JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiy radiologiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300-Pediatriya ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 3
Semestr 6-semestr
Fan nomi Tibbiy radiologiya Fan kodi TR16-706
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: Ogʻzaki
YI: Ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
60
(aud)
60
(must)
8 48 4

2. Fan maqsadi

Fanning maqsadi - talabalarda tibbiyotda qoʻllaniladigan vizualizatsiyaning yangi texnologiyalari (anʼanaviy va raqamli rentgenologik tekshiruvlar, ultratovush tekshiruvlari, kompyuter tomografiya va magnit-rezonans tomografiya usullari, radionuklid diagnostikasi) ni va nur terapiyasini muayyan sharoitlarga mos xolda tanlab, usullari buyicha yunalish soxasiga mos bilim, koʻnikma va malaka shakllantirishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Patologik Anatomiyasi (Pa 14-513)

2. Patologik Fiziologiya (PaF14-513)

3. Klinik Anatomiya (KA14-504)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • 1 Bilimlar jihatidan:;
  • Oʻquv amaliyotini oʻtish davrida talabalar quyidagi amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari koʻzda tutilgan:;
  • nur diagnostikasida qoʻllaniladigan ionlovchi va noionlovchi nurlanishlarning turlari;
  • pediatrik radiologiyada, xususan suyak-boʻgʻim tizimi, endokrin tizimi, xamda reprodikutiv tizimida qoʻllaniladigan nur diagnostikasi usullarining imkoniyatlari;
  • tibbiy tasvirlarni raqamli qayta ishlash tizimi;
  • bemorlarni nur tekshiruvlariga tayyorlash hamda ularning bolalarda oʻziga xosliklari;
  • pediatriyada kompleks nur tekshiruvlarini qoʻllash boʻyicha taktikasi;
  • sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilish;
  • ionlashtiruvchi nurlanishdan himoyalanish vositalari va nurlanish salbiy taʼsirini oldini olish, davolash va kamaytirish choralari;
  • radiatsion xalokatlar roʻy berishi va yoʻqotilishida ishchilarni himoyalash vositalari va tibbiy chora-tadbirlari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi; - diagnostik va terapevtik nurlanish qoʻllanganda nurga qarshi himoya prinsiplari va mehnatni himoya qilish choralarini;
  • nur diagnostikasida tasvir hosil qilishning asosiy va maxsus usullari (rentgenologik, ultratovush, magnit-rezonans, kompyuter-tomografik,;
  • radionuklid) hamda bolalarda oʻziga xosliklarini;
  • nur diagnostikasi va terapiyasi apparatlarining ishlash prinsipini;
  • suyak toʻqimasi struktur oʻzgarishlarining asosiy rentgenologik simptomlari; sinish va chiqishlar, suyak sinishlarining yoshga xos asosiy oʻzgarishlari, singan suyaklar bitishining asosiy rentgenologik simptomlari, osteomiyelit, suyak-boʻgʻim tizimi sili hamda yaxshi va yomon sifatli oʻsmalari simptomlarini bilish va ulardan foydalana olishi;
  • boldir suyaklarining normal rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish;
  • son suyagi tuliq kiya sinish rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish;
  • normal qalqonsimon bezi exotomogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish;
  • bachadon boʻshligʻi bachadon ichi spirali (BIS) exotomogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish amaliy koʻnikmalariga ega boʻlishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan: ;
  • Pediatrik radiologiyada, xususan nafas aʼzolari, yurak va yirik tomirlar, oshqozon-ichak trakti, jigar, oʻt yoʻllari, siydik-tanosil tizimi hamda neyrovizualizatsiyada nur diagnostikasi usullarining imkoniyatlari; - nur dignostikasi usullarini oʻtkazish xususiyatlari va kasalliklar semiotikasi ;
  • sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilish ;
  • radiatsion xalokatlar roʻy berishi va yoʻqotilishida ishchilarni himoyalash vositalari va tibbiy chora-tadbirlari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi ;
  • pulmonologiyada qoʻllaniladigan nur diagnostikasi usullari, nafas aʼzolari kasalliklarining asosiy rentgenologik simptomlarini (oʻtkir pnevmoniya, oʻpka raki, oʻpka sili klinik va rentgenologik maʼlumotlar bilan taqqoslash yoʻli orqali, ekssudativ plevritda plevral boʻshliqda koʻp miqdorda suyuqlik yigʻilishi, nafas aʼzolari patologiyasining shoshilinch rentgendiagnostik belgilari (pnevmotoraks, atelektaz, gidropnevmotoraks)) ;
  • yurak va yirik tomirlarni tekshirishda qoʻllaniladigan nur diagnostikasi usullarini ;
  • oshqozon-ichak trakti, jigar va oʻt yoʻllarini tekshirishda qoʻllaniladigan nur diagnostikasi usullarini ;
  • siydik-tanosil tizimlari nur diagnostikasi usullarini, oʻtkir mexanik ichak tutilishi, qiziloʻngach va yumshoq toʻqimalarda yot jismlarning asosiy belgilarini bilish va ulardan foydalana olishi ;
  • koʻkrak qafasi aʼzolarining normal rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • bronxopnevmoniyaning rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • oʻpka kavernoz silining rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • oshqozon ichak tizimi kontrastli rentgenologik tekshiruviga bariy boʻtqasini tayyorlash ;
  • normal oshqozon rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • oshqozon yara kasalligi rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • siydik ayiruv tizimi normal rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • siydik tosh kasalligi rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • bemorlarda qorin boʻshligʻi aʼzolarini UT tekshiruviga tayyorlash; -normal jigar exotomogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • normal buyrak exotomogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • oʻt-tosh kasalligi exotomogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • gidronefroz exotomogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • kontrastlangan siydik ayiruv tizimi aʼzolarini oʻrganish rejasini (taʼriflash sxemasi) tuzish ;
  • burun yondosh boʻshliqlarini normal rentgenogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • umurtqa pogʻonasini sinishi rentgenogrammasini taʼriflash va ;
  • belgilangan tartibda protokolini toʻldirish ;
  • normal qalqonsimon bezi exotomogrammasini taʼriflash va belgilangan tartibda protokolini toʻldirish amaliy koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Ionlashtiruvchi nur tashxisoti usullari (rentgenologik: asosiy, kushimcha, maxsus, funksional, kompyuter-tomografik tekshiruvlar) 
  1. Rentgendiagnostika bulimi faoliyatini tashkillashtirish va jixozlash. Rentgenodiagnostikaning texnologik asoslari. Rentgen kompyuter tomografiya bulimi faoliyatini tashkillashtirish va jixozlash. Rentgen kompyuter tomografiyaning texnologik asoslari. Pediatriyada ionlashtiruvchi nurlanishlar kullanilishi xususiyatlari
2

1

2 Noionlashtiruvchi nur tashxisoti usullari (ultratovush va magnit-rezonans-tomografik tekshiruvlar) 
  1. Ultratovush tashxisoti bulimi faoliyatini tashkillashtirish va jixozlash. Ultratovush tashxisotining texnologik asoslari. Magnit-rezonanstomografik tashxisot bulimi faoliyatini tashkillashtirish va jixozlash. Magnit-rezonans-tomografiyaning texnologik asoslari. Termodiagnostika bulimi faoliyatini tashkillashtirish va jixozlash. Termodiagnostikaning texnologik asoslari
2

2

3 Tayanch-xarakat tizimining tibbiy vizualizatsiyasi 
  1. Tayanch-xarakat tizimining nur tekshirish usullari. Suyak va bugimlarning nur anatomiyasi. suyak-boʻgʻim tizimining tugʻma, jaroxatli, yalligʻlanish, degenerativ-distrofik va oʻsma jarayonlarini nur tashxisoti
2

3

4 Reproduksiya tizimi aʼzolarining tibbiy vizualizatsiyasi 
  1. Reproduksiya tizimi aʼzolarini nur tekshiruvi usullari. Erkak va ayol reproduksiya tizimi aʼzolari normal nur anatomiyasi va fiziologiyasi. Reproduksiya tizimi aʼzolari tugʻma anomaliyalari, yalligʻlanish va onkologik kasalliklarining nur tashhisoti. Homiladorlikni nur tashhisoti
2

4

Jami 8

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Xazm aʼzolari bilan kasallangan bemorlarni tekshirish usullari. Soʻrab-surishtirish. 
  1. Asosiy shikoyatlari. Simptomlar mexanizmi va diagnostik ahamiyati. Umumiy koʻzdan kechirish va ogʻiz boʻshligʻini koʻrish, qorinni koʻzdan kechirish
2

1

2 Qorin boʻshligʻi aʼzolarini palpatsiyasi (yuzaki va chuqur): 
  1. Diagnostik ahamiyati
  2. Zamonaviy laborator va instrumental tekshirish usullari
2

2

3 Xazm sistemasining asosiy klinik sindromlari: 
  1. oshqozonning evakuator faoliyatining buzilishi sindromi,
  2. oshqozonning giper- va giposekretor faoliyati sindromi, qizilungach, oshqozon va ichaklardan qon ketishi sindromi
2

3

4 Gastritlar simptomatologiyasi (oʻtkir va surunkali): 
  1. Meʼda va 12 barmoqli ichak yara kasalligi simptomatologiyasi
  2. Enterit va kolitlar simptomatologiyasi, laborator-instrumental diagnostikasi. Davolashning asosiy prinsiplari
2

4

5 Jigar va oʻt yoʻllari kasalliklarida bemorlarni tekshirish. 
  1. Soʻrab-surishtirish. Asosiy shikoyatlari, diagnostik ahamiyati
  2. Koʻzdan kechirish, jigar perkussiyasi (Kurlov boʻyicha), palpatsiyasi. diagnostik ahamiyati
4

5

6 Oshqozon osti bezi kasalliklari 
  1. simptomatologiyasi, laboratorinstrumental diagnostikasi
  2. Asosiy davolash prinsiplari
4

6

7 Buyrak kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari: 
  1. Soʻrabsurishtirish, asosiy shikoyatlari
  2. Koʻzdan kechirish, buyrakni paypaslash, tukillatish (Pasternaskiy simptomi)
4

7

8 Zamonaviy laborator va instrumental tekshirish usullari. 
  1. Siydikni laborator tekshirish usullari
  2. Nechiporenko sinamasi, diagnostik ahamiyati. Buyrakni funksional tekshirish usullari (Zimniskiy, Reberg sinamalari)
4

8

9 Buyrak va siydik yoʻllarini instrumental tekshirish usullari. 
  1. Laboratoriyada ishlash
  2. Buyrak kasalliklari asosiy klinik sindromlari: siydik sindromi, nefrotik sindrom, buyrak gipertenziya sindromi, oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi sindromi
4

9

10 Buyrak kasalliklari asosiy klinik sindromlari: 
  1. Siydik sindromi, nefrotik sindrom, buyrak gipertenziya sindromi, oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi sindromi
  2. Oʻtkir va surunkali pielonefrit va glomerulonefrit diagnostikasi
4

10

11 Buyrak yetishmovchiligi (oʻtkir va surunkali) belgilari. 
  1. Asosiy davolash prinsiplari. Bemorlar kuratsiyasi
  2. Kasallik tarixini yozish
4

11

12 Qon tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari 
  1. Qon tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari (asosiy shikoyatlari, anamnez, koʻzdan kechirish)
  2. Suyaklar, limfa tugunlar, talok palpatsiyasi (koidalari, texnikasi)
  3. Laborator-instrumental tekshirish usullari. Qonning umumiy taxlili. 4
4

12

13 Qon tizimi kasalliklari asosiy klinik sindromlari: 
  1. Anemiya sindromi, gemorragik diatezlar sindromi, dagnostikasi
  2. Davolashning asosiy prinsiplari. Oʻtkir va surunkali leykozlar simptomatologiyasi, diagnostika usullari
4

13

14 Ichki sekresiya bezlari kasalliklarida tekshirish usullari: 
  1. Soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish
  2. Qalqonsimon bez palpatsiyasi. Laborator va instrumental tekshirish usullari. Bemorlar kuratsiyasi
4

14

Jami 48

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Laboratoriya mashgʻuloti-1: Raqamli va plenkali rentgen tasvirlarga ishlov berish. 
2

1

2 Fotokimyoviy eritmalar va kontrast moddalarni tayyorlash tartibini aniqlash. 
  1. 1
2

2

Jami 4

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Ionlashtiruvchi nurlanishli nur tekshiruv usullarining fizik va texnologik asoslari. 

1

2 Noionlashtiruvchi nurlanishli nur tekshiruv usullarining fizik va texnologik asoslari. (ultratovush va magnit-rezonans-tomografik tekshiruvlar). 

2

3 Intervension radiologiya. Radioizotop tashxisot. 

3

4 Tayanch-harakat tizimi kasalliklari nur tashxisoti. 

4

5 Markaziy nerv tizimi kasalliklari nur tashxisoti. 

5

6 Yuz-jagʻ sohasi kasalliklari nur tashxisoti. 

6

7 Nafas tizimi aʼzolari kasalliklari nur tashxisoti. Koʻks oraligʻi aʼzolari kasalliklari nur tashxisoti. 

7

8 Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari nur tashxisoti. 

8

9 Oshqozon-ichak trakti kasalliklari nur tashxisoti. Gepatopanreatoduodenal soha kasalliklari nur tashxisoti 

9

10 Siydik ayiruv tizimi kasalliklari nur tashxisoti. 

10

11 Reproduksiya tizimi kasalliklari nur tashxisoti. 

11

12 Endokrin tizimi kasalliklari nur tashxisoti 

12

13 Sut bezi kasalliklari nur tashxisoti. 

13

14 Orttirilgan immun tanqislik sindromi (OITS) va silda patologiyalarning nur tashxisoti. 

14

15 Nur terapiya. Radiatsion xavfsizlik. 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan bоʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, тahliliy mаʼlumot, тajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va mаʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish kоʼrinishida topshiradi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Линденбранте Л. Д. Textbook of radiology and imaging Дарслик. – 2000й 667 стр      
  2. Ilyosov T. N. Klinik radiologiya asoslari. Darslik. - Toshkent. «Uzbekiston milliy ensiklopediyasi» nashriyoti. 2002 y. 335 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Василев A., Брайтензейер М., Покийзер П., Лехнер Г. Учебник по клинической и радиологической диагностике. - Москва. «Университеткое» издателство З. О. ОAО. 2012г. 452 стр      
  2. Василев A. Ю., Олхова Й. Б. Лучевая диагностика. Учебник. - Москва. Издателство «Геотар-медиа». 2008г. 568стр      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.auntminnie.com      
  • https://www.rsna.org      
  • https://www.acr.org      
  • https://www.arrs.org      
  • https://www.cornellrads      
  • https://www.radswiki.net      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. Ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. Ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Qutlikova Goʻzalxon Maxammadjonovna

Abduraxmonov Xojiakbar Ilxomjon oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: kutlikovagozal@gmail.com
hojia925@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Ganiyev - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

S.Xakimov - Andijon davlat tibbiyot instituti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00 108 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

G.Qutlikova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

X.Abduraxmonov

Fan oʻqituvchisi