JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek (rus) tili, oʻzbek tilini sohada qoʻllanishi, tibbiyotda xorijiy til

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200-Davolash ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Oʻzbek (rus) tili, oʻzbek tilini sohada qoʻllanishi, tibbiyotda xorijiy til Fan kodi OʻRTOʻTSQTXT11208
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
30
(aud)
30
(must)
30

2. Fan maqsadi

Mazkur fanni oʻrganish davomida talaba: - oʻzbek tilining fonetikasi, morfologiyasi, leksikologiyasi, xususan, tibbiyot leksikasining qoʻllanishi, maʼnolari, sinonimiyasi va uslubiy xususiyatlari; oʻzbek tilida sintaktik jihatdan toʻgʻri gap tuza olish; bogʻlangan matn tuzish, uni ijodiy oʻzgartirish, qisqartirish va kengaytirish kabilarni bilishi; - tibbiy atamalarni oʻrgatish, ularning tibbiyot sohasidagi oʻzbekcha terminologiyani tushunish va qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat. Fanni oʻrganish jarayonida talabalar asosiy tibbiy tushunchalar, kasalliklar, diagnostika usullari va davolash usullarining oʻzbek tilidagi nomlari bilan tanishadilar. Tibbiyotga oid axborot materiallarini oʻzbek tiliga va aksincha oʻz ona tiliga erkin tarjima qilish; oʻqish va keyingi mehnat faoliyati jarayonida oʻzbek tilida muloqotga kirisha olish, yetarli yozma va ogʻzaki savodxonlikka ega boʻlish, oʻzbek tilida ish yuritish va ixtisosligi sohasidagi kitob, maqolaga taqriz yoza bilish, boshqalar fikriga munosabat bildirish, turli nutqiy vaziyatlarda oʻz fikrini oʻzbek tilida asosli bayon qilish malakalariga ega boʻlishi taʼminlanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Fanni oʻzlashtirish yakunida talaba quyidagi bilim, koʻnikma va kompetensiyalarga ega boʻladi:;
  • Umummadaniy va tarixiy bilimlar:;
  • oʻzbek tilining ahamiyati, oʻzbek xalqining boy madaniy merosini oʻrganish; -xalqaro tibbiy va farmatsevtik terminologiyaning shakllanishiga hissa qoʻshgan olimlar haqidagi bilimlarni boyitishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • odam anatomiyasiga oid atamalarning asosiy prinsplari va qoidalari ;
  • anatomik atamalarni oʻzbek tilida toʻgʻri talaffuz qilish va yozish ;
  • anatomik atamalarni oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan rus tiliga toʻgʻri tarjima qilish koʻnikmasiga ega boʻlish ;
  • tana qismlari, boʻlimlari, yoʻnalishlari va sathlari, boʻshliqlari, organlar va tizimlarni ifodalovchi asosiy anatomik atamalarni oʻzbek tilida toʻgʻri talaffuz qilishni oʻrganish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda maʼruza mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. Mening Vatanim. 
  1. Mavzu mazmuni: “Mening vatanim” mavzusida matn yaratish
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Oʻzbek tilining tovush tizimi. Unli va undosh tovushlar
2

1

2 Shifokor-bemor muloqoti va tibbiy etika 
  1. Mavzu mazmuni: Muloqot qoidalari. Bemorni qoʻllab-quvvatlash. Tibbiy etika va deontologiya tamoyillari
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Ot soʻz turkumi. Otlarda kelishiklar
2

2

3 Sharq va gʻarbning tibbiyotdagi buyuk allomalari. 
  1. Mavzu mazmuni: Mashhur shifokor va olimlar: Ibn Sino, Gippokrat va boshqalarning qisqacha tarjimai holi va kashfiyotlari. Ularning tibbiyot va farmakologiya rivojiga qoʻshgan hissasi
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Sifat soʻz turkumi uslubiyati
2

3

4 Inson tanasining umumiy tuzilishi 
  1. Mavzu mazmuni: Tana qismlari. Ichki organlar. Asosiy tibbiy va anatomik atamalar
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Sifat darajalari
2

4

5 Hujayralar va toʻqimalar. 
  1. o Mavzu mazmuni: Hujayraning tuzilishi va vazifalari. Hujayra va toʻqimalar turlari
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Son soʻz turkumi
2

5

6 Suyaklar va mushaklar. 
  1. Mavzu mazmuni: Inson skeleti. Skelet qismlari va asosiy suyaklar. Boʻgʻimlar, paylar. Mushak tizimi
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
2

6

7 Nafas olish tizimi . 
  1. Mavzu mazmuni: Nafas yoʻllarining tuzilishi. Nafas olish jarayoni. Nafas olish tizimi kasalliklarining profilaktikasi
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Koʻrsatish olmoshlari
2

7

8 Yurak va qon aylanish tizimi. 
  1. o Mavzu mazmuni: Yurakning tuzilishi. Qon tomirlari turlari. Qonning tarkibi va vazifalari
  2. o Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. o Grammatika. Kishilik olmoshlari
2

8

9 Ichki sekretsiya (endokrin) bezlari . 
  1. Mavzu mazmuni: Endokrin bezlar. Gormonlar. Gormonal muvozanatning buzilishi
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Feʼl soʻz turkumi
2

9

10 Ovqat hazm qilish tizimi. 
  1. Mavzu mazmuni: Ovqat hazm qilish organlari. Ovqat hazm qilish organlarining vazifalari. Fermentlar va ichak mikroflorasining roli
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
2

10

11 Asab tizimi. 
  1. Mavzu mazmuni: Markaziy asab tizimi (MAT). Periferik va vegetativ (avtonom) asab tizimi. Asab tizimining elementlari va mexanizmlari
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatika: Oʻtgan zamon feʼli
2

11

12 Immun tizimi. 
  1. Mavzu mazmuni: Tabiiy toʻsiqlar. Hujayraviy va gumoral immunitet. Vaksinatsiya (emlash). Immun reaksiyalari. Immun salomatlikni saqlash
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammatik: Kelasi zamon feʼli
2

12

13 Oʻtilgan mavzularni takrorlash 
  1. Oʻrganilgan materialni tizimlashtirish. Bilimlarni ogʻzaki bayon etish. Oraliq nazorat
2

13

14 Tibbiy diagnostika usullari. 
  1. Mavzu mazmuni: Anamnez yigʻish va fizik tekshiruv. Laboratoriya tahlillari. Instrumental tekshiruv usullari. Zamonaviy diagnostika usullari
  2. Til koʻnikmalari: tinglab tushunish, oʻqish (matn bilan ishlash), yozish, ogʻzaki nutq amaliyoti
  3. Grammaka: Ravishlarning maʼno turlari
2

14

15 Tish parvarishi va estetik salomatlik. 
  1. Mavzu mazmuni: Ogʻiz boʻshligʻi gigienasi. Tish choʻtkasi va pastasini tanlash. Stomatologga tashrif buyurish. Kariyes profilaktikasida ovqatlanishning roli. Estetik tibbiyot
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Yurak va qon aylanish tizimiga oid atamalarni oʻrganish va ularni oʻzbekcha nutqda qoʻllash. 

1

2 Asab tizimi tushunchalari: Markaziy, periferik va vegetativ asab tizimi terminologiyasining qiyosiy tahlili. 

2

3 Tibbiy diagnostika usullari: Anamnez, laboratoriya tahlillari va instrumental tekshiruv usullarini oʻzbek tilida yoritish. 

3

4 Oʻzbek tilida ish yuritish: Tibbiyot muassasalarida rasmiy hujjatlarni (ariza, tushuntirish xati, tilxat) rasmiylashtirish. 

4

5 Farmoyish hujjatlari (buyruq, koʻrsatma) ning mohiyati va ularga qoʻyiladigan til meʼyoriy talablar. 

5

6 Tibbiy kartalarning turlari, tasnifi va ularni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida toʻgʻri yuritish tartibi. 

6

7 1. Tibbiyot leksikasining oʻziga xos xususiyatlari va ularni kundalik amaliyotda qoʻllash. 

7

8 Shifokor-bemor muloqoti madaniyati: Etika va deontologiya tamoyillarini nutqda qoʻllash. 

8

9 Nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish (masalan, ilmiy va rasmiy uslublar. 

9

10 4. Ilmiy matn tuzish asoslari: Tibbiyotga oid maqola, tezis yoki annotatsiya yozish talablari. 

10

11 5. Tibbiyotga oid axborot materiallarini (ingliz/rus tilidan oʻzbek tiliga) erkin tarjima qilish amaliyoti. 

11

12 Inson tanasining umumiy tuzilishi va ichki organlarga oid asosiy tibbiy atamalarni oʻzbek tilida tahlil qilish. 

12

13 7. Ovqat hazm qilish tizimiga oid terminlar va ularning tushuntirish lugʻatini yaratish. 

13

14 Nafas olish tizimi kasalliklarining profilaktikasi boʻyicha oqʼzaki nutq amaliyoti (media taqdimot). 

14

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Qoʻziboyeva M. M., Kabuljonova G. K. Oʻzbek tili. (darslik). -Andijon, 2023. -208 b      
  2. Turdiyeva K., Ahmedova D. Oʻzbek tili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy oʻquv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan ( Tibbiyot institutlarining rus guruhlari uchun) “ Musiqa ” nashriyoti Toshkent. 2007      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5850 – sonli qarori      
  2. Sohaviy lugʻatlar      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.ziyonet.uz      
  • https://www.minzdrav.uz      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Xolmatova Muxayyo Abdugʻopporovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: xolmatova1904@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi
Taqrizchilar:

Y.Nasirdinova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

G.Kabuljonova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, 217 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tibbiyotda tillarni oʻqitish» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

Y.Nasirdinova

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Xolmatova

Fan oʻqituvchisi