JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ortopedik stomatologiya propedevtikasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100-Stomatologiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 2
Semestr 3-semestr
Fan nomi Ortopedik stomatologiya propedevtikasi Fan kodi OSP 12308
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
30
(aud)
30
(must)
8 22

2. Fan maqsadi

talabalarni klinik fikrlash qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan uslublarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali, yaʼni tish qattiq toʻqima va tish qatorlari nuqsonlarining kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, klinikalari, tashxis va qiyosiy tashxislari va davolash usullari hamda ularni oldini olish chora tadbirlarini oʻrgata borish va shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Stomatologiyaga kirish (SK1104)

2. Preklinik restavratsion stomatologiya (PRS 11208)

3. Ortopedik stomatologiya propedevtikasi (OSP 1230)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • ortopedik stomatologiya klinikasining tuzilishi, ergonomika va;
  • deontologik tamoyillari; dezinfeksiya va sterillizatsiya qoidalari; tishjagʻ tizimining anatomo-fiziologik tuzilishining xususiyatlari, tishlov va;
  • okklyuziya turlari haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • ortopedik stomatologiya klinikasida va tish sozlash laboratoriyasida;
  • qoʻllaniladigan jihozlar va asboblar, bemorlarni asosiy va yordamchi;
  • tekshirish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • harakatini tiklovchi jihozlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • ogʻiz boʻshligʻini koʻrikdan oʻtkazish, anamnez yigish, kasallik tarixini;
  • toʻldirish, odontoparodontogrammani toʻldirish, oddiy modellar quyish;
  • malakalariga (shu jumladan klinik amaliy koʻnikmalariga) ega boʻlishi;
  • kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • ortopedik stomatologiyaning sirlarini oʻrganish ;
  • fiziologiya va kasalliklar haqida umumiy tushuncha boʻyicha xulosalar chiqarish ;
  • ortopedik stomatologiya jarayonlarini oʻrganish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan materiallar. Stomatologik materiallarning asosiy xossalari, ularga qoʻyiladigan talablar. Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniladigan metallar va ularning qotishmalari. Ular uchun ishlatiladigan quyish, shtamplash, payvandlash jarayonlari 
  1. Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan materiallar
  2. Stomatologik materiallarning asosiy xossalari
  3. Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniladigan metallar va ularning qotishmalari
  4. Ushbu metall qotishmalar uchun qoʻllaniladigan quyish, shtamplash va payvandlash jarayonlari
2

1

2 Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan asosiy materiallar. Stomatologiyada ishlatiladigan materiallarning asosiy xususiyatlari, ularning xossalari (mexanik, texnologik, fizik-kimyoviy, biologik va boshqalar), ularga qoʻyiladigan talablar. Polimerlar, polimerizatsiya 
  1. Polimerlar
  2. Ortopedik stomatologik amaliyotda qoʻllaniladigan plastmassalar, ularning turlari
  3. Polimerizatsiya jarayoni
2

2

3 Stomatologik Chinni. Press-keramika va sitallar. Texnik va tibbiy xususiyatlari. Kimyoviy tarkibi, fizik v a mexanik xususiyatlari 
  1. Chinni. Tarkibi, stomatologiyada ishladigan turlari
  2. Press-keramika va sitallar
  3. Chinni, keramika, sitallarning texnologik, fizik, kimyoviy xususiyatlari
2

3

4 Dioksid tsirkon. Texnik va tibbiy xususiyatlar. Kimyoviy tarkibi, fizik va mexanik xususiyatlari. CAD-CAM tizimi 
  1. Dioksid sirkoniy, tarkibi, xusuiyatkari, oʻziga xosligi
  2. CAD-CAM tizimi
2

4

Jami 8

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Tish texnikasi laboratoriyasi va klinikada qoʻllaniladigan yordamchi materiallar. Ularning turlari va asosiy xossalari (mexanik, texnologik, fizik-kimyoviy, biologik va boshqalar), hamda ularga qoʻyiladigan talablar. 
  1. Stomatologik laboratoriyada qoʻllaniladigan yordamchi materiallarning tasnifi
  2. Yordamchi xomashyolarning fizik-kimyoviy, mexanik va texnologik xossalari
  3. Ortopedik konstruksiyalarni modellashtirishda qoʻllaniladigan materiallar. Mumlar va ularning turlari
4

1

2 Zirkoniy dioksidi. Tarkibi, texnik va tibbiy xususiyatlari. Pechda kuydirish usuli. CAD/CAM tizimi. 
  1. Zirkoniy dioksidi: tarkibi, xossalari, oʻziga xosligi
  2. CAD/CAM tizimi
2

2

3 Anatomik va funksional qoliplar, birlamchi va ikkilamchi qoliplar. Qolip sifatini baholash mezonlari. Turli modellarni olish usullari. Ikki qatlamli qolip olish turlari: ikki bosqichli va bir bosqichli usul. 
  1. Qolip olish materiallari
  2. Qolip olish materiallarining tasnifi
2

3

4 Ikki qatlamli qolipni bir bosqichli va ikki bosqichli usullar bilan olish metodikasi. Milkni retraktsiya qilish. 
  1. Anatomik va funksional qoliplar
  2. Ikki qatlamli qolipni bir bosqichli va ikki bosqichli usullar bilan olish metodikasi
  3. Milkni retraktsiya qilish
2

4

5 Modellar, ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan modellar tasnifi. Modellarga qoʻyiladigan talablar. Modellashtirishda qoʻllaniladigan materiallar. 
  1. Modellar, modellar tasnifi
  2. Gips modellari
  3. Modellashtirishda qoʻllaniladigan materiallar
  4. Fiziologik va patologik tish yopishuvining belgilari
  5. Talabalarda tish yopishuvi turlarini aniqlash
2

5

6 Kombinatsiyalashgan modellar. Kombinatsiyalashgan modellarni tayyorlash usullari. Modellarni okklyudator va artikulyatorga gipslash. 
  1. Kombinatsiyalashgan modellar
  2. Kombinatsiyalashgan modellarni tayyorlash usullari
  3. Modellarni okklyudator va artikulyatorga gipslash
2

6

7 Tish nuqsonlarining xalqaro tasnifi. Blek boʻyicha nuqsonlar tasnifi. TOYYBI (tish okklyuzion yuzasining yemirilish indeksi), Melikeyevich indeksi. 
  1. Tish nuqsonlarining xalqaro tasnifi
  2. Blyek tasnifiga koʻra tish nuqsonlari. TOYYBI, Melikeyevich indeksi
2

7

8 Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan materiallar. Stomatologik materiallarning asosiy xossalari, ularga qoʻyiladigan talablar. Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniladigan metallar va ularning qotishmalari. Ular uchun ishlatiladigan quyish, shtamplash, payvandlash jarayonlari. 
  1. Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan materiallar
  2. Stomatologik materiallarning asosiy xossalari
  3. Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniladigan metallar va ularning qotishmalari
  4. Ushbu metall qotishmalar uchun qoʻllaniladigan quyish, shtamplash va payvandlash jarayonlari
2

8

9 Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan asosiy materiallar. Stomatologiyada ishlatiladigan materiallarning asosiy xususiyatlari, ularning xossalari (mexanik, texnologik, fizik-kimyoviy, biologik va boshqalar), ularga qoʻyiladigan talablar. Polimerlar, polimerizatsiya. 
  1. Polimerlar
  2. Ortopedik stomatologik amaliyotda qoʻllaniladigan plastmassalar, ularning turlari
  3. Polimerizatsiya jarayoni
2

9

10 Kompozitlar, kompomerlar va keramerlar. Kompozit materiallarning tasnifi. Yorugʻlikda qotuvchi qoplama kompozit materiallar. Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan sementlar. 
  1. Kompozitlar, kompomerlar va keramerlar
  2. Kompozit materiallarning tasnifi
  3. Ortopedik stomatologiyada qoʻllaniladigan sementlar
2

10

Jami 22

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Zamonaviy stomatologik xonaning jihozlanishi. Talablar. 

1

2 Zamonaviy stomatologik qurilmalar turlari. Tasnifi. Xususiyatlari. 

2

3 Zamonaviy stomatologik dastaklar (Nakonechniklar). 

3

4 Bemorni ortopedik stomatologik qabul qilish. Deontologiya. Ergonomika qoidalari 

4

5 Protezlash ahamiyati boʻlgan tish-jagʻ tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari. 

5

6 Bemorlarni zamonaviy tekshirish usullari. 

6

7 Rentgenologik tekshirish usullari. 

7

8 Turli modellar quyish usullari. 

8

9 Protezlar. Protezlar turlari. 

9

10 Odontoparodontogramma 

10

11 Yuqori va pastki jagʻ tishlari qatorining oʻzaro munosabati 

11

12 Chaynov apparatining skeleti 

12

13 Ortopedik stomatologiya amaliyotida qoʻllaniluvchi plomba materiallarining va adgeziv sistemalarining klassifikatsiyasi 

13

14 Stomatologik tashxis (diagnoz) qoʻyishning klinik bosqichlari 

14

15 Stomatologik bemorning kasallik tarixini toʻldirish. 043 hujjatini toʻldirish, shakllantirish asoslari. 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan bоʼyicha mustaqil ishni xar bir mavzusini amliy mashgʻulot, taqdimot slaydlar kоʼrinishida topshiradi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Irsaliev X. I., Аkbarov А. N., Xabilov N. L., Ortopedik stomatologiya propedevtikasi, Darslik, T., 2022. -256 b      
  2. Akbarov A. N., Xabilov N. L., Arslanov O. U., Usmonov F. K., Ziyadullaeva N. S. Olinmaydigan tishlar bilan protezlash, Darslik. T., 2018. -302 b      
  3. Irsaliev X. I., Raxmonov X. Sh., Xabilov N. L., Safarov M. T., Raxmatullaev F. T. Ortopedik stomatologiya propedevtikasi, Darslik. T., 2006. -256 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Rizaev J. А., Gʻaffarov S. А., Stomatologiya, Oʻquv qoʻllanma, T., 2018. -215 b      
  2. Курбанов О. Р., Абдурахманов А. И., Абакаров С. И., Ортопедическая стоматология, Учебник. М., 2015. -341 с      
  3. Арутюнова С. Д., др соов., Ортопедик стоматология, Учебник , М., 2019., -823 с      
  4. Irsaliev X. va boshq. Ortopedik stomatologiya propedevtikasi, Darslik. -T., 2006. -254 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.stomatologu.ru      
  • https://www.medlibrary.ru      
  • https://www.medline.ru      
  • https://www.meduniver.com      
  • https://www.studfayl.net      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida amaliy shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. amaliy Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Muxtarov Ixvoljon Ibragimovich

Samatov Ulugbek Abdumajitovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: Iqbolibragimovich7707@gmail.com
samatovu69@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Stomatologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

M.Safarov - Toshkent davlat stomatologiya instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba – Seshanba - Payshanba, soat 15.00 – 17.00, 301 - xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Stomatologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

M.Abduraxmonova

Kafedra mudiri

(imzo)

I.Muxtarov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

U.Samatov

Fan oʻqituvchisi