JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiy kimyo

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200-Davolash ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Tibbiy kimyo Fan kodi TK1106
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
90
(aud)
90
(must)
30 30 30

2. Fan maqsadi

umumiy, analitik, fizik va kolloid kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan, tirik tabiatda sodir boʻlayotgan jarayonlar mohiyatini bilgan holda fizik-kimyoviy kattaliklarni xisoblashni bajara oladigan, organik kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan xolda, biokimyoning kirish qismi xisoblanadigan “Statik biokimyo”ni, biokimyoviy jarayonlarda qatnashuvchi biopolimerlar va bioboshqaruvchi moddalar tuzilishi, hossalari va funksiyalarini tushinadigan, ular ishtirokida boradigan jarayonlarni modellashtirib bajara oladigan, tirik organizmda kechuvchi kimyoviy jarayonlarning ilmiy asoslarini xujayra va molekulyar darajada tushinib yeta oladigan, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay oladigan mutahassislarni tayyorlash. Talabalarda kimyoviy jarayonlarni oʻrganish asosida tirik organizmda kechadigan modda oʻzgarishi mahsulotlarini oldindan sifat va miqdoran belgilash koʻnikmalarini fanning hozirgi zamon yutuqlari asosida shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Organizmdagi kimyoviy elementlar, ularning miqdoriy tarkibi va vazifalari. Organizmda elementlar bioakumulyatsiyasining oʻzgarishi bilan yuzaga keluvchi kasalliklarini bilishi kerak;
  • Metabolizm va energiya oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik. Termodinamikaning birinchi qonuni. Sistema va uning holat funksiyalari haqida bilimga ega boʻlishi kerak. Odam organizmi ochiq termodinamik sistema ekanligini bilishi kerak;
  • Toʻqimalar va organizm suyuqliklarining elektr oʻtkazuvchanligi, tibbiyotda tashxis hamda davolashda elektrokimyoviy usullarni qoʻllanilishi. Ionlar konsentratsiyalarini aniqlashning elektrokimyoviy usullari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak;
  • Klinik laboratoriyalardagi konduktometriya va potensiometriya usullari haqidagi tushuncha va koʻrsatmalarni bilishi lozim. Biologik suyuqliklarning biokimyoviy tahlilida ushbu usullarning qoʻllanilishini bilish kerak;
  • Antibiotiklar. Alkaloidlar ularni tuzilishi va reaksiya mexanizmlarini bilishi kerak. Tibbiyotda ushbu biologik faol moddalarning qoʻllanish oʻrinlarini bilish kerak;
  • Organizmning asosi boʻlgan oqsil, yogʻ, uglevod va nuklein kislotalar ularni tuzilishi. Organizmda boʻladigan jarayonlar haqidagi bilimga ega boʻlishi kerak. Yuqoridagi moddalar almashinuvi buzilishining patologik tomonlari va irsiy kasalliklar haqida bilimlarga ega boʻlish kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Miqdoriy tahlil uchun: tarozi, byuretka, pipetka, indikatorlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish ;
  • Biologik suyuqliklarda titrlash koʻnikmasini hosil qilish ;
  • Suv tarkibidagi Ca2+ ionlariga hos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish ;
  • Suv tarkibidagi Mg2+ ionlariga hos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish ;
  • Gipoatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish ;
  • Giperatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Tibbiy kimyoga kirish. Biogen elementlarning odam organizmidagi biologik faolligi 
  1. Biogen elementlar kimyosi
  2. Makro, mikro va ultramikrobiogen elementlar haqida
  3. Ayrim biogen elementlarning tirik organizmdagi roʻli
2

1

2 Eritmalar. Eritmalarning kolligativ xossalari. Osmos va osmotik bosim 
  1. Eritmalar va ularning turlari
  2. Osmotik bosim. Osmos hodisasi
  3. Biologik eritmalarning osmotik va onkotik bosimlari
  4. Qon bosimining mohiyati
2

2

3 Kislota-asosli muvozanat. Bufer sistemalar 
  1. Buferlik xossasi va uning inson hayotidagi ahamiyati
  2. Bufer sigʻim va bufer sigʻimga taʼsir koʻrsatuvchi omillar
  3. Qon tarkibidagi bufer eritmalar va ularning fiziologik ahamiyati
2

3

4 Termodinamika. Kimyoviy reaksiyalar kinetikasi 
  1. Kinetika. Biologik jarayonlar kinetikasi
  2. Termodinamika va kimyoviy termodinamika
  3. Metobolizm va energiya oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik
2

4

5 Kompleks birikmalar. Xelatoterapiya 
  1. Kompleks birikmalar va ularning tuzilishi
  2. Xelat birikmalar. Gemoglobin
  3. Xelatoterapiyaning tibbotda qoʻllanilishi
2

5

6 Elektrokimyo. Organizmdagi elektrokimyoviy hodisalar 
  1. Elektrokimyo asoslari. Galvanik element
  2. Elektrokimyo hujayralardagi moddalar almashinuvida
  3. Uskunaviy tashxis hamda davolashda elektrokimyoning roʻli
2

6

7 Sirt hodisalar. Sirt hodisalarning fizik-kimyosi 
  1. Sorbsiya. Sorbsiya turlari va ularning biologik ahamiyati
  2. Dori vositalarining organizmda yutilish darajalari
  3. Xromotografiyaning tibbiyotda qoʻllanilishi
2

7

8 1. Dispers sistemalarning fizik-kimyosi. Qonning kolloidligi va uning ivishi 
  1. Dispers sistemalar. Dispers biosuyuqliklarda boradigan jarayonlar
  2. Kolloid eritmalar biologik suyuqliklar sifatida
  3. Zollarning biologik ahamiyati. Koagulyant va antikoagulyant
2

8

9 Bioorganik kimyo. Organik kimyoning asoslari 
  1. Organik kimyoga kirish. Organik kimyoning nazariy asoslari tuzilish nazariyasi
  2. Stereoizomeriya. Organik birikmalarning sinflanishi va nomlanishi. Organik birikmalarning kislotali va asosli xossalari
  3. Alifatik va aromatik uglevodorodlarning umumiy xossalari
2

9

10 Okso - va oksi birikmalar. Poli va geterofunksional birikmalar asosidagi metabolitlar va dorivor vositalar 
  1. Spirtlar va fenollar biologik jarayonlardagi ahamiyati
  2. Aldegid va ketonlarning tibbiyotda qoʻllanilishi
  3. Oddiy va murakkab efirlar tirik organizmdagi roli
  4. Davolashda qoʻllaniladigan okso – va oksibirikmalar
2

10

11 Geterohalqali birikmalar 
  1. Geterosiklik birikmalar tuzilishi va sinflanishi
  2. Besh aʼzoli, olti aʼzoli va kondensirlangan geterosiklik birikmalar
  3. Antibiotiklar. Alkaloidlar
2

11

12 Aminokislotalar. Peptidlar. Oqsillar 
  1. Aminokislotalar va ularning sinflari
  2. Peptidlar va oqsillar. Oqsillar hazmi
  3. Aminokislota va oqsillarning biologik funksiyalari
2

12

13 1. Uglevodlar. Mono-, di-, gomo- va geteropolisaxaridlarning tuzilishi va xossalari 
  1. Uglevodlar va ularning sinflari
  2. Monosaxaridlar. Disaxaridlar. Polisaxaridlar
  3. Qandli diabet haqida
2

13

14 Nuklein kislotalar. Fermentlar 
  1. Nukleozid va nukleotid, DNK va RNK tuzilishi, funksiyalari
  2. Irsiy kasalliklar. Genetik kod. Gen muhandisligi
  3. Fermentlar biologik katalaizatorlar sifatida
2

14

15 Lipidlar. Vitaminlar 
  1. Yogʻ va moylarning ahamiyati
  2. Gormonlar. Steroid va nosteroid gormonlar
  3. Vitaminlar turlari va ahamiyati. Vitamin yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Tibbiy kimyoga kirish. Biogen elementlarning analitik reaksiyalari. Yadro kimyosi. 
  1. Tibbiy kimyoning obʼyekti
  2. Biogen elementlarning analitik reaksiyalari
  3. Suyaklarning kimyoviy tarkibi. Kalsiy va uning ahamiyati
2

1

2 Osh tuzi va glyukozaning fiziologik, gipotonik, gipertonik eritmalarini tayorlash 
  1. Eritmalar va ularning turlari
  2. Kolloid eritmalar va biologik suyuqliklar
  3. Osmotik bosim va osmos hodisasi
2

2

3 Organizmning bufer sistemalari Har xil pH qiymat buferi eritmalar tayyorlash 
  1. Bufer sistema. Buferlik xossa va uning inson salomatligidagi roli
  2. Bufer sigʻim va uni aniqlash usullari
  3. Organizmdagi kislota-asos muvozanati va titrlashning mohiyati
2

3

4 Biologik jarayonlar termodinamikasi. Kimyoviy reaksiyalar tezligi 
  1. Termodinamika va termodinamika qonunlari
  2. Ochiq, yopiq va izolatsiyalangan sistemalar
  3. Energiya almashinuvining inson hayotidagi ahamiyati
2

4

5 Kompleks birikmalar. Ichki kompleks birikmalar. Kompleksometriya usulida ichimlik suvining qattiqligini aniqlash. 
  1. Kompleks birikmalar. Xelatlar
  2. Xelatlar-organik ligandlarning kompleks birikmalari
  3. Gemoglobin va mioglobin tuzilishi
2

5

6 Davolash amaliyoti va tashxisda elektrokimyo asoslarining qoʻllanilishi 
  1. Elektrokimyo va uning mohiyati
  2. Elektromagnit maydon va odam organizmi
  3. Elektroforez. Fizioterapiyadagi elektrokimyoviy usullar
2

6

7 Tirik organizmlardagi sirt xodisalari va xromatografiya 
  1. Sirt taranglik. Mushaklarda sirt hodisalar
  2. Koagulyatsiya va Sedimentatsiya
  3. Qon ivishi - fiziologik muhim jarayon sifatida
  4. Koagulyantlar va antikoagulyantlar
2

7

8 Dispers sistemalar. Kolloid eritmalarning koagulyasiyasi. Qonning ivishi va kolloid himoya 
  1. Dispers sistemalar. Zollar
  2. Kolloid shaklidagi biologik suyuqliklar
  3. Kolloid eritmalarning biologik ahamiyati
2

8

9 Organik birikmalar va ularning tasnifi, xossalari . 
  1. Toʻyingan va toʻyinmagan uglevodorodlar
  2. Kislorod saqlovchi organik birikmalar
  3. Efir moylari va ularning inson hayotiga taʼsiri
2

9

10 Okso- va oksi birikmalar. Poli va geterofunksional birikmalar asosidagi metabolitlar va dorivor vositalar. 
  1. Spirtlar. Fenollar, xossalari biologik jarayonlardagi ahamiyati
  2. Aldegid va ketonlar. Xossalari va ularning tibbiyotda qoʻllanilishi
  3. Oddiy va murakkab efirlar. Karbon kislotalar
  4. Davolashda qoʻllaniladigan okso – va oksibirikmalar
2

10

11 Geterohalqali birikmalar 
  1. Karbosiklik va geterosiklik birikmalar
  2. Metabolit bilan dorivor moddalarning farqlari;
  3. Azot saqlovchi geterosiklik birikmalar
  4. Geterosiklik birikmalarning hazmdagi roli
2

11

12 Alfa aminokislotalarning kimyoviy hossalariga oid sifat reaksiyalari. Oqsillar va ularning biologik funksiyalari. Klinik laboratoriyalarda qoʻllaniluvchi oqsillarga xos analitik reaksiyalar 
  1. Oqsillar va ularning biologik funksiyalari
  2. Oqsil va peptidlar. Oqsil biosintezi, Polipeptidlar
  3. Oqsillarnimng inson organizmidagi biologik funksiyasi
2

12

13 Uglevodlar. Monosaxaridlar. Di- va polisaxaridlar 
  1. Uglevodlar klassifikatsiyasi
  2. Mono-, di- va polisaxaridlar
  3. Nafas tizimi organlarining energiya almashinuvidagi roli
2

13

14 Nuklein kislotalar - tirik organizmlar hayot taʼsirifaoliyati. Nuklein kislotalarning oqsil sitezidagi roli. Irsiy kasalliklar. Fermentlar - biokatalizatorlar sifatida. Fermentlarning biologik roʻli 
  1. Fermentalar va ularning biologik axamiyati
  2. Nuklein kislotalar, nuklezidlar va nuleotidlar
  3. Mononukleotidlar. Polinukleotidlar. RNK va DNK
2

14

15 Lipidlar. Sovunlanadigan lipidlar - tirik organizmlar hujayra asosi. Sovunlanmaydigan lipidlar - xolesterin, oʻt kislotalari va gormonlar asosi sifatida. Vitaminlar. Suvda va yogʻda eruvchi vitaminlar. 
  1. Moylar va yogʻlar almashinuvi
  2. Murakkab efirlar. Lipidlarning turlari haqida
  3. Vitaminlar. Suvda va yogʻda eruvchi vitaminlar
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kimyo laboratoriya xonalarida texnika xavfsizlik qoidalari va jixozlar bilan tanishish. 
  1. Texnika xavfsizlik qoidalari. Laboratoriya mashgʻuloti jarayonida kuyish va zaxarlanish xolatida birinchi yordam koʻrsatish
  2. Termometr va tarozilar bilan ishlash
  3. Kalsiy saqlovchi preparatlar ishtirokida qiziqarli tajriba
2

1

2 Fizioterapiyadagi elektrokimyoviy usullar: elektroforez, elektrodli vannalar ish mohiyati 
  1. Turli xil konsentratsiyali eritmalaridan elektr toʻkini oʻtishi
  2. Elektroliz jarayoniga oid reaksiyalar
2

2

3 Har xil pH qiymat buferi eritmalar tayyorlash. pH=7, 4 boʻlgan bufer eritmaning bufer sigʻimini aniqlash. 
  1. Meʼda shirasining kislotalilik darajasini aniqlash. Tuzlarning kerakli
  2. konsentratsiyada eritmasini tayyorlash
  3. Ammiyakli buffer eritmasini tayyorlash
  4. Permenganometrik titrlash
  5. Titrlash amaliyotining mohiyatini anglash
2

3

4 Sirt tarangligi va adsorbsiya xodisalari 
  1. Organizmning hayot faoliyatida adsorbsiya jarayoni
  2. Sirka kislotaning tuproqda adsorbilanishi
  3. Adsorbsiya xodisasiga oid qiziqarli tajribalar
  4. Etil spirtining turli konsentrasiyali eritmasining sindirish koʻrsatkichi va sirt tarangligini aniqlash
2

4

5 Osh tuzi va glyukozaning fiziologik, gipotonik, gipertonik eritmalarini tayorlash. 
  1. Eruvchanlik. Eritish jarayoni olib borish koʻnikmasi
  2. Tuzlar eruvchanligiga taʼsir qiluvchi omillar
  3. Osh tuzining 0, 89% li eritmasini tayyorlash
  4. Glyukozaning 5% li eritmasini tayyorlash
2

5

6 Dispers sistemalar. Kolloid eritmalar. Koagulyatsiya 
  1. Emulsiya tayyorlash usullari
  2. Dagʻal dispersiyalar tayyorlash usullari
  3. Fe(OH)3 zolining olinishi
  4. Fe(OH)3 zolining koagulyatsiyasiga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish
2

6

7 Aminokislotalar va oqsillarga xos sifat reaksiyalari. 
  1. Goʻsht oqsiliga sifat reaksiyasi
  2. Sut oqsiliga oid sifat reaksiyalar
  3. Ksantoprotein reaksiyasi
2

7

8 Kompleksometriya usulida ichimlik suvining qattiqligini aniqlash. 
  1. Titrlash turlari
  2. Trilon B yordamida suvning qattiqligini aniqlash
  3. Tajribada ammiakli buferning ahamiyati
  4. Olingan natijalarni xisoblash va xulosalash
2

8

9 Biologik jarayonlar termodinamikasi. Kimyoviy reaksiyalar kinetikasi. 
  1. Endotermik reaktsiyalarni amalda kuzatish
  2. Ekzotermik reaktsiyalarni amalda kuzatish
  3. Tuzlarning erish issiqligini aniqlash
  4. Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentrasiya va haroratni taʼsiri
2

9

10 Vitaminlar. Suvda va yogʻda eruvchi vitaminlar. 
  1. Vitaminlarning sinlanishi
  2. Vitaminlarning kimyoviy tarkibi
  3. Yogʻda va suvda eruvchi vitaminlarga oid reaksiyalar
2

10

11 Geterohalqali birikmalar 
  1. Oqsillar bilan polipeptidlarning farqlari
  2. Ningidrin reaksiyasi
  3. Biuret reksiyasi
  4. Oqsillarni ogʻir metallar bilan choʻktirish tajribasi
2

11

12 Uglevodorodlarga xos reaksiyalar 
  1. Etilenning olinishi
  2. Etilenga xos reaktsiyalar
  3. Atsetilenning olinishi
2

12

13 Lipidlar. Sovunlanadigan va sovunlanmaydigan lipidlar. 
  1. Lipidlar. Murakkab efirlar sinfi
  2. Lipidlarning turlari haqida
  3. Moylar va yogʻlar. Yogʻlar almashinuvi
  4. Yogʻda eruvchi vitaminlarning roli
2

13

14 Spirtlar, fenollar, aldegidlar, ketonlarga oid reaksiyalar 
  1. Okso - va oksi birikmalar
  2. Mis gliseratning olinishi
  3. Spirtlarning oksidlanish reaksiyalari
2

14

15 Uglevodlar- biologik jarayonlar energiya manbai sifatida. Mono, Di- va polisaxaridlar 
  1. Glyukozada gidroksil guruh borligini aniqlash
  2. Glyukozaning aldegid guruhini aniqlash
  3. Fruktozaning mochevina bilan reaksiyasi
2

15

Jami 30

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Organizmning biologiik suyuqliklari elektrolit va noelektrolitlar eritmalari sifatida 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

1

2 Organizmda tosh hosil boʻlishining kimyoviy asoslari 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

2

3 Metabolizm jarayonida energiya hosil boʻlishi va sarflanishi 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

3

4 Yadro kimyosining tibbiyotdagi oʻrni 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

4

5 Biogen elementlar konsentratsiyasi oʻzgarishi bilan bogʻliq endemik va kasb kasalliklari 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

5

6 Kislota-asosli muvozanat. Bufer sistemalar. 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

6

7 Organizmning termodinamik parametrlari. Ularning oʻzgarishi bilan kelib chiqadigan kasalliklar. 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

7

8 Kompleks birikmalar - biologik faol birikmalar 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

8

9 Elektrokimyo - tibbiyotda elektrodiagnostikaning asosi 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

9

10 Konduktometriya. Potensiometriya. 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

10

11 Organizmning hayot faoliyatida adsorbsiya jarayoni 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

11

12 Xromatografiyaning tibbiy izlanishlardagi imkoniyatlari 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

12

13 Kolloid sistemalarni dializ yoʻli bilan tozalash. Gemodializni oʻtkazishda kimyoning ahamiyati 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

13

14 Dagʻal-dispers sistemalarning xossalari va ularni tibbiyot va farmakologiyada ishlatilishi 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

14

15 Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining xossalari. Qonning reologik xossalari 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

15

16 Getero- va polifunksional birikmalar asosida ishlab chiqariladigan zamonaviy dori vositalari 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

16

17 Kraun efirlar - dori vositalari sifatida 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

17

18 Geteroxalqali birikmalar asosida ishlab chiqariladigan zamonaviy dori vositalari Dorivor preparatlar tarkibidagi yetti aʼzoli aromatik birikmalar 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

18

19 a-Aminokislotalar - kofermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiy qismi sifatida 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

19

20 Oqsil tabiatli peptid va gormonlar. Proteinopatiyalar 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

20

21 Sunʼiy oqsil ozuqa moddalarining ishlab chiqarilishi va kelgusidagi imkoniyatlar 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

21

22 Kriminalistikada kimyoning oʻrni 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

22

23 Viruslarga va oʻsmalarga qarshi dori vositalarning taʼsir mexanizmi (DNK, RNK fermentlariga nisbatan) 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

23

24 Neyramin kislota va uning xosilalarining tuzilishi va biologik xossalari. Sial kislotalar 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

24

25 Steroidlar va terpenlarning stereokimyosi hamda ular ishtirokidagi muhim biologik jarayonlar 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

25

26 Tabiiy va sintetik narkotik vositalar. Foydasi va zarari 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

26

27 Fermentlar faolligini oshqozon kislotaligini gipo- va giperatsid xolatlarda oʻzgarishi va tiklash choralari. 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

27

28 Ontogenezda fermentlar faolligini boshqarilishining ahamiyati. Nasliy fermentopatiyalar. 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

28

29 Antioksidantlar, ularning klinikada qoʻllanilishi. 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

29

30 Nasliy avitaminozlar. Tabiiy va sunʼiy vitaminlarni metabolizmi va ekskretsiyalanishi. 
  1. 1-reja
  2. 2-reja

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Alimxodjayeva N. T., Tadjiyeva X. S., Ikramova Z. A., Suleymanova G. G., Tibbiy kimyo, Darslik. 1 qism. Toshkent. 2019 y. 466-bet      
  2. Alimxodjayeva N. T., Tadjiyeva X. S., Ikramova Z. A., Suleymanova G. G., Tibbiy kimyo, Darslik. 2 qism. Toshkent. 2019 y. 563-bet      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Masharipov S. M., Tadjiyeva X. S., Tibbiy kimyodan amaliy mashgʻulotlar. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2018 y. 236-bet      
  2. Masharipov S. M., Tibbiy kimyo. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2018 y. 284-bet      
  3. Razzakov N. A, Aʼzamjonova F. R , Noorganik kimyo fanidan laboratoriya ishlarini tashkil qilish I – qism, oʻquv qoʻllanma, Andijon. 2025 y. 119-bet      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://arm.turonuniversity.uz      
  • https://book.bsmi.uz      
  • https://namdu.uz/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Amaliy topshiriq. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/hisobot koʻrinishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot/hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Amaliy topshiriq Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Mamatkulova Oʻgʻilxon Odilovna

Karimov Islomjon Jumaboy oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: ugilxon.1979@mail.ru
karimov-2026@list.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Umumiy kimyo kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Tojidinov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

Y.Xolboyev - Andijon davlat tibbiyot instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: D bino, Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, 307 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Umumiy kimyo» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

S.Usmonova

Kafedra mudiri

(imzo)

O.Mamatkulova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

I.Karimov

Fan oʻqituvchisi