/2022/05/%D0%90.%D0%9D.%D0%A0%D0%B5%D0%BC%D0%B8%D0%B7%D0%BE%D0%B2-%D0%90.%D0%93.%D0%9C%D0%B0%D0%BA%D1%81%D0%B8%D0%BD%D0%B0-%D0%90.%D0%AF.%D0%9F%D0%BE%D1%82%D0%B0%D0%BF%D0%B5%D0%BD%D0%BA%D0%BE-%D0%9C%D0%B5%D0%B4%D0%B8%D1%86%D0%B8%D0%BD%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F-%D0%B8-%D0%B1%D0%B8%D0%BE%D0%BB%D0%BE%D0%B3%D0%B8%D1%87%D0%B5%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F-%D1%84%D0%B8%D0%B7%D0%B8%D0%BA%D0%B0.pdf      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil taʼlim. Talaba berilgan mustaqil taʼlim vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida oʻtilgan barcha mavzular va topshiriqlarni qamrab olgan savol asosida baholanadi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi. Testlar modulning oʻquv jarayoni tugaguniga qadar oʻtilgan mavzular va mustaqil taʼlim asosida tuziladi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 10 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil taʼlim Mustaqil taʼlim boʻyicha berilgan topshiriqlar asosida amalga oshiriladi 15 4-14 haftalar davomida
3. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. Bayon Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. Test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Niyazov Sherzod Adilovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: bank1361@mail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Fizika va matematika kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Xakimov - Andijon davlat universiteti, Kafedra mudiri

S.Usmonova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, B bino 104 – xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Fizika va matematika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

O.Axmedov

Kafedra mudiri

(imzo)

Sh.Niyazov

Fan oʻqituvchisi