JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Tibbiy va biologik fizika. tibbiyotda axborot texnologiyalari
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
boʻlajak mutaxassislarga organizmdagi aʼzo va tizimlar faoliyatidagi fiziologik jarayonlarni toʻgʻri talqin qilish uchun zarur boʻlgan nazariy va amaliy bilimlarni singdirish, organizm aʼzo va toʻqimalarida turli kasalliklarning paydo boʻlishi jarayonlari asosida biofizikaviy oʻzgarishlarning birlamchiligini koʻrsatishdir. Inson organizmining aʼzo, toʻqima va tizimlarining molekulyar, hujayra va toʻqimaviy biofizik xossa va xususiyatlarini tushunish, organizm holatini, kasalliklarning paydo boʻlish va rivojlanish mexanizmlarini va ularni bartaraf qilish – davolashning yangi usullarini yuqori texnologik saviyada yaratish uchun zarur boʻlgan zamonaviy fizikaviy bilimlarga ega boʻlishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Biologik toʻqimalarning mexanik xossalari. Odam tayanch-harakat tizimlari. Tovushning fizik va fiziologik xaraktеristikalari. Eshitish boʻsagʻalari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- Biologik suyuqliklarni qovushqoqligi va ularning ichki ishqalanish koeffitsiеntini. Qon qovushqoqligini Gеss usuli orqali aniqlashni. Yurak qon tomir sistеmasi va uni modеllari. Yurakning ishi va quvvati toʻgʻrisida bilimga ega boʻlishlari lozim;
- Tеrmodinamikaning asosiy tushunchalari. Organizm enеrgеtik tеnglamasi. Biosistеmani issiqlik balansi. Termodinamik potensiallar. Organizm va aʼzo xujayralarida energiya turlari, ularning oʻzaro almashinish usullari va qonuniyatlari haqida bilishi kerak;
- Biologik toʻqimalarni elеktr xossalari. Elektr toki va maydonini fizoterapevtik ahamiyati. Organizm toʻqimalarining elektr va magnit xossalari. Biologik toʻqima va suyuqliklarning elektr oʻtkazuvchanligi. Elektr toki hosilaviy omillarini organizmga taʼsirining biofizikaviy asoslarini bilishi kerakni bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- Tibbiyotda tovushni oʻlchashga asoslangan usullar. Dopler effekti. Ultratovush diagnostika va davolashda qoʻllanilishi. Stomatologiyada qoʻllaniladigan akustik usullari. Auskultatsiya. Perkussiyani oʻrganadi ;
- Viskozametrlarni ishlata oladi. Arterial bosimini N. S. Korotkov usulida aniqlay oladi ;
- Termogenez. Tеrmomеtriya. Tеrmografiya. Teplovizor. Krioterapiya. Materiallarni sinovdan oʻtkazishning issiqlik usullarini biladi ;
- Biopotеntsiallarni qayd etadi. Elektrogrammalar. Kardiomonitoring. Elektrokardiografiyani bajara oladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talaba berilgan vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
- Bazarbayev M. I., Mullajonov I. va bosh. Biofizika, Darslik. Toshkent. 2018 y
- Ремизов А. Н. . Медицинская и биологическая физика. Учебник. Москва. Издательская группа «ГЭОТАР-Медиа». 2018
- Paul Davidovits Physics in Biology and Medicine, Darslik. 2019 y
- Xakimov P. Tibbiy va biologik fizika fanidan laboratoriya mashgʻulotlari. Oʻquv qoʻllanma, Number one Andijon 2025
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
7.3. Axborot manbaalari:
- https://www.jfmed.uniba.sk/fileadmin/jlf/Pracoviska/ustav-lekarskej-biofyziky/Dokumenty_vyucba/Medical_Biophysics_with_practical_course-superfinal.pdf
- https://e-library.sammu.uz/uploads/books/Rus%20tilidagi%20adabiyotlar/%D0%A4%D0%B8%D0%B7%D0%B8%D0%BA%D0%B0/Medicinskaja_i_biologicheskaja_fizika_Remizov_A-N-_.pdf
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil taʼlim. Talaba berilgan mustaqil taʼlim vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida oʻtilgan barcha mavzular va topshiriqlarni qamrab olgan savol asosida baholanadi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi. Testlar modulning oʻquv jarayoni tugaguniga qadar oʻtilgan mavzular va mustaqil taʼlim asosida tuziladi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 10 | 2-13 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil taʼlim | Mustaqil taʼlim boʻyicha berilgan topshiriqlar asosida amalga oshiriladi | 15 | 4-14 haftalar davomida |
| 3. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 1-15 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | Bayon | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | test | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
osarovxamidullo@gmail.com xakimovpoziljon@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Fizika va matematika kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, B bino 104 – xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Fizika va matematika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) O.Axmedov Kafedra mudiri |
(imzo) X.Oʻsarov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) P.Xakimov Fan oʻqituvchisi |
