JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek dialektologiyasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Oʻzbek dialektologiyasi Fan kodi OʻD406
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
72
(aud)
108
(must)
36 36

2. Fan maqsadi

talabalarga oʻzbek shevalarining eng muhim xususiyatlari, ularning murakkab tarkibi, leksik, fonetik va grammatik tabiati haqida batafsil tushuncha va maʼlumot berish zarur sharoitlarda ulardan amalda foydalanish malakasini shakllantirish, talabalarga sheva, dialekt, lahja tushunchalarining maʼnosini tushuntirish, oʻzbek shevalarining eng muhim fonetik, grammatik va leksik xususiyatlari haqida maʼlumot berish, dialektologik terminlarning ishlatilish koʻlami, transkripsiyadan foydalanish va ularni ham oʻquv, ham ilmiy izlanishlar jarayonida qoʻllash koʻnikmasini shakllantirish;, sheva faktlarini ishonchli va izchil toʻplash, saralash va yozib olish koʻnikmasini hosil qilish, oʻzbek shevalarini hududiy xaritalashtirish, sheva lugʻatlarini tuzish, oʻzbek shevashunosligining nazariy-metodologik muammolari bilan shugʻullanish kompetensiyasini hosil qilish va rivojlantirishdan iborat. Talabalarga sheva, dialekt, lahja tushunchalarining maʼnosini tushuntirish, oʻzbek shevalarining eng muhim fonetik, grammatik va leksik xususiyatlari haqida maʼlumot berish, dialektologik terminlarning ishlatilish koʻlami, transkripsiyadan foydalanish va ularni ham oʻquv, ham ilmiy izlanishlar jarayonida qoʻllash koʻnikmasini shakllantirish;, sheva faktlarini ishonchli va izchil toʻplash, saralash va yozib olish koʻnikmasini hosil qilish, oʻzbek shevalarini hududiy xaritalashtirish, sheva lugʻatlarini tuzish, oʻzbek shevashunosligining nazariy-metodologik muammolari bilan shugʻullanish kompetensiyasini hosil qilish va rivojlantirishdan iboratdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tilshunoslik nazariyasi (TNI,809)

2. Hozirgi oʻzbek adabiy tili (HOʻAT2-311)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Oʻzbek dialektologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari haqida puxta nazariy bilimga ega boʻladi;
  • Oʻzbek shevalarining hududiy tasnifi, ularning shakllanish omillari va tarixiy rivojlanish bosqichlari haqida keng qamrovli bilimlarga ega boʻladi;
  • Oʻzbek dialektologiyasida davrlashtirish masalalari, asosiy ilmiy yondashuvlar va konsepsiyalar mohiyatini nazariy jihatdan anglaydi;
  • Oʻzbek dialektologiyasi fanining barcha boʻlimlariga oid koʻnikmalarni amalda qoʻllay oladini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Oʻzbek dialektologiyasiga oid nazariy bilimlarni amaliy tahlil jarayonida qoʻllash, sheva materiallarini tahlil qilish va taqqoslash koʻnikmasiga ega boʻladi ;
  • Oʻzbek dialektologiyasida mavjud davrlashtirish masalalarini amaliy misollar orqali tahlil qilish va xulosalar chiqarish koʻnikmasini shakllantiradi ;
  • Dialektologik bilimlar asosida mustaqil ilmiy izlanish olib borish, material toʻplash va uni tizimli ravishda rasmiylashtirish koʻnikmasiga ega boʻladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Oʻzbek dialektologiyasi fanining maqsad va vazifalari 
  1. Oʻzbek dialektologiyasi fanining predmeti va maqsadi
  2. Oʻzbek dialektologiyasi vazifalari
  3. Faning taʼlim va ilmiy-amaliy ahamiyati
4

1

2 Oʻzbek shevalari tasnifi. Oʻzbek shevalarining dialektal boʻlinishi 
  1. Oʻzbek shevalarining umumiy tasnifi
  2. Oʻzbek tili dialektal boʻlinishi
  3. Dialektlarning oʻziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari
2

2

3 Transkripsiya 
  1. Transkripsiyaning maʼnosi va vazifalari
  2. Transkripsiya turlari
  3. Transkripsiyada qoʻllaniladigan belgilar
2

3

4 Oʻzbek shevalari fonetikasi 
  1. Oʻzbek shevalarida unli tovushlarning xususiyatlari
  2. Oʻzbek shevalarida undosh tovushlarning xususiyatlari
  3. Fonetik hodisalar shevalarda
  4. Oʻzbek shevalari fonetikasi boʻyicha misollar
4

4

5 Singarmonizm qonuni va uning turlari 
  1. Singarmonizm qonunining umumiy mohiyati
  2. Singarmonizmning turlari
  3. Oʻzbek tilida singarmonizm qonuni
2

5

6 Oʻzbek shevalari leksikasi tushunchasiga boʻlgan qarashlar 
  1. Oʻzbek shevalari leksikasi haqida dastlabki qarashlar
  2. Oʻzbek olimlarining qarashlari
  3. Oʻzbek shevalari leksikasining xususiyatlari
  4. Sheva leksikasining adabiy tilga taʼsiri
4

6

7 Oʻzbek shevalarining morfologik xususiyatlari 
  1. Morfologiya va dialektologiya munosabati
  2. Otlarning morfologik xususiyatlari
  3. Feʼllarning morfologik xususiyatlari
4

7

8 Qarluq-chigil-uygʻur lahjasining muhim xususiyatlari 
  1. Qarluq-chigil-uygʻur lahjasining oʻzbek tilidagi oʻrni
  2. Fonetik xususiyatlar va leksik xususiyatlar
  3. Morfologik xususiyatlar
  4. Sintaktik xususiyatlar
2

8

9 Qipchoq, oʻgʻuz lahjasiga birlashuvchi dialekt va shevalarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari 
  1. Qipchoq va oʻgʻuz lahjalari oʻzbek tilining asosiy dialektal guruhlari sifatida
  2. Qipchoq lahjasi xususiyatlari
  3. Oʻgʻuz lahjasi xususiyatlari
4

9

10 Areal lingvistikaning til va shevalarni oʻrganish usullari 
  1. “Areal lingvistika” tushunchasi va uning dialektologiya bilan aloqasi
  2. Areal lingvistikaning asosiy maqsadi
  3. Til va shevalarni oʻrganish usullari
  4. Areal lingvistik tadqiqotlarda qoʻllaniladigan vositalar
  5. Areal lingvistikaning amaliy ahamiyati
4

10

11 Sheva, milliy til va adabiy til 
  1. Sheva, milliy til va adabiy til tushunchalarining umumiy taʼrifi
  2. Sheva – milliy til – adabiy til munosabati
2

11

12 Dialektizmlarning adabiy tilga singish jarayoni 
  1. Dialektizmlarning adabiy tilga kirib kelish sabablari
  2. Dialektizmlarning adabiy tilda qoʻllanish sohasi
  3. Adabiy tilga singish jarayonining bosqichlari
2

12

Jami 36

amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan


5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Tasviriy dialektologiya, tarixiy dialektologiya. Shevа, diаlekt vа lаhjа tushunchаlаri 
  1. Tasviriy dialektologiya
  2. Tarixiy dialektologiya
  3. Sheva, dialekt va lahja tushunchalari
2

1

2 Oʻzbek shevalarining dialektal boʻlinishi 
  1. Shevalarni tasniflash mezonlari (fonetik, leksik, morfologik belgilar)
  2. Oʻzbek shevalarining asosiy lahjalari
  3. Har bir lahjaning fonetik, leksik va grammatik belgilariga qisqa tavsifi
2

2

3 Transkripsiya turlarini izohlash va tavsiflash 
  1. Fonetik transkripsiya
  2. Fonematik (yoki fonologik) transkripsiya
  3. Tarixiy (etimologik) transkripsi
2

3

4 Yangi transkripsiyadagi matnlarni oʻqish va yozish 
  1. Yangi transkripsiyaning oʻziga xos jihatlari
  2. Matnlarni oʻqish tamoyillari
  3. Matnlarni yozish tamoyillari
  4. Amaliy mashqlar
2

4

5 Оʼzbеk shеvаlаrida unlilar va undoshlar tizimi 
  1. Shevalarda fonetikaning ahamiyati
  2. Unlilar tizimi
  3. Undoshlar tizimi
  4. Fonetik hodisalar
4

5

6 Sheva matnlaridagi fonetik xususiyatlarni, shuningdek, y-, dj-, o-, alashishni matnlar tahlilida aniqlash 
  1. Sheva matnlarida uchraydigan fonetik hodisalar
  2. Y-, dj-, o- almashishining asosiy koʻrinishlari
  3. Matn tahlilida fonetik hodisalarni aniqlash usullari
2

6

7 Oʻzbek shevalaridan yozib olingan matnlarda uchraydigan fonetik qonuniyatlar ustida ishlash 
  1. Sheva matnlarida fonetik hodisalarni aniqlash
  2. Fonetik qonuniyatlarni adabiy til bilan taqqoslash
  3. Shevalarga xos fonetik qonuniyatlarni umumlashtirish
4

7

8 Shеvа matnlаri yuzasidan leksik tahlil. Oʻzbek shevalaridan yozib olingan matnlarda soʻzlarni tarixiy va zamonaviy qatlamga koʻra tahlil qilish 
  1. Sheva matnlarida leksik xususiyatlarni aniqlash
  2. Soʻzlarni tarixiy va zamonaviy qatlamga ajratish
  3. Leksik qatlamlarning adabiy til bilan bogʻlanishi
2

8

9 Dialektal soʻzlarni semantik guruhlarga boʻlib oʻrganish 
  1. Dialektal soʻzlarning leksik xususiyatlarini aniqlash
  2. Soʻzlarni semantik guruhlarga ajratish
  3. Semantik guruhlarning adabiy til bilan munosabatini belgilash
2

9

10 Sheva matnlaridagi morfologik oʻziga xosliklar. Kelishik, egalik va koʻplik qoʻshimchalarini izohlash 
  1. Shevalarda kelishik qoʻshimchalari
  2. Shevalarda egalik qoʻshimchalari
  3. Shevalarda koʻplik qoʻshimchalari
4

10

11 Shevalarda modal shakllarning qoʻllanishi 
  1. Shevalarda modal shakllarning umumiy xususiyatlari
  2. Shevalarda modal shakllarning umumiy tavsifi
  3. Modal shakllarning zamon va maʼno ifodasi (istak, shart, ehtimol, zarurat va h. k)
2

11

12 Sifat, son, olmosh va ravish, kоʼmаkchi, bоgʻlоvchi va yuklаmаlаrning shevalarga хоs оʼzgаchаliklаri 
  1. Sifat va sonlarning shevalarda qoʻllanishi
  2. Shevalarda ravish, koʻmakchi va bogʻlovchilarning xususiyatlari
  3. Yuklаmаlаrning shevalarda qoʻllanishi
4

12

13 Оʼzbеk shеvаlаrida feʼl zamonlarining oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish 
  1. Оʼzbеk shеvаlаrida zamon kategoriyasining umumiy xususiyatlari
  2. Oʻtmish, hozirgi va kelasi zamon shakllarining shevalarda ifodalanishi
  3. Shevalarda feʼl zamonlarining semantik va morfologik xususiyatlari
4

13

Jami 36

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Shevalarda fonetik hodisalar 

1

2 Shevaga xos matnlarning leksik xususiyati 

2

3 Leksik xususiyatlar tahlili 

3

4 Adabiy til va milliy til 

4

5 Qipchoq dialektining leksikasi 

5

6 Transkripsiya va uning turlari 

6

7 Oʻzbek shevalarida unli va undoshlar tasnifi 

7

8 Oʻzbek shevalari tasnifi va muammolari 

8

9 Oʻzbek tilining Qarluq-chigil-uygʻur lahjasiga xos xususiyatlar 

9

10 Oʻzbek tilining Qipchoq lahjasiga xos xususiyatlar 

10

11 Oʻzbek tilining oʻgʻuz lahjasiga xos xususiyatlar 

11

12 Adabiy til va dialekt muammosi 

12

13 Maʼlum bir sheva lugʻatini tayyorlash 

13

14 Oʻzbek shevalarining oʻrganilish tarixi 

14

15 Fonetik qonuniyatlar 

15

16 Shevalarning tadqiq qilish usullari 

16

17 Lahjalar va ularni tahlil qilish 

17

18 Lahjalarni tahlil qilish metodlari 

18

19 Lahjalarning tasnifi va oʻzaro aloqasi 

19

20 Fonetik xususiyatlar tahlil 

20

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Аshirboyev S. Oʻzbek dialektologiyasi. Darslik – Toshkent: Nodirabegim, 2021. - B 180 bet      
  2. Toʻychiboyev B, Hasanov B, Oʻzbek dialektologiyasi. Darslik – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. -112 bet      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Rajabov N. Oʻzbek shevashunosligi. Oʻquv qoʻllanma – Toshkent: Oʻqituvchi, 1996      
  2. Murodova N. Oʻzbek dialektologiyasi. Oʻquv qoʻllanma – Toshkent. 2019. -B 220      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://ziyonet.uz/      
  • https://inlibrary.uz/      
  • https://arxiv.uz      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Amaliy ish. Talabaning mashgʻulotlarda faolligini oshirish maqsadida blits savol javob, keys study (muammoli yechim) va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/tezis/topshiriqlarni /hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrning dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Amaliy ish Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-14 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Maxmudjonov Shohrux Sohibjon oʻgʻli

Radjapbayeva Xurshida Maxsudovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: mahmudjonovshohruhbek97@gmail.com
xurshidaradjabboyeva@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Qodirov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

M.Tojibayeva - Andijon davlat universiteti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-Juma soat 15:00 – 17:00, A bino 107 auditoriya

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

Sh.Maxmudjonov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

X.Radjapbayeva

Fan oʻqituvchisi