JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Onkologiya, bolalar onkologiyasi. gemotologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Fanning oʻqitishdan maqsad - Onkologiya. Bolalar onkologiyasi fanini oʻqitishdan maqsad - qonuniyatlarni oʻrganish, onkologik dunyoqarash asoslarini ilmiy-metodologik shakllantirish, “davolash ishi” va “ kasbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha talabalarga mustaqil ilmiy va amaliy yoʻnalish xisoblangan onkologiya xaqida toʻliq tasavvurga ega boʻlishda koʻmaklashish xisoblanadi. Bundan tashkari talabalarni teoretik onkologiya asoslari bilan tanishtirish, oʻsmani birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi, xavf guruxlarini aniqlash, oʻsma oldi xolat va kasalliklarini davolash, xavfli oʻsmalarning asosiy nozologik shakllarini, ularning profilaktikasi va erta diagnostikasini oʻrganish xamda onkologik kasalliklarning zamonaviy davolash usullariga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni bilish. Boʻlajak mutaxassis organizm xolatini obʼektiv baxolashga asoslangan klinik fikrlashni shakllantirish. Onkologik kasallarni soʻrab-surishtirish koʻnikmasini shakllantirish. Deontologiyaning asosiy prinsiplarini egallashni taʼminlash. Fanni oʻqitishdan maqsad – onkologik kasalliklar profilaktikasi, tashxisi, differensial tashxisi, umumiy terapiyasi, reabilitatsiyasi usullarining nazariy va amaliy asoslarini oʻrgatishdan iborat. Talabalarga amaliyotda kuzatiladigan gematologik kasalliklarni, shoshilinch xolatlarni davolashda klinik fikrlash qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan uslublarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali gematologik kasalliklarni kelib chiqish sabablari, klinik koʻrinishlari, kechish turlari, tashxis va qiyosiy tashhislari hamda davolash usullari, tez yordam choralarini qoʻllay olish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Bilimlar jihatidan:;
- onkologiya fanining maqsadi va vazifalarini, ularning UASh ish faoliyatidagi ahamiyatini;
- oʻsmalarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi, turli aholi guruhlarida profilaktik koʻriklarni tashkil qilish;
- oʻsma oldi kasalliklarini aniqlash, davolash va dispanser nazoratiga olish;
- onkologiyada etika va deontologiya tamoyillari;
- oʻsma kasalliklarining asosiy simptomlari va sindromlari;
- oʻsmalarning tashxisi, differensial tashxisi;
- oʻsma kasalligi bilan davolangan bemorlar reabilitatsiyasi;
- qon tizimida keng tarqalgan kasalliklarning kelib chiqish sabablarini bilishi;
- kamqonlik sindromlarini bilish, ularning xar biri maʼlum bir tasnif guruxiga mansubligini bilishi;
- gemorragik diatezlarga oid kasalliklarni bilish, ularning xar biri maʼlum bir tasnif guruxiga mansubligi boʻyichani bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- Koʻnikmalar jihatidan: ;
- Aholi orasida chekish, ichish, va boshka zararli odatlar xaqida suhbat oʻtkazish ;
- aholi orasida sogʻlom turmush tarzi, sport, turizm, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish xaqida suhbat oʻtkazish ;
- ratsional ovkatlanish, profilaktik dieta xaqida suhbatlar oʻtkazish ;
- oʻsma kasalliklari profilaktikasida «xavfli guruhni» aniklay bilish ;
- kasalliklar simptomi va sindromlariga asosan differensial tashxis oʻtkaza bilish ;
- Tashqi joylashgan limfa tugunlarini palpatsiya qilish ;
- Papanikalau boʻyicha sitologik surtma tayyorlash ;
- Meʼda - ichak tizimi oʻsma kasalliklarida qorinni palpatsiya kilish, toʻgʻri ichakni barmoq bilan tekshirish ;
- Buyraklar sohasini palpatsiya qilish, gastrostoma, kolostoma va epitsistostomalarni parvarish qilish ;
- gematologik kasalliklarda laborator instrumental tekshiruv natijalarini taxlil qilish ;
- qon guruxini aniqlash, rezus omilini ekspress usulda aniqlash ;
- donor va retsepient qonlarining qon guruxi miqiyosida, rezus omil miqiyosida va bioproba miqiyosida oʻzaro mosligini mustaqil aniqlash ;
- qon kasalliklarini aniqlashda biosinamalar oʻtkazish ;
- talaba koʻp uchraydigan kasalliklarni davolash tadbirlarini bilishi ;
- keng uchraydigan gematologik kasalliklarning profilaktikasini oʻtkazish ;
- TTAda gemogramma ;
- Buyum oynachasida qon ivish vaqtini aniqlash ;
- Dyuke boʻyicha qon ketish vaqtini aniqlash ;
- Oʻtkir leykozda gemogramma ;
- Gemoliz holatini aniqlash ;
- V12-tanqislik anemiyasida gemogramma ;
- Gipoaplastik anemiyada gemogramma ;
- Standart zardoblar yordamida qon guruxini aniqlash ;
- Ekspress usul yordamida rezus-faktorni aniqlash koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan bоʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, тahliliy mаʼlumot, тajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va mаʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish kоʼrinishida topshiradi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
- Muratxoʻjaev N. K., Joʻraev M. D., Xudoyberdiev T. K. Onkologiya. Darslik. –Toshkent. Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti. 2002 y
- Joʻraev M. D. Karimova M. N Oʻlmasov F. G Onkologiya. Darslik . Samarqand/ARTEX NASHR 2022y
- Алиева М. Д. Полякова Б. Г. Менткевич Г. Л. Маяковой С . А. Детская онкология
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
- Чиссов И Онкология. Учебник. -Москва. Издателская группа “ГЕОТАР-медиа” 2007 г
- Гансев Ш. Х. Онкология. Учебник. -Москва. Медицинскоэ информационноэ агенцтво. 2006г
- Черенков В. Г. Клиническая онкология. Учебноэ пособиэ. Москва/ Издателская группа “ГЕОТАР-медиа” 2010 г
- Черенков В. Г. “Клиническая онкология”. Учебноэ пособиэ. Москва. Спес-Лит. 2000 г
7.3. Axborot manbaalari:
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 4-13 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | Test | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
nargiz.aripowa@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 03 –xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) G.Qutlikova Kafedra mudiri |
(imzo) N.Aripova Fan oʻqituvchisi |
