JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Adabiyotshunoslik nazariyasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Adabiyotshunoslik nazariyasi Fan kodi AN1,809
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

bаdiiy аdаbiyotning umuminsоniy mоhiyati, аdаbiy-nаzаriy tаfаkkur tаriхidаgi oʻzigа хоsliklаr, bаdiiy аsаr mаvzusi vа pоetik gʻоyasi, pоetik tаfаkkurgа хоs bеlgilаr, bаdiiy ijоd qоnuniyatlаri vа ijоd psiхоlоgiyasi, bаdiiy аdаbiyotning ijtimоiy hаyotdаgi oʻrni, bаdiiy аsаrni qаbul qilish mаsаlаlаri, jаhоn аdаbiyotshunоsligidа kеchаyotgаn jаrаyonlаr hаqidа bilimgа egа boʻlish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • badiiy adabiyotning umuminsoniy mohiyati, adabiy-nazariy tafakkur tarixidagi oʻziga xosliklar, badiiy asar mavzusi va gʻoyasi, poetik tafakkurga xos belgilar, badiiy ijod qonuniyatlari va ijod psixologiyasi, badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotdagi oʻrni, badiiy asarni qabul qilish masalalari, jahon adabiyotshunosligida kechayotgan jarayonlar haqida bilimlarga ega boʻladilarni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • “Adabiyot nazariyasi” fani boʻyicha bakalavr talaba badiiy adabiyotning umuminsoniy mohiyati, adabiy-nazariy tafakkur tarixidagi oʻziga xosliklar, badiiy asar mavzusi va poetik gʻoyasi, poetik tafakkurga xos belgilar, badiiy ijod qonuniyatlari va ijod psixologiyasi, badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotdagi oʻrni, badiiy asarni qabul qilish masalalari, jahon adabiyotshunosligida kechayotgan jarayonlar haqida tasavvurga ega boʻladi ;
  • Ushbu fan doirasida talaba adabiyotshunoslik nazariyasining tarix, falsafa, psixologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bogʻliqligini, adabiyotshunoslik ilmi va adabiy jarayondagi nazariy masalalarni, badiiy asarning shakl va mazmuniga oid nazariy qarashlarni, lirikaning poetik foydalana oladi. Shuningdek, nazariy bilim olgan bakalavr talaba adabiy manbalarga nazariy baho bera olish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. Adabiyotshunoslik asoslari fan sifatida 
  1. Adabiyotshunoslik fanining predmeti
  2. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi
  3. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari
  4. Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi
2

1

2 Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati 
  1. Badiiy adabiyot haqida adabiyotshunoslikdagi bahslar toʻgʻrisida
  2. Badiiy adabiyot ham ijtimoiy ong, ham sanʼat sohasi sifatida
  3. Badiiy adabiyotning ijtimoiy tabiati
2

2

3 Badiiy obraz va obrazlilik. Badiiy obraz spestifikasi 
  1. Obrazli tafakkur (obrazlilik) sanʼatning spesifik xususiyati sifatida
  2. Badiiy obraz tushunchasi
  3. Badiiy obraz xususiyatlari
  4. Inson obrazi va uni yaratish vositalari
  5. Obraz turlari
2

3

4 Badiiy asar tushunchasi 
  1. Badiiy asar tushunchasi
  2. Badiiy asar - badiiy kommunikatsiya vositasi
  3. Badiiy ijod jarayoni haqida
  4. Badiiy asar sistem butunlik sifatida
2

4

5 Mavzu: Badiiy asarda shakl va mazmun 
  1. Shakl va mazmun tushunchalari haqida
  2. Badiiy asarda shakl va mazmun birligi
  3. Badiiy asarda shakl va mazmunning oʻzaro muvofiqligi badiiyatning muhim sharti sifatida
  4. Shakl va mazmun unsurlari tasnifi masalasi
2

5

6 Badiiy asar syujeti. Konflikt 
  1. Syujet haqida tushuncha
  2. Syujet turlari. Syujet komponentlari
  3. Syujetning badiiy asardagi funksiyalari
  4. Konfilikt va uning turlari
2

6

7 Badiiy asar kompozitsiyasi. Epik asar kompozitsiyasi 
  1. Kompozision usullar
  2. Kompozitsiya turlari
  3. Epik nutqning kompozitsion shakllari: rivoya, tavsif, dialog
  4. Obrazlar sistemasi
  5. Badiiy vaqt
  6. Tashqi kompozitsiya
2

7

8 Lirik va dramatik asar kompozitsiyasi 
  1. Lirik asar kompozitsiyasining uch aspekti
  2. Tematik, matniy, ritmik-intonasion kompozitsiya
  3. Dramatik asarning tashqi kompozitsiyasi
  4. Parda va koʻrinishlar
  5. Asosiy va yondosh matn. Ramka unsurlari
2

8

9 Badiiy asar tili 
  1. Badiiy (poetik) til tushunchasi
  2. «Poetik til» va umumxalq tili va «adabiy til» tushunchalari, ularning oʻzaro munosabati
  3. Badiiy asar tilining spesifik xususiyatlari
  4. Badiiy nutq shakllari: sochma (nasr)va tizma (sheʼriy); monologik va dialogik
  5. Badiiy tilning anʼanaviyligi
2

9

10 Badiiy tasvir va ifoda vositalari 
  1. Tasvir va ifoda vositalari haqida umumiy tushuncha
  2. Tildan foydalanishda normadan "ogʻish" tushunchasi va uning turlari
  3. Leksik sathdagi normadan ogʻish: "soʻz tanlash" asosida tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytirish
  4. Trop(koʻchim) semantik satxdagi normadan ogʻish sifatida
  5. Tropning asosiy turlari
2

10

11 Badiiy sanʼatlar va mumtoz qofiya 
  1. Mutoz badiiy sanʼatlar
  2. Maʼnaviy, lafziy va mushtarak sanʼatlar
  3. Qofiya va uning turlari
  4. Mumtoz qofiya nazariyasi
2

11

12 Sheʼriy nutq haqida 
  1. Sheʼriy va nasriy nutq haqida
  2. Ritm tushunchasi
  3. Ritmik boʻlak va ritmik vositalar
  4. Sheʼriy sintaksis haqida
2

12

13 Sheʼr tizimlari 
  1. "Sheʼr tizimi" va "vazn" tushunchalari haqida
  2. Sheʼriy tizimlar. Metrik, melodik, sillabik, tonik sheʼr tizimlari
  3. Aruz atamasi haqida. Aruzda ritmik boʻlaklar: harf, juzv, rukn, bahr
  4. Solim va farʼiy bahrlar. Zihof
  5. Aruzda yozilgan sheʼr vaznini aniqlash
2

13

14 Adabiy tur va janrlar 
  1. Adabiy tur tushunchasi
  2. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish prinsiplari
  3. Epik turning oʻziga xos spetsifik xususiyatlari
  4. Epik tur janrlari, janrlarga ajratish prinsiplari. Eposning asosiy janrlari
2

14

15 Badiiy asar tahlili 
  1. Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish jarayonidagi nisbati haqida
  2. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar haqida
  3. Kontekstual va immanent tahlil
  4. Tahlil metodlari
2

15

Jami 30

amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan


5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari. 
  1. Adabiyotshunoslik fanining predmeti
  2. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi
2

1

2 Adabiyotning ijtimoiy tabiatini belgilovchi omillari. 
  1. Badiiy adabiyot ham ijtimoiy ong, ham sanʼat sohasi sifatida
  2. Badiiy adabiyotning ijtimoiy tabiati
2

2

3 Badiiy obraz xususiyatlari. 
  1. Individuallashgan umumlashma, ratsional va emotsional funksiyalar
  2. Metaforiklik, assotsiativlik
  3. Badiiy bashorat
2

3

4 Adabiy asar haqida. 
  1. Badiiy asar - badiiy kommunikatsiya vositasi
  2. Badiiy ijod jarayoni haqida
2

4

5 Badiiy asarda shakl va mazmun unsurlarining uygʻunligi. 
  1. Badiiy asarda shakl unsurlari
  2. Badiiy asarda mazmun unsurlari
  3. Problema
  4. Tema
  5. Tendebsiya
  6. Gʻoya
2

5

6 Badiiy asarda syujet elementlari. Konflikt va uning turlari. 
  1. Syujet haqida tushuncha
  2. Syujet funksiyalari
  3. Syujet va fabula
  4. Syujet turlari
  5. Konflikt va uning turlari
2

6

7 Adabiy asar kompozitsiyasi. 
  1. Epik asar kompozitsiyasi
  2. Epik nutqning kompozitsiyon shakillari, ularning oʻzaro munosabati
  3. "Kompozitsiyon tafakkur" tushunchasi
2

7

8 Dramatik va lirik asar kompozitsiyasi. 
  1. Dramatik asarning tashqi qurilishi
  2. Ramka unsurlar va ularning vazifalari
  3. Lirik asar kompozitsiyasining uch aspekti
2

8

9 Adabiy asarlarni turlarga ajratish tamoyillari. Epik tur va uning janrlari. 
  1. Adabiy tur tushunchasi
  2. Badiiy adabiyotning turlarga ajratish prinsiplari
  3. Epik turning oʻziga xos spetsifik xususiyatlari
  4. Epik tur janrlari
  5. Epik turni janrga ajratish prinsipi
2

9

10 Hozirgi sheʼriyatdagi lirik janrlar xususiyati. 
  1. Meditativ lirika
  2. Intelektual lirika
  3. Voqeaband va tavsifiy lirika
2

10

11 Badiiy nutq qurilishi. Nutqiy semantika 
  1. Badiiy nutq tushunchasi
  2. Badiiy nutqning spetsifik xususiyatlari
  3. Badiiy nutqning leksik xususiyatlari
  4. Semantik sathdagi normadan ogʻishlar
  5. Koʻchim va uning turlari
2

11

12 Adabiy yoʻnalish va oqimlar 
  1. Metod va uslub tushunchasi haqida
  2. Adabiy yoʻnalish haqida
  3. Adabiy oqim, adabiy maktab
  4. Adabiy anʼana, adabiy taʼsir, adabiy aloqa
2

12

13 Badiiy asar tahlili 
  1. Tahlil, sintez va talqin atamalari haqida
  2. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar
  3. Tahlil metodlari tasnifi. Kontekstual tahlil
  4. Immanent tahlil
  5. Kompleks tahlil
2

13

14 Immanent va Kontekstual tahlil turlari asosida hozirgi adabiy jarayondagi asarlarni tahlil qilish 
  1. Struktural tahlil metodi
  2. Stilistik tahlil metodi
  3. Semiotik tahlil metodi
  4. Biografik tahlil metodi
  5. Tarixiy-madaniy tahlil metodi
  6. Sotsiologik tahlil metodi
  7. Psixologik tahlil metodi
2

14

15 Hozirgi adabiy jarayon manzaralari 
  1. Adabiy jarayon tushunchasi
  2. Adabiyot va ijtimoiy-tarixiy sharoit
  3. Adabiy jarayonni davrlashtirish
2

15

Jami 30

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Badiiy adabiyot haqida adabiyotshunoslikdagi bahslar toʻgʻrisida shaxsiy muloxazalarni yozish. 

1

2 Aristotelning “Poetika” asarlarini oʻrganish. 

2

3 Alisher Navoiyning “Majolis un nafois” asarini oʻrganish 

3

4 Choʻlponning “Adabiyot nadur? ” maqolasi bilan tanishish va shu savolga shaxsiy mulohaza tayyorlash 

4

5 Fitratning “Adabiyot qoidalari”, “Aruz haqida” asarlarini oʻrganish. 

5

6 O. Sharafiddinov asarlari boʻyicha taqdimot tayyorlash. 

6

7 A. Rasulovning “Badiiylik bezavol yangilik” asari tahlili 

7

8 Matyoqub Qoʻshjonovning “Oʻzbekning oʻzligi” kitobini oʻqib tahlil qilish 

8

9 N. Karimovning asar va maqolalari bilan tanishish. 

9

10 B. Karimovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini oʻqib, tahlil qilish. 

10

11 Individual obraz, xarakter, tipik obrazlarni bir asar doirasida aniqlash va tavsif yozish. 

11

12 Jadid adabiyoti namunalari misolida motiv obrazlar mavzusida tezes tayyorlash. 

12

13 Mumtoz adabiyot janrlaridan namunalar yod olish va tahlil qilish 

13

14 Badiiy asarlardagi peyzaj, portretlardan parchalar yod olish 

14

15 Epik asar kompozitsiyasini tahlil qilish 

15

16 Lirik asar kompozitsiyasini tahlil qilish 

16

17 Dramatik asar kompozitsiyasini tahlil qilish 

17

18 Mutoz adabiyot namunalari asosida toposlarni aniqlash. 

18

19 I. Gʻafurov asarlari bilan tanishish va taqdimot tayyorlash 

19

20 I. Haqqulning “Navoiyga qaytish” kitobini oʻqib tahlil qilish 

20

21 Q. Yoʻldoshning “Badiiy tahlil asoslari”ni oʻqish 

21

22 Umarali Normatovning “Ijod sehri” kitobini mutolaa qilish 

22

23 D. Quronovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini oʻqib, tahlil qilish. 

23

24 A. Hayitmetovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini oʻqib, tahlil qilish. 

24

25 B. Sarimsoqovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini oʻqib, tahlil qilish. 

25

26 Z. Qobilovaning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini oʻqib, tahlil qilish. 

26

27 U. Hamdamovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini oʻqib, tahlil qilish. 

27

28 B. Rahmonovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini oʻqib, tahlil qilish. 

28

29 N. Jobborovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini oʻqib, tahlil qilish. 

29

30 M. Asadovning adabiyotshunoslikka oid maqolalarini oʻqib, tahlil qilish. 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Darslik. Toshkent: Akademnashr, 2019, 480 b      
  2. Ulugʻov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Darslik. Toshkent: Gʻ. Gʻulom nashriyoti, 2018. 360 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Darslik – T.: Oʻzbekiston , 2000. 232 b      
  2. Haqqul I . Hayot. Adabiyot. Abadiyat. Maqolalar toʻplami. -T.: Tafakkur, 2019. 246 b      
  3. Karimov B. Adabiyotshunoslik metodologiyasi. Darslik. – T.: Muharrir, 2011. 324 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://Ziyouz.com      
  • https://namdu.uz      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Amaliy mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida yozma shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Amaliy mashgʻulot Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-14 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. yozma Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Qodirov Abdulazizbek Luqmonjon oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: qodirovabdulaziz514@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Bektasheva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Katta oʻqituvchi

M.Tojibayeva - Andijon davlat universiteti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, B 214 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Qodirov

Fan oʻqituvchisi