JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Organik sintez

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910700-Farmatsiya ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 3
Semestr 5,6-semestr
Fan nomi Organik sintez Fan kodi OS15606
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 30 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
90
(aud)
90
(must)
18 52 20
10 | 8 26 | 26 8 | 12

2. Fan maqsadi

talabalarga organik sintezda qoʻllaniladigan xom-ashyo manbalari, sintezda roʻy beradigan kimyoviy jarayonlar haqidagi tushunchalar, organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarini sintez qilish usullari, sharoitlari va texnologiyasini ishlab chiqishni hamda ularni amaliyotda tatbiq etishni oʻrgatish. Organik sintez fani talabalarda organik moddalar olish kimyosi va texnologiyasi haqida fikrlash, organik moddalar sintezi haqidagi taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, oʻzining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga oʻrgatish, hamda egallangan bilimlar boʻyicha, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdir hamda zamonaviy ilmiy yutuqlar asosida dorishunoslik kimyoviy muammolarni xal qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash fani boʻlib hisoblanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Noorganik kimyo (NK11208)

2. Organik kimyo (OK13408)

3. Analitik kimyo (AK13408)

4. Fizik va kolloid kimyo (FKK13408)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • organik sintezning asosiy qonuniyatlari haqida tasavvurga ega boʻladi;
  • organik sintez texnologiyalarini mos qulay usulini topa olishi;
  • sintez uchun xom ashyoni toʻgʻri tanlay olishi;
  • sintez uchun mos optimal texnologik parametrlarni tanlashi;
  • sintez mahsulotlarini qoʻshimcha mahsulotlardan ajratib olish;
  • jarayon uchun moddiy balans va mahsulot chiqishini hisoblash;
  • amaliyotda tahlil usullarini qoʻllash; izlanishga ilmiy yondashish; biologik ahamiyatga ega boʻlgan organik birikmalarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini taxlil qilish uchun zarur boʻlgan kimyoviy laboratoriya ishlarini bajarish amaliy malakalariga ega boʻladilarni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • organik sintez laboratoriyasidagi tehnika xavfsizligi qoidalarini oʻrganadi ;
  • organik moddalarni taxlil qilish reaksiyalarini bajarishni ;
  • organik tuzilishga ega boʻlgan dori vositalarini sintez qilish usullari va optimal sharoitlari ;
  • organik birikmalarning asosiy konstantalarini aniqlashni sintez texnologiyasi usullarini oʻrgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilish ;
  • organik dori moddalarni analiz qilish usullarini biologik ahamiyatga ega boʻlgan organik birikmalarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini taxlil qilish uchun zarur boʻlgan kimyoviy laboratoriya ishlarini bajarishni biladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Fanga kirish. Organik sintez fani va uning rivojlanish istiqbollari. Organik sintez sanoati tarmoqlari. Organik sintezda kimyo-farmatsevtika sanoati uchun qoʻllaniladigan xomashyolar va katalizatorlar 
  1. Organik sintez fani va uning rivojlanish istiqbollari
  2. Organik sintez sanoati tarmoqlari
  3. Organik sintezda kimyo-farmatsevtika sanoati uchun qoʻllaniladigan xomashyolar va katalizatorlar
2

1

2 Aromatik uglevodorodlar. Galogenli birikmalar 
  1. Aromatik uglevodorodlar sintezi
  2. Galogenli birikmalar sintezi
  3. Gidrogalogenlash reaksiyalari
2

2

3 Gidroliz, gidratatsiya va degidratatsiya reaksiyalari 
  1. Gidroliz reaksiyalari
  2. Gidratatsiya reaksiyalari
  3. Degidratatsiya reaksiyalari
2

3

4 Eterifikatsiya, kondensatsiya, oksidlanish jarayonlari. Uglerod (II) oksidi asosidagi sintezlar 
  1. Eterifikatsiya, oksidlanish va kondensatsiya jarayonlari va ularning ahamiyati
  2. Murakkab efirlar asosida dori preparatlarining olinishi
  3. Uglerod (II) oksidi asosidagi sintezlar
2

4

5 Alkillash jarayonlari 
  1. Gidrolash jarayonlari
  2. Gidrogenlovchi reagent va ularning turlari
  3. Gidrolash jarayonlarining optimal sharoitlari, gidrolash maxsulotlarining ahamiyati
2

5

6 Nitrolash jarayonlari 
  1. Nitrolash jarayonlari va ularnin turlari
  2. Nitrolash jarayoniga taʼsir koʻrsatuvchi omillar
  3. Sanoatda eng muhim ahamiyatga ega boʻlgan nitrolash reaksiyalari
2

6

7 Sulfolash jarayonlari 
  1. Sulfolash jarayoni, turlari va unga taʼsir koʻrsatuvchi omillar
  2. Sulfobirikmalar asosida biofaol moddalar va dori preparatlarining olinishi
  3. Sulfolovchi reagentlardan foydalanish
2

7

8 Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalar 
  1. Geteroxalqali birikmalar, ular hosil qilgan birikmalarning reaksion qobiliyati
  2. Sikllash reaksiyalari
  3. Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalar asosida olingan dori preparatlarining turlari va tuzilishi
2

8

9 YUMB sintezi va ular asosida kimyoviy va xirurgik tolalar olish 
  1. YUMB sintezi. Polimerlanish va sopolimerlanish reaksiyalari
  2. YUMB asosida olinadigan dori preparatlarining turlari, kimyoviy tola va xirurgik tolalarning olinishi
  3. Kimyoviy tola va xirurgik tolalarning tibbiyot va farmasevtikadagi roli
2

9

Jami 18

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Fanga kirish. Organik sintez sanoatining muhim xomashyolari 
  1. Organik sintez fani va uning rivojlanish istiqbollari
  2. Organik sintez sanoati tarmoqlari
  3. Organik sintezda kimyo-farmatsevtika sanoati uchun qoʻllaniladigan xomashyolar va katalizatorlar
2

1

2 Organik sintezda katalizatorlar va ularning roli 
  1. Katalizator turlari. Gomogen va geterogen kataliz
  2. Organik sintezda katalizatorlarning tanlanganligi. Katalizatorlarni tayyorlash. Fridel-Krafts, Lyuis va metall birikmalari katalizatorlari
  3. Katalizatorlarni qoʻllash sohalari va ahamiyati
2

2

3 Aromatik uglevodorodlar 
  1. Katalitik riforming bilan aromatik uglevodorodlar olish
  2. Aromatik uglevodorodlar ularning xosilalarini elektrofil oʻrin olish reaksiyalari
  3. Aromatik uglevodorodlarning sintez qilish texnologiyasi
2

3

4 Galogenli birikmalar 
  1. Galogenlash reaksiyalari
  2. Gidrogalogenlash va gidroxlorlash reaksiyalari
  3. Radikal-zanjirli xlorlash. Suyuq fazada xlorlash texnologiyasi. Gaz fazada xlorlash texnologiyasi
2

4

5 Gidroliz jarayonlari 
  1. Gidroliz reaksiyalari va ularning nazariy asoslari
  2. Gidroliz yoʻli bilan spirt va fenollar olish. Ishqoriy va kislotali gidrolizi va jarayonlar texnologiyasi
  3. Farmatsevtik kimyo sanoatida gidroliz jarayonining ahamiyati
2

5

6 Gidratatsiya jarayonlari 
  1. Gidratatsiya jarayonlarining nazariy asoslari
  2. Olefinlar gidratatsiyasi. Etanol ishlab chiqarish
  3. Atsetilen gidratatsiyasi
2

6

7 Degidratatsiya jarayonlari 
  1. Degidratatsiya jarayonlari
  2. Degidratatsiya jarayonlar texnologiyasi
  3. Farmatsevtik kimyo sanoatida gidroliz jarayonining ahamiyati
2

7

8 Eterifikatsiya jarayonlari 
  1. Murakkab efirlar olish usullari
  2. Karbon kislota efirlarini sintez qilish. Etilatsetat ishlab chiqarish texnologiyasi
  3. Xlorangidridlardan efirlar olish. Murakkab efirlar asosida dori preparatlarining olinishi
2

8

9 Oksidlanish jarayonlari 
  1. Oksidlanish jarayonlari va ularning borish shart-sharoitlari
  2. Oksidlovchi reagent turlari
  3. Oksidlanish jarayonining optimal shart-sharoitlari
2

9

10 Oksidlanish mahsulotlari 
  1. Toʻyingan va toʻyinmagan uglevodorodlarning oksidlanish reaksiyalari
  2. Spirt, aldegid va ketonlarda oksidlanish reaksiyalarining oʻziga xos jixatlari
  3. Oksidlanish mahsulotlarining ahamiyati
2

10

11 Uglerod (II) oksidi asosidagi sintezlar 
  1. CO (II) oksidi va N2 asosidagi sintezlar
  2. Uglerod (II) oksidi va vodorod asosidagi sintezlar
  3. Metanol sintezi
2

11

12 Kondensatsiya jarayonlari 
  1. Kondensatsiyalash jarayonining borish shart-sharoitlari
  2. Kondensatlovchi reagent turlari
  3. Kondensatlash mahsulotlarining ahamiyati
2

12

13 Kondensatsiya jarayonlari. 
  1. Kondensatsiya reaksiyalarining turlari
  2. Kondensatsiya mexanizmi
  3. Dori moddalar sintezida kondensatsiya reaksiyalarining roli
2

13

14 Alkillash jarayonlari 
  1. Alkillanish reaksiyasining umumiy tushunchasi
  2. Alkillovchi moddalar turlari
  3. Alkillash reaksiyalarining turlari
2

14

15 Alkillash jarayonlari 
  1. Uglerodli sistemalarni alkillash
  2. Dori vositalari sintezida alkillashning roli
  3. Farmakologik faollikni oshirishda alkil guruhlarining taʼsiri
2

15

16 Nitrolash jarayonlari 
  1. Nitrolash reaksiyasining umumiy tushunchasi
  2. Nitrolash moddalar turlari
  3. Nitrolash reaksiyalarining turlari
2

16

17 Nitrolash jarayonlari. 
  1. Sanoatda eng muhim ahamiyatga ega boʻlgan nitrolash jarayonlari
  2. Dori vositalari sintezida nitrolashning roli
  3. Nitrobirikmalar asosida biofaol moddalar va dori preparatlarining olinishi
2

17

18 Sulfolash jarayonlari 
  1. Sulfolash jarayonlari va ularning turlari
  2. Sulfolash jarayoniga taʼsir koʻrsatuvchi omillar
  3. Sulfolovchi reagentlardan foydalanish
2

18

19 Sulfobirikmalar asosida biofaol moddalar va dori preparatlarining olinishi 
  1. Sulfobirikmalarning farmatsevtikada oʻrni
  2. Dorivor sulfobirikmalar sinfi va ularning vakillari
  3. Sulfobirikmalar asosida biofaol moddalar va dori preparatlarining olinishi
2

19

20 Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalar sintezi 
  1. Geteroxalqali birikmalarni hosil qilish
  2. Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalarning reaksion qobiliyati
  3. Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalarning ahamiyati
2

20

21 Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalar asosida olingan dori preparatlarining turlari va tuzilishi 
  1. Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalar asosida olingan dori preparatlarining turlari
  2. Geteroatom tutgan geteroxalqali birikmalar asosida olingan dori preparatlarining tuzilishi
  3. Antibiotiklar, antidepressantlar, analgetiklar va gormonlarda uchraydigan geterotsikllar
2

21

22 YUMB sintezi 
  1. YUMB tushunchasi: taʼrifi va ahamiyati
  2. YUMB sintezining asosiy usullari
  3. YUMB sintezidagi zamonaviy texnologiyalar
2

22

23 YUMB asosida kimyoviy va xirurgik tolalar olish. 
  1. YUMB asosida olinadigan dori preparatlarining turlari va axamiyati
  2. Yuqori biofaollikka ega YUMB moddalarning olinishi
  3. Markaziy asab tizimiga taʼsir qiluvchi yuqori molekulyar birikmalar
2

23

24 Suyuq agregat holatdagi organik moddalarni tozalash usullari 
  1. Ekstraksiya
  2. Distillatsiya (bugʻlatib ajratish)
  3. Ustunli xromatografiya (YuQX)
2

24

25 Qattiq agregat holatdagi organik moddalarni tozalash usullari 
  1. Qayta kristallanish
  2. Sublimatsiya
  3. Filtrlash
2

25

26 Organik moddalarni yupqa qatlamli xromotagrafiya usulida ajratish 
  1. Yupqa qatlamli xromotagrafiya turlari
  2. Yupqa qatlamli xromotagrafiya afzalliklari
  3. Yupqa qatlamli xromotagrafiya ahamiyati
2

26

Jami 52

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Organik sintez texnika havfsizligi qoidalari 
  1. Organik moddalar
  2. Erituvchilar
  3. Oson yonuvchan tez yonuvchan birikmalar
2

1

2 Etil bromid sintezi 
  1. Alkogollarning galogenlanish reaksiyalari
  2. SN1 va SN2 mexanizmlari
  3. Katalizator va reagentlarning xossalari
2

2

3 Benzolyodid sintezi. 
  1. Aromatik halqalarning elektrofil almashtirish reaksiyalari
  2. Yodning kimyoviy xossalari
  3. Elektrofil almashinish mexanizmi
2

3

4 Etil spirti sintezi 
  1. Kimyoviy reaksiyalar va mexanizmlar nazariyasi
  2. Katalizatorlar va ularning roli (kislotalar, protonlash)
  3. Alkenlarning elektrofili qoʻshilish reaksiyalari
2

4

5 Etilatsetat sintezi 
  1. Eterifikatsiya reaksiyasi nazariyasi
  2. Etilatsetatning xossalari
  3. Etilatsetatning ahamiyati
2

5

6 Aspirin sintezi 
  1. Eterifikatsiya reaksiyasi (fenol efirining hosil boʻlishi)
  2. Sirka angidridning elektrofil xossalari
  3. Aspirin sintezida katalizatorning ahamiyati
2

6

7 Paratsetamol sintezi 
  1. Amid hosil boʻlish reaksiyasi (aminoguruh (–NH₂) ning atsetil guruhi bilan reaksiyasi)
  2. N-atsetil-4-aminofenol (yaʼni, parasetamol) hosil boʻlish reaksiyasi
  3. Paratsetamol sintezining ahamiyati
2

7

8 Anestezin sintezi 
  1. Eterifikatsiya reaksiyasi nazariyasi
  2. Reaksiya sharoitlariga taʼsir qiluvchi omillar
  3. Aminoguruhning taʼsiri
2

8

9 Adipin kislota sintezi 
  1. Oksidlanish va qaytarilish (redoks) reaksiyalari
  2. Halqali birikmalarning ochilish reaksiyasi
  3. Kuchli oksidlovchilar xossalari
2

9

10 Barbitur kislota sintezi 
  1. Organik reaksiyalar mexanizmi (xususan, kondensatsiya va siklik reaksiyalar)
  2. Efirlar va ularning reaksion xususiyatlari
  3. Asoslar taʼsirida yenolat hosil boʻlishi
2

10

Jami 20

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Suyuq va qattiq orgаnik mоddаlаrning tоzаlаsh usullari – ekstrаksiya, xromatografiya 
  1. Moddani boshqa komponentlardan erituvchi yordamida ajratib olish usuli. Modda ikki xil aralashmaydigan suyuqlikda (masalan, suv va organik erituvchi) turlicha erish darajasiga ega boʻladi. U qaysi erituvchida koʻproq erisa, oʻsha fazaga oʻtadi. Organik moddalarni suvli aralashmalardan ajratishda, oʻsimlik ekstraktlari olishda, reaksiya mahsulotini tozalashda. Turlari: Suyuqlik–suyuqlik ekstraksiyasi, suyuqlik–qattiq ekstraksiyasi, xromatografiya. Aralashma tarkibidagi moddalarni adsorbent (qattiq faza) va harakatlanuvchi faza (suyuqlik yoki gaz) bilan oʻzaro taʼsir kuchiga qarab ajratish

1

2 Alifatik moddalar asosida olinadigan dori preparatlari 
  1. Alifatik moddalar oddiy zanjirsimon tuzilishga ega boʻlgani uchun ulardan turli funksional guruhlarga ega boʻlgan koʻplab dori vositalarini sintez qilish mumkin. Shuning uchun koʻplab antiseptiklar, ogʻriq qoldiruvchilar, anesteziklar, metabolik preparatlar aynan alifatik birikmalar asosida yaratilgan

2

3 Sulfаnil kislоtа vа sulfаnilаmid prеpаrаtlаri 
  1. Sulfаnil kislоta — sulfanilamid dorilarini sintez qilish uchun asos boʻlgan boshlangʻich modda boʻlib, oʻzi dori sifatida qoʻllanmaydi. Sulfanilamid preparatlari esa bakteriyalarda folat kislotasi sintezini bloklab, antimikrob taʼsir koʻrsatadi. Ular nafas yoʻllari, siydik yoʻllari, teri va boshqa yiringli infeksiyalarda samarali qoʻllanadigan klassik antibakterial vositalardir

3

4 Salitsil kislоtа, аspirin, fеnilsalitsilаt, fеnоl – bir-biridаn fаrqlаsh reaksiyalаri 
  1. Salitsil kislota, aspirin, fenilsalitsilat va fenol kimyoviy tuzilishi oʻxshash boʻlsa-da, ularni maxsus sifat reaksiyalari orqali bir-biridan ajratish mumkin. Salitsil kislota temir(III) xlorid bilan binafsha rang beradi. Aspirin (atsetilsalitsil kislota) gidrolizlanganda salitsil kislota hosil qiladi va keyin FeCl₃ bilan rang reaksiyasi beradi. Fenilsalitsilat ham faqat gidrolizdan soʻng salitsil kislota sifat reaksiyasini koʻrsatadi. Fenol esa FeCl₃ bilan koʻk–binafsha rang beradi va brom suvini oqartirib, oq choʻkma hosil qiladi. Shu reaksiyalar orqali har birini oson aniqlash va farqlash mumkin

4

5 Pirаzоlоn-5 vа uning hоsilаlаri: аntipirin, аnаlgin, аmidоpirin. Bеnzimidаzоl. 
  1. Pirazolon-5 va uning hosilalari (antipirin, analgin, amidopirin) pirogen moddalarni susaytiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega boʻlgan dorilar guruhidir. Antipirin — klassik analgetik va antipiretik; Analgin — kuchli ogʻriq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi preparat; Amidopirin esa antipiretik taʼsiri bilan ajralib turadi. Benzimidazol esa heterotsiklik birikma boʻlib, koʻplab farmatsevtik vositalar (antigelmintlar, antimikroblar, antiviral preparatlar) sintezida asos struktura sifatida qoʻllanadi. Bu moddalarning umumiy xususiyati — azotli geterotsiklga ega boʻlishi va keng farmakologik faollik koʻrsatishidir

5

6 Оlti аʼzоli bittа gеtеrоаtоm tutgаn gеtеrоhаlqаli birikmаlаrning оlinish usullari piridin-N-oksid. 
  1. Olti aʼzoli azotli geterohalqalar — ayniqsa piridin va uning N-oksidlari — organik sintez va dori moddalar ishlab chiqarishda muhim boshlangʻich strukturalar boʻlib, ularni asosan kondensatsiya va oksidlanish reaksiyalari orqali olish mumkin

6

7 Bаrbitur kislоtа vа uning аsоsidа оlingаn dоri vоsitаlаri 
  1. Barbitur kislotasi — ureya va malonatning kondensatsiyasidan olinadigan asosiy heterotsiklik birikma boʻlib, u barbituratlar deb ataladigan tinchlantiruvchi, uyqu keltiruvchi va tutqanoqka qarshi dorilar sinteziga asos boʻladi. Barbituratlar markaziy asab tizimini susaytiradi, uyqu chaqiradi, tashvish va qoʻrquvni kamaytiradi. Ularning mashhur vakillari — fenobarbital, barbamil, ethaminal-natriy va boshqalar. Bugungi kunda xavfsizlik sababli kamroq qoʻllansa-da, barbitur kislotasi va uning hosilalari farmakologiyada muhim tarixiy va amaliy ahamiyatga ega

7

8 Tibbiyotdа dоri vоsitаsi sifаtidа ishlаtilаdigаn bеsh vа оlti аʼzоli gеtеrоhаlqаli birikmаlаrning hоsilаlаri 
  1. Tibbiyotda keng qoʻllaniladigan koʻplab dori vositalari besh va olti aʼzoli geterohalqali birikmalar asosida yaratiladi. Besh aʼzoli halqalarga pirazol, imidazol, tiazol, furan, tiofen; olti aʼzoli halqalarga piridin, pirimidin, pirazin va ularning hosilalari kiradi. Bu halqalar tarkibida azot, kislorod yoki oltingugurt boʻlgani uchun kimyoviy faolligi yuqori boʻladi va turli farmakologik taʼsirlar namoyon qiladi. Ular asosida antibiotiklar, vitaminlar, analgetiklar, antiallergiklar, gormonal preparatlar, yurak dorilari kabi juda koʻp samarali vositalar sintez qilinadi. Shu sababli heterohalqali birikmalar zamonaviy dori kimyosining eng muhim strukturaviy asosini tashkil etadi

8

9 Gеtеrоpоlisахаridlаr - giаlurоn kislоtа, gеpаrin, хоndrоitinsulfаtlаr 
  1. Geteropolisaxaridlar — tarkibida ikki yoki undan ortiq turdagi monosaxarid qoldiqlari boʻlgan murakkab polisaxaridlardir. Ularning muhim vakillari gialuron kislota, geparin va xondroitinsulfatlar boʻlib, ular organizmda turli biologik funksiyalarni bajaradi. Gialuron kislota boʻgʻim suyuqligi va biriktiruvchi toʻqimalarda namlikni saqlab, elastiklikni taʼminlaydi. Geparin kuchli antikoagulyant boʻlib, qonni ivishdan saqlaydi. Xondroitinsulfatlar esa togʻay toʻqimasining asosiy komponenti boʻlib, boʻgʻimlarni mustahkamlaydi va ularning funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Shu tariqa, geteropolisaxaridlar organizmning tuzilish, himoya va metabolik jarayonlarida muhim rol oʻynaydi

9

10 Glikоzidlаrning оlinish usullаri, ulаrning gidrоlizgа munоsаbаti 
  1. Glikozidlar — shakar qoldigʻi bilan bogʻlangan biologik faol birikmalar boʻlib, ularni tabiiy manbalardan ajratish yoki sintetik yoʻl bilan olish mumkin. Ular suv, kislotali yoki fermentativ muhitda gidrolizlanib, shakar va aglikon hosil qiladi, bu jarayon ularning biologik faolligini va dorivor xususiyatini belgilaydi

10

11 Aromatik uglevodorodlar asosida olinadigan dori preparatlari 
  1. Aromatik uglevodorodlar — benzen va uning hosilalari kabi halqalarga ega organik birikmalar boʻlib, ular asosida koʻplab dori preparatlari sintez qilinadi. Ushbu preparatlar turli farmakologik taʼsirga ega: antiseptiklar (fenol), antipiretik va analgetiklar (aspirin, fenilsalitsilat), spazmolitiklar va sedativlar aromatik zanjirli birikmalardan olinadi. Aromatik halqalar dorilarning kimyoviy barqarorligini oshiradi va faol guruhlarning birikishini osonlashtiradi, shuning uchun farmatsevtik sanoatda keng qoʻllaniladi

11

12 Nitrolash asosida olinadigan dori preparatlari 
  1. Nitrolash reaksiyasi orqali hosil qilingan dori preparatlari — tarkibida nitro guruhi (-NO₂) boʻlgan organik birikmalardir. Ushbu guruh dorilarda antiseptik, antipiretik, antibakterial va nitratli yurak dorilari kabi farmakologik faoliyatni beradi. Masalan, nitroglitserin tomirlarni kengaytirib, angina davolashda ishlatiladi, prontosil va boshqa sulfonamidler esa antibakterial taʼsir koʻrsatadi. Nitro guruhi dorilarning kimyoviy reaktivligini oshiradi va ularni tibbiyotda samarali qoʻllash imkonini beradi

12

13 Antibiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish 
  1. Antibiotiklar — mikroorganizmlardan olinadigan yoki sintetik yoʻl bilan yaratiladigan moddalar boʻlib, bakteriyalar va baʼzi boshqa mikroblarni yoʻq qilish yoki ularning oʻsishini toʻxtatish uchun ishlatiladi. Ular organizmni infektsiyalardan himoya qilishda muhim rol oʻynaydi. Vitaminlar esa organizm uchun zarur boʻlgan biologik faol organik birikmalar boʻlib, ularni sanoatda tabiiy manbalar yoki sintetik yoʻl bilan ishlab chiqarish mumkin. Vitaminlar metabolizmni tartibga soladi, immunitetni mustahkamlaydi va yetishmovchilikda kasalliklarning oldini oladi. Shunday qilib, antibiotiklar mikroblarga qarshi kurashuvchi dorilar, vitaminlar esa organizm funksiyalarini qoʻllab-quvvatlovchi biologik aktiv moddalar sifatida ishlab chiqariladi

13

14 Geterobirikmalar asosida olinadigan dori preparatlari 
  1. Geterobirikmalar — molekulalarda kamida bitta uglerod atomini tashkil qiluvchi azot, kislorod yoki oltingugurt atomlari bilan birikkan organik birikmalar boʻlib, ular asosida koʻplab dori vositalari sintez qilinadi. Ushbu birikmalar turli farmakologik faoliyatga ega: antibiotiklar, antipiretik va analgetiklar, sedativlar, antitumor va vitaminlar shu turdagi strukturaviy asos bilan ishlab chiqariladi. Geterobirikmalar dorilarda kimyoviy barqarorlikni oshiradi va biologik taʼsirini kuchaytiradi

14

15 Uglevodlar asosida olinadigan dori preparatlari 
  1. Uglevodlar — monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlar boʻlib, ularning asosida turli dorivor preparatlar olinadi. Masalan, glikozidlar (shakar qoldigʻi bilan bogʻlangan birikmalar) yurak faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi, heparin va xondroitinsulfatlar esa qon ivishini nazorat qilish va boʻgʻimlarni himoya qilishda ishlatiladi. Uglevodlar biologik faol moddalar sintezida asosiy struktura sifatida xizmat qiladi va dorilarning samaradorligini oshiradi

15

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni slaydlar, loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Maksumova O. S. Organik moddalar sintezi. Darslik. T. “Navroʻz”. –2019. –443 b      
  2. Великородов А. В. Органический синтез. Учебное пособие. Изд. Кно Рус. Москва. –2016. –349 стр      
  3. Вартаян Р. С. Синтез основных лекарственных средств. М. Mед. Информ. Aгенсво. –2004. –845 стр      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Razzakov N. A. Organik sintez fanidan laboratoriya mashgʻulotlar oʻquv qoʻllanma. Andijon. –2023 y      
  2. Производство продукции тонкого органического синтеза. И нформационно-технический справочник. Бюро НДТ. Москва. –2017. –174 стр. 3. Юнникова Л. П., Горохов В. Ю., Акентьева Т. А. Органический синтез. Учебное пособие. Изд. ИГ1Ц Прокрость. –2017. –127 стр      
  3. Юнникова Л. П., Горохов В. Ю., Акентьева Т. А. Органический синтез. Учебное пособие. Изд. ИГ1Ц Прокрость. –2017. –127 стр      
  4. Смит В. А., Дильман А. Д. Основы современного органического синтеза. Учебник. Изд. БИНОМ Лаборатория знаний. Москва. –2015. –735 стр      
  5. Maksumova О., Turobjonov S. Organik sintez mahsulotlari texnologiyasi. Darslik. Т. Fan va texnologiya, –2010. –232 b      
  6. Пулатова Ф. А., Мамадалиева А. А., Абзалова З. Ж. Методическое пособие для лабораторных работ по органическому синтезу. –2021 й      
  7. Пулатова Ф. А., Мамадалиева А. А., Абзалова З. Ж. Методическое пособие для лабораторных работ по органическому синтезу. 2021й      

7.3. Axborot manbaalari:

  • http://www.orgchem.professoriournal.ru      
  • http://www.orgchem.ru      
  • https://www.ximia-nefti.ru      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Amaliy topshiriq. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Amaliy topshiriq Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Chalaboyeva Zilolaxon Mirzakarim qizi


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: chalaboyevazilola559@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Umumiy kimyo kafedrasi
Taqrizchilar:

J.Mamajonov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

I.Xomidov - Andijon davlat tibbiyot instituti, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Sershanba-Chorshanba, soat 15:00 – 16:00, D-bino 308 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Umumiy kimyo» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

S.Usmonova

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Chalaboyeva

Fan oʻqituvchisi