JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110200-Maktabgacha taʼlim 
Oʻqish davomiyligi (yil) 3 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish Fan kodi BSIFOʻ11210
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
90
(must)
20 20 20

2. Fan maqsadi

“Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish” fani 60110200 “Maktabgacha taʼlim” taʼlim yoʻnalishida talabalarga sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish, maktabgacha taʼlim tashkilotida turli yosh guruhlarida sahnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari, sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining oʻziga xosligi, sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi metodlari, maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qoʻgʻirchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni va qoʻgʻirchoq yasash usullari, maktabgacha taʼlimda bolalarning ijodiy faoliyatlariga rahbarlik qilishning metod va usullarini oʻrganishga doir bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirish haqida bilim berish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish” faoliyati fanining predmeti, maktabgacha taʼlim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi, maktabgacha taʼlim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining vazifalari, sahnalashtirish faoliyatining shakllari. Teatr - sahnalashtirish faoliyati tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish” fanining maqsad va vazifalarini farqlay olishi, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun yaratilgan asarlarning oʻziga xos xususiyatlarini farqlay olishi, oʻzbek va jahon bolalar adabiyoti durdonalari asosida kichik sahna koʻrinishlari tayyorlay olishi koʻnikmalariga ega boʻlishi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish” fanining maqsadi, vazifalari 
  1. “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish” fanining maqsadi, vazifalari
  2. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish faoliyatining asosiy maqsadi
  3. Maktabgacha taʼlim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining vazifalari
2

1

2 Maktabgacha taʼlim tashkilotida sahnalashtirish faoliyati 
  1. Teatr – sahnalashtirish faoliyatining shakllari
  2. Maktabgacha taʼlim tashkilotida sahnalashtirish tartibi
  3. Maktabgacha taʼlim tashkilotida sahnalashtirishning bosqichlari
2

2

3 Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijobiy ahloqiy sifatlarni rivojlantirish 
  1. Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda vatanparvarlik sifatlarini rivojlantirish metodlari
  2. Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda mehnatsevarlik sifatlarini rivojlantirish usullari
  3. Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda bilim olishga boʻlgan ragʻbatlarini oshirish metodlari
2

3

4 Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijobiy ahloqiy sifatlarni rivojlantirish 
  1. Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda rostgoʻylik sifatlarini rivojlantirish usullari
  2. Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda sahiylik sifatlarini rivojlantirish usullari
  3. Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda jasurlik sifatlarini rivojlantirish usullari
2

4

5 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sahnalashtirilgan bayram ertaliklarini tashkil etish 
  1. Sahnalashtirilgan bayram ertaliklari uchun gʻoya tanlash va uni ssenariylash tartibi
  2. Sahnalashtirilgan bayram ertaliklari uchun musiqa va raqs jarayonlarini rejalashtirish
  3. Sahnalashtirilgan bayram ertaliklarida bolalarga obrazlarni oʻrgatishda tarbiyachining roli
2

5

6 Sahna bezaklarining ahamiyati va qoʻshimcha atributlardan unumli foydalanish 
  1. Sahnalashtirilgan turli ertaklar uchun sahnani tayyorlash
  2. Bayram ertaliklari uchun sahnani tayyorlash
  3. Qoʻshimcha atributlardan unumli foydalanish
2

6

7 Maktabgacha yoshdagi bolalarda ertak qaxramonlari va hayvonlar obrazlarini sahnalashtirish 
  1. Salbiy qaxramonlarning obrazida eʼtiborli jihatlari va ularni ijro etish
  2. Ijobiy qaxramonlarning obrazida eʼtiborli jihatlari va ularni ijro etish
  3. Hayvonlar obrazlarining eʼtiborli jihatlari va ularni ijro etish
2

7

8 Maktabgacha taʼlim bolalarda taqlid qilishi va ularga ergashishning kamchiliklari va yutugʻlari 
  1. “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish” jarayonida notogʻri taqlid qilishning salbiy oqibatlari
  2. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatda taqlidni ijobiy harakterlarga bogʻlash
  3. Maktabgacha taʼlim tashkilotida sahnalashtirish jarayonida taqlidning oilada va jamiyatda qollashning dolzarbligi
2

8

9 Sahnalashtirish jarayonida zamonaviy texnika vositalaridan unumli foydalanish va AI ning oʻrni va ahamiyati 
  1. Bolalar chizgan rasmlaridan foydalangan holda AI yordamida ertak qaxramonlarini harakatlantirish
  2. Bolalar rasmlaridan foydalangan holda AI yordamida ertak tayyorlash
  3. AI yordamida ertaklarni sahnalshtirishning salbiy va ijobiy tomonlari
2

9

10 Pape-mashe oʻyinchoqlar yasash 
  1. Pape-mashe tarixi
  2. Pape-mashe usulida oʻyinchoqlar yasash va jihozlarini yasash texnikasi
  3. Pape-mashe usuli afzalligi va kamchiliklari
2

10

Jami 20

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Qoʻgʻirchoq teatrining paydo boʻlishi, tarixiy ildizlari 
  1. Qoʻgʻirchoq teatrining paydo boʻlish tarixi
  2. Qoʻgʻirchoq teatrining kelib chiqish asoslari (Hindiston, Angliya, Rossiya, Fransiya qoʻgʻirchoq teatlari)
  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qoʻgʻirchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy ahamiyati
2

1

2 Stol, teatrini sahnalashtirish. 
  1. Stol teatri tarixi va asosi
  2. Stol teatrlari jixozlarini yasash texnikasi
  3. Stol teatri uchun sahnani tayyorlash
2

2

3 Qoʻgʻirchoq teatrini sahnalashtirish. 
  1. Qoʻgʻirchoq teatri haqida maʼlumot
  2. Qoʻgʻirchoq teatri jixozlarini yasash texnikasi
  3. Qoʻgʻirchoq teatri uchun sahnani tayyorlash
2

3

4 Soya teatrini sahnalashtirish. 
  1. Soya teatri haqida maʼlumot
  2. Soya teatri jixozlarini yasash texnikasi
  3. Soya teatri uchun sahnani tayyorlash
  4. Soya teatrida bolalar mustaqil harakatini taʼminlash
2

4

5 Barmoq teatrini sahnalashtirish. 
  1. Barmoq teatrida bolalar bilan ijod etish
  2. Barmoq teatrida bolalar mustaqil harakatini taʼminlash
  3. Maktabgacha taʼlim tashkilotida barmoq teatrini qayta hikoyaga oʻrgatish
2

5

6 Qoʻlqop teatrini sahnalashtirish. 
  1. Qoʻlqop teatri haqida maʼlumot
  2. Qoʻlqop teatri jixozlarini yasash texnikasi
  3. Qoʻlqop teatri uchun sahnani tayyorlash
2

6

7 Applikatsiya asosida ertak kompozitsiya. 
  1. Applikatsiyada qirqishni har xil usullarini bajarish
  2. Applikatsiya asosida ertak sahnalshtirish
  3. Aplikatsiyaning bola rivojlanishi uchun axamiyati
2

7

8 Milliy qoʻgʻirchoq yasash texnologiyasi. 
  1. Milliy qoʻgʻirchoq tayyorlash uchun zaruriy materiallar
  2. Qoʻgʻirchoqlar uchun aksesuar va liboslar tayyorlash
  3. Milliy qoʻgʻirchoqlar asosida ertak sahnalashtirish
2

8

9 Sahnalashtirish jarayonida zamonaviy texnika vositalaridan unumli foydalanish va AI ning oʻrni va ahamiyati. 
  1. Bolalar chizgan rasmlaridan foydalangan holda AI yordamida ertak qaxramonlarini harakatlantirish
  2. Bolalar rasmlaridan foydalangan holda AI yordamida ertak tayyorlash
  3. AI yordamida ertaklarni sahnalshtirishning salbiy va ijobiy tomonlari
2

9

10 Pape-mashe usulida hajmli oʻyinchoqlar yasash. 
  1. Pape-mashe usulida katta hajmli penyatalar yasash
  2. Pape-mashe usulida katta hajmli penyatalarni bezash usullari
2

10

Jami 20

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Maktabgacha yoshdagi bolalarning qoʻgʻirchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy ahamiyati. 
  1. Bolalarning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini uygʻotish
  2. Bolalarning tortinchoqlik va xayajonini kamaytirish
  3. Tevarak atrofni idrok ettirish metodlari
2

1

2 Maktabacha taʼlim tashkilotlarida bayram va ommaviy tadbirlarni oʻtkazish 
  1. Ertalik va bayramlar haqida tushuncha
  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik didini tarbiyalashda ertalik va bayramlarining ahamiyati
  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik didini tarbiyalashda oʻyin-kulgu kechalarini oʻtkazishda oʻziga xos xususiyatlari
  4. Bolalarni axloqiy-estetik ruhda tarbiyalashda kichik folklor janrlari namunalardan foydalanish
2

2

3 Maktabgacha taʼlim tashkilotida bayram ertaliklari uchun ssenariylarini tayyorlash. 
  1. Senariylarni tayyorlash usullari
  2. Asar qahramonlarini roʻllarga boʻlish
  3. Sheʼr va qoʻshiqlarni tanlash texnikasi
  4. Dublyaj sanʼati
2

3

4 Tabiiy va tashlandiq materiallardan turli oʻyinchoqlar yasash. 
  1. Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari
  2. Tashlandiq buyumlar nimalar
  3. Tashlandiq buyumlardan oʻyinchoq yasash
2

4

5 Qogʻozdan buklash yoʻli bilan oʻyinchoq yasash (“Origami usuli”). 
  1. Origami sanʼatining kelib chiqish tarixi
  2. Origami usulida oʻyinchoq yasash uchun zaruriy materiallar
  3. Origami usulida oʻyinchoq yasash
  4. Bolalarning mayda matorikasiga taʼsiri
2

5

6 Kviling texnikasi asosida ertak kompozitsiya. 
  1. Kviling texnikasi haqida umumiy tushuncha
  2. Kviling texnikasi asosida ertak kompozitsiyasini yasash
  3. Kviling texnikasining bola rivojlanishidagi axamiyati
2

6

7 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida loy ishi yordamida ertak kompozitsiya. 
  1. Loy tayyorlash texnikasi
  2. Modellashtirish
  3. Loy ishida bolalar bilan ertak sahnalashtirish
2

7

8 Harakatlanuvchi qoʻgʻirchoqlar yordamida ertak kompozitsiya. 
  1. Harakatlanuvchi qoʻgʻirchoqlar yasash texnikasi
  2. Qoʻgʻirchoqlarni modellashtirish va sahnalashtirish
  3. Harakatlanuvchi qoʻgʻirchoqlarning bola rivojlanishidagi axamiyati
2

8

9 Bolalar ijrosidagi sahnalashtirilgan ertaklar uchun qahramonlar libosini tikish. 
  1. Ertaklar qahramonlarini belgilash va kerakli jarayonlarni rejalashtirish
  2. Andozalar olish va kerakli anjomlardan toʻgʻri foydalanish
  3. Qahramonlar ishtirokida ertak sahnalashtirish
2

9

10 Bolalar ijrosida soya teatrini sahnalashtirish. 
  1. Soya teatri uchun ertak tanlashda ahamiyatli jihatlar
  2. Bolalar va talabalar ishtirokida soya teatrini sahnalashtirish
  3. Aplekatsiya yordamida soya teatrini sahnalashtirish
  4. Soya teatrini sahnalashtirishda ovozlashtirish
2

10

Jami 20

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Bolalar ijrosida soya teatrini sahnalashtirish. 

1

2 Soya teatrini sahnalashtirish. 

2

3 Barmoq teatrini sahnalashtirish. 

3

4 Stol teatrini sahnalashtirish. 

4

5 Qoʻlqop teatrini sahnalashtirish. 

5

6 Maktabgacha taʼlim tashkiloti ertaliklari uchun bayram ssenariylarini tayyorlash. 

6

7 Maktabacha taʼlim tashkilotlarida bayram va ommaviy tadbirlarni oʻtkazish. 

7

8 Pape-mashe usulida oʻyinchoqlar yasash. 

8

9 Zamonaviy texnika vositalari yordamida ertak sahnalashtirish. 

9

10 “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish” fanining maqsadi, vazifalari. 

10

11 Milliy ertak asosida qoʻgʻirchoq teatrini sahnalashtirish. 

11

12 Dunyo ertaklari asosida barmoq teatrini sahnalashtirish. 

12

13 Rus xalq ertaklari asosida bolalar ijrosida ertak sahnalashtirish. 

13

14 Oʻzbek xalq etaklarini soya teatri asosida sahnalashtirish. 

14

15 Xayr bogʻcha bayram ertaligi uchun sahnalashtirilgan ssenary yozish. 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, media, ijodiy ish koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Qodirova Z. S, . Akbarov O. E, Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish Namangan – 2024. 215 bet      
  2. Esonova M. A Maktabgacha pedagogika. Darslik. 2020. 219 bet      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun. T.: 2022-yil. 102 bet      
  2. Xasanova. Sh. T Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga oʻrgatish. Darslik. Tafakkur. T.: 2020. 184 bet      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://pedagog.uz/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Israilova Xusnida Adilovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: adilovna1989@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Bakiyeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

Z.Azimova - Andijon davlat pedagogika instituti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, E bino 604 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti)

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

X.Israilova

Fan oʻqituvchisi