JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiy kimyo, biologik kimyo

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100-Stomatologiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Tibbiy kimyo, biologik kimyo Fan kodi TBK12308
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
60
(aud)
60
(must)
8 44 8

2. Fan maqsadi

biologik kimyo fanining taʼlim berish maqsadi, talabalarga Biologik kimyo haqida umumiy tushuncha berish, xozirgi kun yutuqlari asosida talabalarda matearilistik dunyoqarashni shakllantirish; talabalarni umumnazariy bilim kompleksiga oʻrgatish: tirik organizmning kimyoviy tarkibi va butun organizmning faoliyat koʻrsatish jarayonida meyorda va patologik hollarda aʼzo, xujayra va molekulyar bosqichlarda vujudga keladigan oʻzgarishlar buning asosida boʻlajak mutaxassis umumiy shifokorni tayyorlash va biokimyoviy tashhisning ilmiy uslubiy asoslarini shakllantirishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tibbiy kimyo (TVG.GSI 112308)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Organizmdagi kimyoviy elementlar, ularning miqdoriy tarkibi va vazifalari. Organizmda elementlar bioakumulyatsiyasining oʻzgarishi bilan yuzaga keluvchi kasalliklarini bilishi kerak;
  • Metabolizm va energiya oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik. Termodinamikaning birinchi qonuni. Sistema va uning holat funksiyalari haqida bilimga ega boʻlishi kerak. Odam organizmi ochiq termodinamik sistema ekanligi;
  • Toʻqimalar va organizm suyuqliklarining elektr oʻtkazuvchanligi, tibbiyotda tashxis hamda davolashda elektrokimyoviy usullarni qoʻllanilishi. Ionlar konsentratsiyalarini aniqlashning elektrokimyoviy usullari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak;
  • Klinik laboratoriyalardagi konduktometriya va potensiometriya usullari haqidagi tushuncha va koʻrsatmalarni bilishi lozim. Biologik suyuqliklarning biokimyoviy tahlilida ushbu usullarning qoʻllanilishini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Miqdoriy tahlil uchun: tarozi, byuretka, pipetka, indikatorlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish ;
  • Biologik suyuqliklarda titrlash koʻnikmasini hosil qilish ;
  • Suv tarkibidagi Ca2+ ionlariga xos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish ;
  • Suv tarkibidagi Mg2+ ionlariga xos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish ;
  • Gipoatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish ;
  • Giperatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish ;
  • Oshqozon shirasi kislotaligi va patologik tarkibiy qismlarini aniqlay olishi; siydik analizini oʻtkazish va uning tarkibidagi patologik moddalarni aniqlash; fermentlar faolligi va turli biosuyuqliklardagi metabolitlar miqdorini reaktivlar toʻplami va biotestlardan bilan foydalangan holda aniqlay bilishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Moddalar almashinuviga kirish. Energiya manbalari va ozuqa komponentlari. Toʻqlik, ochlik, uzoq davom etgan ochlik. Kislotalar, ishqorlar, buferlar. Aminokislotalar va peptid bogʻlar 
  1. Metabolizm, metabolik yoʻllar haqida tushuncha, metabolizm xaritasi
  2. Katabolizm va anabolizm. Energiya manbalari va ozuqa komponentlari
  3. Toʻqlik, ochlik, uzoq davom etgan ochlikModdalar almashinuvi buzilishi natijasida paydo boʻluvchi kasalliklar; Raxit, Spazmofiliya. Bufer tizimlar va uning organizmdagi ahamiyati. Gomeostaz Aminokislotalarning tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi Oqsil tuzilishiga kirish va peptid bogʻlarning xosil boʻlishi Qondagi kislotalilik va ishqoriylikning buzilishi bilan bogʻliq kasalliklar (Atsidoz va Alkaloz
2

1

2 Oqsil tuzilishi. Ferment. Vitaminlar va elektron tashuvchilar 
  1. Oqsil tuzilishining umumiy xususiyatlari Gemoglobin oqsili tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati Insulin gormonining tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati
  2. Fermentlar tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati Qandli diabet, Marfan sindromi va Elarso – Danlao kasalligi Vitaminlar klassifikatsiyasi
  3. Suvda eruvchi vitaminlar Yogʻda eruvchi vitaminlar Vitamin yetishmovchiligi bilan bogʻliq kasalliklar( singa, raxit, beri – beri)
2

2

3 Biologik oksidlanish 
  1. Toʻqima nafas olishi. Terminal oksidlanish: ubixinon, sitoxromlar. Sitoxromoksidaza. Elektron tashuvchilar. Is gazidan zaharlanish, moliginant gipertermiya Ovqatning asosiy uglevodlari. Glikogen sintezi va parchalanishi, uning fiziologik ahamiyati, glyukokinaza va geksokinazalar taʼsiri
  2. Glyukoza katabolizmi
  3. Qandli diabet kasalligi va glikogen kasalliklari
2

3

4 Glikoliz, glikolizning boshqarilishi. Glukoneogenez, fruktoza va galaktoza metabolizmi 
  1. Glukoza hujayraga kiritilishi va ushlab qolinishi
  2. Glikoliz reaksiyalarining borishi, boshqa metabolik jarayonlar bilan bogʻlanishi Glikolizning boshqarilishi
  3. Glikoliz bilan bogʻliq patologik holatlar Glukoneogenez jarayoni va uning organizmdagi ahamiyati Fruktoza metobolizmi Galaktoza metobolizmi
  4. Irsiy fruktozaga intolerantlik, Galaktozemiya
2

4

Jami 8

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kislotalar, ishqorlar, buferlar. 
  1. Bufer tizimlar va uning organizmdagi ahamiyati. Gomeostaz
  2. Kislotalar va ishqorlarning umumiy kimyoviy xossalari
  3. Kislotalar va ishqorlarning turli biologik jarayonlarga taʼsiri (masalan, fermentlar faoliyati, ovqat hazm qilish, nerv impulslarini uzatish)
  4. Kislota-ishqor muvozanati va klinik holatlar Atsidoz va alkaloz: sabablari, turlari va ularning klinik belgilari. Kislota-ishqor muvozanatini tiklash usullari va davolash strategiyalari
4

1

2 Aminokislotalar va peptid bogʻlar. 
  1. Aminokislotalarning tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi
  2. Oqsil tuzilishiga kirish va peptid bogʻlarning hosil boʻlishi
  3. Qondagi kislotalilik va ishqoriylikning buzilishi bilan bogʻliq kasalliklar (Atsidoz va Alkaloz)
4

2

3 Oqsil tuzilishi. Ferment 
  1. Oqsil tuzilishining umumiy xususiyatlari Gemoglobin oqsili tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati
  2. Insulin gormonining tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati
  3. Fermentlar tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati
  4. Qandli diabet, Marfan sindromi va Elarso – Danlao kasalligi
4

3

4 Bioenergetika. Adenozin trifosfatning xususiyatlari. 
  1. Bioenergetika haqida tushuncha
  2. Biologik tizimlarda erkin energiyaning oʻzgarishi
  3. ATF xususiyatlari, tuzilishi, ahamiyati
  4. Biologik tizimlardagi energiya saqlovchi boshqa moddalar (GTF, STF, UTF)
4

4

5 Vitaminlar va elektron tashuvchilar. 
  1. Vitaminlar klassifikatsiyasi
  2. Suvda eruvchi vitaminlar
  3. Yogʻda eruvchi vitaminlar
  4. Vitamin yetishmovchiligi bilan bogʻliq kasalliklar( singa, raxit, beri – beri)
4

5

6 Katabolizmning umumiy yoʻllari. Piruvat metabolizmi 
  1. Piruvat degidrogenaza ferment kompleksi tuzilishi va uning glikolizdagi roli
  2. Mitoxondrial tuzilishi va glikolizdagi ahamiyati
  3. Krebs sikli
  4. Gipoenergetik holatlar biokimyosi taxlil qilish. Alimentlar ( B1, B2, B3, B5 gipovitaminozi, gipoksiya
4

6

7 Elektron tashuvchilar va biologik oksidlanish 
  1. Toʻqima nafas olishi
  2. Terminal oksidlanish: ubixinon, sitoxromlar. Sitoxromoksidaza
  3. Elektron tashuvchilar
  4. Is gazidan zaharlanish, malignant gipertermiya
4

7

8 Uglevodlar tuzulishi, proteoglikalar, glikoproteinlar va glikolipidlar 
  1. Uglevodlarning Tuzilishi Uglevodlarning turlari (monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlar)
  2. Proteoglikanlar. Proteoglikanlarning taʼrifi va tuzilishi. Proteoglikanlarning biologik funksiyalari
  3. Glikoproteinlarning biologik funksiyalari va ularning biologik membranalarda tutgan oʻrni. Glikoproteinlarning tibbiyotdagi ahamiyati (immunitet, qondagi markerlar)
  4. Glikolipidlarning hujayra membranalarida tutgan oʻrni va ularning transport va signal uzatishdagi roli
4

8

9 Uglevodlar almashinuvi va funksiyalari. Glikogen tuzilishi, glikogen kasalliklari. 
  1. Ovqatning asosiy uglevodlari
  2. Uglevodlarning hazmlanishi va soʻrilishi, bijgʻish, sutni koʻtaraolmaslik. Soʻrilgan uglevodlarning organizmdagi taqdiri. Glikogen tuzilishi, uning sintezlanishi va uning organizmdagi ahamiyati
  3. Glikogen parchalanishi, uning fiziologik ahamiyati, glyukokinaza va geksokinazalar taʼsiri. Glikogen kasalliklari ( glikogenoz va aglikogenoz), Qandli diabet. Glikogen sintezi va parchalanishi, uning fiziologik ahamiyati, glyukokinaza va geksokinazalar taʼsiri
  4. Glikogen kasalliklari ( glikogenoz va aglikogenoz), Qandli diabet
4

9

10 Glikoliz va uning boshqarilishi. Glyukoza katabolizmi. Glyukoneogenez 
  1. Glikoliz jarayonining asosiy bosqichlari
  2. Glikoliz jarayoni va uning boshqarilishida taʼsir etuvchi fermentlar
  3. Piruvat kinaza fermenti defitsiti – gemolitik anemiya, qondagi LDG miqdorining oʻzgarishining diagnostik ahamiyati
2

10

11 Fruktoza va galaktoza almashinuvi. Pentozafosfat yoʻli. Qonda glyukoza miqdorining saqlanishi 
  1. Fruktoza almashinuvi, bolalarda irsiy fruktozemiya
  2. Galaktoza almashinuvi, irsir galaktozemiya
  3. Qonda qand miqdorining boshqarilishi va uni yoshga bogʻliqligi
  4. Glikoprotein va proteoglikanlar. Ularning karbonsuv qismlari haqida tushuncha. Fruktokinaza defekti, Galaktokinaza defekti - chaqaloqlarda kuzatilishi
2

11

12 Fosfolipid va sfingolipid metabolizmi. Eykozanoidlar metabolizmi. Etanol metabolizmi. 
  1. Fosfatidilserinning fosfatidilxolin va fosfatidiletanolaminga konversiyasi
  2. Fosfatidilinositolning metabolizmi va signalizatsiya
  3. Sfingomiyelin, serebrosidlar, gangliozidlar, Sfingolipidlarning nevrologik funksiyasidagi roli. Eykozanoidlarning vositachilari sifatida rol oʻynashlari va anti-yalligʻlanish dorilari (masalan, NSAID lar) bilan bogʻliq klinik holatlar
  4. Etanolning metabolizmi: yoʻllari, mikrosomal etanol oksidlash tizimi (MEOS). Etanolning toksikologik taʼsiri va Etanol va uning metabolitlarining hujayra darajasidagi taʼsiriEtanolga bogʻliq kasalliklar, Sfingolipid metabolizmidagi buzilishlar va nevrologik kasalliklar
2

12

13 Oqsillar hazmlanishi va aminokislotalar soʻrilishi. Aminokislota azoti qoʻshilishi va ajratilishi. ( dezaminlanish , transaminlanish) Mochevina sikli 
  1. Oqsilning oshqozon va ingichka ichakda hazm qilinishi. Polipeptidlarning aminokislotalarga parchalanishi. Aminokislotalar va dipeptidlarning ingichka ichakda soʻrilishi. Soʻrilish mexanizmlari: Na+-bogʻliq aktiv transport, pasiv diffuziya
  2. Aminokislotalarning qon oqimiga kirishi, aminokislota transporterlarining turlari va funksiyalari. Dezaminlanish jarayoni va dezaminlanishning jigar va boshqa toʻqimalardagi roli. Transaminlanish jarayoni: aminokislota va ketokislotalar oʻrtasidagi azot almashinuvi
  3. Mochevina siklining regulyatsiyasiOqsil yetishmasligi kasalliklari, genetik kasalliklar: fenilketonuriya, alkaptonuriya, mochevina sikli buzilishlari, sikl bilan bogʻliq genetik kasalliklar, jigar kasalliklari va mochevina darajasining oʻzgarishi
2

13

Jami 44

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Soʻlak tarkibidagi alfa amilaza faolligini tekshirish. 
2

1

2 Qonda glyukoza miqlorini glyukometr asbobida va fermentativ usulda biokimyoviy analizatorda oʻlchash. 
2

2

3 Qonda xolesterin miqdorini fermentativ usulda biokimyoviy analizatorda aniqlash. 
2

3

4 Qon plazmasi tarkibidagi albuminlar miqdorini biokimyoviy analizatorda aniqlash. 
2

4

Jami 8

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Neyromediatorlar biosintezi, ahamiyati va kasalliklari. 

1

2 Folat kislotasining yetishmovchiligi. Sulfanilamid preparatlarning bakteriostatik tasir mexanizmi. 

2

3 Buyraklarda urat toshlarini hosil boʻlishi va davolash yoʻllari. 

3

4 Kallikrein-kinin tizimi, klinik ahamiyati. 

4

5 Tibbiyotda DNK rekombinantlarni qoʻllanilishi 

5

6 Jigarda gormonlarni zararsizlantirilishi, klinik ahamiyati. 

6

7 Metabolik sindrom kelib chiqishining biokimyoviy asoslari va asoratlari 

7

8 Endemik buqoq va gipotireoz patogenezi va davolash usullari. 4soat 

8

9 Leykotsitlar metabolizmi xususiyatlari. 

9

10 Nasliy va orttirilgan trombotsitopatiyalar. 

10

11 Kamqonlik turlari va sabablari. 

11

12 Qon ivish omillarining tugʻma kasalliklari. 

12

13 Nafas va metabolik atsidoz va alkalozlarni kelib chiqishi, biokimyoviy tashxisi. 

13

14 Kollagenozlar, patogenezi va tashxisi 

14

15 Genlar taʼsirini boshqarilishi, hujayra differentsirovkasi. 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Saidabbozov S. Sh, Amanbayeva S. S, Kuvvatov. J. D “Biokimyo” Darslik Andijon : 2025 y      
  2. Sobirova R. A., Yuldashev N. M. ” Biokimyo”. Darslik 1 tom. Toshkent 2021 y      
  3. Sobirova R. A., Yuldashev N. M. ” Biokimyo”. Darslik 2 tom. Toshkent 2021 y      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Masharipov S. M., Tadjiyeva X. S., Tibbiy kimyodan amaliy mashgʻulotlar. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2018 y      
  2. Obidov O. O. va boshq. Biologik kimyo. Laboratoriya amaliyoti. 2011 y      
  3. Северин Е. С. Биологическая химия, Москва. ГЕОТАР – Медиа 2021г      

7.3. Axborot manbaalari:

  • http://www.biochem.wisc.edu.com/      
  • http://www.biochemistry.vcu.edu.com/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot /yozma shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / yozma koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Jumayev Nosirbek Abdullayevich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: nosirbekjumayev60@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Usmonova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

K.Ubaydullayev - Andijon davlat tibbiyot instituti, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

S.Saidobbozov

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Jumayev

Fan oʻqituvchisi