JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Pragmalingvistika

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja magistratura Taʼlim yoʻnalishi 70230101-Lingvistika (roman-german tillari) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 2 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Pragmalingvistika Fan kodi PRLING 2.02
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

magistr talabalarga lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishida vaziyat va shaxs omili masalalarini tadqiq qiluvchi hamda ona tilidan foydalanish samaradorligini oshirishning linvistik taʼmini yuzasidan bahs qiluvchi Pragmalingvistika muammolari haqida bilim olishlariga erishish hamda turli matnlarni pragmalingvistik tahlil etish va oʻrgatishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tilshunoslik (TILSHI 1104)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • antroposentrik lingvistik paradigmalarni bilish orqali lingvopragmatikadagi asosiy tushunchalar va terminlarni farqlay oladilar;
  • zamonaviy Lingvopragmatikadagi yoʻnalishlar (funksional va yashirin) haqida tushunchalarga ega bʼʼladilar, nutqiy faoliyat tushunchasini anglash, nutqiy akt nazariyasi boʻyicha nazariy bilim hosil qilish, nutqiy muloqot jarayoni tizimini aniqlash boʻyicha malaka hosil qiladilar;
  • presuppozitsiya nazariyasi, deyksis, diskurs va matn tushunchalari bilan tanishib, lisoniy imkoniyatlaming pragmatik xoslanishini oʻrganadilarni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Pragmalingvistika fanining asosiy terminlarini tushuntirib bera olishni biladi ;
  • Pragmatika, semantikaning nutqiy aktlar, implikatura va presuppozitsiya kabi tushunchalar haqida toʻla maʼlumot berish va ularning turlarini ajrata oladi ;
  • Pragmalingvistikaning asosiy masala va mavzularini yaxshi tushunadi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida 
  1. Pragmalingvistikaning paydo boʻlishi
  2. Pragmalingvistikaning asosiy maqsad va vazifalari
  3. Pragmalingvistika va boshqa tilshunoslik soxalari oʻrtasidagi bogʻliqlik
2

1

2 Fanda ilmiy paradigmalar almashinuvi: 
  1. Ilmiy paradigm tushunchasi va uning mohiyati
  2. Pragmatik burilish va yangi yondashuvlarning paydo boʻlishi
2

2

3 Pragmalingvistika til sathlararo tizimda: 
  1. Til sathlari tushunchasi
  2. Pragmatik analiz uchun til sathlarining integratsiyasi
  3. Xulosa
2

3

4 Pragmatika va pragmatism: 
  1. Pragmativizm falsafasi
  2. Pragmatikaning asosiy konseptlari
  3. Zamonaviy pragmatika va pragmativizmning qoʻllanilishi
2

4

5 Pragmalingvistikaning predmeti va vazifalari: 
  1. Pragmalingvistikaning oʻrganish obyekti
  2. Pragmalingvistikaning asosiy vazifaalri
  3. Pragmalingvistikaning amaliy ahamiyati
2

5

6 Pragmalingvistikaning asosiy gʻoyalari: 
  1. Nutqiy faoliyati tushunchasi
  2. Nutq faoliyati va nutqiy muloqot
  3. Pragmatik presuppozitsiya
2

6

7 Pragmatik va semiotik jarayon: 
  1. Pragamtik jarayon tushunchasi
  2. Semiotik jarayon
  3. Amaliy qoʻllanilishi
2

7

8 Pragmalingvistikaning yoʻnalishlari: 
  1. Funksional va yashirin pragmatika
  2. Nutq aktalri nazariyasi
  3. Diskurs pragmatikasi
2

8

9 Nutqiy akt nazariyasi: 
  1. Jon Ostinning nutqiy aktlar tasnifi
  2. Jon Syorlning nutqiy aktlar tasnifi
  3. Nutqiy aktlarning zamonaviy rivojlanishi
2

9

10 Semantika va pragmatika munosabati: 
  1. Semantika: asosiy tushunchalar
  2. Pragmatika: asosiy tushunchalar
  3. Ilmiy nazariyalar va yondashuvlar
2

10

11 Pragmatik presuppozitsiya hodisasi: 
  1. Pragmatik presuppozitsiya nima?
  2. Pragmatik prezuppozitsiyaning funksiyalari
  3. Pragmatik presuppozitsiyaning tadqiq etish usullari
2

11

12 Pragmalingvistikada hamkorlik tamoyili: 
  1. Paul Gricening hamkorlik tamoyili
  2. Hamkorlik tamoyilining pragmatik qoʻllanilishi
  3. Xulosa
2

12

13 Pragmalingvistikada xurmat tamoyili: 
  1. Xurmat tamoyilining tushunchasi
  2. Xurmat tamoyilining til vositalarida namoyon boʻlishi
  3. Madaniyatlararo kommunikatsiyada xurmat tamoyili
2

13

14 Deyksis va nutqiy muloqot matni: 
  1. Deyksisning asosiy turlari
  2. Deyksisning lingvistik ifodalari
  3. Deyksis va nutq kontekstining tahlili
2

14

15 Matn va diskurs nazariyasi: 
  1. Matn nazariyasining asosiy tushunchalari
  2. Diskurs nazariyasining asosoiy tushunchalari
  3. Matn va diskurs tahlili usullari
2

15

Jami 30

amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan


5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqii sohasi sifatida: 
  1. Pragmalingvistika tushunchasi
  2. Soha sifatida paydo boʻlishi
  3. Tilshunoslikdagi oʻrni va vazifalari
  4. Boshqa lingvistik sohalardan farqlari
2

1

2 Fanda ilmiy paradigmalar almashinuvi: 
  1. Ilmiy paradigma tushunchasi
  2. Paradigmalar almashinuvi nazariyasi (Kuhn)
  3. Lingvistika sohasidagi paradigmatik oʻzgarishlar
  4. Pragmalingvistika ilmiy paradigmasi
2

2

3 Pragmalingvistika til sathlararo tizimda: 
  1. Til sathlari tushunchasi
  2. Pragmalingvistikaning sintaksis, semantika, fonetika bilan aloqasi
  3. Sathlararo oʻzaro taʼsirlar
2

3

4 Pragmatika va pragmatism: 
  1. Pragmatika va uning asosiy vazifalari
  2. Pragmatizm falsafasi va uning tilshunoslikka taʼsiri
  3. Farqlari va oʻzaro bogʻliqligi
2

4

5 Pragmalingvistikaning predmeti va vazifalari: 
  1. Predmet sifatida nutqiy faoliyat
  2. Vazifalari: nutqni tushunish va tahlil qilish
  3. Pragmalingvistikaning tadqiqot yoʻnalishlari
2

5

6 Pragmalingvistikaning asosiy gʻoyalari: 
  1. Kontekstning roli
  2. Intentsionallik
  3. Implikatura va makro-makro kommunikativ tamoyillar
  4. Hamkorlik tamoyili
2

6

7 Pragmatik va semiotik jarayon: 
  1. Pragma va semioz tushunchalari
  2. Semiotik jarayonning komponentlari
  3. Pragmatik va semiotik jarayon oʻrtasidagi farqlar va oʻzaro bogʻlanish
2

7

8 Pragmalingvistikaning yoʻnalishlari: 
  1. Nutq aktlari nazariyasi
  2. Diskurs tahlili
  3. Hamkorlik tamoyili va muloqot prinsiplari
  4. Kommunikativ pragmatika
2

8

9 Nutqiy akt nazariyasi: 
  1. Nutq akti tushunchasi
  2. Lokutiv, illokutiv, perlokutiv aktlar
  3. Nutq aktlarini tasniflash
  4. Nutq aktlari va muloqot samaradorligi
2

9

10 Semantika va pragmatika munosabati: 
  1. Semantika va pragmatika taʼriflari
  2. Maʼno va kontekst oʻrtasidagi farqlar
  3. Pragmatik maʼnoning xususiyatlari
2

10

11 Pragmatik presuppozitsiya hodisasi: 
  1. Presuppozitsiya tushunchasi
  2. Pragmatik presuppozitsiyaning turlari
  3. Presuppozitsiyaning muloqotdagi roli
2

11

12 Pragmalingvistikada xurmat tamoyili: 
  1. Xurmat tamoyili tushunchasi
  2. Politeness theory (J. Brown va S. Levinson)
  3. Xurmat tamoyilining nutqda qoʻllanilishi
2

12

13 Deyksis va nutqiy muloqot matni: 
  1. Deyksis tushunchasi va turlari
  2. Nutqiy muloqotda deyksisning vazifalari
  3. Deyksis va kontekst oʻzaro taʼsiri
2

13

14 Matn va diskurs nazariyasi: 
  1. Matn va diskurs tushunchalari
  2. Ularning farqlari va oʻzaro bogʻliqligi
  3. Diskurs tahlilining asosiy yoʻnalishlari
2

14

15 Matnda mazmunning ifoda topishi. Nutqiy muloqot tizimi birliklari yohud diskursning tuzilishi va uning tahlili: 
  1. Matnda mazmun tushunchasi
  2. Nutqiy muloqot tizimi birliklari (gap, fraza, soʻz va boshqalar)
  3. Diskursning tuzilishi
  4. Diskurs tahlili usullari
2

15

Jami 30

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Kommunikativ-pragmatik yoʻnalishning shakllanishi. 

1

2 Nutq lisoniy faoliyat. 

2

3 Pragmatik va semiyotik jarayon. 

3

4 Pragmatika fanining vujudga kelishi. 

4

5 Lokutiv akt. 

5

6 Perlokutiv akt. 

6

7 Illokutiv akt. 

7

8 J. Ostinga koʻra illokutiv feʼllar tasnifi. 

8

9 J. Serl boʻyicha nutqiy aktlar tasnifi. 

9

10 J. Lich boʻyicha nutqiy aktlar tasnifi. 

10

11 Nutqiy akt nazariyasining nuqsonlari. 

11

12 Formal pragmatikada nutqiy tuzilmalar. 

12

13 D. Vandervakinga koʻra illokutiv maqsadni tasnifi. 

13

14 Kommunikativ semantika muammosi. 

14

15 Denotativ semantika. 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, taqdimot yoki yozma koʻrinishida topshiradilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Safarov Sh. Lingvopragmatika. – Toshkent, 2008. – 318 b      
  2. Hakimov M. Oʻzbek tili pragmatikasini oʻrganish. - Fargʻona, 2011      
  3. Pardaev A. Yordamchi turkumlarining substansial va pragmatik xususiyatlari. - Toshkent: Fan, 2013      
  4. Kreidler Ch. . Introducing English semantics      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib intizomva shaxsiy javobgarlikhar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2018-yil istiqbollariga bagʻishlangan majlisdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi “Xalq soʻzi gazetasi, 2018-yil 16- yanvar, №11      
  2. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2016      
  3. Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – yurt 8 taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2016      
  4. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Xarakatlar strategiyasi toʻgʻrisida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. 1- ilova: “2018-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi. Xalq soʻzi gazetasi. 2018-yil 8-fevral soni va Internet resurs: www. lex. uz      

7.3. Axborot manbaalari:

  • http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism      
  • https://homepages.tversu.ru/~ips/pragmf.html      
  • https://phil.vsu.ru      
  • https://www.ziyo-net.uz      
  • http://www.brocku.ca/enalish/courses/4F70/struct.html      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqlarni esse/hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida yozma shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 10 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse /hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 5 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. yozma Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Majidova Zulayxo Abdimuminovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: dr.zulayxo@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Ingliz filiologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

J.Egamberdiyev - Andijon davlat chet tillar instituti, Kafedra mudiri

D.Egamnazarova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15:00 – 18:00, 304 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Ingliz filiologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

D.Egamnazarova

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Majidova

Fan oʻqituvchisi