JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Stomatologiyada xamshiralik ishi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100-Stomatologiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Stomatologiyada xamshiralik ishi Fan kodi SXI2402
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
30
(aud)
30
(must)
30

2. Fan maqsadi

Stomatologiya amaliyotida hamshiralik faoliyatini samarali tashkil etish, bemorlarni toʻgʻri parvarish qilish, stomatologik muolajalar jarayonida shifokorga malakali yordam koʻrsatish va ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarini profilaktika qilish boʻyicha fundamental bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Ogʻiz boʻshligʻi anatomiyasi va fiziologiyasining asosiy tuzilmalari va ularning funksiyalarini biladi;
  • Stomatologik kasalliklarning asosiy turlari, ularning klinik belgilarini, oldini olish va parvarish tamoyillarini tushunadi;
  • Stomatologik hamshiralik faoliyatining vazifalari: sterilizatsiya, dezinfeksiya, infeksion nazorat, shoshilinch yordam asoslarini biladi;
  • Stomatologik asbob-uskunalar va texnikaning turlari, ulardan foydalanish qoidalari hamda xavfsizlik choralarini yaxshi biladini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Stomatolog shifokorga assistentlik qilish, instrumentlarni uzatish, muolaja vaqtida ergonomik ishni tashkil eta oladi ;
  • Asbob-uskunalarni sterilizatsiya va dezinfeksiya qilishning toʻgʻri ketma-ketligini bajaradi ;
  • Bemorni qabulga psixologik va jismoniy tayyorlash, anamnez yigʻish, stomatologik kresloda bemorni toʻgʻri joylashtirishni biladi ;
  • Oddiy stomatologik muolajalar (tozalash, yuvish, aspirasiyaga yordam, soʻlak tortqichdan foydalanish)da faol ishtirok eta oladi ;
  • Shoshilinch holatlarda birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda maʼruza mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Stomatologiya kabinetlari xamshirasining vazifalari 
2

1

2 Stomatologik kabinetni tozalash qoidalari. . 
2

2

3 Shaxsiy va kasbiy sogʻlomlashtirish qoidalari. 
2

3

4 Dezinfeksiya uchun eritmalar tayyorlash. 
2

4

5 Stomatologik asbob-uskunalar va materiallarni zararsizlantirish. 
2

5

6 Stomatologik asboblarni sterilizatsiya oldi tozalov. 
2

6

7 Sterilizatsiya oldi tozalov sifatini nazorat qilish. 
2

7

8 Asboblarni sterilizatsiya qilish va sterilizatsiya qilish usullari 
2

8

9 Terapevtik kabinetlari uchun qoʻyiladigan asosiy talablar. 
2

9

10 Jarroxlik kabinetlari uchun qoʻyiladigan asosiy talablar. 
2

10

11 Ortopediya va ortodontiya kabinetlari uchun qoʻyiladigan asosiy talablar. 
2

11

12 Tish - texnigi laboratoriyasi kabineti uchun qoʻyiladigan asosiy talablar. 
2

12

13 Bolalar stomatologik kabinetlari uchun qoʻyiladigan asosiy talablar. 
2

13

14 Bemor qabul qilishning asosiy qoidalari va stomatololgik xonani tayyorlash. 1. OITS birinchi yordam qutisi. 2. Birinchi yordam dori-darmon vositalari 
2

14

15 Stomatologik qabul jarayonida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish. 1. Anafilaktik shok 2. Hushdan ketish (Obmork) 3. Kollaps 
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Stomatologik poliklinika tuzilishi. 

1

2 Stomatologik tekshiruv toʻplamiga kiritilgan asboblar va ularning maqsadi 

2

3 Turbinalik va mikromotorlik dastaklar texnik xususiyatlari, parvarish ularni sterilizatsiya qilish. 

3

4 Stomatologik kabinetlar uchun normativ talablar. 

4

5 Jarrohlik xonasida antibakterial lampalardan foydalanish va ularning joylashtirish qoidalari. 

5

6 Stomatologik kabinetlar tozalash tartibi, Dezinfektsiyalovchi eritmalaridan foydalanish tartibi. 

6

7 Bemor kabul qilish uchun stomatololgik kabinetni tayyorlash. 

7

8 Stomatologik kabinet xamshirasining majburiyatlari. 

8

9 Terapevtik kabinetlarda ishlovchi shifokorning vazifalari. 

9

10 Xirurgik kabinetlarda ishlovchi shifokorning vazifalari. 

10

11 Biksga bogʻlamlar uchun vositalarni joylashtirish qoidalari. 

11

12 Steril asboblar uchun stolning tayyorlash tartibi. 

12

13 Ximoya kiyimlarini dezinfeksiya qilish (xalat, kostyum, qalpok), yuvish qoidalari. 

13

14 Klenkali fartuklarga ishlov berish. 

14

15 Asboblarni ultratovushli tozalash. 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni xar bir mavzusini video rolik, taqdimot slaydlar, test savollari koʻrinishida topshiradi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Базикян Е. А., Особенности дезинфекции и стерилизации в стоматологии. Учебное пособие. 2014г      
  2. Базикян Э. А., Организация и оснащение стоматологической поликлиники, кабинета. Санитарно-гигиенические требования. Эргономические основы работы врача- стоматолога      
  3. Stomatologiyada Xamshiralik Ishi. Stomatologiyada hamshiralik ishi: darslik /H. P. Komilov (Komilov X) va boshq. – T. : Yangi asr avlodi, 2006. - 224 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Вязмитина А. В., Усевич Т. Л. Материаловедение в стоматологии. Серия Учебники и учебные пособия. РОСТОВН/Д: Феникс, 2002      
  2. Боровский е. В. Терапевтическая стоматология Учебник для студентов медитсинских вузов. М.: «Медицинское информационное агентство». 2004      
  3. Горбунова И. Л. Клиническая анатомия зубов человека. Учебное пособие –М.: Медитсинская книга. 2006      
  4. Базикян Э. А. и соавт. Пропедевтическая стоматология: учебник – М.: ГЕОТАР- Медиа, 2010      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.medlibrary.ru      
  • https://www.medline.ru      
  • https://www.med.ru      
  • https://www.stom.ru      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Abduraxmonova Muxayoxon Abduraximovna

Muxtarov Ixvoljon Ibragimovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: abduraxmonovamuhayo66@gmail.mail
Iqbolibragimovich7707@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Stomatologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

M.Safarov - Toshkent davlat stomatologiya instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba-Juam, soat 15.00 – 17.00, C 301-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Stomatologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

M.Abduraxmonova

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Abduraxmonova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

I.Muxtarov

Fan oʻqituvchisi