JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Patologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
talabalarni kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi va oqibatlarini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirishdan iborat. Talabalar yalligʻlanish, nekroz, oʻsmalar, immun javoblari kabi asosiy patologik jarayonlarni va ularning turli organlar va tizimlarga taʼsirini oʻrganishlari kerak. Ushbu fan boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirish natijasida talabalar kasalliklarni toʻgʻri tashxislash, ularning patogenezini tushunish va davolash tamoyillarini bilishlari mumkin boʻladi, bu esa klinik qarorlar qabul qilish va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishga asos boʻladi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Patologik jarayonlar toʻgʻrisida bilim: Talabalar yalligʻlanish, nekroz, oʻsma va degenerativ oʻzgarishlar kabi asosiy patologik jarayonlar haqida keng bilimga ega boʻladilar;
- Kasalliklarning etiologiyasi va patogenezi: Talabalar turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari (etiologiya) va rivojlanish mexanizmlari (patogenez) haqida chuqur tushunchaga ega boʻladilar;
- Kasalliklarning klassifikatsiyasi: Talabalar kasalliklarning turlari, ularning morfologik va klinik xususiyatlariga koʻra tasniflanishi haqida bilimga ega boʻladilar;
- Diagnostika usullari: Talabalar kasalliklarni aniqlash uchun qoʻllaniladigan zamonaviy klinik, laborator va instrumental diagnostika usullari haqida keng bilimga ega boʻladilar;
- Davolash tamoyillari: Talabalar kasalliklarning farmakologik va jarrohlik davolash usullari haqida bilimlarni oʻzlashtiradilar;
- Kasalliklarni oldini olish: Talabalar profilaktika va kasalliklarning oldini olish choralari haqida keng bilimga ega boʻladilar, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va kasallik xavfini kamaytirishga oid strategiyalarni biladilarni bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- Kasalliklarni tashxislash koʻnikmasi: Talabalar klinik va laborator maʼlumotlarni tahlil qilib, kasalliklarni toʻgʻri tashxislash koʻnikmasini rivojlantiradilar ;
- Patologik jarayonlarni baholash: Talabalar yalligʻlanish, nekroz, oʻsma va boshqa patologik jarayonlarni mikroskopik va makroskopik darajada aniqlash va baholash koʻnikmasiga ega boʻladilar ;
- Klinik qarorlar qabul qilish: Talabalar kasalliklarning bosqichi va asoratlarini hisobga olgan holda, davolash usullarini tanlashda mustaqil klinik qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantiradilar ;
- Davolash strategiyalarini ishlab chiqish: Talabalar kasalliklarni samarali davolash uchun dori vositalari va jarrohlik amaliyotlaridan foydalangan holda individual davolash strategiyalarini ishlab chiqish koʻnikmasini egallaydilar ;
- Profilaktika va kasallik oldini olish koʻnikmasi: Talabalar kasalliklarni oldini olish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish va qoʻllash koʻnikmasini rivojlantiradilar ;
- Tashxis qoʻyishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish: Talabalar zamonaviy diagnostik uskunalar va texnologiyalardan (ultratovush tekshiruvi, rentgen, MRT va boshqalar) samarali foydalanish koʻnikmalarini egallaydilar koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
- Новицкого В. В, Гольдберга Е. Д, Уразовой О. И. Уразовой Патофизиология. В 2 т. Том 2 [Электронный ресурс] : учебник / - М. : ГЭОТАР-Медиа, 2015. -http: //www. studentlibrary. ru/book/ISBN9785970435205. html
- Schneider, Arthur S. Pathology / Arthur S. Schneider, Philip A. Szanto ; with special contributions by Mills Anne , Sandra I. Kim, and Swanson Todd A. — 5th ed. 2014
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
7.3. Axborot manbaalari:
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻrinishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi | 10 | 2-13 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 1-15 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | test | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | test | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
m.aysacheva@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Juma soat 15.00 – 18.00, A 517-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) A.Mutalipov Kafedra mudiri |
(imzo) M.Aysacheva Fan oʻqituvchisi |
