JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110200-Maktabgacha taʼlim 
Oʻqish davomiyligi (yil) 3 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish Fan kodi RMTET1204
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
48
(aud)
72
(must)
24 24

2. Fan maqsadi

talabalarni kelgusida ish faoliyatlarini toʻgʻri tashkil etish va rivojlanish markazlarida taʼlimiy faoliyatni toʻgʻri rejalashtirish, bilimlarni faoliyatga tadbiq etish, mutaxassislik madaniyatni tarkib toptirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Ilk maktabgacha bolalar pedagogikasi (IMBYPI1210)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish fanining barcha boʻlimlari yuzasidan nazariy bilimlarga ega boʻlish va amaliyotda qoʻllay olish;
  • rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish fanini oʻrganishda hamda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi yangi qonun materiallariga tayanish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlarni bilish;
  • rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish fani darslarida yangi zamonaviy texnologiyalarni qoʻllay olishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish fani barcha boʻlimlariga oid koʻnikmalarni amalda qoʻllay oladi ;
  • rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish fani darslari davomida oʻquvchilarga ona tilining nazariy hamda amaliy bilimlarini yetkaza oladi ;
  • rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish fani darslarida oʻquvchilar bilan xalqaro baholash dasturlari asosida ishlay oladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlanish markazlarini tashkil etish uchun normativ talablar 
  1. Maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlantiruvchi muhit
  2. Maktabgacha taʼlim davlat standarti va undagi rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar
  3. Guruh yoshiga nisbatan rivojlantiruvchi muhitning tashkil etilishi
2

1

2 Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari 
  1. Bolaning rivojlantiruvchi sohalari kompetensiyalari
  2. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari
2

2

3 Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari 
  1. Kommunikativ kompetensiyalari
  2. Ijtimoiy kompetensiya
  3. Shaxsiy kompetensiya
2

3

4 Maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlanish markazlarini tashkil etishda pedagogning roli 
  1. Taʼlimiy faoliyat ishlanmalar tuzishda pedagogning kreativligi
  2. Tarbiyachining ijodkorlik sifatlari
  3. Ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy gʻoya, ularni amalga oshirish koʻnikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish
2

4

5 Rivojlаnish mаrkаzlаri va ulаrning mаqsаdi hamda vаzifаlаri 
  1. Maktabgacha taʼlimda markazlar faoliyatida olib boriladigan ishlar
  2. Rivojlantiruvchi markazlari va taʼlimiy faoliyatning bogʻliqligi
  3. Rivojlantiruvchi markazlaridagi taʼlimiy faoliyatlar orqali yangi maʼlumotlarni bola ongiga toʻliq yetkazib berishda oʻyinlar va ulardan foydalanish
2

5

6 Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida oʻyinning roli va maktabgacha taʼlim tashkilotining taʼlim-tarbiya jarayonida uning ahamiyati 
  1. Maktabgacha talim tashkilоtlarida rivоjlantiruvchi markazlarida taʼlimiy faоliyatni tashkil etishda оʼyin faоliyati
  2. Rivоjlantirish markazlarida оʼyinni tashkil etish
  3. Rivоjlantirish markazlarida оʼyin va оʼyin muhitini tashkil etishning asоsiy tamоyillari
  4. Rivоjlantiruvchi оʼyinlar
2

6

7 Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish 
  1. Maktabgacha taʼlim tashkilоtlarida rivоjlantiruvchi markazlardagi talimiy faоliyat
  2. Til va nutq markazida taʼlimiy faоliyatni tashkil etish va jixоzlash
  3. Qurish-yasash, kоnstruksiyalash va matematika markazida taʼlimiy faоliyatni tashkil etish va jixоzlash
2

7

8 Guruhlarda rivojlanish markazlarining taxminiy joylashuvi va rivojlantiruvchi muhit uchun materiallar roʻyxati 
  1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining guruh xonalarida rivojlantiruvchi markazlarni jixozlash tartibi
  2. Guruh xonalarining jixozlariga qoʻyiladigan talablar
  3. Guruh xonasida rivojlanish markazlarini yaratishda oʻyin faoliyatining yetakchi rolini hisobga olish
2

8

9 Kichik, oʻrtа yosh guruhlаridаgi rivojlanish markazlarida taʼlimiy faoliyatlarni tashkil etish 
  1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi asosida nashr qilingan “Matabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonini mavzuli rejalashtirish” qoʻllanmasi va undan foydalanish tartibi
  2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlari faoliyatini tashkil etishda uslubiy tavsiyalar
2

9

10 Katta guruh rivojlanish markazlarida taʼlimiy faoliyatlarni tashkil etish 
  1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlarining taʼlimiy faoliyati
  2. Rivojlantiruvchi markazlarning turlari
  3. Til va nutq markazi. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi
  4. “Ilm-fan va tabiat”, “Sanʼat” “Syujet-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish”markazi
2

10

11 Tayyorlov guruhi rivojlanish markazlarida taʼlimiy faoliyatlarni tashkil etish 
  1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlarining taʼlimiy faoliyati
  2. Rivojlantiruvchi markazlarda ishlash
2

11

12 Rivojlanish markazlarida ishlashda tarbiyachi, yordamchi tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi 
  1. Rivojlanish markazlarida ishlashda tarbiyachi yordamchi tarbiyachi hamkorligi
  2. Rivojlanish markazlarida ishlashda tarbiyachi ota onalar hamkorligi
2

12

Jami 24

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi va uning amaliyotdagi oʻrni. 
2

1

2 Maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlantiruvchi muhit va uning turlari. 
2

2

3 Rivojlanish markazlari, taʼlimiy faoliyat va ularga qoʻyilgan talablar. 
2

3

4 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlanish markazlarida taʼlimiy faoliyatga rahbarlik qilish. 
2

4

5 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlanish markazlarini tashkil etishga integratsiyalashgan yondashuv. 
2

5

6 Rivojlanish markazlari va taʼlimiy faoliyat. 
2

6

7 Rivojlanish markazlarida olib boriladigan ish jarayoni. 
2

7

8 Xorij mamlakatlarida maktabgacha taʼlim tizimi. 
2

8

9 Oʻyin orqali bolalarning bilimlarini rivojlantirish. 
2

9

10 Rivojlanish markazlarida bolalarning mustaqil faoliyatini tashkil etishning mohiyati. 
2

10

11 Rivojlanish markazlarida oʻyin va oʻyin muhitini tashkil etishning asosiy tamoyillari. 
2

11

12 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi taʼlimiy faoliyat. 
2

12

Jami 24

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun rivojlantiruvchi rolli oʻyinlar va dramatizatsiya muhitini yaratish. 

1

2 Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun rivojlantiruvchi rolli oʻyinlar va dramatizatsiya muhitini yaratish. 

2

3 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida markazlar boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil etishni qoʻllashning meʼyoriy-metodik asoslari. 

3

4 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida markazlar boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil etishni qoʻllashning meʼyoriy-metodik asoslari. 

4

5 Turli mamlakatlarda maktabgacha taʼlimda markazlashtirilgan tashkilotni qoʻllash. 

5

6 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlanish markazlarini tashkil etishga integratsiyalashgan yondashuv. 

6

7 Rivojlanish markazlarida bolalarning mustaqil faoliyatini tashkil etishning mohiyati. 

7

8 Rivojlanish markazlari, taʼlim faoliyati, ularga qoʻyiladigan talablar. 

8

9 Rivojlanish markazlarining faoliyati. 

9

10 Rivojlanish markazlari tasnifi. 

10

11 Guruh yoshi nisbatida rivojlantiruvchi muhitning tashkil etilishi. 

11

12 Maktabgacha taʼlim va tarbiya standarti va undagi rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar. 

12

13 Rivojlanish markazlarida bolalarning mustaqil faoliyatini tashkil etishning mohiyati. 

13

14 Rivojlanish markazlari, taʼlim faoliyati, ularga qoʻyiladigan talablar. 5 

14

15 Rivojlanish markazlarida oʻyin va oʻyin muhitini tashkil etishning asosiy tamoyillari. 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni esse, slayd, tajriba-sinov, ilmiy maqola va tezis yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi, T- 2022 y      
  2. Qodirova M. (2021). Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishning pedagogik asoslari. – Toshkent: Fan va Texnologiya      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi 23. 09. 2020- yildagi OʻRQ-637-sonli “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni      
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli Qarori      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://lib.adpi.uz/preview?filename=tarbiyachiningishhujjarlari.pdf      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻizaki, amaliy shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Israilova Xusnida Adilovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: adilovna1989@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Bakiyeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

U.Axunov - Andijon davlat pedagogika instituti, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ E bino 604– xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti)

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

X.Israilova

Fan oʻqituvchisi