JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tasavvuf va badiiy adabiyot

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Tasavvuf va badiiy adabiyot Fan kodi TBA2405
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
90
(must)
30 14 16

2. Fan maqsadi

tasavvuf va badiiy ijod oʻrtasidagi munosabatlarni, mazkur taʼlimotning paydo boʻlish tarixi, mohiyati, asosiy tushuncha va istilohlari anglatgan maʼnolar, sufiyona adabiyotning oʻziga xos jihatlarini oʻrgatishdir. Shuningdek, tasavvufiy adabiyotining boy merosini filolog talabalarga taʼlim berish orqali ularni yuksak maʼnaviyatli va keng maʼrifat sohibi qilib tarbiyalashdir. Yoshlarning maʼnaviy dunyosini milliylik va insonparvarlik zaminida shakllanishiga gʻoyat samarali taʼsir koʻrsatadigan, ayni paytda, oʻzbek mumtoz adabiyoti va milliy maʼnaviyatining shaklanish qonuniyatlarini anglash yoʻlida ochqich kalit vazifasini bajaradigan tasavvuf va badiiy ijod munosabatini oʻrganish orqali yoshlarda sogʻlom tafakkur tarzini shakllantirish, oʻzbek adabiyoti tarixi haqida har tomonlama bilim hosil qilish, maʼnaviy dunyosi mukammal boʻlishiga koʻmaklashish ushbu oʻquv fanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Oʻzbek adabiyoti tarixi (OʻAT2-415)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • sufiyona adabiyotning mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berish;
  • tasavvuf taʼlimoti va badiiy adabiyotning bosh masalasi boʻlgan inson kamoloti va komil inson maʼnaviyati haqidagi qarashlarini ilmiy asosda chuqur o ʼrganishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Tasavvuf adabiyoti namunalarini oʻrganish orqali sufiyona timsol va obrazlar ;
  • maʼnolarini aniqlash, badiiy soʻz shukuhi, oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalanish malakasini shakllantirish ;
  • tasavvuf va badiiy ijodning koʻp asrlik munosabatlari tarixi misolida adabiyotning oʻzbek xalqi maʼnaviyatining shakllanishi va rivojiga koʻrsatgan taʼsiri haqida maʼlumot berish, talabalarda milliy maʼnaviyatimizning teran ildizlari haqida tasavvur hosil qilish ;
  • sufiyona adabiyotning badiiy olami, tabiati va qonuniyatlarini tadqiq etish, ;
  • timsol va ramzlari mohiyatini teran anglash va toʻgʻri tahlil etish koʻnikmasini hosil qilish ;
  • egallangan bilim va koʻnikmalarni jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarning ;
  • barqaror boʻlishga yoʻnaltirish ;
  • tasavvuf tarixi va nazariyasiga doir tavsiya etilgan birlamchi manbalar: risola, manqaba, maqomot va tazkiralar mazmuni bilan tanishishlari lozim. Tasavvufning manshayi va manbalari hisoblangan Qurʼoni karim, Hadisi sharif, tafsir va kalom ilmiga oid birlamchi maʼlumotlardan xabardor boʻlishlari masalaning mohiyatiga yetishga yordam beradi ;
  • tasavvuf tarixiga oid manbalar bilan bir qatorda Markaziy Osiyodagi tasavvuf tariqatlari, yurtimizdan chiqqan buyuk mutasavvuflarning manqabaviy hayot yoʻli va ularning mashhur asarlari mazmunini ham bilishlari kerak boʻladi. Bulardan tashqari, badiiy asarlar tarkibidagi irfoniy va tasavvufiy gʻoya va talqinlarni anglashi, ramz va timsollar maʼnolari haqida tasavvurga ega boʻlishi ;
  • muayyan nazariy masalalarning qonuniyatlarini aniqlash, sufiyona timsol va obrazlaning ildizlariga murojaat qilib, adabiy hodisaning bugungi nomlanishi bilan mumtoz adabiyotshunoslikdagi istilohiy munosabatlari haqida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Tasavvufning paydo bo ʼlish tarixi va manbalari 
  1. Tasavvufning paydo bo ʼlish tarixi va manbalari
  2. Tasavvuf taʼlimotining paydo boʻlish tarixi va manbalari boʻyicha maʼ lumotlar taqdim etish. Sufiyona adabivotning vujudga kelishi va shakllanish bosqichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish
2

1

2 Tariqat va maqomot 
  1. Tasavvufdagi tariqat va maqomot tushunchalari
  2. Ularning badiiy ifodasi haqida tasavvurlar. Murid, pir tushunchalari. Tariqatda maqomot hol tushunchalari
2

2

3 Maʼrifat va haqiqat 
  1. Tasavvufdagi maʼrifat va haqiqat tush tushunchalari
  2. Sufiyona bilish nazariyasi, uning bosqichlari va ularning badiiy ifodasi haqida tasavvurlar
2

3

4 Tasavvuf silsilalari. Markaziy Osiyodagi tariqatlar 
  1. Tasavvuf silsilalarining yuzaga kelishi
  2. O ʼziga xos xususiyatlari
  3. Tasavvuf tarixiga nazar
  4. Tarix va taʼrif
2

4

5 Tasavvufda komil inson tushunchasi 
  1. Komil inson g ʼoyasi va timsolining sufiyona talqinlarini aniqlash
  2. Dostonlardagi yetakchi talqinlar
  3. Obrazlarning hayotiy va ramziy mohiyati
  4. Suqrot komil inson timsoli. Ishq otashining samandari
2

5

6 Tasavvuf va badiiy ijod 
  1. Adabiyot va tasavvufning oʻzaro munosabati
  2. Bu jarayonni yuzaga keltirgan omillar
  3. Gʻoyaviy mushtaraklik masalalari tahlili
2

6

7 Tasavvuf adabiyotining janr xususiyatlari va tasavvuf timsollari 
  1. Tasavvuf adabiyotining janrlar tizimi
  2. G ʼoyaviy-badiiy xususiyatlari tahlili
  3. Timsollar tizimi va ularning maʼnoviy xususiyatlari
2

7

8 Sharq mumtoz adabiyotida tasavvuf gʻoyalari talqini 
  1. Ahmad Yassaviy va Farididdin Attor asarlarida timsol va qarashlarning badiiy talqinlari
  2. Jaloliddin Rumiy, Mashrab asarlari misolida tasavvufiy tusnunchalar
  3. Tasavvufiy timsol va qarashlarning badiiy talqinlari
2

8

9 Tasavvufda shafqat konsepsiyasi. Irfon va komil inson 
  1. Muhabbat, shafqat va muruvvat tushunchalari
  2. Irfon va ilm, irfon va hikmat haqida
  3. Irfon va ahloqiy poklik, ixlos va xalos
  4. Ishq hurriyatmi? Asosiy mezon — odamiylik
  5. Darvesh ahloqi taʼrifida
2

9

10 Farididin Attor va Ahmad Yassaviy qarashlarining badiiy talqini 
  1. Mansur Xalloj – Tavhid timsoli
  2. Juz va kull falsafasi
  3. Aʼyon nima. F. Attor qarashlari talqini
  4. Yassaviy haqiqati
  5. Yassaviy ijodida ishq tavsifi
2

10

11 Sayid Hasan Ardasher va Mirzo Bedil ijodida tasavvufiy qarashlar 
  1. Sayid Hasan Ardasher va Mirzo Bedil ijodida tasavvufiy qarashlar
  2. Sayyid Hasan Ardasher komil insonmi? Insondan ilohga
  3. Mirzo Bedil haqida soʻz
  4. Bedil ijodiyotidagi tasavvufiy qarashlar talqini
2

11

12 Mashrabning tasavvufiy qarashlari va jazbasi 
  1. Mashrab lirikasidagi tasavvufiy qarashlar talqini
  2. “Kamoli ruhi rahmatman” tahlili
  3. Ruhi qudsiylardan biri
  4. Kamolot ilmi
2

12

13 Najmiddin Kubro tariqati 
  1. Tariqat kubrosi. Ilm xosiyati. Kubroning tariqat silsilasi. Donishmand Najmiddin va Majzub bobo Faraj voqeasi. Kubroning karomatlari. Najmiddin Kubroning badiiy ijodi
2

13

14 Alisher Navoiy ijodida tasavvuf 
  1. Jon va jonon mojarosi
  2. “Axtarin ishq ettiyu sovugʻ nafasni oh subh” gʻazali tahlili
  3. “Erur ko ʼngilda safo ishq toza dog ʼi birla” gʻazali tahlili
  4. Navoiy gʻazaliyotining tasvvufiy tahlil va tafsiri
  5. “Soqiyo, talx o ʼldi ayshim hajr bedodi bila”g ʼazali mazmuni
2

14

15 “Lison ut-tayr” dostonidagi hikoyatlarning ramziy obrazlari 
  1. Dostondagi hikoyatlar talqini
  2. Sufiyona maʼnoga ega obrazlar tahlil va talqini. Muallifning Allohga hamd va Paygʻambarimizga naʼt aytishi. Doston yozilishining maqsadi – insonni komillikka chaqirish. Tasavvufiy gʻoyaning asosiy yoʻnalishlari haqida kirish
  3. Hudhudning ularni hikmatli javoblar bilan tarbiyalashi
  4. Maʼnaviy haqiqat – komillik insonning oʻzidan boshlanishi
  5. Dostonning umumiy gʻoyasi: Odamning oʻz “men”ini yengib, haqiqatga yetishi talqini
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Tasavvuf va badiiy ijod 
  1. Adabiyot va tasavvufning oʻzaro munosabati
  2. Jarayonni yuzaga keltirtgan omillar
  3. G ʼoyaviy mushtaraklik masalalari
2

1

2 Tasavvuf timsollari 
  1. Eng muhim tasavvuf timsollari
  2. Timsollarning g ʼoyaviy-badiiy xususiyatlari
2

2

3 Tasavvufda muhabbat talqini 
  1. Tasavvuf adabiyotida muhabbat tushunchasi
  2. Muhabbatning turlari va badiiy talqinlari
  3. Muhabbat haqidagi eng muhim taʼriflar
2

3

4 Jaloliddin Rumiyning “Maʼnaviyi masnaviy” asarida ilohiy maʼrifat 
  1. Rumiyning ilohiyot haqidagi qarashlari va badiiy talqini
  2. “ Maʼnaviyi masnaviy” asari tahlili
  3. 1 va 2 kitoblari tahlili
2

4

5 Turkiygoʻy shoirlar ijodida naqshbandiylik gʻoyalarining badiiy inʼikosi 
  1. Ahmad Yassaviy va boshqa turkiygoʻy shoirlarning badiiy asarlaridagi naqshbandiylik gʻoyalari talqini
  2. Hamd atamasi va uning genezisi
2

5

6 Alisher Navoiy g ʼazaliyoti tahlili 
  1. "Ashraqat min aksi shams il-kaʼsi anvor ul-hudo. . . "
  2. Alisher Alisher Navoiyning sheʼriy kulliyotining ushbu gʻazaliga xos maʼnolar, timsollar va tasvirlar tahlili
2

6

7 Navoiy sheʼriyatidagi tasavvufiy timsollar. 
  1. Gʻazal tahlili
  2. Badiiy timsol va ramzlar
  3. Tasavvufiy qarashlar talqini
2

7

Jami 14

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Tasavvufning paydo boʻlish manbalari 
  1. Tasavvuf adabiyoti va tasavvuf taʼlimotining paydo boʻlish tarixi boʻyicha maʼlumotlar
  2. Sufiyona adabiyotning vujudga kelishi va shakllanish bosqichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish
  3. Tasavvufda muhabbat talqini va muhabbat tushunchasi, uning turlari va badiiy talqinlari
2

1

2 Tariqat maqomlari 
  1. Tasavvufdagi tariqat va maqomot tushunchalari va ularning badiiy ifodasi
  2. Sufiyona adabiyotning nazariy manbalari
2

2

3 Maʼrifat va haqiqat 
  1. Tasavvufdagi maʼrifat va haqiqat tushunchalari
  2. Sufiyona bilish nazariyasi, uning bosqichlari va ularning badiiy ifodasi haqida
  3. Muhabbat va karomat tushunchalari
2

3

4 Tasavvufda hol va fano tushunchalari 
  1. Soʻfiyona adabiyotning ifoda tarzida muhim oʻrin tutuvchi hol va fano tushunchalari
  2. Maʼno tushunchalari va qo ʼllanish doirasi
  3. Hilvat va anjuman
2

4

5 Tasavvuf silsilalari 
  1. Tasavvuf silsilasining yuzaga kelishi va oʻziga xos xususiyatlari
  2. Markaziy Osiyodagi asosiy tariqatlar haqida
  3. Futuvvat tushunchasi
2

5

6 Markaziy Osiyodagi tariqatlar(Yassaviya, Kubroviya tariqatlari misolida) 
  1. Mohiyat inson uchun kurashmoq
  2. Yassaviya va Kubraviya tariqatlarining asosiy manbalari
  3. Tariqatlar yuzaga keltirgan adabiyotning xos yetakchi obrazlar va xususiyati
2

6

7 Markaziy Osiyodagi tariqatlar (Naqshbandiya tariqati misolida) 
  1. Naqshbandiya tariqatining asosiy manbalari
  2. Naqshbandiya tariqatining badiiy adabiyotdagi ifodalari
  3. Gʻoyaviy xususiyatlari
2

7

8 Tasavvufda komil inson tushunchasi 
  1. Komil inson tushunchasi va gʻoyasining soʻfiyona talqinlari
  2. Navoiy dostonlaridagi yetakchi talqinlar
  3. Obrazlarning hayotiy va ramziy mohiyati
2

8

Jami 16

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Tasavvufning ilk manbalari, inson masalasi vakillari va asosiy gʻoyalari 

1

2 Gʻarb olimlari talqinida tasavvuf tariqatlarining tasnifi 

2

3 Yassaviylik va uning nazariy mustaqil asoslari 

3

4 Sufiyona adabiyotning timsollar va ramzlar olami 

4

5 Imom Gʻazzoliyning “Kimiyoi saodat” asarida koʻngil falsafasi 

5

6 Farididam Farididdin Attoming “Mantiq ut-tayr” asarida tavhid falsafasi 

6

7 Jaloliddin Rumiyning “Maʼnaviy masnaviy” asarida mohiyat va hodisa masalasi 

7

8 Fano va tariqat tushunchalarining Abu Yazid (Boyazid) Bistomiy tomonidan asoslanishi 

8

9 “Nasoyim ul-muhabbat” asarida oʻzbek mutasavvuflari va mashoyixlari talqini 

9

10 Navoiyning “Xamsa”asarida komil inson masalasi 

10

11 “Devoni hikmat” asarining poetik xususiyatlari 

11

12 Navoiy sheʼriyatidagi tasavvufiy timsollar 

12

13 “Lison ut-tayr” dostonidagi hikoyatlarning ramziy obrazlari talqini 

13

14 Bobur ijodida tasavvufiy talqinlar 

14

15 So ʼfi Olloyor risolalarida iymon va maʼrifat targʻibi 

15

16 Mashrab ijodida qalandariylik tariqati muammolarining aks etishi 

16

17 Boborahim Mashrab gʻazallari tahlili. 

17

18 Navoiy g ʼazaliyotida tasavvufiy qarashlar 

18

19 Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni tahlili 

19

20 Mutasavvuf shoirlar ijodi 

20

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Komilov N. Tasavvuf. - Toshkent: Movarounnahr – Oʻzbekiston, 2009. – darslik, 447-bet      
  2. Boltaboyev H. Islom tasavvufi manbalari. (Tasavvuf nazariyasi va tarixi). Ilmiy majmua. - Toshkent: Oʻqituvchi, 2005. 400-bet      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Fitrat. Yassaviy maktabi shoirlari to ʼgʻrisida tekshirishlar. Toshkent: 1928      
  2. Ishoqov Y. Naqshbandiya taʼlimoti va oʻzbek adabiyoti. Toshkent: 2002      
  3. Haqqul I. Tasavvuf sabogʻlari. Buxorо: 2004      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.literature.uz      
  • https://www.genhis.philol.ru      
  • http://en.wikipedia.org/wiki/Structulalism      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrini dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna

Xudayberdiyev Akram Akbarovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: bektashevagulbahor764@gmail.com
akromandijoniy@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Qodirov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

M.Tojibayeva - Andijon davlat universiteti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

G.Bektasheva

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

A.Xudayberdiyev

Fan oʻqituvchisi