JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Patologik fiziologiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100-Stomatologiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Patologik fiziologiya Fan kodi PATFIZ12308
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
60
(aud)
60
(must)
10 46 4

2. Fan maqsadi

talabalarda odam organizmida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli xil kasalliklarning kelib chiqish sabablari (etiologiyasi), rivojlanish mexanizmlari (patogenezi) va oqibatlarini chuqur tahlil qilish hamda umumiy qonuniyatlarini anglab olish koʻnikmalarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Shu jarayonda yoshga bogʻliq fiziologik va patofiziologik xususiyatlarni ham inobatga olish talab etiladi. Bu bilimlar talabalarga nafaqat kasalliklarning nazariy asoslarini tushunishda, balki ularning oldini olish, erta tashxis qoʻyish va oqilona davolash yoʻllarini belgilashda ham yordam beradi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Odam anatomiyasi (AN1123011)

2. Yuz-jagʻ soxasi fiziologiyasi (FIZ12308)

3. Tibbiy kimyo, Biologik kimyo (TBK12308)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • umumiy nozologiyani tashkil etuvchi asosiy tushunchalarni;
  • organizmda kasallikning kelib chiqishida etiologik omil, ichki va tashqi shart-sharoitlarning ahamiyatini;
  • tipik patologik jarayonlarning rivojlanish mexanizmlarini, ularning patologiyadagi ahamiyatini;
  • patologiyani oʻrganishda tajribaviy modellashtirish uslubning ahamiyatini;
  • amaliy tibbiyotda patofiziologiyaning tutgan oʻrnini, uning tashhis, davolash va asoratlar profilaktikasidagi ahamiyatini;
  • patofiziologiya sohasi boʻyicha dunyo va oʻzbekiston olimlari tomonidan kashf etilgan yangiliklarni bilishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • kasallik rivojida mavjud simptom, metabolik va funksional oʻzgarishlarga toʻgʻri baho berish va oʻzaro bogʻliq xolda talqin etish ;
  • kasallikka birlamchi tashxis qoʻyish, davolash tamoillarini belgilash toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi ;
  • patologik jarayonlar sabablarini va rivojlanish mexanizmlarini ;
  • normani patologiyadan farqlashi, yorugʻlik mikroskopi darajasida hujayraning patologik oʻzgarishini tahlil qila olishni ;
  • turli kasalliklarda ichki organlardagi morfofunksional oʻzgarishlarning mohiyatlarini ;
  • kasallikning etiologiyasi, patogenezi, morfogenezi, kasalliklar klassifikatsiyasi, morfologik asoslari, va ularni kliniko-anatomik tahlil qilishni ;
  • tipik patologik jarayonlar bilan kechuvchi kasalliklar patogenezining asosiy va umumiy bosqichlarini ajratishni bilishi va ulardan foydalana olishi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Patologik fiziologiya faniga kirish. Organizmning umumiy reaktivligi va rezistentligi, ularning patologiyadagi roli 
  1. Klinik patofiziologiya haqida tushuncha
  2. Patofiziologiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari
  3. Umumiy nozologiya tushunchasi. norma, sogʻlik
  4. Immunologik reaktivlik haqida tushuncha, uni taʼminlovchi
2

1

2 Yalligʻlanish patogenezining asosiy komponentlari 
  1. Alteratsiya. Ekssudatsiya. Mikrotsirkulyator oqim tomirlarini reaksiyasi
  2. Yalligʻlanish oʻchogʻida qon reologik xususiyatlarining
2

2

3 Periferik (toʻqima) qon aylanishi va mikrotsirkulyasiya patofiziologiyasi 
  1. Arterial va venoz giperemiyalar
  2. Periferik (toʻqima) qon aylanishi va mikrotsirkulyasiya patofiziologiyasi
2

3

4 Yurak va qon tomir yetishmovchiligini patofiziologik asoslari 
  1. Kompensator mexanizmlar rivojlanishining patofiziologik asoslari
  2. Birlamchi arterial gipertenziya ( gipertoniya kasalligi) Uning etiopatogenezi , shakllari va bosqichlari
  3. Ikkilamchi arterial gipertenziyalar. Arterial gipotenziyalar, turlari va sabablari, rivojlanish mexanizmlari
2

4

5 Buyrak yetishmovchiligi patofiziologiyasi 
  1. Siydik xosil qilishdagi asosiy jarayonlar buzilishlari
  2. Filtratsiya, reabsorbsiya, sekresiya
  3. Oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, shakllari, etiopatogenezi, davrlari
2

5

Jami 10

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Patologik fiziologiya fani. Umumiy tushunchalar. Hujayra shikastlanishi patofiziologiyasi. 
  1. Nozologiya. Umumiy etiologiya va patogenez
  2. Kasallik rivojlanishida ichki va tashqi sharoitlarning ahamiyati
  3. Hujayra shikastlanishida himoya moslashuv reaksiyalari
4

1

2 Yalligʻlanish patofiziologiyasi. 
  1. Yalligʻlanishning umumiy taʼrifi va klassifikatsiyasi
  2. Yalligʻlanish mediatorlari va ularning patogenetik roli
  3. Yalligʻlanish patogenezining asosiy mexanizmlari
  4. Yalligʻlanishning oqibatlari va klinik-patofiziologik ahamiyati
4

2

3 Reaktivlik. Patologik fiziologiya organizmining immunologik reaktivligi. 
  1. Allergik reaktsiyaning patofiziologiyasi asoslari. Allergik reaktsiyalarning tasnifi
  2. Anafilaktik (reagin) va sitotoksik turdagi allergik reaktsiyalar
4

3

4 Sekinlashgan allergik reaktsiyalarning patogenezi. 
  1. Immunokompleks allergik reaktsiyalar
  2. llergik reaktsiyalarning patofiziologik bosqichlari
2

4

5 Toʻqimalarning oʻsishining notipik buzilishlari. Oʻsmalar. 
  1. Oʻsmalarning asosiy belgilari va tasnifi – yaxshi va yomon sifatli oʻsmalar
  2. Oʻsmalarning patogenezi (genetik va atrof-muhit omillari), klinik va morfologik xususiyatlari
2

5

6 Gemodinamik buzilishlar: 
  1. Qon aylanishining umumiy buzilishlari (giperemiya, ishemiya, staz)
  2. Gemorragiyalar va ularning patogenetik mexanizmlari
  3. Tromboz va emboliya
  4. Ateroskleroz va terminal gemodinamik buzilishlar (shok, kollaps
4

6

7 Qon tizimi patofiziologiyasi 
  1. Qizil qon patofiziologiyasi: gemogramma koʻrsatkichlari va qon yoʻqotishdagi kompensator mexanizmlar
2

7

8 Leykotsitlar va trombotsitlarning patofiziologiyasi 
  1. Leykotsitlar patofiziologiyasi: leykotsitoz va leykopeniyaning patogenezi, ularni keltirib chiqaradigan omillar
  2. Trombotsitlar patofiziologiyasi
4

8

9 Yurak faoliyati buzilishlari 
  1. Yurak aritmiyalari: kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlari, klinik turlari va ularning EKG-dagi oʻzgarishlari
  2. Yurak va qon tomir yetishmovchiligining patofiziologik asoslari
  3. Kompensator mexanizmlarning rivojlanish mexanizmlari
4

9

10 Arterial bosim buzilishlari 
  1. Arterial gipertenziya: etiopatogenezi va rivojlanish mexanizmlari
  2. Birlamchi (gipertoniya kasalligi) shakllari va bosqichlari
  3. Ikkilamchi arterial gipertenziya: sabablari va klinik-patogenetik xususiyatlari
  4. Arterial gipotenziya: turlari, sabablari va rivojlanish mexanizmlari
2

10

11 Tashqi nafas tizimi patofiziologiyasi 
  1. Nafas yetishmovchiligi: tushunchasi va etiologiyasi
  2. Nafas yetishmovchiligining kechishi va kompensatsiya darajalari
  3. Nafas yetishmovchiligining patogeneziga koʻra turlari
  4. Tashqi nafas tizimi patofiziologiyasining klinik ahamiyati
2

11

12 Gipoksiya patofiziologiyasi 
  1. Gipoksiya tushunchasi va umumiy xarakteristikasi, patologik jarayonlar va kasalliklarning asosiy patogenetik zvenosi sifatida
  2. Gipoksiyalarning sinflanishi va himoya-moslashuv mexanizmlarining (tezkor va sekin) rivojlanishi
  3. Alveolyar ventilyatsiya, ventilyatsion-perfuzion munosabatlar hamda aerogematik toʻsiq orqali gazlar diffuziyasi buzilishlarining gipoksiya patogenezidagi oʻrni
4

12

13 Buyrak yetishmovchiligi patofiziologiyasi 
  1. Siydik hosil boʻlish jarayonida glomerulyar filtratsiya buzilishlari
  2. Tubulyar reabsorbsiya buzilishlari va ularning oqibatlari
  3. Buyrak yetishmovchiligining shakllari (oʻtkir va surunkali) va klinik-patogenetik oqibatlari
4

13

14 Buyrak sindromlari va buyrak yetishmovchiligi 
  1. Renal katta va kichik sindromlarning patofiziologik mohiyati
  2. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligi: shakllari, etiopatogenezi va rivojlanish davrlari
  3. Surunkali buyrak yetishmovchiligi: bosqichlari va klinik-patogenetik xususiyatlari
2

14

15 Kislota-ishkor muvozanati patofiziologiyasi 
  1. Kislota-ishkor muvozanati tushunchasi va organizmda uning biologik ahamiyati
  2. Kislota-ishkor muvozanatining sinflanishi: metabolik va respirator asidoz hamda alkaloz
  3. Bemor hayvonlarda pH oʻzgarishining patofiziologik asoslari
  4. Kislota-ishkor muvozanati buzilishlarining klinik oqibatlari va kompensator mexanizmlari
2

15

Jami 46

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Reflektor yoyni oʻrganish 
2

1

2 Elektrokardiografiya (EKG) va yurak faoliyatini tahlil qilish 
2

2

Jami 4

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Gemostaz mexanizmlari va uning patologiyasi 

1

2 Genetik xastaliklarning molekulyar diagnostikasi asoslari 

2

3 Oʻsmadan muhofazalanishning immunmexanizmlari. Onkoviruslar, ularning tarqalish yoʻllari, oʻsma hosil qiluvchi taʼsiri. Kanserogenez, unda hujayra onkogenlarining ahamiyati 

3

4 Qonning fizik-kimyoviy xususiyatlari oʻzgarishlari 

4

5 Gemorragik diatezlarning koʻrinishlari 

5

6 Gipovolemiyalarda qon aylanishining oʻzgarishlari 

6

7 Mutloq va nisbiy toj tomir yetishmovchiligi. Yurak ishemik kasalligi, uning shakllari, sabablari va rivojlanish mexanizmlari 

7

8 Perikard patologiyasida yurak funksiyasining buzilishlari 

8

9 Arterial gipotenziyalar, ularning turlari, sabablari va rivojlanish mexanizmlari 

9

10 Essensial gipertoniya patogenezining zamonaviy aspektlari 

10

11 Havo ifloslanishining oʻpka patologiyasidagi ahamiyati 

11

12 Oʻpkaning metabolik funksiyalari va ularning buzilishlari 

12

13 Oshqozon yarasi kasalligi: etiologiyasi va patogenezidagi zamonaviy aspektlar 

13

14 Oshqozon yarasi kasalligi: etiologiyasi va patogenezidagi zamonaviy aspektlar 

14

15 Oshqozon yarasi kasalligi: etiologiyasi va patogenezidagi zamonaviy aspektlar 

15

16 Buyrak sinamalari. Siydikda qoldiq azot 

16

17 Buyrak sinamalari. Siydikda qoldiq azot, ammiak, kreatinin, mochevina miqdorini aniqlash 

17

18 Eritrotsitlar patofiziologiyasi. Qonning aterogen indeksini aniqlash. Qon tarkibida shaklli elementlar miqdorini aniqlash 

18

19 Teri xastaliklari patofiziologiyasi 

19

20 Ona qornida rivojlanish patologiyasi 

20

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Abdullayev N. X., Karimov H. Yo., Irisqulov B. Oʻ. – Patologik fiziologiya -: darslik. -Toshkent: “Innovatsiya-ziyo”, 2022, 532b      
  2. Новицкий В. В., Гольдберг Е. Д., Уразова О. И. Патофизиология. В 2 т. учебник / Под ред. В. В. Новицкого, Е. Д. Гольдберга, О. И. Уразовой - 4-е изд., перераб. и доп. - М. : ГЭОТАР-Медиа, 2015      
  3. Schneider, Arthur S. Pathology / Arthur S. Schneider, Philip A. Szanto ; with special contributions by Anne Mills, Sandra I. Kim, and Todd A. Swanson. — 5th ed. 2014      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Xudoyberganov Sh. X., Turdiyev D. A. Patologik fiziologiya : tibbiyot oliygohlari talabalari uchun darslik / — Toshkent : Fan va texnologiya, 2018. — 640 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.elsevier.com/books/robbins-basic-pathology      
  • https://www.pathologyoutlines.com      
  • https://www.who.int/health-topics/pathology      
  • https://www.cap.org      
  • https://webpath.med.utah.edu      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot/ hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi 10 2-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni / hisobot koʻrinishida 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Aysacheva Maftunabonu Oybek qizi


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: m.aysacheva@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

D.Kosimov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

M.Xolmirzayeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 18.00, A 517-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

A.Mutalipov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Aysacheva

Fan oʻqituvchisi