JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek adabiyoti tarixi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Oʻzbek adabiyoti tarixi Fan kodi OʻAT2-415
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogzaki
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

oʻzbek filologiyasi taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talaba yoshlarni madaniy va maʼnaviy ildizlardan uzilmaslik ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Adabiy namunalarni oʻrgatish, oʻzlashtirish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, tafakkur koʻlamini yuksaltirish, komil maʼnaviyatni shakllantirish nazarda tutilgan.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Mumtoz adabiyotning vujudga kelishi, uning mohiyati, maqsadlari hamda mazkur davr namoyandalari hayoti, ijodi va eng muhim asarlarini; ushbu davr adabiyoti boʻyicha muammoli masalalarni bilish; Mustaqillik sharofati bilan mumtoz adabiy merosimizga munosabat yangilandi. Shunga koʻra, zamon talabi uni yanada chuqurroq tadqiq etish, falsafiy asoslarini teran anglash, baholashda poetik mahorat jihatidan yondoshish, birlamchi manbalar vositasida xulosalar chiqarish, mavjud matnlarning yangicha talqinlarini havola etish, mustaqil va zamonaviy saboqlarini hayotga tadbiq etiladini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Talabalar oʻzbek mumtoz adabiyotining nodir namunalari bilan tanishadi ;
  • noyob adabiy, ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini anglaydi ;
  • talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur yanglash koʻnikmasini hosil qilinadi ;
  • mavjud matnlarni tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish masalasini shakllantiriladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Eng qadimgi yozma adabiy yodgorliklar 
  1. “Avesto” – Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yozma yodgorligi
  2. Zardusht va zardushtiylikning paydo boʻlishi
  3. “Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati
  4. Oʻrxun-Enasoy yozma yodgorliklari yaratilish tarixi
2

1

2 Mahmud Koshgʻariy va uning “Devoni lugʻotit-turk” asari 
  1. Asarning adabiyotga bevosita aloqador jihatlari
  2. Asarda qo mllanilgan maqollar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy parchalar
  3. Asarning mazmun-mohiyati
  4. “Devoni lugʻotit-turk” – xalq donoligi
2

2

3 Yusuf Xos Hojib va uning “Qutadgʻu bilig” asari 
  1. Asar turkiy yozma adabiyotning ilk yirik adabiy namunasi
  2. Asarning syujeti va kompozitsiyasi
  3. Asarda komil inson qiyofasi
  4. Asardagi qasida va toʻrtliklar
2

3

4 Ahmad Yugnakiy va uning “Hibat ul-haqoyiq” asari 
  1. Ahmad Yugnakiy – istеʼdodli shoir
  2. Asar turkiy yozma adabiyotning ilk yirik namunalaridan biri
  3. Asarning syujeti va kompozitsiyasi
2

4

5 Ahmad Yassaviy va uning hikmatlar toʻplami 
  1. Yassaviy hikmatlarining pandnoma xarakteri
  2. Tasavvuf falsafasi va adabiyot
  3. Adabiyotda “komil inson” timsoli
2

5

6 Imom Buxoriy va uning “Al-jomeʼ as-sahih” asari 
  1. Hadisnavislik
  2. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan muhaddislar
  3. Imom al-Buxoriy faoliyati
  4. “Al-jomeʼ as-sahih” asari
2

6

7 Pahlavon Mahmud hayoti va ijodi 
  1. Pahlavon Mahmudning hayoti va ijodiy merosi
  2. Shoir ruboiylarining mavzular doirasi
  3. Sheʼrlarning timsollar tarkibi,
  4. Ruboiylarning mazmun-mohiyati
2

7

8 Rabgʻuziy hayoti va ijodi 
  1. Rabgʻuziy va uning “Qisasi Rabgʻuziy” asari
  2. Asarning mavzusi, mandarijasi
  3. Asardagi qissa va hikoyatlar, ularning mazmun-mohiyati
  4. Qissa va hikoyatlarning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari
2

8

9 Xorazmiy hayoti va ijodi 
  1. Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma” asari
  2. Asar turkiy adabiyotda “noma” janrining ilk namunasi ekanligi
  3. Asarning janrlar tarkibi, badiiy xususiyatlari
2

9

10 Sayfi Saroyi hayoti va ijodi 
  1. Sayfi Saroyining adabiy faoliyati va ijodiy merosi
  2. Sayfi Saroyi – lirik shoir, dostonnavis va tarjimon
  3. Shoir asarlarining mumtoz adabiyotimizda tutgan oʻrni
  4. Shoir ijodiga xos gʻoyaviy-badiiy xususiyatlar
2

10

11 Sayid Ahmad Mirzo, Xoʻjandiy, Yusuf Amiriy 
  1. Shoirlar hayoti va ularning adabiy merosiga doir materiallar 2. “Taashshuqnoma”, “Latofatnoma”, “Dahnoma” kabi asarlarning mumtoz adabiyotimizda tutgan oʻrni
  2. Noma janrining tadrijiy takomili
  3. Shoirlar sheʼrlarining gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari hamda oʻziga xos xususiyatlari
2

11

12 Atoiy hayoti va ijodiy merosi 
  1. Atoiy hayotiga doir maʼlumotla
  2. Atoiy sheʼriyati
  3. Shoir gʻazallariga xos gʻoyaviy-badiiy xususiyatlar
2

12

13 Gadoiyning badiiy mahorati 
  1. Gadoiy hayoti va ijodi
  2. Shoirning lirik sheʼrlarini tahlili
  3. Shoir lirikasining janr xususiyatlariga baho
  4. Gadoiy gʻazallari badiiyati
2

13

14 Lutfiy va uning adabiy merosi 
  1. Lutfiy hayotiga doir maʼlumotlar
  2. Lutfiy ijodining oʻziga xosligi
  3. Gʻazallariga xos gʻoyaviy-badiiy xususiyatlar
2

14

15 Husayniy devoni va risolasi 
  1. Husayniy hayoti va ijodi
  2. Husayniy devoni
  3. Shoir risolasining oʻzbek adabiyotidagi oʻrni
  4. Husayniy gʻazallari badiiyati
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Asotirlar va qahramonlik qissalari. Qadimgi qoʻshiqlar va lirik sheʼrlarning mavzu doirasi 
  1. Eng qadimgi ogʻzaki adabiy yodgorliklar, ularning manbalari
  2. Asotirlar va qahramonlik qissalarining ahamiyati
  3. Qadimgi qoʻshiqlarning turlari va shakllari
  4. Qoʻshiqlarning mavzu doirasi: mehr-muhabbat, urush, tabiat, odamlar hayoti
  5. Lirik sheʼrlarning mazmuni va shakllari
2

1

2 “Avesto” – adabiy-badiiy manba sifatida. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari 
  1. Eng qadimgi ogʻzaki adabiy yodgorliklar, ularning manbalari
  2. “Avesto” adabiy manba sifatida
  3. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining janr xususiyatlari
  4. Toʻnyuquq bitigida shaxs va millat erki
  5. Irq bitigi – adabiy manba sifatida
2

2

3 Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari 
  1. “Qutadgʻu bilig”da ijtimoiy-siyosiy va falsafiy masalalar
  2. Dostonda axloqiy va estetik qarashlar
  3. Doston janrlari: masnaviy, qasida, toʻrtlik va gʻazal unsurlari
  4. Asarning gʻoyaviy-badiiy ahamiyati
2

3

4 Mahmud Koshgʻariy va uning “Devonu lugʻotit-turk” asari 
  1. Arab xalifaligi hukmronligining yemirilishi, ilm-fan, madaniy hayot taraqqiyoti
  2. «Devonu lugʻotit turk» asaridagi qadimgi afsona va xalq qoʻshiqlari
2

4

5 Rabgʻuziy. “Qissasi Rabgʻuziy” asari 
  1. Hayoti va ijodi faoliyati
  2. “Qisasi Rabgʻuziy”ning yaratilishi tarixi, gʻoyaviy mazmuni
  3. Hikoyatlarning badiiy xususiyatlari
2

5

6 Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari 
  1. Adib Ahmad – turkiy didaktik adabiyotining yetuk namoyandasi
  2. «Hibat ul-haqoyiq» dostonida didaktika
2

6

7 Yassaviy va uning hikmatlari. Pahlavon Mahmud – ruboiynavis 
  1. Yassaviy hayoti, faoliyati va ijodi
  2. Tasavvuf va Ahmad Yassaviy ijodi. Hikmatlari tahlili
  3. Pahlavon Mahmud va uning adabiy faoliyati
  4. Ruboiylarning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari
2

7

8 Haydar Xorazmiyning va uning adabiy merosi 
  1. Hayoti va ijodiy faoliyati
  2. Sheʼriyati
  3. “Gulshan ul asror” - falsafiy-taʼlimiy doston
  4. “Gul va Navroʻz” - muhabbat dostoni
2

8

9 Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asari 
  1. Hayoti va ijodiy merosi
  2. Saroyi – lirik shoir
  3. “Suhayl va Guldursun” dostoni, uning gʻoyaviy mazmuni. “Gulistoni bit turkiy”asari
2

9

10 Qutb Xorazmiyning “Xusrav va Shirin” dostoni - erkin tarjima namunasi sifatida 
  1. Qutb Xorazmiy va uning adabiy merosi
  2. “Xusrav va Shirin” dostonining mazmuni va kompozitsiyasi
  3. “Xusrav va Shirin” dostonining oʻzbek adabiyotidagi oʻrni
2

10

11 Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni 
  1. Durbek shaxsiyati va tarixiy davr haqida qisqacha maʼlumot
  2. “Yusuf va Zulayho” dostonining yaratilish motivlari
  3. Islomiy manbalar asosidagi dostonlar anʼanasi
2

11

12 Sayid Ahmad Mirzo, Xoʻjandiy, Yusuf Amiriylar adabiy meroslari haqida 
  1. XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyodagi siyosiy-iqtisodiy holat
  2. Adabiy muhitda bu uch ijodkorning tutgan oʻrni
  3. Sayid Ahmad Mirzo, Xoʻjandiy va Yusuf Amiriy – oʻz davrining yetuk adib va maʼrifatparvarlari
2

12

13 Xorazmiy “Muhabbatnoma” –asari noma janrining yetuk namunasi sifatida 
  1. Shoirning hayoti va ijodi
  2. “Muhabbatnoma” asarining mavzu yoʻnalishlari
  3. Dostonda oshiq va maʼshuqa timsollari
2

13

14 Atoiy hayoti va ijodiy merosi. Mavlono Lutfiy hayoti va ijodiy merosi 
  1. Atoiy – lirik shoir
  2. Atoyi lirikasining mavzulari va gʻoyaviy koʻlami
  3. Shoir gʻazallarida timsollar talqini
2

14

15 Sakkokiy qasidanavis. Husayniy devoni poetikasi 
  1. Sakkokiy – lirik shoir
  2. Sakkokiy gʻazallarining mavzu koʻlami
  3. Shoir gʻazallarida obraz va obrazlilik
  4. Sakkokiy gʻazallari poetikasi
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Asotirlar va qahramonlik qissalari yuzasidan taqdimot tayyorlash 

1

2 “Avesto”dagi obrazlarni tahlil qilish 

2

3 “Devonu lugʻotit-turk” asaridagi adabiy janrlarni aniqlash 

3

4 “Devonu lugʻotit-turk” asaridagi obrazlarni tahlil qilish 

4

5 “Hibat ul-haqoyiq” asaridan parcha yod olish 

5

6 Pahlavon Mahmud ruvoiylaridan yod olish 

6

7 "Ulugʻbek madhi” qasdidasini tahlil qilish 

7

8 Atoiyning “Jamoling vasfini”, “Ul sanamkim” gʻazallarini yodlash 

8

9 “Muhabbatnoma” – asarini tahlili 

9

10 “Qissasi Rabgʻuziy” asari tahlili 

10

11 Lutfiy gʻazallari tahlili 

11

12 Gadoiy lirikasidan namunalar yodlash 

12

13 “Hikmatlar”dan namunalar yodlash 

13

14 Noma janri taraqqiyotini tahlil qilish 

14

15 “Risola” tahlili 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Rahmonov N. Oʻzbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha). Darslik. Toshkent: Sano-standart, 2017. 556 b      
  2. Orzibekov R. Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi. Oʻquv qollanma–T.: Fan, 2006. 326 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Abdurahmonov A. Turkiy adabiyotning qadimgi davri. Darslik – T.: 2005. 342 b      
  2. Dolimov U. Milliy uygʻonish pedagogikasi. –T.: Noshir, 2012. 256 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://ziyouz.com      
  • https://kitobsevar.uz      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Amaliy mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrini dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Amaliy mashgʻulot Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Qodirov Abdulazizbek Luqmonjon oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: qodirovabdulaziz514@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Tojibayeva - Andijon davlat universiteti, Professor

G.Bektasheva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, A205 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Qodirov

Fan oʻqituvchisi