JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ortopedik stomatologiya propedevtikasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100-Stomatologiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Ortopedik stomatologiya propedevtikasi Fan kodi OSP 12308
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: Ogʻzaki
YI: Amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
16 44

2. Fan maqsadi

talabalarni klinik fikrlash qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan uslublarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali, yaʼni tish qattiq toʻqima va tish qatorlari nuqsonlarining kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, klinikalari, tashxis va qiyosiy tashxislari va davolash usullari hamda ularni oldini olish chora tadbirlarini oʻrgata borish va shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • ortopedik stomatologiya klinikasining tuzilishi, ergonomika va;
  • deontologik tamoyillari; dezinfeksiya va sterillizatsiya qoidalari; tishjagʻ tizimining anatomo-fiziologik tuzilishining xususiyatlari, tishlov va;
  • okklyuziya turlari haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • ortopedik stomatologiya klinikasida va tish sozlash laboratoriyasida;
  • qoʻllaniladigan jihozlar va asboblar, bemorlarni asosiy va yordamchi;
  • tekshirish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • harakatini tiklovchi jihozlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • ogʻiz boʻshligʻini koʻrikdan oʻtkazish, anamnez yigish, kasallik tarixini;
  • toʻldirish, odontoparodontogrammani toʻldirish, oddiy modellar quyish;
  • malakalariga (shu jumladan klinik amaliy koʻnikmalariga) ega boʻlishi;
  • kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • ortopedik stomatologiyaning sirlarini oʻrganish ;
  • fiziologiya va kasalliklar haqida umumiy tushuncha boʻyicha xulosalar chiqarish ;
  • ortopedik stomatologiya jarayonlarini oʻrganish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Mutaxassislikka kirish. Ortopedik stomatologiya tarixi. Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan asbob va uskunalar. Ortoped – Stomatolog va tish sozlash texnigi ish joyini tashkil qilishning ergonomik asoslari 
  1. Mutaxassislikka kirish. Ortopedik stomatologiya tarixi
  2. Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan asbob va uskunalar. Ortoped – stomatolog va tish sozlash texnigi ish joyini tashkil qilishning ergonomik asoslari
2

1

2 Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniladigan tibbiy asbob – uskunalar. Vrach yordamchisi(assistant) bilan “toʻrt qoʻllab” ishlashdagi asosiy tushunchalar. Turbinali dataklar, mikromatorlik dastaklar (tezlatuvchi, sekinlatuvchi) va boshqa moslamalar bilan ishlash xususiyatlari. Birlamchi bemorlarning koʻrigida va boshqa davolash bosqichlarida qoʻllaniladigan ortopedik asboblar toʻplami. Texnika xavfsizligi 
  1. Stomatologik qurilmalar va ularning turlari. Stomatologik qurilmalarni ishga tayyorlash
  2. Vrach yordamchisi(assistant) bilan “toʻrt qoʻllab” ishlashdagi asosiy tushunchalar
  3. Turbinali dataklar, mikromatorlik dastaklar (Tezlatuvchi, sekinlatuvchi) va boshqa moslamalar bilan ishlash xususiyatlari
2

2

3 Tishlarning anatomiyasi va gistologiyasi. Oʻng va chap tomondagi tishlarning bir biridan farqi 
  1. Tish emalining anatomik tuzulishi va gistologik tuzulishi
  2. Tish dentinining anatomik va gistologik tuzilishi
  3. Tish pulpasining tuzilishi, pulpa boʻshligʻI va ildiz pulpasi
  4. Oʻng va chap tomondagi tishlarni bir biridan farqi
2

3

4 Protezlashga bogʻliq tish–jagʻ tizimining anatomik va fiziologik xususiyatlari. Chaynash apparati skeleti. Yuqori va pastki jagʻ, alveolyar oʻsiqlar. Chaynash va yuz mushaklari. Ogʻiz boʻshligʻining shilliq qavati 
  1. Protezlashga bogʻliq tish–jagʻ tizimining anatomik va fiziologik xususiyatlari
  2. Chaynash apparati skeleti. yuqori va pastki jagʻ, alveolyar oʻsiqlar
  3. Chaynash va yuz mushaklari
  4. Ogʻiz boʻshligʻining shilliq qavati
2

4

5 Chakka – pastki jagʻ boʻgʻimining (ChPJB) tuzilishi. Pastki jagʻning biodinamikasi. Tish jagʻ tizimi barcha qismlarining oʻzaro munosabati. Chaynashda va uzib olishda pastki jagʻning chaynov harakatlaridagi bosqichlar. Chaynov mushaklari. Chaynov mushaklaring absolyut kuchi. Chaynash bosimi. Pastki jagʻning nisbiy tinch holati 
  1. Chakka – pastki jagʻ boʻgʻimining (ChPJB) tuzilish xususiyatlari
  2. Pastki jagʻning biodinamikasi
  3. Chaynov mushaklari. Chaynov mushaklaring absolyut kuchi
  4. Pastki jagʻning nisbiy tinch holati
2

6

6 Artikulyatsiya, okklyuziya. Okklyuziya turlari: markaziy, oldingi, yon (oʻng, chap). Pastki jagʻ harakatini amalga oshiruvchi apparatlar (okklyudator, artikulyator). Uch nuqtali kontakt haqida tushuncha. Tish, alveolyar va bazal yoylar haqida tushuncha. okklyuzion egrilik va okklyuzion tekislik. Yuz yoyi haqida tushuncha. Prikus (tishlov). Tishlov turlari. Fiziologik va patologik tishlov belgilari 
  1. Artikulyasiya, okklyuziya
  2. Artikulyator va okklyudator
  3. Yuz yoyi haqida tushuncha
  4. Prikus (tishlov). tishlov turlari. fiziologik va patologik tishlov belgilari
2

7

Jami 12

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Chakka – pastki jagʻ boʻgʻimining (ChPJB) tuzilishi. Pastki jagʻning biodinamikasi. Tish jagʻ tizimi barcha qismlarining oʻzaro munosabati. Chaynashda va uzib olishda pastki jagʻning chaynov harakatlaridagi bosqichlar. Chaynov mushaklari. Chaynov mushaklaring absolyut kuchi. Chaynash bosimi. Pastki jagʻning nisbiy tinch holati. 
  1. Chakka – pastki jagʻ boʻgʻimining (ChPJB) tuzilish xususiyatlari
  2. Pastki jagʻning biodinamikasi
  3. Chaynov mushaklari. Chaynov mushaklaring absolyut kuchi
  4. Pastki jagʻning nisbiy tinch holati
4

1

2 Artikulyatsiya, okklyuziya. Okklyuziya turlari: markaziy, oldingi, yon (oʻng, chap). Pastki jagʻ harakatini amalga oshiruvchi apparatlar (okklyudator, artikulyator). Uch nuqtali kontakt haqida tushuncha. Tish, alveolyar va bazal yoylar haqida tushuncha. okklyuzion egrilik va okklyuzion tekislik. Yuz yoyi haqida tushuncha. Prikus (tishlov). Tishlov turlari. Fiziologik va patologik tishlov belgilari. 
  1. Artikulyasiya, okklyuziya
  2. Artikulyator va okklyudator
  3. Yuz yoyi haqida tushuncha
  4. Prikus (tishlov) tishlov turlari. Fiziologik va patologik tishlov belgilari
4

2

3 Talabalarda tishlov turini aniqlash. Diagnostik qolip olish. Model quyish. Modellarni okklyudatorga oʻrnatish. 
  1. Talabarda prikus (tishlov) tishlov turlarini aniqlash
  2. Qolip olish
  3. Model quyish va okklyudatorga oʻrnatish
4

3

4 Chaynash bosimini va chaynash samaradorligini aniqlash usullari. Gnatodinamometriya. Odontoparodontogramma. Chaynash samaradorligini aniqlash sinamilari. Pastki jagʻ harakatlarini va mushaklarning funksional holatini yozib olish usullari (mastikatsiografiya, elektromiografiya, miotonometriya, miografiya). Chakka – pastki jagʻ boʻgʻimini tekshirish. 
  1. Chaynash bosimini va chaynash samaradorligini aniqlash usullari
  2. Chaynash samaradorligini aniqlash usullari
  3. Chakka – pastki jagʻ boʻgʻimini tekshirish
4

4

5 Patologik tish choʻntagining chuqurligini aniqlash. Patologik tish qimirlashi, uning darajalari. Perkussiya turlari. Tishsiz alveolyar suyakni tekshirish. Diagnostik modellarni oʻrganish. Protezlash turlari. Tish protezlarning tasnifi. Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniladigan tish protezlari. 
  1. Patologik tish choʻntagining chuqurligini aniqlash. Patologik tish qimirlashi, uning darajalari
  2. Perkussiya turlari. Tish harakatchanligini va implantat barqarorligini aniqlash usullari (ISQ)
  3. Tishsiz alveolyar suyakni tekshirish. Diagnostik modellarni oʻrganish
  4. Protezlash turlari. Tish protezlarning tasnifi
  5. Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniladigan tish protezlari
4

5

6 Tishlarning anatomiyasi va gistologiyasi. Oʻng va chap tomondagi tishlarning bir biridan farqi. 
  1. Tish emalining anatomik tuzulishi va gistologik tuzulishi
  2. Tish dentinining anatomik va gistologik tuzilishi
  3. Tish pulpasining tuzilishi, pulpa boʻshligʻI va ildiz pulpasi
  4. Oʻng va chap tomondagi tishlarni bir biridan farqi
4

6

7 Yuqori va pastki jagʻ tishlarining anatomik shakllarini mumdan yasash (modellashtirish). Oʻng va chap tomondagi tishlarni bir biridan farqi. 
  1. Modellashtirish, tish shakllarini mumdan yasash
  2. Oʻng va chap tomondagi tishlarni bir biridan farqi
4

7

8 Protezlashga bogʻliq tish–jagʻ tizimining anatomik va fiziologik xususiyatlari. Chaynash apparati skeleti. Yuqori va pastki jagʻlar, alveolyar oʻsiqlar. Chaynash va yuz mushaklari. Ogʻiz boʻshligʻining shilliq qavati. 
  1. Protezlashga bogʻliq tish–jagʻ tizimining anatomik va fiziologik xususiyatlari
  2. Chaynash apparati skeleti. yuqori va pastki jagʻlar, alveolyar oʻsiqlar
  3. Chaynash va yuz mushaklari
  4. Ogʻiz boʻshligʻining shilliq qavati
4

8

9 Periodont va parodont toʻqimalarining anatomik, gistologik va funksional xususiyatlari. Tish qatorlari barqarorligini taʼminlovchi omillar. 
  1. Periodont toʻqimasining anatomik, gistologik va funksional xususiyatlari
  2. Parodont toʻqimasining anatomik, gistologik va funksional xususiyatlari
  3. Tish qatorlari barqarorligini taʼminlovchi omillar
4

9

10 Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniladigan tibbiy asbob – uskunalar. Vrach yordamchisi(assistant) bilan “toʻrt qoʻllab” ishlashdagi asosiy tushunchalar. Turbinali dataklar, mikromatorlik dastaklar (tezlatuvchi, sekinlatuvchi) va boshqa moslamalar bilan ishlash xususiyatlari. Birlamchi bemorlarning koʻrigida va boshqa davolash bosqichlarida qoʻllaniladigan ortopedik asboblar toʻplami. Texnika xavfsizligi. 
  1. Stomatologik qurilmalar va ularning turlari. Stomatologik qurilmalarni ishga tayyorlash
  2. Vrach yordamchisi(assistant) bilan “toʻrt qoʻllab” ishlashdagi asosiy tushunchalar
  3. Turbinali dataklar, mikromatorlik dastaklar (Tezlatuvchi, sekinlatuvchi) va boshqa moslamalar bilan ishlash xususiyatlari
  4. Birlamchi bemorlarning koʻrigida va boshqa davolash bosqichlarida qoʻllaniladigan ortopedik asboblar toʻplami
  5. Texnika xavfsizligi
4

10

11 Mutaxassislikka kirish. Ortopedik stomatologiya tarixi. Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan asbob va uskunalar. Ortoped – Stomatolog va tish sozlash texnigi ish joyini tashkil qilishning ergonomik asoslari. 
  1. Mutaxassislikka kirish. Ortopedik stomatologiya tarixi
  2. Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan asbob va uskunalar
  3. Ortoped – stomatolog va tish sozlash texnigi ish joyini tashkil qilishning ergonomik asoslari
4

11

Jami 44

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Turli modellar quyish usullari. 

1

2 Protezlar. Protezlar turlari. 

2

3 Odontoparodontogramma 

3

4 Yuqori va pastki jagʻ tishlari qatorining oʻzaro munosabati. 

4

5 Chaynov apparatining skeleti 

5

6 Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniluvchi plomba materiallarining va adgeziv sistemalarining klassifikatsiyasi 

6

7 Stomatologik tashxis (diagnoz) qoʻyishning klinik bosqichlari 

7

8 Stomatologik bemorning kasallik tarixini toʻldirish. 043 hujjatini toʻldirish, shakllantirish asoslari. 

8

9 Zamonaviy stomatologik xonaning jihozlanishi. Talablar. 

9

10 Zamonaviy stomatologik qurilmalar turlari. Tasnifi. Xususiyatlari. 

10

11 Zamonaviy stomatologik dastaklar (Nakonechniklar). 

11

12 Bemorni ortopedik stomatologik qabul qilish. Deontologiya. Ergonomika qoidalari. 

12

13 Protezlash ahamiyati boʻlgan tish-jagʻ tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari. 

13

14 Bemorlarni zamonaviy tekshirish usullari. 

14

15 Rentgenologik tekshirish usullari. 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan bоʼyicha mustaqil ishni xar bir mavzusini amliy mashgʻulot, taqdimot slaydlar kоʼrinishida topshiradi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Irsaliev X. I., Аkbarov А. N., Xabilov N. L., Ortopedik stomatologiya propedevtikasi, Darslik, T., 2022. -256 b      
  2. Akbarov A. N., Xabilov N. L., Arslanov O. U., Usmonov F. K., Ziyadullaeva N. S. Olinmaydigan tishlar bilan protezlash, Darslik. T., 2018. -302 b      
  3. Irsaliev X. I., Raxmonov X. Sh., Xabilov N. L., Safarov M. T., Raxmatullaev F. T. Ortopedik stomatologiya propedevtikasi, Darslik. T., 2006. -256 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Rizaev J. А., Gʻaffarov S. А., Stomatologiya, Oʻquv qoʻllanma, T., 2018. -215 b      
  2. Курбанов О. Р., Абдурахманов А. И., Абакаров С. И., Ортопедическая стоматология, Учебник. М., 2015. -341 с      
  3. Арутюнова С. Д., др соов., Ортопедик стоматология, Учебник , М., 2019., -823 с      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.stomatologu.ru      
  • https://www.medlibrary.ru      
  • https://www.medline.ru      
  • https://www.meduniver.com      
  • https://www.studfayl.net      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. Ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. Amaliy Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Muxtarov Ixvoljon Ibragimovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: Iqbolibragimovich7707@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Stomatologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

M.Safarov - Toshkent davlat stomatologiya instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba – Seshanba - Payshanba, soat 15.00 – 17.00, 301 - xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Stomatologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

M.Abduraxmonova

Kafedra mudiri

(imzo)

I.Muxtarov

Fan oʻqituvchisi